Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

O‘ZBEK TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

460
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi turkiy til / eski turkiy til / hozirgi o‘zbek adabiy tili / o‘z qatlam / o‘zlashma qatlam.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasiba O‘ktam Qizi Tadjibayeva, Rayхon Rasulova

Ushbu maqola o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

O'ZBEK TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Nasiba O'ktam qizi Tadjibayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar : Rayxon Rasulova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqola o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari haqida.

Kalit so'zlar: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til, hozirgi o'zbek adabiy tili, o'z qatlam, o'zlashma qatlam.

ANNOTATION:

This article is about the historical development and development stages of the Uzbek language

Keywords: Ancient Turkic language, Old Turkic language, modern Uzbek literary language, own layer, self-contained layer.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье речь идет об историческом и развитии этапах развития узбекского языка.

Ключевые слова: древнетюркский язык, древнетюркский язык, современный узбекский литературный язык, собственныйслой, самостоятельный слой.

O'zbek xalqining tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz asrlar davomida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar olib borgan. Vatanimiz hududidan Buyuk ipak yo'lining o'tganligi ham boshqa xalqlar bilan aloqalar olib borishga yana bir sabab bo'lgan. Albatta bu aloqalar o'zbek tiliga, uning rivojlanishiga ma'lum darajada o'z ta'sirini ko'rsatgan. O'zaro ta'sir tilning bir qator bo'limlariga, jumladan, fonetika, leksika va grammatikada ya-qqol aks etadi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining bir qator ildizlari bor. Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanish bosqichlari, tarixiy taraqqiyoti bir qator o'zbek tilshunos olimlari tomonidan o'rganilgan. Izlanishlar sabab tilimizning rivojlanish bosqichlari bir necha davrlarga bo'lindi:

• Eng qadimgi turkiy til- VII asrgacha bo'lgan davr

• Qadimgi turkiy til- VI-XI asrlar

April 23-24, 2024

876

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

• Eski turkiy til- XI-XIII asrlar

• Eski o'zbek adabiy tili- XIV-XIX asrlar

• Yangi o'zbek adabiy tili- XIX asrning oxiri- XX asrning boshlari.

O'zbek tili ana shunday tarixiy ildizlarning o'sib chiqib, XX asrning 30- yillar-ida Hozirgi o'zbek adabiy tili shakliga kirgan. Tilshunos olim H. Jamolxonovning ma'lumot berishicha "O'zbek adabiy tilini davrlashtirishga oid manbalarda o'zbek adabiy tili XIX -XX asrlarda yoki XX asrning 20-30 yillarida shakllangan" degan qarashlar mavjud. Turkologiya va o'zbek tilshunosligida o'zbek tilining tarixini boshqacharoq davrlashtirish holatlari ham uchraydi. Bir guruh tilshunos olimlarimiz O'zbek tiling rivojlanish tarixini uch bosqichga bo'lish mumkin deb qarashadi:

• Qadimgi turkiy til- V-XI asrlar

• Qadimgi o'zbek tili- XI-XIX asrlar

• Hozirgi (zamonaviy) o'zbek tili XX asrda shakllana boshlagan.

Qadimgi turkiy til V-XI asrlarni o'z ichiga oladi. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg'oqlari bo'ylab hind-eron qabilari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. O'sha davr aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo'lib, uning asosida keyin-chalik ko'plab Osiyo tillari paydo bo'lgan. Hozirgi barcha turkiy tillaro'zbek, uyg'ur, ozarbayjon, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqalar uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi. Qadimgi o'zbek tili bosqichi XI-XIX asrlarga to'g'ri keladi. Shu vaqt ichida o'zbek tili qo'shni xalqlar tillari ta'sirida, harbiy yurishlar ta'sirida boshqa xalqlardan so'zlar kirib kelishi sababli rivojlanadi. Tilimizning shakllanishiga adabiy tilimiz asosini yaratgan shoir, mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi katta. Alisher Navoiy yaratgan adabiy til shakli XIX asrning oxiriga qadar saqlanib, o'zgarishsiz foydalanib kelingan. Hozirgi ya'ni zamonaviy o'zbek tili XX asrda shakllana boshlandi. Butun O'zbekiston aholisi tomonidan tan olingan Farg'ona lahjasi uning asosini tashkil etadi. O'zbek tiling taraqqiyot bosqichlarini o'rganish, ko'zdan kechirish qadimgi turkiy tildan hozirgi o'zbek adabiy tiligacha bo'lgan li-soniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, hozirgi o'zbek adabiy tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o'zbek adabiy tilidan farqlarini aniqlash imkonini beradi. O'zbek xalqi qardosh bo'lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo'lgan. Shuningdek, tarixiy sabablar bilan bog'liq holda arablar, ruslar bilan ham aloqa o'rnatgan. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do'stona aloqalar o'rnatgan. Bular o'zbek tilining leksikasida ko'plab so'zlarning o'zlashishiga, tilimizning boyishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi o'zbek adabiy tili leksikasi tarixiy jihatdan 2 qatlamga ajratiladi: 1. O'z qatlam

• Umum turkiy so'zlar

April 23-24, 2024

877

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

• Sof O'zbekcha so'zlar 2. O'zlashgan qatlam

• Fors-tojik tilidan o'zlashgan so'zlar

• Arab tilidan o'zlashgan so'zlar

• Ruscha-internatsional so'zlar Tilimiz tarixi, taraqqiyot bosqichlarini o'rganish bizga tilimizning boshqa tilllardan farqli jihatlarini, shakllanishini o'rgatadi. Shu bilan birga, tilimizda uchrab turadigan g'aliz so'zlarni va kamchili-klarni ham bartaraf bo'lishiga yo'l ochadi. Bundan tashqari, tilimizga boshqa til-larning ta'sirida putur yetishini oldini oladi.

REFERENCES:

1.H. Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili (oliy o'quv yurtlari uchun darslik) Toshkent-"Talqin"-2005

2.Abdurahmonov G'., Shukurov Sh. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi.-T.: "O'qituvchi". 1973.

878

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.