Научная статья на тему 'NUROTA TOG’ TIZMASIDAGI “QIZIL QIISHLOQ” SOYIDA TARQALGAN BURCHOQDOSHLAR – FABACEAE OILASIGA MANSUB AYRIM DORIVOR O’SIMLIKLARINI TARQALISHI VA XO’JALIKDA QO’LLANILISHI'

NUROTA TOG’ TIZMASIDAGI “QIZIL QIISHLOQ” SOYIDA TARQALGAN BURCHOQDOSHLAR – FABACEAE OILASIGA MANSUB AYRIM DORIVOR O’SIMLIKLARINI TARQALISHI VA XO’JALIKDA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
flavonoidlar / kempferol / izoramenetin / trifolin / ononin / formonnonetin / karatinoidlar / kumarinlar / gipertoniya / bezgak / qashqarbeda / dukkak / paxikarpidin / sofokarpin / matrin / kumarin / dikumarin / melilotozid glikozidi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Islamov Avaz Musayevich

Klever krasniy Trifolium pretense-sebarga Dorivor qashqar beda (sariq qashqar beda ) Donnik lekarstvenniy Melilotus officinalis Desr. Goebella alopecuroides – Gorchak obiknovenniy achchiqmiya o’simlikarini tarqalishi xalq tabobatida qo’llanilishi, kimyoviy tarkibi, zamonavy tibbiyotda Chorvachilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlashda bu o’simlik turlaridan tayorlangan preparatlardan foydalanish mumkinligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUROTA TOG’ TIZMASIDAGI “QIZIL QIISHLOQ” SOYIDA TARQALGAN BURCHOQDOSHLAR – FABACEAE OILASIGA MANSUB AYRIM DORIVOR O’SIMLIKLARINI TARQALISHI VA XO’JALIKDA QO’LLANILISHI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

NUROTA TOG' TIZMASIDAGI "QIZIL QIISHLOQ" SOYIDA TARQALGAN BURCHOQDOSHLAR - FABACEAE OILASIGA MANSUB AYRIM DORIVOR O'SIMLIKLARINI TARQALISHI VA XO'JALIKDA QO'LLANILISHI

Islamov Avaz Musayevich

Ekologiya va botanika Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11401882

Annotatsiya. Klever krasniy - Trifolium pretense-sebarga Dorivor qashqar beda (sariq qashqar beda ) Donnik lekarstvenniy Melilotus officinalis Desr. Goebella alopecuroides -Gorchak obiknovenniy achchiqmiya o'simlikarini tarqalishi xalq tabobatida qo'llanilishi, kimyoviy tarkibi, zamonavy tibbiyotda Chorvachilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlashda bu o'simlik turlaridan tayorlangan preparatlardan foydalanish mumkinligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: flavonoidlar, kempferol, izoramenetin,trifolin,ononin,formonnonetin, karatinoidlar, kumarinlar, gipertoniya, bezgak,qashqarbeda, dukkak,paxikarpidin, sofokarpin, matrin, kumarin, dikumarin, melilotozid glikozidi.

Аннотация. Клевер красный -trifolium pretense. Люцерна лекарственная (люцерна желтая). Донник лекарственный - Melilotus officinalis Desr. Объяснено распространение Goebella alopecuroides- горчак обыкновенного горкосладкого растения, использование их в народной медицине, химический состав, а также возможность использования препаратов, приготовленных из этих видов растений, для укрепления кормовой базы отраслей животноводства в современной медицине.

Ключевые слова: флавоноиды, кемпферол, изорамнетин, трифолин,ононин, формононетин, каратиноиды, кумарины,гипертония,малярия, кашкарбеда, дукак, паксикарпидин, софакарпин, матрин, кумарин, дикумарин, мелилотозидный, гликозид.

Abstract. Red clover- trifolium pretense.Alfalfan officinalis (yellow alfalfa) Melilotus officinalis Desr. The distribution of Goebella alopecuroides, a Gorchak common bittersweet plant, their use in folk medicine, their chemical composition, as well as the possibility of using preparations prepared from these pland species to strengthen the feed base of livestock industries in, modern medicine are explained.

Keywords: flavinoides, kaempferol, isorhamnetin, trifolin, ononine, formononetin, carotenides, coumarins, hypertension, malaria, kaskarbeda, dukak, paxicarpidin, sophocarpine, matrine, coumarin, dicoumarin, melilotoside glycoside.

Кириш: Mamlakatimiz o'simliklar dunyosiga boy bolib, ular orasida dukkakdoshlar oilasiga kiiruvchi dorivor o'simliklar o'rni ham kata. Keng tarqalgan yuqori dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklardan O'tloq sebargasi, Dorivor qashqar beda (sariq qashqar beda), qalin mevali achchiqmiya o'simliklarini ahamiyati juda kata, tibbiyotda ularning yer ostki va yer ustki qismidan foydalaniladi.

Fabaceae oilasiga mansub, O'tloq sebargasining bo'yi 25-50 sm bo'ladigan ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi ingichka, ko'tariluvchi, sertuk. Barglari uch plastinkali, murakkab bo'lib, bandi yordamida poyasida ketma-ket o'rnashgan pastdagi barg bo'lakchalari tuxumsimon, mayda tishsimon qirrali, yuqoridagilari - cho'zinchoq, tekis qirrali. Pushti yoki qizil rangli, mayda besh bo'lakli. Gullari boshcha to'p gulga joylashgan. Mevasi - bir urug'li dukkak.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Aprel - sentyabr oylarida gullaydi, mevasi iyun - oktyabrda yetiladi.

Geografik tarqalishi. MDX ning Evropa qismi, O'rta Osiyo va Sibrdagi nam tuproqli yerlarda, ariq va daryo bo'ylarida, daryo vodiylarida, begona o't sifatida bedapoyalarda, asosan tog' etaklari, adirlar va sug'oriladigan maydonlarda o'sadi.

Qo'llaniladigan qismi. Xalq tabobatida sebarganing yer ustki qismi va guli ishlatiladi. O'simlik gullagan vaqtda uning yer ustki qismi yoki ayrim gullari yig'iladi va soya yerda quritiladi.

Yer ustki qismi tarkibida 262 mg % gacha S va V guruxdagi vitaminlar, 50 mg % gacha karotinoidlar, kumarinlar, 2,7 flavonoidlar (trifolin, izotrifolin, kversetin, izokversitrin, kempferol, izoramnetin va boshqa) izoflovonlar (ononin, formonnonetin, bioxanin A va boshqalar), 4,5 % qandlar, 0,36 % antotsianlar, salitsilat va boshqa organik kislotalar, 5,6 % shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

Sebarga tabobatda qadimdan turli kasalliklarni davolashda qo'llanib kelinadi. Abu Ali ibn Sino ham quritilmagan yer ustki qismi shirasi bilan o'z vaqtida yaralarni va ko'zga oq tushishini davolagan. Yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasini siydik yo'llari kasalligida siydik xaydovchi dori sifatida ishlatgan.

O'tloq sebargasi guli va yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma yoki damlamasi xalq tabobatida astma, ko'kyo'tal, ko'krak qisishi, kamqonlik, gipertoniya, bezgak me'da yarasi, kuygan yerlarni, xafli shishlarini va shamollash kasalliklarini davolash uchun hamda balg'am ko'chiruvchi, siydik xaydovchi va antiseptik dori sifatida qo'llaniladi. Quritilmagan barg shirasi shirinchaga davo bo'ladi, bargini ezib yara va shishgan joylarga bog'lanadi.

Ilmiy tabbiyotda sebarganing yer ustki qismi siydik xaydovchi vosita sifatida ishlatishga tavsiya etilgan (uning kuchli siydik haydash ta'siri borligi tajribada aniqlangan ).

Sebarganing yer ustki qismidan trizoflan preparati (flovonoidlar yig'indisi - summasi ) olingan va qonda xolestirin ko'paygan hollarda hamda ateroskeleroz kasalligini davolash va oldini olishda ishlatiladi.

Dori tayyorlash va foydalanish. Sebarga o'simligidan qaynatma tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga bir stakan suv quyib, ustiga quritib maydalangan gulidan yoki yer ustki qismidan 20 g solinadi, so'ngra biroz qaynatiladi va 1 soat davomida damlab qo'yiladi. Keyin dokada suzib yuqorida ko'rsatilgan kasalliklarga davo qilish uchun har 2-4 soatda 1 osh qoshiqdan ichib turiladi.

Damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi, ustiga quritib maydalangan gul yoki yer usti qilmidan 3 choy qoshiq solib, 1 soat damlab qo'yiladi. So'ng dokada suzib, dokada suzib, yuqorida aytilgan kasalliklarga kuniga 23 maxal 2 osh qoshiqdan ichiladi.

Dorivor qashqar beda (sariq qashqar beda ) Donnik lekarstvenniy - Melilotus officinalis Desr. (Leguminosae) oilasiga mansub, bo'yi 50-100 (200) sm keladigan ikki yillik o't o'simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta bo'lib yoki bir nechta bo'lib, tikka o'sadi. Barglari uch plastinkali murakkab, poyasi bilan shoxlarida uzun bandi yordamida ketma- ket joylashgan, nashtarsimon, bigizsimon o'tkir uchli yondosh bargchalari bo'ladi. Barg bo'lakchalari cho'ziq dumaloq nashtarsimon yoki teskari tuxumsimon, mayda arrasimon tishsimon qirrali. Mayda sariq gullari barg qo'ltig'idan chiqqan ko'p gulli shingilga to'plangan. Mevasi bir - ikki urug'li, o'tkir uchli dukak.

Iyun - sentyabrda gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab yetila boshlaydi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Geografik tarqalishi. MDX ning Evropa qismi, Kavkaz, O'rta Osiyo, Qozog'iston, va G'arbiy Sibrning tekislik va tog'liklarining o'rta poyasigacha bo'lgan o'tloqlar, daryo ariq va ko'l bo'ylarida, yo'l yoqalarida soylarda, bog' hamda ekinzorlarda o'sadi.

Qo'llaniladigan qismi. Yer ustki qismi. Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Tarkibida 0.40.9 % kumarin, dikumarin, melilotozid glikozidi, efir moyi, vitamin S va E, karotin, xolin, shilliq va boshqa moddalar, urug'ida - 8.5 % yog' va 0.13 -0.45 % trigonellin alkaloidi bor.

Yer ustki qismi yumishatuvchi va ta'sirlovchi xossasi bor. Shuning uchun tayyorlangan malxam yiringli yara va chipqonni davolashda qo'llaniladi. Dikumarol qonni ivimaydigan qilish ta'sirga ega va shu maqsadda tromboflebit kasalligida ishlatiladi.

Dorivor qashqarbeda bilan bir qatorda uning boshqa turlari - Baland bo'yli qashqarbeda - Maltissimus Thuili va xushbo'y qashqarbeda -Donnik dushistiy - M. Suaveolens Ledeb ning yer ustki qismlari tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan.

Qashqarbeda damlamasi xalq tabobatida o'pka va yuqori nafas yo'llari kasalliklarida, ko'krak og'riganda balg'am ko'chiruvchi yumishatuvchi va og'riq qoldiruvchi vosita siqatida, bosh og'rig'i va gepertoniya kasaliklarini davolash uchun qo'llaniladi. Ba'zan uni yel xaydovchi dori sifatida xam tavsiya qilishadi. Quritilmagan dorivor qashqarbeda yoki undan tayyorlangan malxam yiringli yaralarga bog'lanadi. Bunda yaralar yiringdan tozalanadi, Yaralarni qashqarbeda damlamasi bilan yuvilsa, yaxshigina naf beradi.

Biroq dorivor qashqarbeda preparatlari ko'p miqdorda va uzoq muddat qabul qilinsa, bosh aylanishi, qayd qilish va uyqusizlik kuzatilishi mumkin.

Chorvachilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlashda dolzarb ahamiyatga ega. Qashqarbeda to'yimli oziq beradigan o'simlik, shu sababli ko'k massasini hayvonlar yaxshi iste'mol qiladi. Undan yuqori sifatli ko'kat, pichan, senaj va silos tayyorlanadi. Ko'k o'tining 1 kg da 19 ozuqa birligi, 3,3 g kalsiy, 0,8 g fosfor, 45 mg karotin bo'lib, 1 ozuqa birligi tarkibida 163 g protein bo'ladi. Pichanining 1 kg. da 0,46 ozuqa birligi, 110 g hazmlanuvchi protein, 13,7 g kalsiy, 2,2 g fosfor, 35 mg karotin bor, 1 ozuqa birligida 239 g protein mavjud.

Dori tayyorlash va foydalanish. Damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga 2 stakan qaynatib sovutilgan suv quyiladi, ustiga maydalangan yer ustki qimidan 2 choy qoshiqda soldib Damlab qo'yiladi. Keyin damlama dokada suziladi va damlamadan kuniga 23 maxal chorak stakandan ichiladi.

Og'zi yopiladigan idishga 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi, ustiga 2 choy qoshiqda o'simlikning maydalangan yer ustki qismidan solib, bir soat damlab qo'yiladi. So'ngra dokada suzib, xar kuni bir osh qoshiqdan 2-3 maxal ichiladi.

Og'zi yopiladigan idishga 1. l qaynab turgan suv quyiladi, ustiga o'simlikning maydalangan yer ustki qimidan 100 g solib bir soat davomida damlab qo'yiladi. So'ngra dokada suzib, tayyor bo'lgan damlamani yaralarga yuvish va vanna qilishga ishlatiladi.

Goebella alopecuroides - Горчак обыкновенный oqmiya, achchiqmiya

O'simlik tasviri. Fabaceae - Burchoqdoshlar (kapalakgullilar) - Papileonaceae oilasiga mansub, bo'yi 30-60 sm ga etadigan ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi bir nechta, tik o'sadi, asos qismidan boshlab shoxlangan. Barglari toq patli murakkab, 6-12 juft cho'zinchoq yoki ellipssimon bargchalardan tashkil topgan bo'lib, bandi yordamida poya bilan shoxlarda ketma-ket o'rnashgan. Och sariq rangli, besh bo'lakli (kapalakguldoshlarga xos tuzilishga ega ) gullari poyasi bilan shoxlarning uchiga joylashgan shingil gul to'plamini hosil qiladi. Mevasi yo'g'on, qo'ng'ir rangdagi 1-2 urug'li, pishganda ochilmaydigan dukkak. O'simlik sertuk, och yashil rangli.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

May - iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul avgustda yetiladi. O'simlikning xamma qismi zaxarli! Geografik tarqalishi. O'rta Osiyyo va Qozog'istonning cho'l yarim cho'llarida, qirlarda, tog' etaklarida, qumli yerlarda hamda begona o't sifatida bug'doyzorlarda o'sadi.

Qo'llaniladigan qismi. Er ustki qismi. O'simlik gullashidan oldin, gullagan davrida yoki gullab bo'lgandan so'ng yer ustki qismi o'rib olinadi va salqin, havo kirib turadigan joyda quritiladi.

Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Er ustki qismi tarkibida 1.5-3 % ( urug'ida 4 % gacha) alkaloidlar (paxikarpidin, sofokarpin, matrin va boshqalar ) 3.8-12.6 % organik kislotalar, urug'ida 5.5 % yog' va boshqa moddalar bor.

Paxikarpin gidroyodid (tabletkasi va ampuladagi eritmasi ) tug'uruqni tezlashtirish, periferik (chetki, mayda ) qon tomirlar spazmini yaxshilash, surinkali ekzema, gipertoniya va muskul (mushak) lar distrofiyasini davolash uchun qo'llaniladi.

Achchiqmiyaning yer ustki qismi xalq tabobatida og'riq qoldiruvchi va qon tomirlar spazmini yaxshilovchi dori sifatida xamda ekzemani davolashda, yanchilgan mevasi - ovqat xazmni yaxshilash va ishtaxa ochish uchun ishlatiladi.

Achchiqmiyaning yana bir turi - Tulkidum achchiqmiya (oqmiya) Sofora obiknovennaya (veksibiya obiknovennaya, talxak obiknovennya ) - Sophora alopecuroides (L.) Jakovi - Xalq tabobatida qalin mevali achchiqmiya kabi ishlatiladi. Bu o'simliklar ko'pincha birga uchraydi. Tulkudum achchiqmiya qirlarda, to'qayzorlarda, ariq bo'ylarida va ekinzorlarda begona o't sifatida o'sadi. Yer ustki qismi tarkibida 2,5 % gacha, urug'ida - 1,64 % alkalloid bo'lib, yig'indisidan sofokarpin, soforamin, aloperin, sitizin va boshqa alkaloidlar sof xolda ajratib olingan. Dori preparati - paxakarpin gidroyodid poroshok va tabletka shaklida 0.1 g dan, 5 % li eritmasi 2 ml dan ampulalarda chiqariladi. Ularni faqat vrach retsepti bilan olish mumkin. Xomilani tushirish maqsadida bu dorilardan katta dozada ichgan xollarda undan zaxarlanib qolish mumkin.

Xulosa. Biz dukkakdoshlar -Fabaceae oilasiga kiruvchi dorivor qashqarbeda Sebarga, achchiqmiya o'simliklarining hayotiy shakli, tarqalishi, dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma'lumotlarga ega bo'ldik. Uni xaloq tabobatida qaysi kasalliklarga davo ekanligi haqida izlanishlar olib borib taxlil qildik. Kelgi ishlarimizda esa yetishtirish texnologiyasi haqida izlanishlar olib borib tahlil qilamiz.

REFERENCES

1. Курмуков А.Г., Белолипов И.В. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. -Т.: "EXTREMUM PRESS", 2012.

2. Сахобиддинов С.С. Дикорастущие лекарственные растения Средней Азии. Госиздат Уз ССР Ташкент, 1948.

3. Х,амидов А., Набиев М., Одилов Т. Узбекистон усимликлар аниклагичи. -Т.:У;итувчи, 1987.

4. Холматов Х.Х., ^осимов А.И. Русча-латинча узбекча доривор усимликлар лугати. -Т.:Ибн Сино, 1992.

5. Х,амдамов И., Шукруллаев П., Тарасова Е., бурбонов Ю., Умирзоков А. Ботаника асослари -Т : Мех,нат, 1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.