Научная статья на тему 'TOG`RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM) O`SIMLIGINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI'

TOG`RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM) O`SIMLIGINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1726
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tog`rayhon (Origanum tyttanthum) / yalpizdoshlar (Lamiaceae) / mayda gulli tog`rayhon / tog` qora rayhoni / o`rmon yalpizi / sebinak.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Salmonbek Murodali Ogli Abdullayev, Muxlisa Muxiddinqizi Muxiddinova

Ushbu maqolada Tog`rayhon (Origanum tyttanthum) o`simligining o`ziga xos xususiyatlari, tibbiyotdagi va xalq xo`jaligidagi ahamiyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG`RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM) O`SIMLIGINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

TOG RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM) O SIMLIGINING O ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI

#<0>

#

Salmonbek Murodali ogli Abdullayev

Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi Muxlisa Muxiddinqizi Muxiddinova

Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6946761

i -R 1

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tog'rayhon (Origanum tyttanthum) o'simligining o'ziga xos xususiyatlari, tibbiyotdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyatlari keltirilgan.

Kalitso'zlar: Tog'rayhon (Origanum tyttanthum), yalpizdoshlar (Lamiaceae), mayda gulli tog'rayhon, tog' qora rayhoni, o'rmon yalpizi, sebinak.

i*<S1 =

Tog'rayhon (Origanum tyttanthum). Bu o'simlik yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub o'simlik hisoblanadi. Tog'rayhon ko'p yillik efirmoyli o'simlik hisoblanadi. Tog'rayhon quruq, ochiq o'tloqlarda, quruq o'rmon va o'rmon

»

m?

chetlarida, tepaliklar, qiyaliklar, toshloqlarda va butazorlarda o'sadi. U asosan Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Sibirning janubida hamda qisman Qozog'iston va Qirg'izistonning ayrim joylarida uchraydi. Ozbekistonda oddiy tog'rayhon o'smaydi. Lekin shu o'simlik bilan birga ishlatishga ruxsat etilgan boshqa

turi-mayda gulli tog'rayhon O'zbekistonning tog li nohiyalarida tog'larning pastki

, ........._ . . , ,

va o'rta qismidagi mayda toshli qiyalarda o'sadi. Uni tog' qora rayhoni, o'rmon yalpizi, sebinak ham deb atashadi.

Tog'rayhon (Origanum tyttanthum). Ko'p yillik,bo yi 30-60, bazan 90 sm ga yetadigan xushbo'y o't o'simlik. Poyasi bir nechta,tik o'suvchi yuqori qismi sershoxli, tukli va to'rt qirrali bo'ladi. Bargi oddiy, cho'ziq tuxumsimon,o'tkir uchli, tekis qirral ibo lib, bandi bilan poyada qarama- qarshi o'rnashgan. Gullari mayda,barg qo'ltig'ida 2-3 tadan joylashib, qalqonsimon to'pgul hosil qiladi. Qalqonsimon to'pgullar poya uchida ro'vaksimon to'pgulni vujudga keltiradi. J-jt Mevasi-kosachabarg bilan birlashgan to'rtta yong'oqcha. Iyun oyidan boshlab sentabrgacha gullaydi.

Hayotiy shakli ko'p yillik, poyasi siyrak va qisqa tukli yoki tuksiz, barglari 1015 (40 ) mm uzunlikdagi tuxumsimon- elipsimon yoki cho'zinchoq, poyasiga qarab xanjarsimon, cho'qisi o'tkir yoki xanjarsimon tikanli, deyarli yalong'och, ko'zga ko'ringan tomirlar bo'ylab tinq, qizg'ich, aniq ko'rinadigan bezlar bilan qoplangan va chekka bo'ylab kam kiprikli, butun. ( Flora SSSR 1954-y.20-t. 466-469-b )

; >;> > >q ] - )> >

u>,* ^ t<ns

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

Tarkibída efirmoyi, geranilatsetat, askorbinkislota, timol, karvakral, oshlovchi

• ' '

moddalar, urug'ida o'ttiz foizgacha moy bor.

Uning yer ustki qismida 0,56-0,58 %, bargida 0,68-0,72 %, to'pgulida 0,560,65% efirmoyi mavjud.Undan tibbiyotda siydik haydovchi,uyqusizlikka qarshi,

mi

ovqat hazm qilish organlari faoliyatini yaxshilovchi dori - darmon sifatida foydalaniladi.

Tabobatda uning shoxchalari, yaprog'i, urug'i ishlatiladi. Tibbiyotda tog'rayhonning yer ustki qismidan foydalaniladi. O'simlik gullaganda o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Qurigandan so'ng bargi va gullari sidirib olinadi, poyalari esa tashlanadi.

Bundan tashqari tog' rayhon ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi.Tog'rayhonning bargi, guli, shoxchalari pazandalikda jumladan, bodring, qo'ziqorin, pomidor tuzlab yopishda qo'llaniladi. Quritib maydalangan tog'rayhon o'simligi quruq mevalarga,guruchga, kiyimlarga sepib qo'yilsa zararkunandalar kelmaydi. Undan turli alkogolsiz ichimliklar, atirsovunlar, tishpastalariga xushbo'y hid taratish maqsadida foydalanish mumkin. Shuningdek u asalshirali hisoblanadi.

Xalq tabobatida tog'rayhonining yer ustki qismidan tayyorlangan damlamasi nafas qisishi, o'pka sili va bronxit kasalliklarida yo'talni to'xtatuvchi, balg'am ko'chiruvch, va terlatuvchi dori sifatida hamda meda-ichak kasalliklarida (ichakning zaiflanishi) ishtaxa ochuvchi va ovqat hazim qilishini yaxshilovchi hamda siydik va el haydovchi dori sifatida qo'llaniladi.

Tog'rayhoni yer ustki qismidan damlama tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, ustiga maydalangan yer ustki qismida 15 gr ( uch osh qoshiq) solib, 2 soat damlab qo'yiladi. So'ngra dokada suzib kuniga 3-4 marta bir

osh qoshiqdan ichiladi.

Tog'rayhon yer ustki qismi ko'krak kasaliklarida ishlatiladigan va terlatuvchi yig'ma choylar tarkibida kiradi.

Aynan mana shu o'simlikni ko'paytirish va bu o'simlikdan xalq tabobatida to'gri foydalanib, turli xil kasalliklarga qarshi dori sifatida foydalanish, farmasevtika sohasida ham keng ko'lamda qo'llanilishini yo'lga qo'yish nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

3 ' 0> j >

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'. Pratov, Q. Jumayev. Yuksak o'simliklar sistematikasi. Toshkent-2003.

2. H. Xolmatov, M.N. Maxsumov. Shamollash kasalliklarida ishlatiladigan dorivor o'simliklar. Toshkent Ibn Sino nomidagi nashriyot -matbaa birlashmasi 1993.

3. ( Flora SSSR 1954-y.20-t. 466-469-betlar.

—-j J>

4. www.ipni.com( International plants Name Index).

№ )>

m ^ »l

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.