Научная статья на тему 'NOQONUNIY MIGRATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIYHUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIR'

NOQONUNIY MIGRATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIYHUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

11
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
migratsiya / noqonuniy migratsiya / migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish / noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish / migratsiyani tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish / миграции / незаканной миграции / правовое регулирование миграции / борьба с нелегальной миграцией / совершенствование организационноправовых основ миграции.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sherzodjon Mirzoxidjon O‘g‘li Maxsitaliyev

Hozirgi dunyoda davlatlarning rivojlanish istiqbollari bevosita migratsiya jarayonlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini migratsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababli, ko‘plab davlatlar migratsiya sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga, ularni huquqiy tartibga solish masalalarini takomillashtirishga, shuningdek boshqa davlatlar bilan migratsiya sohasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzishga hamda noqonuniy migratsiyani oldini olishga katta e’tibor qaratishmoqda. Mazkur maqolada noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslari ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Поскольку перспективы развития государств в современном мире напрямую зависят от миграционных процессов, экономическое развитие государств невозможно представить без миграции. Поэтому многие государства уделяют большое внимание развитию отношений в сфере миграции, совершенствованию вопросов их правового регулирования, а также заключению двусторонних и многосторонних договоров в сфере миграции с другими государствами и предупреждению нелегальной миграции. В данной статье научно обоснованы организационно-правовые основы борьбы с нелегальной миграцией. Параллельно разрабатываются предложения и рекомендации по борьбе с нелегальной миграцией, правовому регулированию миграции.

Текст научной работы на тему «NOQONUNIY MIGRATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIYHUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIR»

NOQONUNIY MIGRATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Sherzodjon Mirzoxidjon o'g'li Maxsitaliyev

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Inson huquqlariga oid xalqaro huquq" yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Hozirgi dunyoda davlatlarning rivojlanish istiqbollari bevosita migratsiya jarayonlariga bog'liq bo'lganligi sababli, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini migratsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababli, ko'plab davlatlar migratsiya sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga, ularni huquqiy tartibga solish masalalarini takomillashtirishga, shuningdek boshqa davlatlar bilan migratsiya sohasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar tuzishga hamda noqonuniy migratsiyani oldini olishga katta e'tibor qaratishmoqda. Mazkur maqolada noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslari ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: migratsiya, noqonuniy migratsiya, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

АННОТАЦИЯ

Поскольку перспективы развития государств в современном мире напрямую зависят от миграционных процессов, экономическое развитие государств невозможно представить без миграции. Поэтому многие государства уделяют большое внимание развитию отношений в сфере миграции, совершенствованию вопросов их правового регулирования, а также заключению двусторонних и многосторонних договоров в сфере миграции с другими государствами и предупреждению нелегальной миграции. В данной статье научно обоснованы организационно-правовые основы борьбы с нелегальной миграцией. Параллельно разрабатываются предложения и рекомендации по борьбе с нелегальной миграцией, правовому регулированию миграции.

Ключевые слова: миграции, незаканной миграции, правовое регулирование миграции, борьба с нелегальной миграцией, совершенствование организационно-правовых основ миграции.

899

April 24, 2024

ANNOTATION

Since the prospects for the development of states in the modern world directly depend on migration processes, the economic development of states cannot be imagined without migration. Therefore, many States pay great attention to the development of relations in the field of migration, the improvement of their legal regulation, as well as the conclusion of bilateral and multilateral treaties in the field of migration with other States and the prevention of illegal migration. This article scientifically substantiates the organizational and legal foundations of the fight against illegal migration. In parallel, proposals and recommendations are being developed to combat illegal migration and legal regulation of migration.

Keywords: migration, illegal migration, legal regulation of migration, combating illegal migration, improving the organizational and legal framework of migration.

Noqonuniy migratsiya tushunchasi ilmiy va maxsus adabiyotlarda turlicha ifodalangani bois, hozirgacha uning yagona ta'rifi mavjud emas. Xususan, M. I. Barannikning fikricha, noqonuniy migratsiya - shaxsning o'zga mamlakatga borishi yoki yashash manzilini tark etishi, o'z hududidagi xorijiy fuqarolarni noqonuniy yo'l bilan kiritish, tranzit qilish va qonunga xilof ravishda boshqa mamalakatga chiqish bilan bog'liq jarayon sifatida ta'riflaydi [1]. Professor V. N. Sumarokov esa, shaxsni chet elga chiqishi va ikkinchi mamlakat hududida bo'lishi qonuniy asoslarda vujudga kelsa-da, biroq uning mamlakatga qonunga xilof ravishda kirishi ham noqonuniy migratsiya sifatida baholangan [2].

Tadqiqotchi B. I. Egamberdiyevning fikriga ko'ra, noqonuniy migrsatsiya O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan respublika hududiga kirish, bo'lish va undan chiqish yoxud O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o'tish tartiblarini buzgan holda harakatlanishi sifatida ta'riflash maqsadga muvofiq bo'ladi [3].

Yuqoridagi keltirilgan ta'riflarga qo'shilgan holda aytish mumkinki, noqonuniy migratsiya - O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqarolikka ega bo'lmagan shaxsning xalqaro standartlar va milliy qonunchilikda belgilangan davlatdan chiqish, uning hududida bo'lish va undan chiqish, shuningdek uning hududidan tranzit o'tish qoidalarining buzilishi hisoblanadi.

Noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, migratsiya munosabatlarini huquqiy tartibga solish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy barqarorligini ta'minlashda, jinoyatchilikni oldini olish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda katta ahamiyatga ega.

Zero, hozirda dunyodagi notinch hamda tahlikali vaziyatda mamlakat xavfsizligi, aholing tinchligi hamda jamoat tartibini saqlash eng ustuvor vazifalardan biridir. Sababi,

April 24, 2024

900

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

ba'zi bir xorijiy davlatlarda noqonuniy yo'llar orqali o'sha davlat hududiga kirib borgan shaxslar (migrantlar) jinoiy sindikatlar bo'lib chiqmoqda. Ular ko'pincha transchegaraviy bo'lib, xorijiy razvedka xizmatlari hamda xalqaro radikal ekstremistik tuzilmalarning emissarlari bilan hamkorlik qiladi. Shu bilan bir qatorda bunday jinoiy guruhlar odam savdosi va giyohvand moddalari bilan ham shug'ullanadi, shuningdek, moliyaviy jinoyatlar hamda kiberjinoyatlarni sodir etmoqda. Natijada, ushbu vaziyat boshqa davlatlarni migratsiya munosabatlarini tartibga solish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga undamoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish, migratsiya munosabatlarini tartibga solish asosiy masalaga aylanib bormoqda. Chunki, hozirgi vaqtda O'zbekiston hududiga migrantlarning chegarani buzib o'tib, aylanma yo'llar orqali noqonuniy kirib kelishi yoxud respublika hududidan noqonuniy yo'llar bilan chiqib ketish holatlari ko'payib bormoqda.

Noqonuniy migratsiya mamalakatimizga ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, shu bilan bir qatorda jinoiy jihatdan o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida chet mamlakatlarga ishlash maqsadida borayotgan mehnat migrantlari tomonidan noqonuniy yoki aylanma yo'llar bilan mamlakat hududini tark etgan holda boshqa davlat hududi chegarasini buzib o'tib, davlatning qonunlariga itoat etmaslik holatlari kelib chiqmoqda.

Mazkur holatlarda mamlakatda migratsiya nazorati tizimi samarasiz bo'lib qolmoqda hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda qarshilik ko'rsata olmayapti. Migratsiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organining mavjud emasligi oqibatida davlat organlari noqonuniy migratsiya kelib chiqishining oldini olish va bartaraf etishda vakolatlardan to'liq hajmda foydalana olmayapti. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida migratsiya tizimi qonun bilan tartibga solinmaganligi ham noqonuniy migratsiyani tashkil etishga imkon yaratib berayotgan omillardan biri bo'lib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida insonlar o'rtasida tanosil yoki OITS kasalligini yuqtirish ehtimolining ortishiga, pornografik mahsulotlarini olib kirish, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish, chet elga chiqish, kirish yoxud qonunga xilof ravishda chegaradan o'tish tartibini buzish, diniy ektremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, rahbarlik qilish va ishtirrik etish, diniy mazmundagi materiallalrni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, tarqatish va ularni olib kirish, bojxona nazoratini cheklab yoki yashirib, zaharli, zaharlovchi, radiaktiv, portlovchi moddalar, qurol-yarog', o'q otar qurollar, o'q dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish kabi jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo'lib kelmoqda [4].

Noqonuniy migratsiya tufayli insonlar chet mamlakatlarda o'sha davlatga noqonuniy ishga borganliklari va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanganliklari,

April 24, 2024

901

chegarani aylanma yo'llar orqali buzib o'tganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Sababi, ko'plab xorijiy davlatlarda noqonuniy migratsiya uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. O'zbekiston Respublikasida esa noqonuniy migratsiya uchun javobgarlik belgilanmagan. Balki ushbu omillar ham noqonuniy migratsiyaga sharoit yaratib berayotgan omillardan biri bo'lib kelmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, migratsiya sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish borasida qonun darajasidagi normativ huquqiy-hujjatlarning mavjud emasligi, shuningdek, migratsiya sohasida yagona davlat siyosatini yuritadigan davlat organlarining mavjud emasligi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalarni amalga oshirishni murakkablashtirmoqda.

REFERENCES:

1. Баранник М.И. Криминологические и правовые проблемы борьбы с незаконной миграцией. Владивостокский центр по изучению организованной преступности. -Владивосток, 2002. - С.

2. Сумароков В.Н. Нелегальная миграция как угроза национальной безопасности российской федерации: понятие, содержание, причины возникновения, направления противодействия //Transport Business in Russia., №1 2014. - С.

3. Эгамбердиев Б.И.: Ички ишлар органларининг миграция жараёнларига доир фаолиятини такомиллаштириш. Авто. дисс. ... юридик фанлар буйича фалсафа доктори (Doctor of Philosophy). Тошкент, 2021.

4. М. А. Макаров. Организация незаконной миграция. Магистерская диссертация, Красноярск, 2021.

5. Sh. A.Jo'rayev. Migratsiya sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati va uni takomillashtirsh masalalari.

6. http:// proacademy.uz

902

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.