Научная статья на тему 'XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA UNING FALSAFIY TALQINI'

XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA UNING FALSAFIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
165
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Migratsiya / mehnat migratsiyasi / erkaklar va ayollar migratsiyasi sabablari / migratsiyaning ijobiy va salbiy taraflari / inson / jamiyat / ijtimoiy-siyosiy institut. / Migration / labor migration / causes of male and female migration / positive and negative aspects of migration / human / society / socio-political institution.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tuxtaboyev, Eldor Abdujaborovich

Ushbu maqolada bugungi kundagi xalqaro migratsiya jarayonlari falsafiy talqin erilgan. Dunyo miqyosida migratsiyaning yо‘nalishlari о‘rganilgan va bu jarayon davom etmoqda. Jahonda migratsiya tez sur’atlarda о‘sib borayotgan bо‘lsa-da, bu yо‘nalish bо‘yicha sanoqli tadqiqotlar о‘tkazilgan, kam о‘rganilgan. Jahonda va О‘zbekistonda migratsiya bо‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar va loyihalar ilmiy jihatdan asoslanib yorotilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES OF INTERNATIONAL MIGRATION AND ITS PHILOSOPHICAL INTERPRETATION

This article presents a philosophical interpretation of today's international migration processes. Global migration trends have been studied and this process continues. Although migration is growing rapidly in the world, few studies have been conducted in this direction, and little has been studied. The scientific works and projects carried out on migration in the world and in Uzbekistan are highlighted on a scientific basis.

Текст научной работы на тему «XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA UNING FALSAFIY TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA UNING FALSAFIY

TALQINI

Tuxtaboyev Eldor Abdujaborovich

Toshkent davlat transport universitetining "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi Tayanch doktaranti Tel.+998903481486

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kundagi xalqaro migratsiya jarayonlari falsafiy talqin erilgan. Dunyo miqyosida migratsiyaning yo'nalishlari o 'rganilgan va bu jarayon davom etmoqda. Jahonda migratsiya tez sur 'atlarda o'sib borayotgan bo 'lsa-da, bu yo'nalish bo'yicha sanoqli tadqiqotlar o'tkazilgan, kam o'rganilgan. Jahonda va O'zbekistonda migratsiya bo'yicha olib borilgan ilmiy ishlar va loyihalar ilmiy jihatdan asoslanib yorotilib berilgan.

Kalit so'zlar: Migratsiya, mehnat migratsiyasi, erkaklar va ayollar migratsiyasi sabablari, migratsiyaning ijobiy va salbiy taraflari, inson, jamiyat, ijtimoiy-siyosiy institut.

ABSTRACT

This article presents a philosophical interpretation of today's international migration processes. Global migration trends have been studied and this process continues. Although migration is growing rapidly in the world, few studies have been conducted in this direction, and little has been studied. The scientific works and projects carried out on migration in the world and in Uzbekistan are highlighted on a scientific basis.

Key words: Migration, labor migration, causes of male and female migration, positive and negative aspects of migration, human, society, socio-political institution.

KIRISH

Jahon mamlakatlarida aholi tarkibi va joylashuviga migratsiyalar katta ta'sir ko'rsatadi. Migratsiya (lotincha migratio - "ko'chish") - aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatga ko'chishi. Bitta manzilgoh ichidagi ko'chish migratsiya hisoblanmaydi. Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko'ra tasniflanishi mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki migratsiyalar ajratiladi. Tashqi migratsiya deganda, boshqa davlatga ko'chish tushuniladi. Ba'zida tashqi migratsiyalar materik ichidagi va materiklararo migratsiyalarga bo'linadi. Ichki migratsiya bir davlat ichidagi boshqa hududga ko'chish hisoblanadi.U o'z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo'linadi. Muddatiga ko'ra

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

migratsiyalar doimiy va vaqtincha turlarga bo'linadi. Vaqtincha migratsiyalar mavsumiy, vaxtali hamda mayatniksimon (tebranma) bo'ladi. Mavsumiy migratsiyalar ko'proq qishloq xo'jalik ishlari bilan bog'liq bo'lsa, vaxtali migratsiyalar, asosan, tabiiy sharoiti noqulay hududlar dagi foydali qazilma konlarida yoki qurilish obyektlarida mehnat qilish bilan bog'liq. Mayatniksimon migratsiyalar esa shahar va uning atrofi o'rtasida kunlik va haftalik tartibda kechadi: shaharga uning atrofidagi qishloq va kichikroq shaharlardan aholi ishlashga, o'qishga va boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa chetga, asosan, dam olish, ziyorat qilish yoki dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun tez-tez qatnab turishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugun jamiyatshunos tadqiqotchilar tomonidan izchil va chuqur o'rganilayotgan ushbu muammolar tarkibida migratsiya jarayonlar muhim axamnyat kasb etadi. Zero, BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2016 yilda yer yuzida qariyb 1150 mln.ga yaqin migrantlar bo'lgan. Ular shu yili o'z mamlakatlariga 3000 mlrd. AQSH dollaridan ziyod sarmoyani kiritgantarini e'tiborga oladigan bo'lsak, bunda inson omili mavzusini nafaqat iqtisodiy balki ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham o'rganish o'ta muhimligini ta'kidlash joiz. Xususan Respublikamizdagi rasmiy ma'lumotlarga ko'ra: 2016 yilda 3mln, 2017 Yilning birinchi yarmida 4mln. 2018 yilda 5 mln. ga yaqin O'zbekiston fuqarosi tashqi mehnat migratsiyasida ishitirok etgan.1

Ma'lumki, so'nggi yarim asr mobaynida katta iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishgan: Turkiya. Xitoy, Hindiston. Filipin va xatto industrial rivojlangan Yaponiya kabi davlatlar ham migratsion jarayonlar va unda shitirok etgan fuqarolariga insoniy kechinmalari sotsiologiyasini izchil ilmiy o'rganish orqali katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Ularning tajribalaridan bugungi kunda rivojlanib kelayotgan boshqa mamlakatlar ham unumli foydalanmoqda.

Darhaqiqat. migratsiya hamma vaqt barcha davlatlarda zaruriy. obyektiv jarayon bo'lgan. Bu jarayonning boshqarilishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy barqaror rivojtanishni ta'minlagan bo'lsa. stixiyali kechishi, uning ziddiyatlarini keskintashtirganligi haqida tarixdan ko'plab misollar keltirish mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda, tadqiqot dolzarbligi quyidagilar bilan izoxlash mumkin.

Birinchidan, XX asrning 90 yillaridan boshlab ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida "inson omili" tushunchasiga bo'lgan qarashlar o'zgardi. Yuqori sur'atlar bilan rivojlanayotgan axborot asri kishisida: "salomatlik", "yuqori professional ta'lim", "intellektual saloxiyat", "sog'lom turmush tarzi", "o'z haq-huquqlarini ximoya qilish", "mustaqil fikr yuritish huquqi" va boshqa demokratik tamoyillar. paradigmalar o'zgarship "inson omili" tushunchasiga nisbatan yangicha ilmiy munosabatni taqozo qilmoqda.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ikkinchidan. Globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining ingensivlashuvi migratsiya fenomeniga: mintaqaviy-xududiy, etnik va diniy- konfessional yondashuvlarga asoslangan muqobil nazariyalarni vujudga keltirdi. Bu esa, ularni qiyosiy taxdil qilib, umumlashgiradigan sotsiologik tadkikotlar olib borishni kun tartibiga qo'ymoqda. Aholi migratsiyasi murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, ushbu fenomen hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatmoqda. Bizning davlatimiz global migratsion jarayonda emigrant davlat sifatida ishtirok etayotganini millionlab fuqorolarimizning ta'lim olish va mehnat qilish maqsadida chet davalatlarga miratsiya qilayotgani misolida keltirish mumkin. Mamalakatimizda migratsiya keng tarqalgan bo'lsa-da, bu yo'nalishdagi tadqiqotlar sanoqliligicha qolmoqda. Xususan, migratsiya jarayonini ijtimoiy-gumanitar soha doirasida R.Madaliyeva, T.Saidbayev, K.Kalanov, A.Rasulov, N.Qurbonov va F.Parmonovlar o'zlarining tadqiqotlarida qisman yoritgan. O'zbekistonda migrant oilalar ijtimoiy-psixologik tarafdan birinchi bo'lib H. Abdusamatov tomonidan, axloqiy-falsafiy jihatdan esa S.Alimov tomonidan o'rganilgan.

F.Parmonov olib borgan tadqiqot ishida migratsiya jarayoni qadriyatlar taransformatsiyasiga sabab bo'lishini ta'kidlagan. Ma'lumki, har bir xalqning diniy, axloqiy va milliy qadriyatlar tizimi mavjud. O'zbekiston aholisining ham o'z milliy qadriyatlar tizimi mavjudligiga qaramay, migratsiyaga ketgan erkak yoki ayol o'zga millat qadriyatlar tizimini qisman xulq-atvorida shakllantiradi. Migrant vataniga qaytgach, albatta, o'zlashtirgan qadriyatlar tizimini oilasida joriy qila boshlaydi. O'zlashtirilgan qadriyatlar kelajak avlod uchun salbiy ta'sir qilayotgan globallashuv davrida o'zini ko'rsatmoqda.

Hozirgi kunda yurtimizda nafaqat mehnat migratsiyasi, balki ta'lim, sog'liqni tiklash, kasb egallash maqsadida va hatto nikoh migratsiyasi ham rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 1-mart holatida 2 million 356 nafar yurtdoshimiz mehnat muhojiri sifatida chet elda mehnat qilmoqda. Biroq bu sonlarni migrantlarni haqiqiy, deb ayta olmaymiz, chunki noqonuniy migrantlar ham juda ko'pchilikni tashkil qiladi.

Yurtimizda migrantlar uchun huquqiy sharoitlar yaratib berilmoqda. Bosh qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasiga muvofiq, "davlatimiz o'z hududida ham, boshqa mamlakat hududida ham o'z fuqarolarining huquq va manfaatlarini muhofaza qilishi hamda ularga homiylik qilishni kafolatlashi" belgilab qo'yilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Migratsiyaning ko'p ijobiy taraflari bo'lgani kabi salbiy xususiyatlari ham mavjud. Shulardan biri sifatida aholi migratsiyasi bilan bog'liq axloqiy muammo sabab migratsiyaga ketish holatlarini keltirib o'tish mumkin.

Axloqiy muammo - "intelektual kapitalning oqib ketishi", ya'ni ziyolilarning xorijga chiqib ketishidir. Migratsiya yoki migrantlar haqida gap ketganda, albatta, iqtisodiy muammolar birlamchi sabab sifatida oldingi o'ringa qo'yiladi. Ammo aynan ziyoli qatlamning mehnat va kasb migratsiyasiga qo'shilishiga iqtisodiy omillardan tashqari, ma'naviy va axloqiy omilar ham sabab sifatida ko'rsatilishi mumkin. Zero, ziyoli insonlar (doktorlar, professorlar, olimlar, yozuvchilar va hokazo) jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'luvchi omillar (korrupsiya, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik va boshqalar) ga davlat kelajagini o'ylagan fuqaro pozitsiyasida turgan holda qarshi kurashadi. Ziyoli qatlam jamiyat rivojiga to'sqinlik qiluvchi muammolar hal etilmagach, migratsiyaga ketishga qaror qiladi. Oqibatda jamiyatdagi faollar va ziyolilar kuchsizlashadi, ijtimoiy axloqiy muammolar esa ko'payadi va o'z-o'zidan jamiyat kelajagi uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda yoshlarning rivojlangan davlatlarga ta'lim maqsadida migratsiya qilishi ko'paygani quvonarli holat, lekin ularning boshqa davlatda ta'lim olishdan ko'zlagan niyati o'qishni tugatgach, o'sha mamlakatda ishlab qolish hisoblanadi. Bu ham bizning davlat kelajagi uchun katta yo'qotishdir. Biroq boshqa tomondan esa yoshlar milliy qadriyatlar va axloqiy qarashlarimizni o'zgartirishi mumkinligi ham muammoli vaziyat hisoblanadi.

Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalariga qator xususiyatlar va muammoli jihatlar xos. Eng ahamiyatlisi shundaki, migratsiya jarayonlari bugungi kunga kelib chindan ham globallashdi, deyarli barcha mintaqa va mamlakatlarni o'z doirasi bilan qamrab oldi. Tashqi migratsiya ayrim hollarda, ayniqsa, rivojlangan va o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun aholining umumiy ko'payishida katta rol o'ynaydigan bo'ldi. Ammo xalqaro migratsiya oqimlari immigratsiya markaziga aylangan davlatlar aholisining tarkibi va harakatiga, jamiyatdagi etnik va konfessional (diniy) xilma-xillikka, millatlararo va dinlararo munosabatlarga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda. Ba'zida mahalliy aholi va kelgindilar orasida to'qnashuv, mojarolar ham sodir bo'lib turibdi. Shu bilan birga, oxirgi yillarda dunyoda aholining majburiy migratsiyalari kuchayib bormoqda. Bu migratsion to'lqinlarning o'choq lari sifatida Suriya, Iroq, Falastin, Liviya, Afg'oniston va boshqa harbiy-siyosiy vaziyati og'ir va aholining keng qatlamlari uchun xavfli bo'lgan davlatlar alohida ajralib turibdi. Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi (masalan, ta'lim darajasi nuqtayi nazaridan) o'zgarib bormoqda, davlatlararo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

migratsiya oqimlarida yuqori malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat immigratsiya markazlari bo'lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o'choqlari - rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya'ni salbiy holat hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida takidlash joizki, migratsiya hozirgi kunda o'sishdan to'xtamaydigan jarayon hisoblanadi. Zamon talabi esa migratsiyani kengroq tadqiq etish, muammolariga yechim topishdir. Migratsiyaga ketayotgan shaxslar faqatgina moddiy mablag'ni ko'zlab, tavakkal qilib ketishi ko'plab salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Migratsiyaning ijobiy va salbiy omillari yuqorida aytilganidek, tadqiqotlarda ko'rib chiqildi. Migratsiya qaroriga kelishdan oldin har bir shaxs o'z individual xususiyatlaridan kelib chiqib, oilasi va o'zi uchun eng maqbul choralarni ko'rishi lozim. Bir narsani tan olish kerakki, migratsiyaning bir qancha ijobiy jihatlari ham mavjud. Masalan, iqtisodiy barqarorlik, dunyoqarashning kengayishi kabilar hisobiga oilalardagi ajrimlar hamda bolalarning kelajagiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini hisobga olish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2019.

2. Каримов И.А. Мамлакатни модернизания килиш ва иктисодиётимизни баркарор ривождантириш йулида. 1б-жнлд. / Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш - барча ислохот ва узгаришларимизнинг бош максаднднр. Тошкент: Узбекистон нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2008. - 235 б.

3. Reymbaeva Roza, Ernazarova Raya, Joldasbaeva Gulchexra, & Allambergenova Laura. (2023). HANDBALL EFFICIENCY IN THE SYSTEM OF PHYSICAL EDUCATION. Innovations in Technology and Science Education, 2(14), 721-725. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/1774

4. Roza, R., Talgat, K., Raya, E., & Aynura, P. (2023). THE CONTENT AND FORMS OF SUPPORT FOR PROFESSIONAL SELF-DETERMINATION OF STUDENT TEACHERS. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 273-279.

5. Saparbaevna, R. R., Erejepovich, K. D., Allanazarovna, E. R., & Sabitovna, P. A. (2022). Organization Of Rational Nutrition of Athletes in Training and Competitive Activities. Specialusis Ugdymas, 2(43), 3566-3568.

6. Saparbaevna, R. R., & Allanazarovna, E. R. (2020). Aspects Of Studying Snakes In The Fauna Of Uzbekistan. Solid State Technology, 63(6), 3765-3771.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.