INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.Q. Yusupaliyeva1^_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti, siyosiy fanlar doktori, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Mazkur maqolada nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va uni targ'ib qilish masalalari, shuningdek, uni muhofaza qilishga qaratilgan hujjatlar, jumladan, Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo'yicha Konvensiya, "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabr "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-405-sonli qarori kabi qator hujjatlarninig mohiyati haqida so'z boradi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MAQSAD: nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: O'zbekistonimiz nomoddiy madaniy meros durdonalariga boy kam sonli davlatlardan. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho boylikni asrash, targ'ib qilish va kelajak avlodlarga yetkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sababi, dunyo miqyosida madaniyatlarning umumlashuvi - olomon madaniyati xavf solib turgan bir paytda har bir xalq urf-odatlari, marosim va udumlari haqida so'z yuritishi hozirgi kunda dolzarb masala bo'lib turibdi. Aynan shunday vaziyatda yoshlarning ongida o'zbek xalqining asrlar mobaynida sayqal topib o'zgacha ahamiyat kasb etib, qadriyat darajasiga yetgan urf-odatlari, xalq ijodiyoti hamda ular bilan bog'liq bilim va ko'nikmalarni shakllantirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda
XULOSA: davlatimiz tomonidan bu soha rivojiga kata ahamiyat berilmoqda. Va aynan davlatimiz rahbarining "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori g'oyat keng qamrovli bo'lib, avvalo nomoddiy madaniy merosimizni yanada yuksaltirishga chinakam dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Shunigdek, qaror asosida 2024 yildan boshlab,
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
har yili mart oyida "Milliy qadriyatlar oyligi" tadbirlari va xalq sayillarini o'tkazib borish yo'lga qo'yildi;
2024 yil 1 oktyabrga qadar "Qadriyat" elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratildi hamda tegishli elektron xizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilindi. O'ylaymanki, bu kabi tadbirlar o'z natijasini taqdim etadi.
Kalit Бо^аг: nomoddiy madaniy meros, obyektlar, "Qadriyat" elektron platformasi, reprezentativ ro'yxat, madaniyat va san'at, qaror, Konvensiya.
Iqtibos uchun: Yusupaliyeva D.Q. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va targ'ib etish masalalari. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 334-342.
ВОПРОСЫ ЗАЩИТЫ, СОХРАНЕНИЯ И ПРОДВИЖЕНИЯ НЕМАТЕРИАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ_
© Д. К. Юсупалиева1Н
1 Государственный института искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассмотрены вопросы охраны, сохранения и популяризации нематериального культурного наследия, а также документы, направленные на его охрану, в том числе Конвенция об охране нематериального культурного наследия «Охрана и сохранение объектов нематериального культурного наследия на 2010-2020 годы». , популяризация и использование их Государственной программы», Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2023 года «Дополнительные меры по развитию охраны, научного изучения и популяризации нематериального культурного наследия» обсуждается суть ряда документов, таких как Решение №Р0-405.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей.Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях. академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ЦЕЛЬ: защита, сохранение, популяризация объектов нематериального культурного наследия и устранение возникающих проблем
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Узбекистан - одна из немногих стран, богатых нематериальным культурным наследием. В годы независимости проводится большая работа по сохранению, популяризации и передаче этого бесценного богатства будущим поколениям. Причина в том, что в то время, когда генерализация культур - культура толпы находится под угрозой - разговор о
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
традициях, обрядах и традициях каждого народа является актуальным вопросом. Именно в такой ситуации в сознании молодежи традиции узбекского народа, приобретшие на протяжении веков особое значение и достигшие уровня ценности, рассматриваются как основная задача формирования связанных с ними знаний и умений.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: наше государство придает большое значение развитию этой отрасли. И именно решение руководства нашего государства «О разработке и дополнительных мерах по совершенствованию сохранения, научного изучения и популяризации нематериального культурного наследия» является чрезвычайно комплексным и, прежде всего, дальнейшим расширением нашего нематериального культурного наследия. служит настоящей программой обновления. Также на основании решения, начиная с 2024 года, ежегодно в марте запускается «Месяц национальных ценностей» продуктовых и народных развлечений;
С 20 октября 2014 года до 1 октября были созданы и интегрированы с соответствующими электронными доступами и ресурсами электронная платформа «Кадрият» и ее мобильное приложение. Я думаю, что такая помощь окупится.
Ключевые слова: нематериальное культурное наследие, объекты, электронная площадка «Кадрият», представительский список, культура и искусство, решение, Конвенция
Для цитирования: Юсупалиева Д.К. Вопросы защиты, сохранения и продвижения нематериального культурного наследия. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 334-342.
ISSUES OF PROTECTION, PRESERVAATION AND PROMOTION OF INTANGIBLE CULTURAL HERITAGE_
© Dilafruz Q. Yusupaliyeva1®
1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: in this article, the issues of protection, preservation and promotion of intangible cultural heritage, as well as documents aimed at its protection, including the Convention on the Protection of Intangible Cultural Heritage, "Protection and preservation of intangible cultural heritage objects in 2010-2020, promotion and use of them State program", of the President of the Republic of Uzbekistan, December 25, 2023 "Additional measures for the development of protection, scientific study and promotion of intangible cultural heritage about" is discussed about the essence of a series of documents, such as Decision No.PQ-405.
MATERIALS AND METHODS: in order to analyze the extent to which students can master the science and technology they are studying, as well as the influence of the ease and complexity of mastering this science after training, a corpus of 5 scientific articles was
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
created. A collection of articles 2020-2023, published in international and national publications. academic journals between years. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
AIM: protection, preservation, promotion of intangible cultural heritage objects and elimination of emerging problems.
DISCUSSION AND RESULTS: Uzbekistan is one of the few countries rich in intangible cultural heritage. In the years of independence, extensive work is being done to preserve, promote and pass on this priceless wealth to future generations. The reason is that at a time when the generalization of cultures - the culture of the crowd is in danger -talking about the traditions, rituals and traditions of each nation is an urgent issue. It is in such a situation that in the minds of young people, the Uzbek people's traditions, which have gained special importance and have reached the level of value over the centuries, are considered as the main task of forming the knowledge and skills related to them.
CONCLUSION: Our state attaches great importance to the development of this sector. And it is the decision of the leadership of our state "On the development and additional measures to improve the preservation, scientific study and promotion of the intangible cultural heritage" that is extremely comprehensive, and first of all, our intangible cultural heritage further expansion. serves as a real upgrade program. Also, on the basis of the decision, starting from 2024, every year in March, the "Month of National Values" product and folk entertainments were launched;
On October 20, 2014, until October 1, the "Qadriyat" electronic platform and its mobile application were created and integrated with relevant electronic access and resources. I think that this kind of help pays off.
Key words: intangible cultural heritage, objects, "Kadriyat" electronic platform, representative list, culture and art, decision, Convention
Tarixan har bir xalq yoki millat o'zining ming yillik an'ana, urf-odat, marosimlari bilan boshqa millatlardan ma'naviy jihatdan ajralib turgan. Albatta bunga yana bir qator inson ma'naviyati bog'liq tushunchalarni keltirib davom ettirish mumkin. Ammo oddiy xalq ishonadigan va ishonib bajaradigan shunday ma'naviy diniy tadbirlar va marosimlar borki, buni boshqa xalqlarda aynan kuzatish qiyin. Shu jihatdan har bir xalqning o'zligini namoyon etib turadigan bunday meroslar qadimdan xalq og'zaki ijodi na'munalari, folklor tarkibida bo'lgan. Har bir xalqda kuzatiluvchi takrorlanmas bu meros madaniyatlararo turli-tumanlikni ko'rsatib ularni bir-biridan kamsitmagan holda ajratib kelgan. Dunyo suratining tezlashuvi barcha sohalarda moddiy va ma'naviy sohada ham qator o'zgarishlarga olib keldi. Natijada rivojlangan jamiyatlar barcha sohalarda o'z imkoniyatlarini namoyon eta boshladi
For citation: Dilafruz Q. Yusupaliyeva. (2024) 'Issues of protection, preservaation and promotion of intangible cultural heritage', Inter education & global study, (4(2)), pp. 334-342. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Mustaqillik sharofati bilan nomoddiy madaniy merosimiz ham qayta tiklandi. Mazkur atama keyingi yillarda paydo bo'lgan bo'lsa-da, biroq uning mohiyatida, tub ildizlarida xalqimizning og'zaki ijod namunasi sifatida qarab kelinayotgan qadimiy folklor hamda milliy hunarmandchilikka oid bilim va ko'nikmalar, odat, marosim, bayramlar, shuningdek, ijro san'ati namunalari yotadi. Bu tushuncha sohaga aylanib bugun dunyo bo'yicha e'tirof etilayotgani - globallashuv jarayoni bilan bog'liq. Dunyo miqyosida madaniyatlarning umumlashuvi - olomon madaniyati xavf solib turgan bir paytda har bir xalq urf-odatlari, marosim va udumlari haqida so'z yuritishi hozirgi kunda dolzarb masala bo'lib turibdi. Buni his qilgan xalqlar hozirda o'z milliy xususiyatlari va merosini saqlab qolish, uni muhofoza qilish va kelajak avlodga yetkazish borasida keng ko'lamli kurash olib bormoqda. Xususan, YUNESKO 1990-yillardayoq Insoniyat nomoddiy madaniy merosini muhofazaga olish taklifi bilan chiqdi. Mazkur tashkilot shu bugungacha moddiy merosni muhofaza qilish borasida Konvensiya va konsepsiyalar ishlab chiqqan bo'lib, nomoddiy meros bo'yicha ko'tarilgan taklif bu sohadagi ilk qadamlardan bo'ldi. YUNESKO 2001-yilda nomoddiy madaniy meros ta'rifini kelishilgan holda ishlab chiqish maqsadida a'zo davlatlar va nodavlat tashkilotlari o'rtasida so'rov o'tkazadi. Maxsus bir ta'rifga kelishilgach, 2003-yil 17-oktabr Parij shahrida Nomoddiy madaniy meros muhofozasi bo'yicha Konvensiya qabul qilingan.
Davlatimiz ham 2008-yili ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilib, unga a'zo bo'ldi. Shu munosabat bilan nomoddiy madaniy meros masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi 222-son qaroriga asosan 2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturining qabul qilinishi o'ziga xos tarixiy voqea bo'ldi. Ushbu dasturni ijro etish maqsadida esa respublikamizning 38 tashkilot va muassasalari biriktirildi. Xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi1ga davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalari bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasa maqomi berildi.
Tarix, san'at, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega bo'lgan madaniy meros ob'yektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risidagi Konvensiya hamda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro Konvensiyada belgilangan tartibda tegishlicha Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro'yxatiga kiritish yo'li bilan jahon madaniy merosi ob'yektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Madaniy meros ob'yektlari tarixiy-madaniy ekspertizasining xulosasi asosida madaniy meros ob'yektlarini Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyun "Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-114-sonli Farmoni bilan Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb atala boshlandan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
(YUNESKO) huzuridagi Umumjahon merosi qo'mitasi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mita talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo'yicha Milliy komissiyasiga yuboriladi.
Nomoddiy madaniy meros ob'yektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targ'ib qilish va rag'batlantirish ishlarini o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori bilan "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi"2 tasdiqlangan. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, unga:
Davlat dasturi monitoringini yuritish;
muntazam ravishda har bir yil yakunida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etish;
Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi3ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro'yxatiga kiritiladigan nomoddiy madaniy meros ob'yektini o'rganish va hujjatlashtirish ishlari, aksariyat hollarda, obyekt joylashgan joyda tashkil etiladi. Bu ishga davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yo'nalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar mustaqil ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin. Bunda, Markaz belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar bilan shartnomalar tuzadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabr "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-405-sonli qarori qabul qilindi.
Nomoddiy madaniy merosni saqlash va keyingi avlodlarga yetkazishni ta'minlash bo'yicha shunday tartib o'rnatilsinki, unga ko'ra 2024-yil 1-apreldan boshlab: a) noyob va (yoki) yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan nomoddiy madaniy meros namunalari bo'yicha: madaniyat vazirligi tomonidan birinchi bosqichda ushbu toifadagi nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga nomoddiy madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, ommalashtirish va keyingi avlodga yetkazish borasidagi faoliyatida ko'maklashiladi hamda ularning bu boradagi faoliyatini baholash ko 'rsatkichlari belgilab beriladi; ushbu ko'rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg'armasi hisobidan har oyda 5 million so'm miqdorida rag'batlantirib boriladi; b) alohida ahamiyatga ega bo'lgan
2 D.Chinpo'latov. Nomoddiy madaniy meros va yoshlar. BMI. //Toshkent - 2019. 79 b
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyun "Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-114-sonli Farmoni bilan Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb atala boshlandan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
nomoddiy madaniy meros namunalari bo'yicha: nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ'ib qilish, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi; audiovizual asar yaratish bo'yicha davlat buyurtmasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuziladigan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, "Hunarmand" uyushmasi va Madaniy meros agentligining nomoddiy madaniy meros namunalarini "tayyorlash - o'rgatish -tiklash - saqlash - ommalashtirish" yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantirish bo'yicha taklifi ma'qullandi.
Bunda, tajriba tariqasida Farg'ona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Marg'ilon shahridagi Hunarmandchilik markazida tegishlicha quyidagilarni ta'minlaydi: atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, ularni tayyorlash "ustoz-shogird" tamoyili asosida yoshlarga o'rgatiladi, ilmiy tadqiqotlar, ko'rgazma va namoyishlar tashkil qilinadi, ularning savdosi yo'lga qo'yiladi; doimiy ekspozitsiyalar yaratiladi, shuningdek, atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlarining eng yaxshi namunalari "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga xarid qilib olinadi.
Qarorda quyidagilar tasdiqlandi: Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish rejasi; Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgani inobatga olinsin hamda uning asosiy vazifalari; YUNESKOning xalqaro ro'yxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari ro'yxati; 2024 - 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o'rganish bo'yicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasi; 2024 - 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o'rganish va targ'ib qilish bo'yicha fundamental va maqsadli grantlar bo'yicha davlat buyurtmalari rejasi; 2024 - 2026-yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish rejasi; 2024 - 2026-yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlari); 2024-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni yanada kengroq qo'llab-quvvatlash bo'yicha "yo'l xaritasi".
2024-yil 1-oktabrga qadar "Qadriyat" elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin hamda tegishli elektron xizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilish ko'zda tutilgan. "Qadriyat" elektron platformasida: nomoddiy madaniy merosni, shu jumladan maqom va baxshichilik san'ati namunalarini o'zida saqlovchi va yetkazuvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar hamda ularning ro'yxati; nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom va baxshichilik san'ati namunalarini elektron hujjatlashtirish, hisobini yuritish va ular haqidagi materiallar, matn, foto va boshqa audiovizual asarlar; sohaga oid xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalari materiallari, xalqaro ro'yxatlarga kiritilgan nomoddiy madaniy meros namunalari haqidagi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
batafsil ma'lumotlar joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi; "Qadriyat" elektron platformasini yaratish bilan bog'liq xarajatlar Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasiga ajratilgan budjet mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi hamda elektron platformani doimiy ravishda modernizatsiya qilish, texnik qo'llab-quvvatlash va faoliyat yuritishi Institut tomonidan ta'minlanadi.
Quyidagilar Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari hisoblanadi: madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy baza, institutsional tizim va madaniyat muassasalari faoliyatini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo'yicha ilmiy xulosa va takliflar tayyorlash; xalqimizning ma'naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, yurtdoshlarimizni milliy madaniyatimiz va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan keng bahramand etish, jamiyatning madaniy-estetik ehtiyojlarini ta'minlash bo'yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish; madaniyat tashkilotlari, jumladan, madaniyat markazlari, teatrlar, sirk muassasalari, konsert tashkilotlari, madaniyat va istirohat bog'larining faoliyatini, shuningdek, madaniy-ommaviy, konsert-tomosha, gastrol tadbirlari, xalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik, amaliy san'at turlari hamda xalq o'yinlarini ilmiy o'rganish va ularni ilmiy-uslubiy jihatdan ta'minlash; madaniyat, san'at, badiiy ijod, madaniyatshunoslik hamda nomoddiy madaniy meros sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, etnofolklor ekspeditsiyalarini uyushtirish, sohada innovatsion texnologiyalarni keng qo'llash, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy va amaliy grant loyihalarini amalga oshirish; O'zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy meros muhofazasini tashkil etishning nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish; mamlakatimiz hududlaridagi nomoddiy madaniy meros elementlarining milliy ro'yxatini yuritish, hujjatlashtirish, muhofaza va nazorat qilish, bu yo'nalishda davriy hisobotlarning tayyorlanishi va doimiy ravishda yangilab, to'ldirib borilishini ta'minlash, ularning namunalarini umume'tirof etilgan xalqaro ro'yxatlarga kiritish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish; aholi o'rtasida, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nomoddiy madaniy merosni keng targ'ib qilish, ommalashtirish hamda bu sohada ilmiy asoslangan uslublarni ishlab chiqish; ta'limning barcha turlari uchun nomoddiy madaniy meros sohasi bo'yicha ta'lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.4
O'zbekistonda hozirgi kunga qadar YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga O'zbekiston tavsiyanomalariga binoan quyidagi 14 ta obyekt kiritilgan: Shashmaqom (Tojikiston bilan birgalikda, 2008); Boysun madaniy muhiti (2008); Navro'z (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Pokiston va Turkiya bilan birga, 2009. Mazkur davlatlarga yana Tojikiston, Afg'oniston, Iroq, Qozog'iston, Turkmaniston ham qo'shilgan, yangilangan tarkibda - 2016); Katta ashula (2009); Askiya (2014); Palov
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabr "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-405-sonli qarori.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
madaniyati va an'analari (2016); Xorazm raqsi "Lazgi" (2019); Miniatyura san'ati (Ozarbayjon, Eron va Turkiya bilan birga, 2020); Baxshichilik san'ati (2021); Xo'ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an'analari (2022); Ipakchilik va to'quv uchun an'anaviy ipak ishlab chiqarish (2022); "O'zbekistonda kulolchilik san'ati" (2023); "Bezak san'ati: naqqoshlik" (2023-yil Eron, Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya hamkorligida); "Iftor va uning ijtimoiy-madaniy an'analari" (2023-yil).5
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrash, avaylash, targ'ib etish va kelajak avlodga bus-butun yetkazish barchamizning burjimizdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori
2. M.Xolmo'minov. O'zbekiston madaniyati va san'ati. // O'zDSMI xabarlari jurnali. -Toshkent: 2024/2(29). - B. 116
3. Vazirlar Mahkamasining "2010 - 2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori
4. D.Chinpo'latov. Nomoddiy madaniy meros va yoshlar. BMI. //Toshkent - 2019. 79 b
5. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, 2017.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabr "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-405-sonli qarori
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Yusupaliyeva Dilafruz Qahramonovna, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti, siyosiy fanlar doktori, [Юсупалийева Дилафруз Кахрамоновна] [Dilafruz Q. Yusupaliyeva]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Qorasuv 4, 3b, 6-xonadon; [адрес: Узбекистaн, Тaшкент, Мирзо Улугбекский pa^DH, KapacyB, 4, 3б, дом 6]; [address: Uzbekistan, Tashkent city, Mirza Ulugbek district, Karasuv, 4,3b, building 6.]
5 M.Xolmo'minov. O'zbekiston madaniyati va san'ati. // O'zDSMI xabarlari jurnali. - Toshkent: 2024/2(29). - B. 116