INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© U.U. Rasulov 1B_
1Yunus Rajabiy nomidagi O'zbekiston milliy musiqa san'ati akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada O'zbek xalqining musiqa madaniyati ko'p asrlik tarixga ega ekanligini, maqom san'atiga qaratilayotgan e'tibor va uni yanada rivojantirish maqsadida qabul qilingan qarorlar ijrosi o'rganilgan va tahlil qilingan.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MAQSAD: maqom san'atining tarixini o'rganish, tadqiq etish, yoshlarni bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish
MUHOKAMA VA NATIJALAR: hududlardagi maqomni rivojlantirish eng birinchi navbatda maqom ishini tashkil etish bilan boradi. [ maqom ishini tashkil etish- bu boshqaruv subyektining maqom san'ati faoliyatini ta'minlash va uning ishiga maqbul natijalarga erishishga qaratilgan faoliyat] Bu o'rinda, yuqoridagi fikr-mulohazalarimizga xulosa sifatida quyidagilarni tavsiya etishimiz mumkin:
Birinchisi, maqom san'atini optimal tuzilishini aniqlashga maqom san'atining texnologik jarayonlarini qurish
ikkinchisi, maqom san'atini resurslar (kadrlar, moliya, moddiy-texnik baza) bilan ta'minlash
uchinchisi, maqom san'ati faoliyatida boshqaruvning natijadorlikka olib boradigan usullarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
XULOSA: davlatimiz tomonidan maqom san'ati rivojiga kata ahamiyat berilmoqda. Va aynan davlatimiz rahbarining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori g'oyat keng qamrovli bo'lib, avvalo milliy musiqa san'atimiz va madaniyatimizni yanada yuksaltirishga chinakam dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Shunigdek, qaror asosida ko'plab tanlov va festivallar o'tkazilishi ko'zda tutilgan va aynan shunday jarayonlar biz, soha xodimlarini yanada ruhlantirdi. Va umid qilamanki, maqom san'ati sohasi bundanda rivojlanadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: Maqom, san'at, madaniyat, Shashmaqom, musiqa, ohang, kuy, nomoddiy madaniy meros, Oltin fond, xalq.
РОЛЬ МАКАМ ИСКУССТВА В РАЗВИТИИ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА_
© У.У. Расулов1^
Узбекистан Национальная Музыкальная Академия имени Юнуса Раджаби,
Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье музыкальная культура узбекского народа имеет многовековую историю, изучается и анализируется внимание, уделяемое статусному искусству и реализации принятых решений по его дальнейшему развитию.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей.Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях. академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ЦЕЛЬ: изучать и исследовать историю искусства макама, повышать интерес молодежи к этой области и устранять возникающие проблемы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Развитие макама в регионах идет прежде всего с организацией макама работы. [организация макама работы-деятельность, направленная на обеспечение макама деятельности субьекта управления и достижение оптимальных результатов его работы] Здесь, в качестве вывода к нашим вышеизложенным замечаниям, можно рекомендовать следующее:
во-первых, построить макама технологические процессы для определения оптимальной структуры макама.
второе - обеспечить макама ресурсами (кадрами, финансами, материально-технической базой)
в-третьих, в макамах уместно использовать методы управления, приводящие к результату.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: наше государство придает большое значение развитию театрального искусства. И именно решение главы нашего государства "О дополнительных мерах по дальнейшему развитию сферы культуры и искусства" носит весьма комлексный характер и, прежде всего, является реальной программой дальнейшего совершенствования нашего национального музыкального искусства и культуры. Также на основании решения было проведено множество конкурсов и
Iqtibos uchun: Rasulov U.U. Yangi o'zbekiston taraqqiyotida maqom san'atining tutgan o'rni. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 403-411.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
фестивалей и такие процессы воодушевили нас отрасль. И я надеюсь, что из этого будет развиваться благодаря сфера макама искусства.
Ключевые слова: макама, искусство, культура, Шашмакам, музыка, мелодия, нематериальное культурное наследие, Золотой фонд, люди.
Для цитирования: Расулов У.У. Роль макам искусства в развитии нового узбекистана. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 403-411.
THE ROLE OF MAQAM ART IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN_
© Uktamjon U Rasulov1®
National Academy of Music of Uzbekistan named after Yunus Rajabi, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: in this article, the musical culture of the Uzbek people has a centuries-old history, the attention paid to the art of maqam and the implementation of the decisions made for its further development are studied and analyzed.
MATERIALS AND METHODS: in order to analyze the extent to which students can master the science and technology they are studying, as well as the influence of the ease and complexity of mastering this science after training, a corpus of 5 scientific articles was created. A collection of articles 2020-2023, published in international and national publications. academic journals between years. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
AIM: to study and research the history of maqam art, to increase the interest of young people in this field and eliminate the emerging problems.
DISCUSSION AND RESULTS: The development of maqam in the regions goes first of all with the organization of maqam work. [the organization of maqam work is an activity aimed at ensuring the activity of the management subject and achieving optimal results for his work]. Here, as a conclusion to our above comments, we can recommend the following:
The first is to build maqam technological processes to determine the optimal structure of the maqam.
The second is to provide the maqam art with resources (personnel, finance, material and technical base).
Thirdly, it is appropriate to use management methods that lead to results in maqams.
CONCLUSION: our state attaches great importance to the development of theater art. And it is the decision of the head of our state "On additional measures to further develop the culture and art sphere" that is very comprehensive, and first of all, it is a real program to further improve our national music art and culture, serves as. Also. On the basis of the decision, it is planned to hold many contests and festivals, and precisely such
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
processes have encouraged us, the employees of the industry. And I hope that the field of maqam art will develop from this.
Key words: maqam, art, culture, Shashmaqam, music, melody, intangible cultural heritage, Golden Fund, nation.
Atoqli qirg'iz adibi Chingiz Aytmatov o'zbek xalqining Markaziy Osiyoga ta'sirini qadim Vizantiyaning Yevropaga ta'siriga qiyoslagan edi. Ulug' arbob bu gapni behudaga aytmagan. U xalqimiz dahosini asrlar, ming yilliklar silsilasida namoyon etib kelayotgan milliy adabiyotimiz, san'atimiz, umuman madaniyatimiz timsolida baholaganiga shubha yo'q. Maqom - millatimizning anashunday timsollaridan biridir. San'atimizning gultoji bo'lgan "Shashmaqom" 2008-yilda Tojikiston bilan birgalikda YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilib, Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgani bejiz emas.
O'zbek xalqining musiqa madaniyati ko'p asrlik boy tarixga ega. Moddiy madaniyat yodgorliklari, arxeologik ma'lumotlar hamda O'rta Osiyo olimlari yaratgan musiqiy asarlar o'zbek xalqining musiqa madaniyatini har tomonlama o'rganish uchun katta asos bo'ldi. Xalq musiqa san'atining rivoji eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklardan boshlanadi.
O'zbek xalqining musiqiy merosi bugungi kunda ham o'z badiiy va estetik qiymatini saqlab qolib, zamonaviy musiqa madaniyatimizning rivoji uchun bebaho manba bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbek milliy musiqa merosi asrlar davomida xalq dardini, orzu va armonlarini aks ettirib, yurtning iste'dodlilarini kashf etib, noyob durdona asarlarni yer yuziga tarannum etib kelmoqda. Maqom ijrochiligi eng qadimiy san'at turlaridan biri bo'lib, unga IX-X asrlarda Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida ijtimoiy-madaniy hayotga ta'sir ko'rsata olgan jonbaxsh omil sifatida qaralgan. O'zbek maqom san'ati ming yillik tarixga ega. Yurtimizdagi Shashmaqom, Xorazm, Farg'ona-Toshkent maqomlari kuyning o'ziga xos mavqei va ijrochilik yo'li bilan ajralib turadi. Uning rivojlanishi va asrlar osha sayqal topishida davr, zamon, ijtimoiy voqelik muhim unsur sifatida o'z ta'sirini ko'rsatgan. Maqom - millat ruhiyati yuksaltiruvchi, o'zligimizni anglatuvchi, haq sari boshlovchi san'at durdonasidir. O'sib kelayotgan yoshlarimizni tarbiyalashda maqomdan samarali foydalanishimiz, maqom san'atining nolalarini murg'ak qalblarga singdirib, qalban his etishlariga sharoit yaratishimiz kerak.
Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e'tibor qozongan.
Shuni ta'kidlash joizki, yoshlarning maqom san'ati bo'yicha tushunchasini oshirish, milliy madaniy merosimizni keng targ'ib qilish, kelgusi avlodlarimiz uchun asl holicha asrab avaylashimiz va yetkazishimiz zarur. Respublikamizning chekka hududlaridagi musiqa
For citation: Uktamjon U Rasulov. (2024) 'The role of maqam art in the development of the new uzbekistan', Inter education & global study, (4(1)), pp. 403-411. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
maktablari uchun kadrlar tayyorlab, yoshlarimizning maqom san'ati bo'yicha qiziqishlarini oshirishimiz va ta'lim sifatini yuksaltirishimiz zarur.
Maktablarda musiqa fanini o'rgatuvchi muallimlarimizning oylik ish haqini oshirishimiz lozim maktablarimizga milliy va zamonaviy musiqa cholg'larni olib berish davlat hisobidan bajarishimiz lozim, musiqa fanini maktablarimizda dars soatlarini ko'paytirishimiz zarur, Shu muhim tashabuslarni yo'lga qo'ysak yoshlarimizning musiqa fani bo'yicha qiziqishlari oshishi milliy san'atimiz yuksalishiga dunyoga tanitishga muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa san'ati eng qadimgi davirlardan Markaziy Osiyo hududlarida yashab kelgan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan. Uning yo'nalishlari, janrlari,shakillari o'zbek xalqining ajdodlari bo'lmish O'rta Osiyo, Afg'oniston, Pokiston, Eron va Sharqiy Turkiston hududida shakllanib rivojlanib kelgan, Xitoyning shimoliy chegaralaridan Yevropagacha cho'zilgan ulkan mintaqaning dasht va o'rmon tog'li o'lkalarida yashagan xalqlarda rivojlana boshlagan. Musiqa san'atini takomillashuvi shaharlar madaniy hayotining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, uning ildizlari eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik oxiri va birinchi ming yillika borib tarqaladi. O'zbek musiqa san'atini rivojlanishiga va milliy merosimizni asrab avaylab kelgusi avlodlarga nuqsonlarsiz yetkazish uchun hissa qo'shgan san'atimizning buyuk arboblari Yunis Rajabiy milliy Maqom yo'llarini notaga solgan va bastalagan O'zbekiston teleradiyosining Maqom ansanbili tashkilotchisi va badiy rahbari yoshligidan shirali va tasirchan ovozga ega bo'lgan iste'dodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Yunus Rajabiy o'zbek musiqali dramasining shakllanishiga katta hissa qo'shgan. Maqom arabcha - o'rin joy, daraja,va ko'plik shakli maqomot atamasi o'tmishda turli manoda ishlatilgan maqom-musiqa cholg'ularida kuy va ashulalarini tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o'rni, ya'ni parda manosida ishlatilgan. O'n ikki maqom tizimini bino qilish uchun, eng avvalo, poydevor yangilik ahamiyatiga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to'g'ri aniqlab olish) zarur bo'lgan, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Maqomlarning ma'nolar tizimi har bir maqomda o'zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning Tasnif qismi boshlang'ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda ushbu kuy mavzuyi kichik hajmda ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. Zero, maqom mavzulari timsolida umuman musiqiy mavzu tushunchasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblarning ruhiy holatlari go'yo nag'malarga muhr etilgan. Voqean, bu toifa musiqa mavzulari maqomdosh - sozanda (ashula yo'llari esa hofizlarning) malakali ijrolar jarayonida o'zining ruhiy (ma'naviy) tasir, ko'lamini namoyon eta boshlaydi.
O'zbek milliy maqom san'ati xalqimizning ulkan ma'naviy merosidir. Unda o'zbek xalqining qadim tarixi, ma'naviy dunyosi, badiiy falsafasi ruhi mujassam. Shu bois necha asrdirki, maqom musiqaning oliy namunasi sifatida alohida ardoqlab kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrda "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli qarori [1:470], ta'bir joiz bo'lsa, o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab berdi. Negaki, ushbu hujjat ijrosi doirasida maqom san'ati yanada rivojlantirilib, butun dunyo bo'ylab tan olinmoqda, desak, ayni haqiqat.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Mazkur qaror milliy madaniyatimiz arkonlarining asoslaridan biri hisoblangan maqom san'ati istiqboli borasidagi tarixiy hujjatlardan bo'lib qolishi, shubhasiz. Unda milliy maqom san'tini rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy kamolotda tutgan o'rni, qadimiy ma'naviy-madaniy qadriyatlar va milliy an'analarni qayta tiklash hamda boyitish, shuningdek, bozor munosabatlari sharoitida mumtoz san'atimiz taraqqiyotini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash singari masalalar qamrab olingani soha istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat rahbarining "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingandan so'ng yurtimizda maqom san'atini rivojlantirish borasida juda ko'p islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, madaniyat vazirligi huzurida yangi muassasa ya'ni O'zbek milliy maqom san'ati markazi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi va uning maqsad vazifalari quyidagicha belgilandi: O'zbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar hamda an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash; O'zbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining "Oltin fondi"ni yaratish; xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom san'ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish maqsadida milliy maqom kechalari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar hamda maqom konsert tomoshalarini va tadbirlarini tashkil etish; maqom san'ati bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targ'ib qilish yuzasidan xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish; mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san'atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy umumbashriy qadriyatlar bilan bog'liq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur o'rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish; maqom san'atining ko'p asrlik ijro yo'llarini puxta o'zlashtirib, ularni yangicha usullar bilan boyitib, yosh avlod vakillariga o'rgatib kelayotgan maqomchilar, maqomshunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar, Maqom markazi xodimlari faoliyatini moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash; yurtimizda maqom san'ati bo'yicha xorijiy yetuk ijrochilarning o'zaro tajriba almashinuvi, mahorat darslari hamda turli xalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarini tashkil etish; respublika hududlarida taniqli maqom ijrochilarining konsertlarini va mahorat darslarini tashkillashtirish; maqom san'atini radio-televideniye ommaviy axborot vositalari va Internet orqali O'zbekiston va chet ellarda keng targ'ib qilish.1
O'zbekisto Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martda "Xalq cholg'ulari ijrochilari", Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Milliy raqs ijrochilari" va Yunus Rajabiy nomidagi "Yosh maqom ijrochilari" respublika ko'rik-tanlovlarini o'tkazish to'g'risida"gi 237-sonli qarori asosida har ikki yilda bir marta "Yunus Rajabiy nomidagi "Yosh maqom ijrochilari" respublika ko'rik-tanlovi"ni o'tkazish ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda Madaniyat vazirligi va O'zbek milliy maqom san'ati markazi tomonidan hududiy va respublika bosqichlari o'tkazilib kelinmoqda.
1 O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining "O'zbek milliy maqom san'at markazining ustavini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'i. 2022-yil 10-may 410-son.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumanani o'tkazish, Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san'atiga bag'ishlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasini tashkil etish kabi maqsad va istaklar zamirida Vatan, millat, xalqning orzu-umidlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unligi, qolaversa, buyuk merosimizga cheksiz hurmat va ehtirom mujassam. Mazkur xalqaro miqyosdagi yirik anjumanning daslabkisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-aprelda "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi PQ-3656-sonli qarori [2:4] asosida shu yili 6-10 sentyar kunlari Shahrisabz shahrida bo'lib o'tdi. Anjumanga 75 ta davlatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchilar va mehmonlar ishtirok etdi. Anjuman doirasida "Maqom musiqa san'ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rni" mavzusida xalqaro konferensiya ham o'tkazildi. Ushbu keng miqyosda o'tkaziladigan xalqaro anjuman o'zbek milliy maqom san'atining noyob namunalarini keng targ'ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san'atimizga hurmat va e'tibor tuyg'ularini kamol toptirish, turli xalqlar o'rtasidagi do'stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida o'tkaziladi [3:1]. Joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazish ko'zda tutilgan bo'lib, hozirda anjumanga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida tashkiliy-ijodiy guruh o'z ishini olib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrda "O'zbek milliy maqom san'ati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 732-sonli qaroriga ko'ra Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida musiqali maqom teatri tashkil etildi va uning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: badiiy jihatdan yuksak asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom san'atini targ'ib qilish, shuningdek, qiziqchilik va askiya san'atining sahnaviy sujetlarini rivojlantirish va takomillashtirish, yuqori malakali maqom va teatr san'ati ijodkorlarining imkoniyatlarini namoyish etish; maqom ijrochiligi yo'nalishida ustoz-shogird an'analarini rivojlantirish, iste'dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini oshirishga ko'maklashish, aktyorlik mahorati va maqom san'ati ijrochiligi bo'yicha maqom, teatr va san'at muassasalarining ijodiy xodimlari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalarining maqom teatri yo'nalishida amaliyot o'tashlarini tashkil etish; xorijiy davlat bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, chet eldan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda trening, mahorat darslari, maqom teatri san'ati bilan bog'liq o'quv-tajriba mashg'ulotlari hamda maxsus loyihalarni amalga oshirish; mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, ko'rik-tanlov, maqom kechalari, uchrashuvlar, ijodiy kechalar, qiziqchilik va askiya tomoshalari hamda boshqa tomosha tadbirlarini tashkil etish.2
2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbek milliy maqom san'ati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori. 2019-yil 5-sentabr 732-son
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrda "Maqom san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to'g'risida"gi 940-sonli qaroriga ko'ra Farg'ona, Buxoro, Xorazm viloyatlarida maqom san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari tashkil etildi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: o'quvchilarni maqom ijrochiligi yo'nalishida o'qitishning zamonaviy ilg'or pedagogik usullaridan keng foydalanish, o'quv jarayoniga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish; o'quvchilarning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini ta'minlaydigan davlat ta'lim talablari doirasida ixtisoslashtirilgan o'quv dasturlarini amalga oshirish; maqom san'ati bo'yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an'analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash; ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo'yicha erishilgan ilg'or yutuqlarni tatbiq etish.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrda "Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 536-sonli qaoriga ko'ra Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston davlat konservatoriyasining "O'zbek maqom san'ati fakulteti" hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi - Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyulda "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-114-sonli Farmoni bilan "Yunus Rajabiy nomidagi O'zbekiston milliy musiqa san'ati akademiyasi" deb nom berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-avgustda "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra:
-2023-yil 1-oktabrdan boshlab O'zbek milliy maqom san'ati markazi va uning hududiy bo'limlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy xodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari belgilandi.
-2024-yil 1-yanvardan boshlab O'zbek milliy maqom san'ati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasining ma'muriy-boshqaruv, badiiy, ijodiy hamda mutaxassis xodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari belgilandi.3 Mazkur qaror xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'atini keng targ'ib etish, uning o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish yo'lida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida"gi Qaror. 2023-yil 30-avgust PQ-289-son.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ми^агат Prezidentimiz tа'kidlаgаnidek, "Адаг biz аsl, hаqiqiy sаn'аtni bilmoqchi, o'rgаnmoqchi bo'lsаk, аvvаlo mumtoz mаqom sаn'аtini bilishimiz, o'rgаnishimiz кегак. Адаг biz sаn'аtni, mаdаniyаtni ko'tаrmoqchi bo'lsаk, аvvаlo mumtoz mаqom sаn'аtini ko'tаrishimiz kerаk. Mаqom о1лапд1ап, mаqom ruhi vа fаlsаfаsi bir inson qаlbidаn, аvvаlo, unib-o'sib kelаyotgаn yosh аvlodimizning ongi vа yurаgidаn chuqur joy olishi uchun bor imkoniyаtlаrimizni sаfаrbаr etishimiz zаrur"[4:5], - deb bejizgа аytilmаgаnini yuqo^ ата1да oshirilgаn islohotlаr nаtijаsidа yаqqol nаmаyon bo'lsdi. Yurtimiz sаn'аtini dunyo sаhnаlаridаn o'rin olishi vа kel^k аvlodgа yetkаzishdа dаvlаt rаhbаrining o'ztari bosh bo'lаyotgаnini imzolаngаn hujjаtlаrdаn !ат bilib olsаk bo'lsdi. Shundаy ekаn Yаngi O'zbekistondа mаqom sаn'аtining o'rni beqiyosdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Hаydаrov А. Mаdаniyаt - milliy yuksаlish poydevori. - T.: "Oltin meros press", 2021-y. 478-b.
2. А.Hаydаrov. Mа'nаviy yuksаlish аsoslаri. "O'zbekiston аdаbiyoti vа sаn'аti" gаzetаsi, 2018-yil 20 iyul 30-son
3. O'zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2018-yil 6-аpreldа "Ха^ага mаqom sаn'аti аnjumаnini о'tkаzish to^'Msid^ PQ-3656-sonli qаrori. www.lex.uz
4. Prezident Shаvkаt Mirziyoyevning "Xаlqаro mаqom sаn'аti аnjumаni" ning ochilish mаrosimidаgi nutqi". ("Xelq so'zi". 2018-yil. 7-sentаbr).
5. Xolmo'minov M. Z. O. L. 20172022-YILLAR MOBAYNIDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI //Oriental Art and Culture. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 558-567.
6. Shahbozxon, Mardiev Abdusamad O'G'Li, and Xolmo'minov Zokir O'g'Li Mo'minmirzo. "JAMIYAT IJTIMOIY HAYOTIDA MUSIQANING TUTGAN O'RNI." Oriental Art and Culture 3.4 (2022): 568-572.
7. Farhod, Asal Khayriddinova, and Kholmominov Mominmirza Zakir. "HISTORY OF MUSICAL ART IN THE EXAMPLE OF THE PHILHARMONY." Journal of Innovation, Creativity and Art 2.12 (2023): 20-30.
8. Xayriddinova, Asal Farhod Qizi, and Xolmo'Minov Zokir O'G'Li. "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA TA'LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI." Oriental Art and Culture 3.3 (2022): 36-40.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HRasulov Uktamjon Ulmasovich, dotsenti v. b. [Расулов Уктамжан Улмасович, ию. доцент], [Uktamjon U Rasulov, associate professor]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani 19-kvartal, 4-uy, 55-xonadon; [адрес: Узбекистан, Ташкент, Юнусабадский район, 19 блок, 4 корпус, кв 55]; [address: Uzbekistan, Tashkent city, Yunusabad district, 19th block, 4th building, apartment 55.]