YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTI- MADANIY YUKSALISHIMIZ
ASOSI
d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11628524
Asadova Dilnoza Innatovna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola so 'nggi yillarda mamlakatimizda madaniyat va san 'at sohasini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar, ular doirasida amalga oshirilgan yangiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlarning sarhisobi yoritilgan. Shuningdek, maqolada yangi O 'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san 'at sohasidagi rivojlanish dinamikasining qanchalik beqiyos o'rin tutishi tarixiy nuqtayi nazardan ko'rsatib o 'tilgan.
Kalit so 'zlar: strategiya, konsepsiya, kommunikatsiya, texnologiya, restavratsiya, konservatsiya, madaniyat, ma 'naviyat, ma 'rifat, mafkura.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается краткое изложение законов, указов и постановлений, принятых в последние годы для дальнейшего развития культуры и искусства в нашей стране. В рамках этих нововведений также обсуждаются реформы, которые планируются к реализации в будущем. Кроме того, статья показывает, с исторической точки зрения, насколько важное место занимает динамика развития в области культуры и искусства в становлении нового Узбекистана.
Ключевые слова: стратегия, концепция, коммуникация, технология, реставрация, консервация, культура, духовность, просвещение, идеология.
ANNOTATION
This article provides a concise overview of the laws, decrees, and regulations implemented in recent years to enhance the development of culture and art in our country. The discussion includes upcoming reforms under these new policies. The article also demonstrates, from a historical perspective, the incomparable role that the dynamics of development in the fields of culture and art play in shaping the new Uzbekistan.
Keywords: strategy, concept, communication, technology, restoration, conservation, culture, spirituality, education, ideology.
KIRISH
So'nggi yillarda mamlakatimizda xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy darajasi va salohiyatini yuksaltirish, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu sohada faoliyat olib yuritayotgan kadrlar salohiyatini yuksaltirish borasida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning yorqin misolini yurtimizda O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash "Ilhom" jamoat fondi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etilganligida ko'rishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O'zbekistonda so'nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat iqtisodiyoti, jamiyati va madaniyatini modernizatsiya qilishga qaratilgan jiddiy islohotlar mavzuni yoritishda metodologik asos sifatida xizmat qildi. Mavzuni yoritib berishda adabiyot sharhi, ma'lumot to'plash, strukturaviy usul, uslubiy yondashuv, qiyosiy tahlildan keng foydalanildi.
NATIJALAR
Mamlakatimizda o'zbek mumtoz va folklor san'atining noyob durdonalari, o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimiga e'tibor kuchaytirilib, ko'plab yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, bu borada O'zbek milliy maqom san'ati markazi va muzeyi tashkil etilishi diqqatga sazovor yangiliklardan bo'ldi. Har 2 yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani hamda Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining o'tkazilishi noyob merosimizning nufuzini jahon miqyosida oshirish yo'lida muhim amaliy qadam bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Ma'naviy hayotimizni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi paytlarda bir qancha muhim tadbirlar, jumladan, kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san'at sohasini takomillashtirish, hududlarda ulug' san'atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil etish to'g'risidagi qaror va farmoyishlarning qabul qilinishi madaniyat va san'at sohasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligidan dalolat bermoqda.
Shu o'rinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so'zlarini eslab o'tishlikni joiz: "Zamon bilan hamnafas ijod qilib, boshqalarga o'rnak va namuna ko'rsatayotgan fidoyi, faol ziyolilarimizning aksariyat qismini bugungi davramizda ko'rish shaxsan menga katta xursandchilik bag'ishlaydi. Ularning ijodiy izlanish va yutuqlari, xususan, O'zbekistonning bugungi hayotiga bag'ishlangan sermazmun asarlari haqida uzoq gapirish mumkin va buning uchun biz ulardan minnatdormiz" [1].
Darhaqiqat, bu haqida gap ketganda, Toshkent shahrida Adiblar xiyoboni bunyod etilgani, u yerda adabiyotimizning buyuk namoyandalariga bag'ishlab yodgorlik majmualari o'rnatilgani, shuningdek, Namangan viloyatida ulkan ma'rifatparvar Ibrat domla, Jizzax shahrida atoqli ijodkorlar Hamid Olimjon, Zulfiya va Sharof Rashidov, Xorazm viloyatida otashnafas hofiz Komiljon Otaniyozov, Nukus shahrida O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Ibroyim Yusupov, Farg'ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish ishlari olib borilganligini qayd etish lozim. Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh shoir va adiblar, aktyor, rassom va qo'shiqchilar, jurnalistlarning iste'dodini yuzaga chiqarish, ularga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Aytish joizki, mamlakatimizda ijtimoiy va madaniy soha rivojidagi islohotlar ko'lami ham tobora ortib, bu islohotlar davlat dasturlari va strategiyalarda o'z ifodasini topmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarori ushbu soha rivojini yangi bosqichga olib chiqdi desak, adashmagan bo'lamiz. Chunki ushbu Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilarni qamrab olganligi bilan e'tiborga molik:
birinchidan, madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani hamda ushbu sohadagi institutsional sistemani va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish;
ikkinchidan, tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo'llanilishini ta'minlash;
uchinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, xalqimizning madaniy an'analarini asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini yuqori sahnalarga olib chiqish;
to'rtinchidan, aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuksaklarga ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish berish;
beshinchidan, madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ'ib etishda innovatsion g'oyalar va texnologiyalardan unumli foydalanish;
oltinchidan, fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo'lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishi va madaniy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy tengligini ta'minlash;
yettinchidan, madaniy sohada o'zaro samarali xalqaro munosabatlarni yo'kga qo'yish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi
sifatida qarash, bu borada teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e'tibor qaratish;
sakkizinchidan, qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohaga oid qarorlarning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta'minlash;
to'qqizinchidan, madaniyat va san'at muassasalarining to'laqonli faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, madaniy obyektlarni saqlash hamda muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish [2].
Mazkur Konsepsiya ko'ra, milliy madaniyatni yanada rivojlantirish sohasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning uzviy va ajralmas bir bo'gini sifatida qaraladi. Shuningdek, ushbu konsepsiyasi 9 ta asosiy yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan. Bular quyidagilardir:
> Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar;
> Teatr, kino va sirk;
> Milliy musiqa san'ati;
> Milliy estrada san'ati;
> Milliy raqs san'ati;
> Tasviriy va amaliy san'at;
> Madaniyat va istirohat bog'lari hamda madaniyat markazlari;
> Ilm-fan, ta'lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish;
> Madaniyat turizmi [3].
Bundan tashqari 2020-yilning 26-may kuni davlatimiz rahbari tomonidan "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmonining[4] imzolanishi asosida, 15-aprel "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni" deb e'lon qilindi [5].
MUHOKAMA
Bugun Yangi O'zbekiston taraqqiyotida mutlaqo yangi milliy madaniyatimizni yuksaltirish tizimi shakllanib borayotganligi diqqatga sazovor holatlardandir. Xususan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 76-maqsadida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash sohasida vazifalar belgilanib, quyidagi islohotlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
birinchidan, madaniyat va san'at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchi va xodimlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash;
ikkinchidan, teatr san'atini yanada yuksaltirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
uchinchidan, madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash;
to 'rtinchidan, hududlarda yangi madaniyat obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat olib borishiga amaliy jihatdan ko'maklashish;
beshinchidan, o'zbek sirk san'atini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
oltinchidan, milliy madaniyatni xalqaro darajada ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni hududlararo o'tkazish;
yettinchidan, o'zbek xalqi madaniyati va san'atini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan atoqli ijodkor ziyolilar yubileylarini munosib tarzda nishonlash, hayoti va faoliyatini keng targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish;
sakkizinchidan, respublika hududida joylashgan madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish bilan bog'liq keng ko'lamli chora-tadbirlarni olib borish [6].
Shuningdek, mamlakatimizda madaniyat sohasini yanada rivojlantirish borasida 2023-yil 11-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-sonli Farmoni to'g'risida ham alohida to'xtalib o'tsak. Ushbu hujjat Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida "O'zbekiston — 2030" strategiyasining yaratilishiga asos bo'ldi. Mazkur strategiyadan ko'zlangan maqsad mamlakatimizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yangi pog'onaga olib chiqishni nazarda tutilgan. Unda ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha quyidagi maqsadlar belgilab qo'yilganligi diqqatga sazovor. Jumladan:
Birinchidan, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash. Ushbu maqsadni amalga oshirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar ko'rilishi belgilandi:
> mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;
> maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat o'chog'iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini joriy qilish;
> O'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo'yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish;
> ilmiy va sotsiologik tadqiqotlar bilan jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit baгqaгoгligini ta'minlashning baгcha asosiy masalalaгini qamrab olishga eгishish.
Ikkinchidan, o'zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko^satishni rivojlantirish. Yuqorida keltirilgan maqsad ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:
> kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish;
> haг yili 100 ta eng yaxshi badiiy asaг hamda bola^ va o'smiгlaгga mo'ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish;
> "O'zbek adabiyoti xazinasidan" ko'p jildlik, "Jahon bola^ adabiyoti dm'donalari" 100 jildligini o'zbek tilida nashr qilish;
> 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish.
Uchinchidan, zamonaviy teatг va siïk san'atini haг tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g'oyaviy saviyaga ega sahna asariarini yaгatish.Ushbu maqsadni yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar olib borilishi belgilandi:
> 40 ta teatг binolaгini ta'miriash va jihozlash;
>6 ta yangi teatr binolarini qurish, davlat teatrlariga tomoshabinlarning yillik tashrifini 5 millionga yetkazish;
> 2 ta yangi qo'g'irchoq teatгlaгini tashkil etish;
> zamonaviy teatг va siïk san'ati yo'nalishida xalqaгo hamkoгlikni yangi bosqichga olib chiqish.
To'rtinchidan, o'zbek milliy san'atini ta^'ib qilish oгqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshiгish. Ushbu maqsad ijrasini ta'minlash boгasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
> maqom, baxshichilik, raqs va teatг yo'nalishlaгida kamida 10 ta xalqara festival va a^uman^ o'tkazish;
> sohada ta'lim berishga kamida 20 nafaг yuqoгi malakali xorijiy mutaxassislami jalb qilish.
Beshinchidan, madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o^ganish va ommalashtirish bilan bog'liq faoliyatni yanada takomillashtirish. Ushbu maqsadni amalga oshirish yuzasidan quyidagi choral ko'rilishi belgilab qo'yildi:
> san'atshunoslik instituti, O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti amvidagi 3 ming tadan ortiq aгxiv mateгialini zamonaviy fornatga o'tkazish;
> kamida 3 ta noyob nomoddiy madaniy meros namunasini YUNESKOning xalqara ro'yxatlariga kiritishga eгishish;
> 30 tadan ortiq nomoddiy madaniy meros elementini chuqur ilmiy tadqiq etish;
> 158 ta madaniy meros obyektini asrashga doir ishlarni bajarish;
> muzeylarga yillik tashrifni 5 millionga yetkazish;
> 2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish.
Oltinchidan, madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlaгini qo'llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san'at yo'nalishlarini гivojlantiгish. Yuqorida ko'rsatilgan maqsadning ijro etilishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
> 2024 - 2030-yillaгda 432 ta ta'miгtalab madaniyat markazlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlaгini amalga oshirish;
> 13 ta bolalaг musiqa va san'at maktablarini jihozlash, to'garaklaг sonini 7 mingtaga yetkazish;
> hududlaming madaniyat va istirahat bog'larida 64 ta zamonaviy yozgi kinoteatrlar va 24 ta buk-kafeto faoliyatini yo'lga qo'yish.
Yettinchidan, milliy kinematografiyani rivojlantirish. Ushbu maqsadni amalga oshirish borasida quyidagi chora-tadb^^ ko'гilishi belgilandi:
> dunyodagi eng ommabop 10 ta internet platformasiga milliy filmlarni joylashtirish;
> 2024 - 2030-yillarda 50 ta kinoloyihadan iborat davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarish hamda xorijda, xususan kinofestivallar va telekanallarda namoyish etish;
> milliy qahramonlar haqida 10 ta multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish [7].
XULOSA
Xulosa o'mida aytish mumkinki, Uchinchi гenessans ostonasida milliy madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, sohada ustoz-shogirá an'analarini tiklash hamda soha xodimlaгining faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirishni zarur. Yuqorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshiгish o'z-o'zidan bo'lmaydi, albatta. O'zbek milliy san'ati va madaniyatini asrab -avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish va uni amalga oshirishda esa, madaniyat va san'at xodimlari oldidagi muqaddas burchdir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimizning ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridiï // "Xalq So'zi" gazetasi 2017-yil 4-avgust, №153 (6847).
2. O'zbekiston Respublikasi Pгezidentining 2018-yil 28-noyabгdagi "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qaroгi // Qonun hujjatlari ma'lumotlaгi milliy bazasi, 30.11.2018-y., 07/18/4038/2243-son.
3. Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 9 ta asosiy yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan // https : //interfax. uz/
4. O'zbekiston Respublikasi P^identining 2020-yilning 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'mi va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbiгlaгi to'g'risida"gi PF-6000-son Faгmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlaгi milliy bazasi, 27.05.2020-y., 06/20/6000/0673-son.
5. O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-iyundagi"O'zbekiston гespublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to'g'гisida"gi O'RQ-694-sonli Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 08.06.2021-y., 03/21/694/0535-son.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvaráagi "2022 - 2026-yillaгga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taгaqqiyot stгategiyasi to'g'гisida"gi PF-60-sonli Faimoni // Qonunchilik ma'lumotlaгi milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabгdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'гisida"gi PF-158-sonli Faгmoni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 06/23/158/0694-son.