Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR'

SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2451
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
San’at / madaniyat / yuksalish / ma’naviy meros / ijodkorlar / yodgorlik / ko’rik-tanlov / festival / ohang. / Art / culture / rise / spiritual heritage / artists / monuments / contests / festivals / melodies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xadicha G’ayratjon Qizi Abdusalomova, Nozima Xotamovna Gulomova

Maqoladamadaniyat va san’at sohasidagi islohotlar vabu islohotlarning jamiyatimizdagi tutgan o’rnihamdaazal-azaldan madaniyat va san’at sohasida tahsinlarga sazovor bo'lgan ishlar amalga oshirilganligi xaqida so'zyuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW LOOK AT TOMORROW WITH THE REFORMS IN THE FIELD OF ART AND CULTURE

The article talks about the reforms in the field of culture and arts and the role of these reforms in our society.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR»

SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI

KUNGA YANGICHA NAZAR

Xadicha G'ayratjon qizi Abdusalomova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

[email protected] Ilmiy rahbar: Nozima Xotamovna Gulomova

ANNOTATSIYA

Maqoladamadaniyat va san'at sohasidagi islohotlar vabu islohotlarning jamiyatimizdagi tutgan o'rnihamdaazal-azaldan madaniyat va san'at sohasida tahsinlarga sazovor bo'lgan ishlar amalga oshirilganligi xaqida so'zyuritilgan.

Kalit so'zlar: San'at, madaniyat, yuksalish, ma'naviy meros, ijodkorlar, yodgorlik, ko'rik-tanlov, festival, ohang.

A NEW LOOK AT TOMORROW WITH THE REFORMS IN THE FIELD OF

ART AND CULTURE

Khadicha Gayratjon kizi Abdusalomova

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami [email protected] Supervisor: Nozima Khotamovna Gulomova

ABSTRACT

The article talks about the reforms in the field of culture and arts and the role of these reforms in our society.

Keywords: Art, culture, rise, spiritual heritage, artists, monuments, contests, festivals, melodies.

San'at mo'jizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san'at vositasidagina kirish mumkin. Inson qalbini, uning dard-u tashvishlarini, xalqning orzu-intilishlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini betakror so'z, ohang va ranglarda tarannum etishni o'z hayotining ma'no mazmuni deb biladigan ijod ahlining mehnati naqadar mashaqqatli, mas'uliyatli va sharafli ekanligi barchamizga ma'lum.Qadim va boy tarixga ega jonajon O'zbekistonimizda azal-azaldan madaniyat va san'at sohasida tahsinlarga sazovor ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, ajdodlarimiz bu sohalarning rivoji uchun tamal toshlarini qo'yib ketishgan.

"Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz muzeylarida saqlanayotgan ming-minglab qo'lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, menarologiya, kimyo, astronomiya, me'morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo'lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi"

Mustaqillik yillaridan boshlab milliy madaniyatni rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini inovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosida ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga madaniyat va san'at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo'yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko'rsatishda oqsoqlikka yo'l qo'yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san'at maskanlarining moddiy--texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha 2017-2021- yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Moddiy- madaniy meros va arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlari yanada takomillashtirilmoqda.

"Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi, an'ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o'zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog'liqdir".

Kun sayin san'at va madaniyat sohasining bizning ong-u shuurimizga yanada kuchliroq kirib borayotganligi ham bu sohada amalga oshirilishi kerak bo'lgan islohotlar ko'lamining kengayishiga zamin yaratmoqda. Shu sababli ham O'zbekistonning yuksak madaniyati va san'atini xalqaro maydonda keng targ'ib qilish, xalqaro ko'rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o'tkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va san'at namoyondalari keng qatnashishlarini ta'minlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish uchun barcha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa, taraqqiyotning chinakam samarasi boylik yoki kuch-qudrat darajasi bilan emas, balki milliy madaniyatning naqadar yuksaklikka ko'tarilgani bilan o'lchanishi xususida tarixiy misollar ko'p. Masalan, ingliz san'atshunos olimi F.R.Martin "Temuriylar singari san'at va madaniyatini qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt bo'lmagan",- deb yozadi. Shu ma'noda davlatimiz rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir tashabbusi tafakkkur tarzimiz, hayotga munosabatimiz, millat va xalqning buguni, ertasini, navqiron avlod ma'naviy kamolotini, odamlarimizning nurli kelajagini yaratishga qaratilgan ishlarimizning tub ildizlarini ham o'z ichiga qamrab oladi, desak yanglishmagan bo'lamiz.Shunindek, 2017-yil 3-avgust kuni Yurtboshimiz mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan o'tkazgan uchrashuvlarida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tgan edilar: "O'zbekistonda adabiyot va sa'at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, manaviyat va ma'rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo'l qo'ymaymiz. Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarmiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men ishonaman, nasib etsa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham, albatta, bo'ladi" Ming afsuslar bo'lsinki, hozirgi kunda madaniyat va san'at ahlida faollik, yangi-yangi ijodiy g'oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi yetishmayotganligini his qilyapmiz. Atrofimizdagi ijodiy muhitni kuzatsak, u qandaydir turg'unlikka tushib, bir joyda depsinib turganday, ko'pchilik

ijodkorlarimiz o'z tashvish va muammolari bilan ovvora bo'layotgandek taassurot qoldiradi. Holbuki, madaniyat va san'at arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi saflarida bo'lishi, o'z asarlari, faol grajdanlik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgi maqsad va marralar sari boshlashi, ilhomlantirishi kerak emasmi? Mana shunday buyuk, ilohiy kuchdan biz mamlakatimiz, el-yurtimiz ravnaqi yo'lida oqilona va samarali foydalanyapmizmi? Yoki ulug' adibimiz Abdulla Qahhor aytganidek, atomning kuchini o'tin yorishga sarflayapmizmi?

Yuqorida aytib o'tilgan islohotlar esa aynan mana shunday kichik kamchiliklarni ham to'ldirish uchun.

"Bundan yuz yil muqaddam buyuk o'zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o'g'li - Cho'lpon: "Adabiyot yashasa, millat yashaydi!",- degan otashin da'vat bilan maydonga chiqqan edi. Hayot va tarix sinovlaridan o'tgan teran ma'noli bu so'zlar bugun ham o'z ahamiyatini va qimmatini yo'qotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, san'at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. Mana shunday ezgu va sharafli ishga o'z hayotini bag'ishlagan butun ijod ahliga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, baxt va omad, muvaffaqiyattilayman". Yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, san'atni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Bularni dildan his qilib, teran idrok etishimiz joiz. Zotan, asrlarga tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha g'ururlansak arziydi. Bizdan talab etiladigani esa milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat qilishdir, chunki milliy madaniyati yuksak xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega ega bo'ladi.

REFERENCES

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.mirziyoyev "O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyasidan.

[2] Gafurovich, M. K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2), 5710-5718.

[3] Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

[4] Усмонов, Б. Ш., Дадабоева, Д. И., & Валиева, З. Т. (2021). NX-ЭТО ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825-834.

[5] Saydaliyev, S., & Gulomova, N. (2019). Development of Spatial Thinking of Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.

[6] Хасанов, А. А., & Урокова, Ш. Б. К (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАТИЗИРОВАННОГО ОБЩЕСТВА. Scientific progress, 2(1), 300-308.

[7] Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 89-93).

[8].Gulomova, N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching drawing lessons (on the example of views). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(1), 1637-1642.

[9] Гуломова, Н. Х., & Туланова, Д. Ж. (2017). Использование законов перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ. конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).

[10] Saydaliyev, S. S., & Gulomova, N. K. (2015). UMUMIY O 'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI SIFAT VA SAMARADORLIGINING OSHIRISH. FORMATION A CULTURE OF INDEPENDENT THINKING IN THE EDUCATIONAL PROCESS, 161.

[11] Мурадов, Ш. К., Халимов, М. К., Мирзалиев, З. Э., & Рамазанова, Г. С. (2017). Определение параметров формы и положения кривых 2-го порядка. Молодой ученый, (7), 454-457.

[12] Gulomova, N. (2021). CHIZMA GEOMETRIYA, CHIZMACHILIK DARSLARIDA TALABALARGA TESTLAR ORQALI ULARNING BILIMINI ANIQLASH. ГРААЛЬ НАУКИ, (4), 404-408. https://doi.org/10.36074/grail-of-science.07.05.2021.075

[13] Tashimov Nurlan, Samandar Zaitov. (2021) Improving the quality and efficiency of teaching descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: ANINTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. Volume:11, Issue:2, pp-730-733.

[14] Мирзалиев Зафар Эралиевич, Халимов Мохир Каримович, Маликов Козим Гофурович, Абдухонов Ботир Хусниддинович. Методика использования нового механизма для построения аксонометрических проекций. Youngscientist, ISSN: 2072-0297 International cientificjournal, No.8 (142) / 2017 partII, -pp. 1-6 Kazan.

[15] Авазбаев А.И., Худайберганова М.Э. Формирование необычного или креативного мышления у учащихся в процессе обучения. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» № 5 (26) Т. 3 МАЙ 2020 г.

[16] Гуломова Нозима Хотамовна, Туланова Дилноза Журахановна. Mетодика контроля графических работ по черчению студентов высшей школы. 2021/4/23. СБОРНИК ТРУДОВ международной научно-теоретической конференции на тему:

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

«Куатбековские чтения-1: Уроки Независимости», посвященной 30-летию Независимости Республики Казахстан. Vol. 2, Issue 1/3. Pp-127-128, ISBN 9965-28-Х.

[17] Nozima Xotamovna Gulomova. Muhandislik grafikasi, dizayn va kompyuterli konstruksiyalash. 2021/3/5, Vol. 1, Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi" Markazi bosmaxonasi,UDK:305(075) KBK 30.18 G95 ISBN 978-9943-6820-3-0.

[18] Saydkarim Saydnabievich Saydaliyev, Nozima Xotamovna Gulomova. ARXITEKTURADA INSON VA FAZO. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM: a collection scientific works of the International scientific conference (25th February, 2021) - Washington, USA. Vol. Washington, USA: "CESS", 2021. Part 3, pp-157-165, Washington, USA 25th February 2021

[19] Нозима Хотамовна Гуломова, Сайидкарим Сайднабиевич Сайдалиев. КРИТЕРИИ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОСТРАНСТВЕННЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ И ГРАФИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ИЗУЧЕНИЯ ТЕМЫ "ВИДЫ". МУТАЛЛИМ ^ОМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ Илимий-методикальщ журнал 2021. Report number 1/2, pp-80-88, ISSN 2181-7138.

[20] Alimovich, N. E. (2021). Determination Of General Positions For The Solution Of Geometric Tasks. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 237-241.

[21] Ботир Шукуриллаевич Усмонов, Дилноза Иркиновна Дадабоева, & Зуннурахон Тоштемировна Валиева (2021). NX-ЭТО ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2 (1), 825-834.

[22] Namazovna, S. D. (2021). Harmony Of Art In Architecture Of Uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 87-94. https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03Issue05-16

[23]j^qnqft^. (2020). &<T[lMtftH-example sentences Ш1Х.

[24] Baymetov, B. B., &Muratov, X. X. (2020). Methods Of Teaching Students To Do Sketches In Independent Learning. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 8-13.

[25] Султанов, Х. Э., & Муратов, Х. Х. (2020). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРИ ОРКДЯИ УКУВ ЖАРАЁНИ ВА АМАЛИЁТНИНГ САМАРАЛИ ИНТЕГРАЦИЯСИНИ ТАЪМИНЛАШ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-3).

[26] Авазбаев, А., Джураев, Ю., & Турсунходжаева, З. (2021). Texnologikta'limjarayoninikredit-modultizimiasosidatashkiletishshart-

sharoitlari. Общество и инновации, 2(4/S), 171-176.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

[27] Tashimov, N. (2019). Ways of Development of Cognitive and Graphic Activity of Students. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 212214.

[28] Tashimov, N. E., Student, M., Zoitov, S., & Oblakulova, L. (2019). METHODS OF DEVELOPMENT AND APPLICATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF COMPUTER TECHNOLOGY IN TEACHING GRAPHIC DISCIPLINES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

[29] Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. 36ipHUK наукових праць Л'ОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

[30] Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2021) PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. Конференции, 1(1). SECTION 1, pp-39-49, https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.