Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TURISTIK OBYEKTLARNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI.'

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TURISTIK OBYEKTLARNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI. Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
26
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Eralov A.J.

O‘zbekiston zamini qadimdan Buyuk ipak yo’li chorrahasidagi ulkan salohiyatga, tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklarga, go’zal an’ana va urf-odatlarga ega hudud sifatida butun dunyo e’tibori va e’tirofiga sazovor bo’lgan. Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalarda, balki turizmda ham yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo’ydi. Bu jarayonga ommaviy axborot vositalarining tarqalishi va albatta, kompyuter texnologiyalari kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Yangi aloqa va multimedia texnologiyalarining rivojlanishi, ulardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining kamayishi, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining kengayishi dunyoni yanada zichroq qilib, mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TURISTIK OBYEKTLARNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI.»

MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA TURISTIK OBYEKTLARNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI.

Eralov A.J.

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dotsenti, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.11173493

O'zbekiston zamini qadimdan Buyuk ipak yo'li chorrahasidagi ulkan salohiyatga, tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklarga, go'zal an'ana va urf-odatlarga ega hudud sifatida butun dunyo e'tibori va e'tirofiga sazovor bo'lgan. Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalarda, balki turizmda ham yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydi. Bu jarayonga ommaviy axborot vositalarining tarqalishi va albatta, kompyuter texnologiyalari kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Yangi aloqa va multimedia texnologiyalarining rivojlanishi, ulardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining kamayishi, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining kengayishi dunyoni yanada zichroq qilib, mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirmoqda.

Mustaqillik yillarida tabiatni muhofaza qilishga e'tibor mamlakatimizga kelayotgan xorijlik tabiat ixlosmandlari sonini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turizm rivojlangan mamlakatlarda raqobat yaxshi rivojlangan va sayyohlarning katta oqimi sanoat ob'ektlarining to'liq quvvat bilan ishlashiga va narx jihatidan raqobatlashishiga imkon beradi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, shu jumladan mintaqalarda amalga oshirilmagan[1].

Har kuni o'sib borayotgan "elektron muhit"ning texnik imkoniyatlari zamonaviy insonning mentalitetiga bevosita ta'sir qiladi, qiziqarli ma'lumotlarga deyarli cheksiz kirish va to'liq tanlash erkinligini ta'minlaydi. Madaniyatning yangi turi - axborot jamiyati madaniyati shakllanmoqda, bu Foydalanuvchining o'zi tomonidan uning maqsadlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan yagona farqlanmagan sohadir. Asta-sekin, har qanday qiymat ierarxiyasi va tuzilishini yo'qotib, madaniyat ham global bo'ladi.

Xorijda turizm sohasi bo'yicha Reisen J., Kooper C., Hall M., Breyden J., Kercher B., Balabanov I., Durovich A., Kvartalnov A., Yakovlev A.; mamlakatimizda esa turli sohalar vakillari: Allaberganov A., Boltaboyev M., Tuxliyev I., Eshtayev A., Gadoyev K., Komilova F., Mamatqulov H.; Egamberdiyeva G., Mominov A., Muhammedova M., Mansurov M., Jumayeva Sh. Bobojonov Sh. Jalilov O. kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib brogan [2].

2017-yildan boshlab mamlakatning turizm tarmog'ini rivojlantirishga kompleks yondashuv amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda tranzit o'tish tartibi va muddatlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Shunday qilib, besh

kungacha dunyoning 101 mamlakatlaridan kelgan yo'lovchilar mamlakatimizda vizasiz qolishlari va marshrut bo'ylab sayyohlik joylarini ziyorat qilishlari mumkin[3]. 2018-yildan boshlab kirish vizalarini E-VISA.GOV.UZ elektron ro'yxatga olish tizimi ishga tushirildi, 57 mamlakat fuqarolari elektron viza olish imkoniga ega bo'ldilar va 16 yoshgacha bo'lgan barcha xorijliklar uchun vizalar ham bekor qilindi[4].

O'zbekistonga kelishning soddalashtirilishi turizm rivojlanishining asosiy omilidir. Turistlarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish tizimi elektron shaklga o'tganligi sababli, ularni xavfsizligini ta'minlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi etib belgilandi. Xavfsiz hudud, xavfsiz shahar loyihalari ishga tushib, bu jihatlar qisqa vaqtda o'z samarasini berdi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

Bugungi kunda ko'plab davlatlar o'z imijini yaxshilash, turizmni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilish uchun madaniy meros, turli tadbirlar va muassasalardan foydalanmoqda. Ipak yo'li chorrahasida joylashgan, inson ongining ilmiy-texnikaviy, madaniy, ma'naviy sohalardagi yutuqlariga dirijyor bo'lgan o'zbek zamini jahon sivilizatsiyasi rivojida muhim o'rin tutgan.

O'zbekistonning madaniy merosi milliy o'ziga xoslik va g'urur manbai bo'lib, uni muhofaza qilish va targ'ib etishga davlatimiz tomonidan e'tibor qaratilmoqda. Shunday qilib, 2023 yil holatiga ko'ra, respublikada jami 8 210 ta moddiy va nomoddiy madaniyat ob'ektlari mavjud. Ulardan 4797 tasi arxeologik yodgorliklar, 2266 tasi arxitektura yodgorliklari, 617 tasi monumental va san'at obyektlari, 530 tasi ziyoratgohlar va boshqalardir. Shu jumladan, Samarqand viloyatida 1607 ta, Qashqadaryo viloyatida 1468 ta, Buxoro viloyatida 829 ta, Jizzax viloyatida 484 ta, Surxondaryo viloyatida 561 ta, Farg'ona viloyatida 376 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasida 288 ta, Toshkent shahrida 356 ta, Xorazm viloyatida 259 ta, Namangan viloyatida 274 ta, Toshkent viloyatida 828 ta, Andijon viloyatida 422 ta, Navoiy viloyatida 437 ta hamda Sirdaryo viloyatida 32 ta obyektlar mavjud. Birgina 2023-yilning o'zida respublika bo'yicha 650 ga yaqin madaniy meros obyektlari ijaraga berildi.

O'zbekistonning 5 ta obyekti YUNESKO Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan: Ichanqal'a (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Shahrisabzning tarixiy markazi (2000), Samarqand — madaniyatlar chorrahasi (2001), shuningdek, Ugom-Chotqol milliy bog'i (2016). Bundan tashqari, YuNESKO ro'yxatiga O'zbekistonning nomoddiy madaniy merosi obidalari - Navro'z bayrami, "Shoshmaqom" xalq qo'shiqlari to'plami, "Katta ashula" an'anaviy qo'shiqlari, zukko askiya san'ati, Boysun madaniy makoni, Xorazm raqsi "Lazgi", milliy taom palov, o'zbek atlasi va adrasi hamda miniatyura san'ati ham kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi xalqaro aloqalarini kengaytirish sohasida ham bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda, jumladan, mamlakatimizning turistik imkoniyatlarini xorijda namoyish etishga bag'ishlangan tadbirlarga ham e'tibor berilmoqda. Respublikamiz turistik salohiyatning taqdimotlari Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Turkiya va Latviya kabi mamlakatlarda doimiy o'tkazib turiladi. Ko'rgazma maydonlari va turistik firmalar vakillari yo'l haqining imtiyozli to'lanishi davlat tashkilotlari tomonidan ta'minlanadi.

2019-yilning birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasiga 3 million nafardan ortiq sayyohlar tashrif buyurganligi, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 mln. nafarni tashkil etgan holda, 31 foizga oshganligi belgilangan vazifalar ijrosining hayotga samarali tatbiq etilayotganligini ko'rsatadi. Tahlillarga ko'ra, turistik xizmatlar eksporti 33,2 foizga oshib, 602,4 mln. dollarni tashkil etgani holda uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlar soni qo'shni va boshqa MDH mamlakatlaridan keluvchilarga qaraganda ko'proqni tashkil etdi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan turizm sohasiga 191,7 mlrd. so'm investitsiyalar kiritilishi hisobiga 1142 ta yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishildi, shuningdek 23 ming xonaga ega jami 1046 ta joylashtirish vositalarining faoliyat yuritishiga erishildi. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga aholining jalb etilishi natijasida 364 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etildi.

O'zbekistonda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZINFOCOM tomonidan Toshkent, Xiva kabi yirik sayyohlik shaharlarida yuqori tezlikdagi internetga ulangan "Wi-Fi" zonalari joriy etilmoqda. Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari o'z hududida ko'plab qadimiy manzilgohlarga ega. 2019-yildan buyon Samarqand shahrida ilmiy-ma'rifiy loyiha faoliyat ko'rsatmoqda, uning doirasida mutaxassislar jamoasi "aqlli muzey" konsepsiyasi va uni raqamli rivojlantirish strategiyasini tadqiq qiladi va shakllantiradi, to'plangan bilim va ushbu ish doirasida mulohazalar bilan o'rtoqlashadi. IT tizimlari orqali faol o'zaro ta'sir qiluvchi so'nggi Smart texnologiyalardan foydalaniladi: narsalar interneti (IoT), kengaytirilgan, virtual, aralash reallik (VR/AR/MR), katta ma'lumotlarga asoslangan foydalanish va prognozlash (Big Data), iBeacon va boshqa mahalliy texnologiyalarning o'zaro ta'siri (Bluetooth, WiFi, Push, NFC) muhim ahamiyat kasb etadi

"O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi esa yurtdoshlarimizning e'tiborga sazovor joylarni borib ko'rish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, yurtimiz tarixi borasidagi bilim va tasavvurlarni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, turizm sohasida faoliyat

yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun ayrim soliq majburiyatlarining bekor qilinishi, imtiyozli kreditlar olish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqa masalalarda katta imtiyoz va preferensiyalar berilgani ham bu sohaga qanchalik e'tibor berilayotganligining na'munasidir [5].

"Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturiga muvofiq turizmning yangi turlarini rivojlantirish va mavsumiylik omili ta'sirini kamaytirish maqsadida ishbilarmonlik turizmini ("MICE") rivojlantirish, uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlardan keladigan turistlar sonini yanada oshirish, ularning mamlakat ichida erkin harakatlanishini ta'minlash maqsadida aviatransport tizimini yanada takomillashtirish, mashhur xalqaro brendlar asosida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar filiallarini O'zbekistonda ochish choralarini ko'rish vazifalari belgilandi[6].

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Bugungi kunda masofa va vaqtni qisqartirish, O'zbekiston madaniy hamjamiyatiga o'z o'tmishining buyuk merosi bilan tanishish imkoniyatini berish muhim vazifadir. Bu davlatimiz rahbarining 2017-yil 24-maydagi "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi[7] qarorida belgilab berilgan tashabbuslari bilan hamohangdir.

Mamlakatimizda 2018-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, mehmonxonalar soni 660 tadan oshgani va ularda 35 ming nafarga yaqin sayyohni qabul qilish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. E'tiborlisi, xalqaro standartlar asosidagi muvofiqlik sertifikatini qo'lga kiritgan mehmonxonalar soni ortib aksariyati to'rt va besh yulduzli maqomiga ega bo'ldi. Poytaxt hamda viloyatlarda dunyodagi mashhur mehmonxona tarmoqlari - "Wyndham", "Lotte", "Radisson" kabi brendlar ostida xizmat ko'rsatuvchi otellar bilan birga, ko'plab xususiy mehmonxonalar faoliyat yurita boshladi. Ular tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati yuksak darajada ekanini xorijiy sayyohlar e'tirof etdi[8].

Soha mutaxassislari ta'kidlaganidek, 2017-2018-yillar mobaynida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida salmoqli yutuqlarga erishildi. Biroq, O'zbekiston bu sohada juda katta salohiyatga ega bo'lishiga qaramasdan, hali mavjud imkoniyatlardan to'liq va unumli foydalana olmadi. Tahlillar sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi qoniqarli emasligini ko'rsatdi.

Agentlik tuzilmasi obyektlardan foydalanish, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish departamentini o'z ichiga oladi. Shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar faoliyatini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ga muvofiq har bir muzey uchun "Muzey brendi kitobi"ni yaratish ko'zda tutilgan; mashhur ochiq ensiklopediya

Vikipediyaga joylashtirish - har bir muzey haqida oltita dunyo tilida ma'lumot; har bir muzeyning rasmiy veb-saytlarini to'liq yangilash, ularning mobil ilovasini yaratish; Youtube, Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlangan muzey akkauntlarini yaratish va yuritish; madaniy meros obyektlari, jumladan, muzey eksponatlari va kolleksiyalari, madaniy boyliklar to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash uchun maxsus server sotib olish va undan samarali foydalanishni ta'minlash; "Virtual muzey" (virtual muzey) loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish, Xalqaro muzeylar kengashining (ICOM) virtual muzeylar bo'yicha ilg'or tajribasini o'rganish va undan O'zbekistonda foydalanish bo'yicha takliflar tayyorlash; monitoring davomida to'plangan video va fotomateriallarni yagona axborot bazasida to'plash; innovatsion texnologiyalar asosida eng muhim yodgorliklarning 3D modellarini yaratish; takroriy tarixiy-madaniy ekspertiza o'tkazish, 2021-2022-yillarda 8210 ta moddiy madaniy meros obektlarining raqamli pasporti va katalogini ishlab chiqish hamda moddiy madaniy meros ob'ektlarining davlat reestrini, ularning elektron katalogini, pasportini va davlat kadastrini shakllantirish; to'liq; 2021-2023 yillarda 46 ta davlat muzeyining muzey eksponatlari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish.

Janubiy Koreya Axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligining umumiy qiymati 150 ming AQSH dollari bo'lgan grant loyihasi asosida Buxoro shahridagi Ismoil Samoniy maqbarasining raqamli nusxasi Digital Twin texnologiyalari, 3D va geografik texnologiyalar yordamida yaratilgan. Google tizimi xaritalariga integratsiya qilingan ma'lumotlar. Ismoil Samoniy maqbarasining 3D nusxasini yaratish bo'yicha tajriba loyihasini yakunlash bo'yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda. Asosiy loyihani amalga oshirish uchun - Buxoro shahrining tarixiy qismining 3D-nusxalarini yaratish va onlayn monitoring tizimini yo'lga qo'ygan holda "O'zbekiston raqamli merosi rejasi" platformasini ishga tushirish, Respublika Yer, infratuzilma va transport vazirligi grantiga arizalar qabul qilish. Koreyaning madaniy meros ob'ektlarida tayyorlanib, taqdim etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 6 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur loyiha doirasida Madaniy meros agentligi qoshida ham O'zbekistondagi tarixiy va arxeologik obyektlarni raqamlashtirish bo'yicha alohida xizmat tashkil etilgan bo'lib, u barcha zarur texnologiya va jihozlar bilan to'liq ta'minlangan bo'lib, kelgusida ushbu obyektlarni mustaqil ravishda raqamlashtirishni amalga oshiradi.

O'zbekiston Turizm va sport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu platformaning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, oddiy fuqarolar bilan bir qatorda olimlar ham tanishish uchun obyektlarning yuqori aniqlikdagi (aniqlik -santimetrgacha) raqamli 3D nusxalaridan foydalanish hamda onlayn turizm bilan

o'zlarini va turli tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shaharsozlik, madaniy meros va arxeologiya sohalarida keng qo'llaniladigan Digital Twin texnologiyasi jismoniy aralashuvlarsiz madaniy meros ob'ektlarining holatini modellashtirish, kuzatish, diagnostika qilish va bashorat qilish imkonini beradi. 3D modeldan foydalanib, ob'ekt atrofida onlayn harakat qilish mumkin bo'ladi.

O'zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng ko'lamli va misli ko'rilmagan. Yaratilgan shart-sharoitlar, davlat va jamoat tashkilotlari, ijtimoiy mas'uliyatli tadbirkorlik sub'yektlarining birlashmasi, shubhasiz, nafaqat olimlar uchun ilmiy material, balki yosh avlodga o'ziga xos ma'naviy ozuqa bo'ladigan loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda. . Birgina 2022 yilning o'zida moddiy madaniy meros obyektlarining 98 foizi Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritildi, ularga qo'shimcha ravishda 829 ta yo'l belgilari (ingliz, rus va boshqa tillarda) o'rnatildi va 219 ta bepul Wi-Fi zonalari va tashrif buyuruvchilar uchun qo'shimcha qulayliklar tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning "Uchinchi Uyg'onish davri" poydevorini yaratish g'oyasi o'zbek xalqi va jahon hamjamiyati, ekspertlar orasida o'z aksini topdi. Yoshlarni o'z ildizlari, tarixi, madaniyati, an'analarini o'rganishga jalb etish 60 foizdan ortig'ini yoshlar tashkil etayotgan mamlakatimiz uchun muhim va dolzarbdir.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va paydo bo'layotgan imkoniyatlari, muzey va tarixiy yodgorliklarni raqamlashtirish, muzey kolleksiyalarini raqamlashtirish, muzey faoliyatining yagona innovatsion raqamli platformasini yaratish. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar bu bilan barcha tarixiy obidalarni, muzey eksponatlarini asl holida asrab-avaylash, kelajak avlodlar uchun xizmat qiladi.

Adabiyotlar:

1. Ergasheva Yu.A., Eralov A.J.. History and prospects of development of eco-tourism in Kashkadarya region. III "International Conference on Improving Energy Efficiency, Environmental Safety and Sustainable Development in Agriculture". Web of Conferences, 2023.

2. Ergasheva Yu.A., Eralov A.J. Prospects of development of eco-tourism, agrotourism, and mountain tourism in Surkhandarya region. BIO Web of Conferences 93, 05002(2024), Forestry Forum 2023. https://doi.org/10.1051/bioconf/20249305002

3. Абдухакимов А.А. Узбекистан открывает двери. // Visit Uzbekistan. -Т.: 2017. -C.15.

4. O'zbekiston turizm va sport vazirligi joriy arxivi Axborot tahlil departament boshqarmasi hisobotlari. 2021-yil birinchi yarim yillik. - B. 1-18.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.02.2018 y., 07/18/3514/0672-son.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-sonli "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 06/19/563 5/2502-son.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-sonli "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 21-son, 389-modda.

8. Mahkamova F. "Turizm rivoji taraqqiyotga xizmat qiladi" // Xalq so'zi, -T., 2016-yil 5-oktabr. №196(6631). - B. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.