Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TURISTIK GEOPORTAL TIZIMINING TASHKILIY ARXITEKTURASI'

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TURISTIK GEOPORTAL TIZIMINING TASHKILIY ARXITEKTURASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
87
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YANGI O‘ZBEKISTON / RAQAMLASHTIRISH / TURIZM / TURIST / TASHKILIY ARXITEKTURA / GEOPORTAL TIZIMI / RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR / RAQAMLI PORTALLAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Egamberdiyev X.S., Abduvaliyev A.A., Pardayev O.Ch.

Ushbu maqola raqamlashtirish sharoitida O‘zbekiston turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasiga bag‘ishlangan. O‘zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasi ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATIONAL ARCHITECTURE OF THE UZBEKISTAN TOURIST GEOPORTAL SYSTEM UNDER DIGITALIZATION

This article is devoted to the organizational architecture of the tourist geoportal system of Uzbekistan in the context of digitization. The organizational architecture of the Uzbekistan-tourist geoportal system has been developed.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TURISTIK GEOPORTAL TIZIMINING TASHKILIY ARXITEKTURASI»

Egamberdiyev X.S.

TATU Qarshifiliali v.b dots Abduvaliyev A.A.

TATU Qarshi filiali katta o'qituvchisi

Pardayev O. Ch.

TATU Qarshi filiali katta o'qituvchisi

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O'ZBEKISTON TURISTIK

GEOPORTAL TIZIMINING TASHKILIY ARXITEKTURASI

Annotatsiya. Ushbu maqola raqamlashtirish sharoitida O 'zbekiston turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasiga bag'ishlangan. O'zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy arxitekturasi ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, raqamlashtirish, turizm, turist, tashkiliy arxitektura, geoportal tizimi, raqamli texnologiyalar, raqamliportallar.

Egamberdiyev H.S. acting associate professor TUIT Karshi branch Abduvaliyev A.A. senior teacher TUIT Karshi branch Pardayev O. Ch. senior teacher TUIT Karshi branch

ORGANIZATIONAL ARCHITECTURE OF THE UZBEKISTAN TOURIST GEOPORTAL SYSTEM UNDER DIGITALIZATION

Abstract. This article is devoted to the organizational architecture of the tourist geoportal system of Uzbekistan in the context of digitization. The organizational architecture of the Uzbekistan-tourist geoportal system has been developed.

Keywords: new Uzbekistan, digitization, tourism, tourist, organizational architecture, geoportal system, digital technologies, digital portals.

Bugun butun dunyo nazari Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyani amalga oshirishga qaratilgandir. Strategiyaning "Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida ta'minlash"ga bag'ishlangan ustuvor yo'nalishida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif

buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish25 vazifasi qo'yilgan. Ushbu vazifaning bajarilishi makro darajada turizm sohasini rivojlantirish, YalMdagi ulushini oshirish, aholini yangi ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida, raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadal lashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.

O'zbekistonda pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda, bu davlat tomonidan xorijiy va maxalliy turistlar uchun maksimal sharoit yaratish va barcha cheklovlarni olib tashlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tufayli amalga oshirilmoqda. Natijada 2022-yilning oxirigacha O'zbekistonga kiruvchi turizmni 4,5 million nafargacha xorijiy turistlar oqimini ta'minlash kutilmoqda. "COVID-19" pandemiyasi oqibatlarini yumshatish va turistlar oqimini qayta tiklash maqsadida turbiznesni qo'llab quvvatlash va ichki hamda xorijiy turizmni yanada rivojlantirish hamda qayta tiklash bo'yicha davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlari, yirik va kichik korxonalarga bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi. Shu tufayli pandemiyaga qaramasdan, 2020-yilda O'zbekistonga 1,5 mln. nafar xorijiy sayyoxlar tashrif buyurgan, 273 million dollarlik turizm xizmatlari ko'rsatilgan26. Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta'sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Turizm industriyasidagi xizmatlardan bahra olish va turistik mintaqani tanlay olish hozirgi kun turistlari uchun global maqsad bo'lib bormoqda. Hozirgi kunda sayyoramiz aholisi turizm sohasining jozibador turlari bilan qiziqishi, xususan raqamli turizmga talab oshishi turizm sohasidan olinayotgan daromadlar miqdorining doimiy o'sishi va ushbu sohaning jahon iqtisodiy taraqqiyotining harakatlantiruvchi vositalardan biriga aylanishiga olib keldi. Dunyo sayyohlarining 74 foizi sayohatni onlayn tizimlar orqali rejalashtirmoqda, bu esa raqamli turizm bozorining istiqbolini belgilab beradi. Bugungi kunda barcha sohalarda keng qo'llanayotgan va tez rivojlanayotgan geoaxborot tizimlari turizm sohasini ham chetlab o'tmadi. Mintaqa darajasida turizm sohasida axborotlashtirishni rivojlantirish mintaqaviy axborot resurslarini, shu jumladan portallarning turistik saytlarini yaratishni talab etmoqda. Turizm soxasini boshqarishda geoaxborot portalini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Turizm geoaxborot portalini shakllantirish mintaqalarda turizmni uzoq muddatli rejalashti-rish va prognoz qilish loyihalarini ishlab chiqishda alohida o'rin tutadi.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish turizm sohasini rivojlanti-rishning asosiy tendensiyalarini shakllantiradi, bu esa tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va raqamli xizmatlar va platformalar ishtirokchilarining xabardorligini oshirish

25 https ://www. norma.uz/qonunchilikda_yangi/2022 -2026_yillarga_muljallangan _yangi_ uzbekistonning_taraqqiet_strategiyasi_tasdiqlandi

26 https://telegra.ph/Turizm-so%D2%B3asida-amalga-oshirilgan-ishlar-va-rezhalar-11-05.

orqali turizm mahsulotining deyarli barcha tarkibiy qismlariga tobora ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda.

Raqamli portallar mamlakat turizm industriyasini rivojlantirishda bugun hal qiluvchi rol o'ynamoqda va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Raqamli texnologiyalar bu yil va kelgusi yillarda ham turizm industriyasi pandemiyadan keyingi tiklanish holati sababli muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Raqamli kontent va onlayn platformalar butun dunyo bo'ylab potensial mijozlar-turistlar e'tiborini jalb qilish qobiliyatini oshirishi mumkin, ular bo'lajak sayohatlarini rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini: sayoxatni orzu qilish, rejalashtirish, bron qilish, tashrif buyurish va olgan ta'surotlari bilan baham ko'rish jarayonlarini o'z ichiga qamrab oladi. Xozirgi paytda turizm sohasi raqamli texnologiyalarnini amliyotga qo'llash bo'yicha faol rivojlanmoqda. Ko'pgina zamonaviy shaharlar turistlar uchun tobora "aqlli" bo'lib bormoqda, chunki ularda chiptalar sotib olish, ekskursiyalar va turli tadbirlarni bron qilish, jamoat transportidan foydalanish, velosipedlarni ijaraga olish va boshqa ko'p narsalarni sotib olish imkonini beruvchi onlayn-raqamli xizmatlar mavjud. Aqlli turizm har bir kishi uchun ajoyib sayohat olamini ochib beradi va eng muhimi, ko'p vaqitni va mablag'ni tejashga yordam beradi.

Raqamli texnologiyalarni qo'llashda mobil ilovalar tufayli turistning smartfoni yo'lboshchi, tarjimon va xarita vazifasini o'taydi. Turizm va madaniy meros vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgalikda "E-MEHMONXONA" avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilinmoqda. Mazkur tizim ishga tushirilgach, davlat organlariga hisobot taqdim etish bilan bog'liq qog'ozbozlik tugatildi. Biroq, asosiy yutuq shundaki, bundan buyon mehmonxona korxonalari mehmonlarni ro'yxatga olish jurnalini yuritishi shart emas.

Yangi O'zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilanishi natijasida hukumat tomonidan qabul qilingan qator farmon va qarorlar asosida bu sohada katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, xorijiy fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 92 taga yetkazildi, 53 ta davlat uchun "elektron viza" tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin bo'lgan joriy yilda ham sohadagi subyektlar har tomonlama qo'llab -quvvatlanmoqda, ularga subsidiya va ssudalar ajratilmoqda. Raqamli turizm bozoridagi tadqiqotlar natijasi bo'yicha, turistik mahsulotni shakllantirishda asosiy xarajatlarning 77,6 foizi yondosh xizmat ko'rsatuvchi tarmoq va tashkilotlar harajatlariga to'g'ri keladi, bu esa turizmning multiplikativ samarasini aniqlashda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining salmoqli o'rni borligidan dalolat beradi. Bu xolatning tasdig'ini Davlat statistika qo'mitasining "2020-yilda O'zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari" statistik byulleteni27 ma'lumotlaridan ham ko'rsa bo'ladi, 2020-

27 "2020 йилда Узбекистан Республикасида туризм ва дам олиш ривожланишининг асосий курсаткичлари" статистик бюллетени маълумотлари асосида тайёрланди 15 май. 2021й.

yilda kiruvchi turizm bo'yicha tashrif buyurgan 1504126 kishilarga, turistik firma va tashkilotlar, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari, ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari, individual joylashtirish vositalari va boshqa joylashtirish vositalari tomonidan xizmat ko'rsatilganlar soni attigi 178454 kishini tashkil qilmoqda.

Ushbu ko'rsatgich bevosita turizm sohasidagi jami kiruvchi turizm bo'yicha tashrif buyuruvchilarning 11,8 foiziga tug'ri kelmoqda, qolgan 88,2 foiz qismiga esa yondosh xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan xizmat ko'rsatilganini ifodalaydi. Shu tufayli raqamlashtirish jarayonida turizmda xarajatlar usuli, ya'ni YaXMni yondosh xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan barcha tovar va xizmatlar xaridi uchun sarflangan mablag'lar qiymatini aniqlash tavsiya qilinadi, chunki bu usul mintaqadagi turistlar amalga oshirgan barcha sarf-xarajatlarining aniq taqsimotini hisobga olishga yordam beradi. Xozirgi sharoitda Onlayn-portal va platformalar XXI-asrda xalqaro turizmning istiqbolini belgilamoqda. Turizmni baholash byurosi, www.tourism-review.com, butun dunyo bo'ylab mehmondo'stlik mutaxassislariga turizm bo'yicha yagona yechim provayderi bo'lishga yordam berish uchun o'z xizmatlarini kengaytirganini e'lon qilmoqda.

Dunyodagi yetakchi sayohat portali Buyuk Britaniyada joylashgan bo'lib, uning vazifasi turizm mutaxassislariga tez o'zgaruvchan raqamli muhitda o'z maqsadlariga erishishda yordam berishdan iborat. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bir kator platforma va portalar joriy kilinmoqda. Jumladan vazirlik qoshida Milliy PR markazi DUK jamoasi tomonidan "Uzbekistan-.travel"- sayyoxlik veb-portali tashkil etilgan (5-ilova).

Ushbu raqamli kontent birinchi navabatda turizm soxasi vakillari uchun mo'ljallangan bo'lib, maxalliy va xorijiy turoperatorlar, sayyoxlik agentliklari, ommaviy axborot vositalari vakillari, gidlar va sayoxat blogerlari, turizm bilan boglik bo'lgan yondosh tarmoklar uchun mo'ljallangan. Maqsadi O'zbekiston turistik resurslarini turistik mahsulot sifatida raspublika ichida xam, xorijda xam targ'ib kilishdan iborat.

Turizm va madaniy meros vazirligining "Uzbekistan.travel" sayyoxlik veb-portalini takomillashtirish va turistlar uchun jozibodor qilish maqsadida quyidagilarni taklif qilamiz:

- mexmonxonalar (va boshka turdagi turar joy vositalari) xaqida umumiy ma'lumotlar bazasini yaratish (manzili, to'la faoliyati haqida sayti, tarixi);

- tarixiy obida va mexmonxonalarni elektron xaritada joyini ko'rsatish (geolokasiya);

- tarixiy obida va mexmonxonalarni 360° formatida binosini, atrofini, va xonalarini tasvirlash;

- tarixiy obida va mexmonxonalar xakida sayexlar va turistlar ta'surot-lari asosida reyting ko'rsatgichlarini ishlab c hiqish;

- booking.com mexmonxona bronlash sayti manzillarini aloxida saxifa ochib portalga biriktirish;

- O'zbekistonda turizm transport xizmati xakida ma'lumotlar ba'zasini yaratish.

Yangi O'zbekistonda raqamli texnologiyalarni qo'llash orqali turizm xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirishning xorijda sinalgan va isbotlangan usullaridan biri bo'lgan geoaxborot tizimini shakllantirish zarur bo'lmoqda. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini28 amalga oshirishning "Yo'l xaritasi"da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O'zbekiston turizm sohasini raqamli transformasiyalashuvi jarayonida turizm geoportalini ishlab chiqishni taklif qilamiz.

1-rasm. O'zbekiston-turistik arxitekturasi 29

geoportal tizimining tashkiliy

Raqamli turizm bozorida geoaxborot tizimiga ixtisoslashgan turistik destinasiyalar, tashkilot va korxonalar, boshqaruv organlari qarorlarini optimallashtirish uchun integrasiyalashgan quyidagi O'zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy mexanizmlari ishlab chiqilgan (3.4-rasm).

Rasmda O'zbekiston-turistik geoportal tizimining tashkiliy mexanizmlari geoaxborot tizimini yaratish uchun texnik dasturiy-apparat platformasi taqdim

28 Y3ÔeKHCT0H Pecnyô^HKacn npe3ngeHTHHHHr OapMOHH, 05.10.2020 HH^garn n®-6079-coH. https://lex.uz/ru/docs/5030957.

29 Mya^n$ Tag^HROT^apH acocnga nm^aô HH^HOTaH

etilgan ya'ni turistik geoportalining virtuallashgan bulutli platformasi tashkil etadi.

fazoviy, semantik va hujjatli ma'lumotlarni, bundan tashqari kosmik monitoring ma'lumotlarini ishlatish;

barcha ko'rinishdagi ma'lumotlarning ko'rinishini aniq hisobotlar va boshqa turdagi grafiklarni qurishda ishlatish;

barcha turdagi axborot resurslariga foydalanuvchilarni funksional vazifasiga qarab taqsimlash.

O'zbekiston turistik geoportalining texnologik kompanentalari arxitekturasida asosiy dasturiy mahsulotlar halqaro standarlar va texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan ochiq kodli dasturiy mahsulotlardan foydalanilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. ShumpeterY.A.Teoriya ekonomicheskogo razvitiya. Kapitalizm,sotsializm i demokratiya.M.:Eksmo,2007.862 s.

2. Bell D.Gryaduщee postindustrialnoe obщestvo. Opbit sotsialnogo prognozirovaniya. M.:Academia, 1999.956 s.

3. Howkins J. The Creative Economy: How People Make Money from Ideas. London: Penguin, 2001.

4. BenklerY.The Wealth of Networks: How Social Production Transforms Markets and Freedom.New Haven, Conn: Yale University Press, 2006. 515 r.

5. Tuxliev I.S., Abduxamidov S.A. Mintaqaviy turizmda geoaxborot tizimidan foydalanishning nazariy asoslari / "O'zbekistonning turizm sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Samarqand. -2019, b. 158-161.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.