Научная статья на тему 'NOMODDIY MADANIY MEROSNING ILMIYNAZARIY ASOSLARI'

NOMODDIY MADANIY MEROSNING ILMIYNAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
21
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nomoddiy madaniy meros / aksiologik yondashuv / salohiyat / maqom / tasnifot / mutaorifiy / tabiiy / handasa / adad / amaliy musiqa. / intangible cultural heritage / axiological approach / potential / status / classification / conceptual / natural / handasa / adad / applied music.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qirg‘izov, Iqboljon Imyaminovich

Maqolada nomoddiy madaniy merosning ilmiy-nazariy asoslari shashmaqomga aksiologik yondashuv misolida yoritiladi. Abu Nasr Forobiy va Sharq allomalarining musiqiy qarashlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INTANGIBLE CULTURAL HERITAGE

The article describes the scientific-theoretical foundations of intangible cultural heritage as an example of an axiological approach to shashmaqom. The musical views of Abu Nasr Farabi and the scholars of the East are studied from a socio-philosophical point of view.

Текст научной работы на тему «NOMODDIY MADANIY MEROSNING ILMIYNAZARIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NOMODDIY MADANIY MEROSNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI

Qirg'izov Iqboljon Imyaminovich

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada nomoddiy madaniy merosning ilmiy-nazariy asoslari shashmaqomga aksiologikyondashuv misolida yoritiladi. Abu Nasr Forobiy va Sharq allomalarining musiqiy qarashlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: nomoddiy madaniy meros, aksiologik yondashuv, salohiyat, maqom, tasnifot, mutaorifiy, tabiiy,handasa, adad, amaliy musiqa.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны научно-теоретические основы нематериального культурного наследия на примере аксиологического подхода к шашмакому. Музыкальные взгляды Абу Насра Фараби и учёных Востока изучаются с социально-философской точки зрения.

Ключевые слова: нематериальное культурное наследие, аксиологический подход, потенциал, статус, классификация, концептуальное, природное, хандаса, адад, прикладная музыка

ABSTRACT

The article describes the scientific-theoretical foundations of intangible cultural heritage as an example of an axiological approach to shashmaqom. The musical views of Abu Nasr Farabi and the scholars of the East are studied from a socio-philosophical point of view.

Key words: intangible cultural heritage, axiological approach, potential, status, classification, conceptual, natural, handasa, adad, applied music.

KIRISH

Asrlar davomida shakllangan mumtoz maqom majmualari o'zbek musiqasining ilmiy-nazariy va amaliy asosi sifatida yashab kelmoqda hamda allomalar bunyod etgan risolalarning ilmiy salohiyati bugungi kunda ham jahon xalqlarini hayratga solmoqda.

Shashmaqom 2003 yilda YUNESKOning "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro'yxati"ga (O'zbekiston va Tojikistonnning taqdimiga ko'ra) kiritildi. 2003 yilda "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish" Xalqaro Konvensiyasi qabul qilinishi munosabati bilan u yangidan tuzilgan "Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro'yxati"ga o'tkazildi1.

1O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O'.Toshmatov. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi (darslik)2 023 yil.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Demak, O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Agar biz asl, haqiqiy san'atni bilmoqchi, o'rganmoqchi bo'lsak, avvalo mumtoz maqom san'atini bilishimiz, o'rganishimiz kerak. Agar biz san'atni, madaniyatni ko'tarmoqchi bo'lsak, avvalo mumtoz maqom san'atini ko'tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur»2.

Chunki, maqom yo'llarining kuy, vazn va shakl asoslarining puxta ishlanganligi diqqatga sazovordir.. Vaholanki, ular muayyan musiqiy asar (tasnifot-kompozitsiya) sifatida qachonlardir va qaysidir yetuk musanniflar (kompozitor so'zining ma'nodoshi) tomonidan yaratilgan, albatta. Shu bois bu meros o'zining yuksak badiiy hamda ijtimoiy ahamiyati tufayli avloddan-avlodga o'tib, umumxalq mulki va ma'naviy ozuqasiga- nomoddiy madaniy merosga aylanib ketgan.

So'nggi paytlarda musiqiy istilohda merosimizning izchil ravishda mo'tabar odatga aylangan mazkur qatlamini mutaorif (urf etilgan) deyishlik odatga aylandi. Zero, mumtoz musiqaga mutaoriflik nisbatini berilishi qadimiydir. Forobiy "Katta musiqa kitobi"ning kirish qismida musiqiy asarlarning eshituvchilar orasida qaror topishida ma'rifiy urf-odatlarning ahamiyatini alohida qayd etadi. Odat tarzida shakllanadigan nafs (his-tuyg'ular) va uning go'zal suvrat (shakl)laridan biri bo'lmish musiqiy va malaka (san'at)larni Forobiy "amaliy musiqiy san'at" deydi. "Ravshan bo'ladiki, nomoddiy madaniy merosning ilmiy- nazariy asoslari urfdagi [mutaorifiy] ilmlaridan, ba'zisi esa tabiiy [fizika, akustika] fanidan, ba'zisi esa handasa [geometriya] san'atidan, ba'zisi adad [arifmetika] va ba'zisi amaliy musiqa san'atidan olingandir."3.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT USLUBLARI

Forobiyda musiqiy tushunchasi ikki jihatga ajratilib, biri g'oya siyg'asi (ya'ni, ichki ma'no-mazmuni), ikkinchisi ado-ijro shakli deyiladi. Birinchisi, sozandaning ongida sodir bo'ladigan g'oya hay'atini (shaklini) nazarda tutadi. Ikkinchisi - ado hay'ati, bugungi til bilan aytganda tashqi shakli, ya'ni ijro demakdir. Ijro Forobiy nazarida musiqiy voqe'lik ikki xil, sun'iy va tabiiy tarzda bo'lishi mumkin. Tabiiysi -inson ovozi va uning eng mukammal ijro vositasi hisoblanadi. Sun'iysi - inson ovoziga taqlid tarzida yaratilgan cholg'u asboblari deb bilingan. Bugun barhayot cholg'u sozlarimizni, bu ilmiy g'oyaning amaldagi isboti deyishimiz mumkin. Darhaqiqat, bizning tanbur-dutorlarimiz, nayu g'ijjaklarimiz, qo'shnayu qo'sh

2..Prezident Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani ochilish marosimida ishtirok etib, nutqidan https://www.gazeta.uz/uz/2018/09/07/nutq/.

3.Zokirjon Oripov. X-XV asrlar markaziy osiyo musiqa manbashunosligi.Toshkent- 2017.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lamonlarimiz misolida, bu ustuvor fikr naqadar haètiy ekanligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.

Nomoddiy madaniy merosni o'rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy madaniy merosda olam, undagi narsa, voqea, hodisa va boshqalar qadriyatlarning inson ongida aks etishi, qadriyatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning mezonlarini aniklash nixoyatda muhimdir.

Bu yondashuv XIX asrning 2-yarmi va XX- asrda mustakil ilmiy fan sifatida shakllangan qadriyatlar falsafiy nazariyasiga asoslanadi.

Qadriyatlarni anglash, o'rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg'unligi, hukm, xulosalarning tushuncha, atama va belgilarni umumlashtirishi, tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi aksiologik jarayonlarni taxlil kilish, ularga tayanib amaliy faoliyat yuritish bir-biri bilan boglik uzviy jarayonni anglatadi.

Nomoddiy madaniy merosga aksiologik yondashilganida voqea va jarayonlar orasidagi o'zaro bog'liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog'lanishining ifodasi bo'lgan uzluksizlikka ahamiyat ortadi. Bunday yondashuv qadriyatlarga, ular bilan bog'liq jarayonlarga nisbatan qo'llanilganida yaxshi ilmiy va amaliy natija beradi. Bunda qadriyatlar tartibsiz namoyon bo'ladigan va bir-biri bilan bog'lanmagan ijtimoiy hodisalar sifatida emas, balki u yoki bu davr, ijtimoiy sub'ektlar va boshqalar bilan bog'langan aksiologik tizimlar hamda ularning elementlari sifatida namoyop buladi. Qadriyatlarga bunday yondashishda ijtimoiy fanlarning yutuqlari, tarix, etnografiya, demografiya va sotsiologik tadqiqotlarning natijalariga tayanish qo'l keladi.

Demak, nomoddiy madaniy merosni o'rganish va reallikning qonuniyatlarini tavsiflashda aksiologik yondashuvning uyg'unligi, zarur bo'lganida ulardan foydalanishda kompleks munosabat lozim.

Maqom janrining paydo bo'lishi musiqada —maqomll deganda kuy tovush qatorlarining alohida musiqa asari bochqichlari - parda tizimlari (lad birliklari) lad tizimlari, alohida musiqa asari (cholg'u èki ashula); musiqa turi (janri) - cholg'u va ashula asarlarini bir.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

XI-XIII asrlardan boshlab, to XVII asrgacha Yaqin va O'rta Sharqda -Duvozdaxmaqom-12 maqom turkumi keng tarqalib, musiqa amaliètida qo'llanib keldi. Ushbu turkumga-Ushshoq (oshiqlar), Rost (to'g'ri, mos kelish), Navo (kuy, ohang), Busalik (atoqli ot-Abu Solihning olingan), Hijoz (past tekislik), Husayniy (kishi nomi), Isfahon (shaharga nisbatan), Zirafkant èki Kuchak (pastga sakrash, tushish va to'shak), Rahoviy (Rum shaharlaridan biri), Zangula (qo'ng'iroq, zang),

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Iroq (mamlakat nomiga nisbatan), Buzurg (katta, ulug') kabi maqomlar, shuningdek, oltita ovoza (avaza, maqomlarga javob yoki nazira tarzida ishlatilgan, masalan, Navro'z, Shahnoz va boshqalar) va 24 sho'balar (maqomlarining shahobchalari, ular orasida Dugoh, Segoh, Chorgoh, panjigoh, Uzzol, Muhayyar Sabo va boshqalar.)da ilmiy-nazariy asos tarzida ite'molda bo'lgan.

XVIII asrda Buxoroda yangi turkum - Shashmaqom uzul kesil shakllandi. XIX asrda —Xorazm maqomlarill turkumi va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari vujudga keldi. Keyinchalik —Shashmaqoml va boshqa turkumlar asosida maqom asarlarining yangi uslublari va ko'rinishlari zamonaviy talqinda rivoj oldi. Umumiy tuzulishi va turkumlarga bo'linishi, nomlanishi jihatidan Buxoro va Xorazm maqomlari bir-biriga yaqin turadi. Farg'ona-Toshkent maqomlarining ikki yo'nalishi orasida ham uzviy aloqalar mavjud. Og'zaki tarzda tarqalib kelaètgan maqomlar XIX asrning 80 yillarida yozib olindi. —Xorazm maqomlarill turkumi, —Dutor maqom turkumlari Komil Devoniy Xorazmiy tomonidan ixtiro etilgan tanburga moslangan o'n sakkiz chiziqli —Tanbur chizig'ilari notatsiyasi orqali yozib olinib, maqomlarni o'rganishda qimmatli manba sifatida qo'llanib keldi. Maqomchilik san'ati qonunlarini sharhlash, asoslash, musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid masalalar IX asrdan boshlab —musiqiy risolalarda o'z aksini topdi.

Maqomlarning nazariy masalalari, mahalliy-lokal uslublari va o'zaro mintaqaviy munosabatlari, —Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqomlari ichki qonuniyatlari (kuy, lad, ritm, shakl, usul va x.k) va ijrochilik uslublari uslublari ilmiy kitoblar va maqomlarda qayd etildi. Mustaqillik davri maqomchilar san'atida, uni ilmiy-nazariy va amaliy o'zlashtirilishiga e'tibor yana kuchaydi.

Musiqiy merosimizning ilmiy tafakkur asoslari nazariy yo'nalishlar ustida izlanishlar olib borgan Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqa qator mualliflarning èzgan ilmiy risolalarida musiqa madaniyatining qaysi jabhalariga ko'proq ahamiyat berilganligi va bu mualliflar yashagan davrdagi tarixiy shart-sharoitlar to'g'risida fikr yuritildi. Uyg'onish davridan to xonliklar zamonigacha yashab ijod qilgan allomalarning musiqa borasida yaratgan ilmiy risolalari bizgacha yetib kelgan.

IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxr va Xurosonda ilm-fan, madaniyat va san'atning rivojlanishida bir qator olimlar o'zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo'ldilar. Ular Al-Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy va boshqalar edi. O'rta asrlarda musiqashunoslik riyoziyot (matematika) ilmining bir qismi hisoblangan bo'lib, yetuk olimlar shu uslubda musiqaning nazariy tomonlarini

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ham tahlil qilishga intilganlar. Forobiy ham yetuk olim sifatida ushbu ishga qo'l urgan yirik olimlardan biridir.

Sharq olamida Forobiydan keyin musiqa ilmi va sozshunoslik sohalarida qalam tebratgan yirik allomalaridan biri Abdulqodir Marog'iydir. Marog'iy asarlari orasida musiqiyning ilmiy va amaliy asoslari hamda sozshunoslikka oid risolalarning eng e'tiborlisi —Maqasid-ul alhon (kuydan maqsadlar) asari hisoblanadi. Bu asarda cholg'u asboblariga doir maxsus bob mavjud va unda Sharq xalqlarining (ahli Ajam nazarda tutiladi) mumtoz musiqasida e'tibor topgan 44 ta soz haqida muzokaralar yuritiladi. Forobiy va Marog'iyning cholg'ushunoslik ta'limotining bugungi kunda Sharq (Ajam) xalqlarida iste'mol qilinadigan musiqiy asboblar 48 bilan qiyoslashda, birinchi navbatda, mazkur olimlarning nazariy qarashlari, tushuncha va iboralar tizimidan xabar topish taqozo etiladi.

Kavkabiyning bizgacha ikkita musiqiy risolasi yetib kelgan. Birinchisi nasrda bayon etilgan ilmiy-nazariy yo'nalishdagi asar. Unda ilmi advor ta'limoti Buxoro shart-sharoitidan kelib chiqan shaklda bayon etilgan. Ikkinchisi ham aslida ilmiy risola. Lekin, u she'riy tilda tuzilgan. Zero, ilmiy ma'lumotlarni nazmda izhor etish odati oldin ham bo'lgan. Najmiddin Kavkabiyning —Risolai musiqiyl asari kirish, o'n ikki maqom (ya'ni fasl) va xotima qismlaridan iborat. Kirishda xush sado va xayrli ohang Allohning ne'mati ekanligi bayon etiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O'zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi Shashmaqomning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganar ekanmiz matn va ohang negizidagi qadriyatlar, qonun va kategoriyalari tadqiqotning ilmiy yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.

Bu borada «Nasrulloyi» - komil insonga muhabbati talqini ma'nosida taraluvchi aytim yo'li orqali Alisher Navoiyning she'riyat olamidagi har bir misrada ilohiy ma'no va ohang lazzatini his etishni taklif qilamiz.

G'azal - tabiatan nomoddiy ilmiy-nazariy jihatdan latif va nozik ma'noli janr bo'lganligi sababli uni kuyga solib ijro etgan hofizlar g'azaldagi mayinlik hamda nafis ohangdorlikni ta'min etar ekanlar, bu jihat kuylovchi va tinglovchi badiiy didini shaklantirishga xizmat qiladi. Biroq sobiq mustabid tuzumning mafkuraviy ta'sirida mumtoz adabiyotimizga nisbatan loqaydlik alomati hazrat Alisher Navoiyning she'riy merosini ilmiy-nazariy talqin etishda ham muayyan kamchiliklarni yuzaga keltirgani bor haqiqatdir. Masalan, "O'zbek xalq musiqasi»ning beshinchi tomiga «Shashmaqom»ning barcha turkumlari kiritilgan bo'lib, unda "Nasrulloyi" asarining nota namunasidagi g'azal matni bilan Alisher Navoiyning «Favoyid ul-kibar» devonidagi 261-g'azal matni muqoyasa qilinganda 1-bayt 1-misradagi Pari(y)zodeki(,)...; 2-misradagi (M)aloyik...; 2-bayt 1-misradagi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

(S)amandingkim(,) ...tez erur(,) ...shukrkim(,) gardun.; 2-misradagi (A)nga (bizni)... (gardi)...; 3-baytdagi ko'nglimni(,) Qazo... o'tlu(q)...; 4-bayt 1-misradagi Vafog'a...o'lsam(,)...; 2-misradagi (J)afog'a... pari(y)...; 5-bayt 1-misradagi... og'zi(m)da(,)... tong ermas (gar); 2-misradagi (M)yenga...; 6-bayt 1-misradagi ...(x)oli...; 2-misradagi (M)yening...d(a)g'i...; 7-bayt 1-misradagi Biravkim(,)...; 2-misradagi (Q)azo... ani(,)...; 8-bayt 1-misradagi ... e(y)...soqi(y)ki...; 2-misradagi...Dam(u)... baskim(,)...; 9-bayt 1-misradagi...(H)aq...; 2-misradagi (Z)alilu...zor(u)... kabi yuqorida keltirilgan nuqsonlar bartaraf etilganki, bu holat keyingi ijrolarda o'zining ifodasini topadi deb o'ylaymiz. (Izoh: to'g'rilangan variantlar qavs ichida berildi).

Mazkur bob Alisher Navoiy g'azal bo'stoniga tom ma'noda sayru sayohat qilish imkonini beradi. Ul zotning «etmish» radifli g'azalini o'qigan o'quvchi va bu g'azal asosida kuylanadigan «Nasrulloyi» ashulasini tinglagan tinglovchi qalbi toza iymon zavqidan bahramand bo'ladi.

Mazkur san'at asari «Buzruk» maqomining sho'ba(ar. musiqada asosiy kuydan kelib chiqadigan tarmoq)si sifatida Farg'ona - Toshkent «Chor maqom» yo'llari deya e'tirof etilsa-da, umumiy maqomot doirasiga mansub yirik ko'lamli ilmiy-nazariy va amaliy ashula yo'lidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O'.Toshmatov. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi (darslik)2 023yil.

2. Prezident Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani ochilish marosimidagi nutqi. https: //www.gazeta. uz

3. Zokirjon Oripov. X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi.Toshkent- 2017.

4. Navoiy g'azaliyoti talqinlari. To'plam. Tuzuvchi: Nusratulla Jumaxo'ja. T.: "O'ZBEKISTON" NMIU, 2018.

5. Rustamov A. Xazoyin ul-maoniyning fotihasi. Navoiy g'azaliyoti talqinlari to'plami. "O'ZBEKISTON" NMIU. 2018. - 12-bet.

6. Komilov N., va boshqalar. Badiiy adabiyotda tasavvuf timsollari. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti. 2010 y. 57-bet.

7. Акмалжон Нормухдмматович Султонов МУСИНА ТАЪЛИМИДА ЯНГИЧА ЁНДАШУВ // Pedagogikada ilmiy izlanishlar. 2023. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/musi-a-talimida-yangicha-yondashuv (дата обращения: 16.04.2024).

8. A.Sultonov. (2023). INNOVATSION TA'LIM SHAROITIDA MUSIQIY IDROKGA TA'SIR QILUVCHI TALABA YOSHLAR TENDENTSIYALARINI

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI. Amerika gumanitar va ijtimoiy Fanlar bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 11, 232-237. Olingan

https: //www. americanj ournal. org/index.php/aj rhss/article/view/746

9. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

10. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.