4
v^irm Ëfc
Л
X
là!
3*
m
BUXORO SHASHMAQOMI O'ZBEK MAQOMOTI TIZIMIDA
•j
у
m
Sayfullayev S.S. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi 1- bosqich magistranti, Nurullayev F. G. BuxDPI musiqa va tasviriy san'at kafedrasi dotsenti(PhD)
Annotatsiya. O'zbek xalqining musiqiy madaniyati juda boy va qadimiy. Ushbu mo'tabar merosning barcha ko'rinishlari jonli an'analariyu qadimiy hamda zamonaviy holatlariga bog'liq ilmiy muammolarni o'rganish juda muhimdir. Buning uchun o'rta asrlarda yaratilgan musiqiy risolalarni mumtoz musiqamizning jonli an'analari kesimida ko'rish, shuningdek tahlil qilish va zamonaviy musiqiy tushunchalar bilan ifodalab, mutaxassislar hamda muxlislar diqqatiga havola etish zarur.
Kalit so'zlar: O'zbek, mumtoz musiqa, san'at, musiqa, shashmaqom, bastakor, o'zbek klassik musiqasi.
БУХАРСКИЙ ШАШМАКОМ В СИСТЕМЕ УЗБЕКСКОГО
МАКОМА.
Сайфуллаев С.С. Туркестанский новый инновационный университет,
магистрант 1 ступени, кафедра музыкального образования и искусства, Нуруллаев Ф.Г. БухГПИ, доцент кафедры музыки и
изобразительного искусство
Аннотация. Музыкальная культура узбекского народа очень богата и древняя. Очень важно изучать научные проблемы, связанные с живыми традициями, древними и современными условиями всех проявлений этого почтенного наследия. Для этого необходимо увидеть созданные в средние века музыкальные трактаты в контексте живых традиций нашей классической музыки, а также проанализировать их и выразить современными музыкальными концепциями и довести до сведения знатоков и любителей.
Ключевые слова: узбекский язык, классическая музыка, искусство, музыка, шашмаком, композитор, узбекская классическая музыка.
BUKHARA SHASHMAKOM IN THE UZBEK MAKOM SYSTEM Sayfullayev S.S. Turkestan new innovation university, 1st stage master's student, Department of music education and art, Nurullaev F.G. associate professor (PhD) of the department of music and fine arts, BukhSPI.
Annotation. The musical culture of the Uzbek people is very rich and ancient. It is very important to study the scientific problems associated with the living traditions, ancient and modern conditions of all manifestations of this venerable heritage. To do this, it is necessary to see the musical treatises created in the Middle Ages in the context of the living traditions of our classical music, as well as analyze them and express them in modern musical concepts and bring them to the attention of experts and amateurs.
Keywords: Uzbek language, classical music, art, music, shashmakom, composer, Uzbek classical music.
Qb'lyozma manbalarni tadqiq qilish, xususan, mumtoz musiqamizga oid asarlarni o'rganish musiqiy merosimiz ham davlatchilik tariximiz singari qadimiyligini isbotlaydi hamda hozirgi an'anaviy musiqamiz ildizlari chuqur ekanligini ko'rsatib beradi.Ana shunday noyob va nodir musiqiy manbalar XVI-XVII asrlarda Buxoroda yaratildi va butun Markaziy Osiyo hududlarida musiqiy madaniyatning shakllanishi va rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. O'zbek mumtoz musiqa san'ati va musiqiy madaniyati tarixini o'rganishda ushbu davrlarda yaratilgan musiqiy risolalarni o'rganish lozim. U vaqtlarda Markaziy Osiyoning eng yirik shahri, shubhasiz, Buxoro edi. Madaniyat va ilm-fan markazi bo'lmish bu m'tabar va muazzam shaharda o'nlagan taniqli musiqashunos va yetuk bastakorlar yashab ijod qildilar. Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy, Hasan Kavkabiy, Safiuddin G'aznaviy, Xoja Kalon Xurosoniy kabi musiqashunoslarning asarlari ayni shu paytlarda yuzaga keldi.1847 yilda Buxoroda yozilgan Shashmaqomga doir qo'lyozmalardan birida "Olti daromad va ularning nasrlari haqidagi risola to'la tamom bo'ldi" ("Tammat tamom shud risolai shash daromad maha nasrxoyash") degan jumla mavjud. Bu jumlada "Olti daromad va ularning nasrlari" kalit tushunchalar bo'lib keladi. XIX asrga oid boshqa musiqiy risola va bayozlarda "sarahbor" va "maqom" atamalari ham ishlatilganligiga guvohi ham bo'lamiz. Ustozlar orasida esa "Shashmaqom"ni "shash sarahbor" deyilgan o'rinlari ham mavjud. Bundagi "sarahbor" iborasi o'tmish risolalarida "asl jins(tovushqatori)" deb ham yuritilganligi to'hrisidagi ma'lumotlar ham mavjud.Nasr - Shashmaqom (olti daromad va olti sarahbor) kesimida "maqom" atamasiga qo'shma tushunchadir. Va aynan shu olti maqom va ularning nasrlari bilan birgalikda Shashmaqom atamasi tarixiy shakllangan musiqiy shaklining umumiy nomi sifatidda muomalaga kirgan iboradir.Yuqorida qayd etilgan jumla "olti daromad, nasrlari bilan" deyilganda, aynan shu
ma'nodagi parda tuzilmalari nazarda tutiladi. Demak, ana shu qo'shaloq ibora maqom va nasr qo'shilishidan, umumiy "shashmaqom" tushunchasi kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, olti maqom va o'n sakkizta nasrni o'z ichiga oluvchi parda tizimi haqidagi mushtarak tushuncha paydo bo'ladi. Mazkur parda tizimi nafaqat Buxoro Shashmaqomi, balki butun maqomot majmuasining ma'no-mohiyatini anglatuvchi ibora sifatida musiqa tarixida o'z o'rnini egallaydi.Bugungi kunda amaldagi Shashmaqomning parda asoslarini
tushinishda yana bir marotaba tarixga, ilmiy risolalarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Bular bo'lmas yuzaki nazariyalarni chetga surib, haqiqiy allomalar Abu Nasr Forobiy va Abdulqodir Marog'iy asarlariga murojaat etishga hamda ulardagi ilmiy qarashlarni amaldagi misollar bilan dalillashga to'g'ri keladi.Forobiy va Marog'iy asarlaridv "asaba sitta (olti barmoq)" nazariyasi degan tushuncha mavjud bo'lib, u ud cholg'usi asosida tushuntiriladi. Olti barmoq nazariyasining ma'nosi shuki, ud cholg'usida har bir pozisiya - ko'l o'rni chap qo'lning to'rt barmog'i bilan parta bosishni nazarda tutadi.
Tanburda ham xuddi shu tartib ustivor ahamiyat kasb etadi.shunga e'tiboran, Viktor Belyayev Shashmaqom parda tizimining kaliti tanburda deganda, amaldagi ana shu "olti barmoq nazariyasi" nazarda tutiladi.Ustozlar asrlar davomida maqom parda tizimini tanbur torlarining sozlanishi va dastasidagi pardabandlardan hosil bo'ladigan tovushqator asosida sarhisob etishni rasm etilgan bo'lib, parda tizimini ifodalashda ishlatiladigan tushuncha va atamalar yig'indisi yuzaga kelgan.Ma'lumki, tanbur uch xil sozlanadi va ular Rost, Navo va Buzruk sozlari deb yuritiladi. (Buzruk, Dugox, Segoh, Iroq maqomlari ana shu "muzrob"ga asoslanadi).Bu tartib mohiyatini idroklash uchun yana bir qadimiy tamoyilni esga olishga to'g'ri keladi. Gap shundaki bizning maqomolardagi parda tizimi dastlabki lad birikmalari jinslar-tetraxordlar-to'rttovushliklar tamoyiliga asoslanadi. Amaliyotda, maqomlarning ana shu dastlabki birliklari sozandalar tilida "namud" deyiladi. Nazariy risolalarda "jins" amaliyotda "namud"ning ma'nodosh tushunchalardir.Ana shu birlamchi jinslarning qo'shilishida nazariyada maqom, nasr deb nom olgan parda tuzilmalari yuzaga keladi. Jamlarning yigirma to'rttasi yuqorida zikr etilgan Shashmaqom tizimini yuzaga keltiradi.
Mazkur tizimning amaldagi isbotini "Tanbur chizig'i" matnlari hamda Ari Boboxonovning Germaniyada nashr etgan to'plamlari misolida dalillash mumkin.Shashmaqomning usul tuzilmalari ham xuddi shunday izchil tartib asosida ishlangan mufassal tizimni tashkil etadi. Buxoro Shashmaqomi, Xorazm Olti yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, ularning barchasi umumlashtirilib mumtoz musiqamizda, "Maqomot" (maqomlarning ko'plik shakliga nisbatan o'zbek-tojik tillarida ishlatiladigan maxsus atama) nomi bilan yuritiladi."Buxoro Shashmaqomi", uning asl makoni Buxoro. Shashmaqomning shakllanishiga Buxoro madaniy muhiti kuy va ohanglarining shevasi, ijrochilik uslublari, urf bo'lgan cholg'u sozlari salmoqli ta'sir ko'rsatgan.Shashmaqom tamoyillari Xorazmda ham qaror topgan.
[6]Maqom andozalari Xorazmda boshqacha bo'yoqlar, bu diyor ohanglari bilan sug'orilgan.Shashmaqomning shakllanishida ikkita markaz — Buxoro va Xorazm muhim rol o'ynagan. Maqom taraqqiyoti ko'p jihatdan muxlislar va bevosita hukmdorlarning soz san'atiga qiziqishi va e'tiboriga bog'liq bo'lgan. Bu o'rinda XVII asrning ikkinchi yarimida Buxoro taxtiga o'tirgan Adurahmon, Shohmurod, Nasruloxon va uning vorislari so'nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxonlarning sozparvar bo'lganlar.
Ular homiyligida buyuk ijodkorlarning saroyga to'planishi Buxoro Shashmaqomining benazir badiiy namuna sifatida sayqal topishiga olib keldi.XVIII asrning oxirlari XIX asr boshlarida Xorazmda madaniy-ma'rifiy uyg'onish davri bo'lgan.Bu jarayonda madaniyat, ma'rifat, adabiyot, musiqa soxasi keng rivojlangan.1806-1825 yillarda xonlikni boshqargan Birinchi Muhammad Rahim Xon (Feruzning bobosi) davrida, zamonasining ko'zga ko'ringan ustoz-musiqiyshunosi va davlat arbobi Said Niyozjon (el orasida "Niyozjon Xo'ja") Buxoroga elchi sifatida yuborilgan. Elchi siftida u marosim, majlis va bazmlarda qatnashish hamda saroy ahli bilan muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan.[5]Niyozjon Xo'ja Shashmaqom ilmiy qonun qoidalarini izchil o'zlashtirib yangi qiyofadagi "Xorazm olti yarim maqomi" majmuasini ijod etishni maqsad qilgan. Xorazmga qaytgandan keyin, iqtidorli shogirdar tanlab, Olti yarim maqomning cholg'u va ashula qismlarini alohida tartibda ularning qalbiga joriy eta boshlagan.Shashmaqom ilmi borasida ko'p ulug'lar qalam tebratgan. XX asrning shiddatli zamonlarida Abdurauf Fitratdek zakiy alloma «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» mavzusida ilmiy asar yaratishga otlanib, bu muqaddas merosning asl sarchashmalari, piri ustozlari Ota Jalol va Ota G'iyoslar bisotidagi bilimlariga tayanib, ilmiy mulohazalar hosil qilishga intilgan va ko'p muvaffaqiyatlarga erishishga muyassar bo'lgan.Biroq zamona zayli bu haqiqatlarni ro'yobga chiqarishga qo'ymasdan, ular poymol etilgan. Natijada maqom ilmi vaqtincha chekinishga majbur bo'lgan.Bugungi kunda bizning birlamchi vazifamiz, bu muqaddas musiqiy merosning muborak poyi qadamlari, uning chinakam va hayotbaxsh ildizlari, ilmiy-nazariy, amaliy va ijodiy negizlarini o'rganish.
Shu bilan birga nohaq toptalgan va unutilgan chinakam ilmiy qarashlarni tiklash hamda ularni zamona toliblari, yosh sozanda va ijodkorlarning diqqatiga havola etishdir. Shashmaqom - bu chinakam ilmiy negizlarga tayangan ulkan majmua - musiqiy san'at koshonasi. Uning ma'no va mazmun negizlarining ko'pi hali chinakam tadqiq etilmagan. Ochilgan ayrim qirralari esa yetarli darajada, zamon talablariga mos ravishda o'rganilmay kelinmoqda. Ularni izchil o'zlashtirish davr taqazosi va bugungi kun ehtiyoji hisoblanadi.[4]Shashmaqom tarixi va ilmiy asoslarini mutolaa etish talay muammolar bilan bog'liq. Bir tarafdan, uning nazariyotiga oid birlamchi manbalar, ya'ni XIX asr Buxoroda yaratilgan musiqiy risola - bayozlar hali yetarli darajada tahlil etilmagan. Ularning negizidagi atama, tushuncha va nazariy qarashlar zamonaviy ilmiy muomalaga muvofiq keng joriy qilinmagan. Ikkinchi tomondan Shashmaqom bir
shaklda qotib qolgan narsa emas. Aksincha, muntazam ravishda jilolanib turadigan barhayot udum, doimo o'zgarib boradigan jonli musiqiy tizim.
Zamon talab va ehtiyojlariga ko'ra, uning yangi nav ko'rinishlari yuzaga kelayotganligi mavjud xaqiqat. XX asr o'rtalarida Dushanbeda Boboqul Fayzullayev, Shonazar Sohibov va Fazliddin Shahobovlar rahnamoligida «Tojik Shashmaqomi», Toshkentda Yunus Rajabiy boshchiligida «O'zbek Shashmaqomi» yuzaga kelganligi buning yorqin misoli, hayotiy dalili. Barhayot musiqiy jarayonning ana shu umrbaxsh sifati inobatga olinmasdan, Shashmaqom mulkining barcha tarixiy navlarini bir qolipda ko'rishlik esa, mavjud ilmiy va ijodiy haqiqatga zid oqimdir.Shashmaqomni davr talabiga mos uslublarda o'rganmoq uchun, eng avvalo, uning asliga, chinakam hayotiy ildizlariga murojaat etish zarur. [3] Zamona zayli bilan bugungi kunda qaror topgan mushtarak maqomot tizimi hamda uning o'q ildizi «Buxoro Shashmaqomi» ekanligini e'tirof etmoq lozim. Mazkur ikki kalit tushuncha «maqomot» va «shashmaqomni», azaldan sharqona mafkuraga xos bo'lgan «kull va juz» (butun va bo'lak) ta'birida ko'rishlik maqsadga muvofiq. Demak, maqomot muayyan tarixiy navlardan, ya'ni Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, O'zbek Shashmaqomi va Tojik Shashmaqomidan iborat mushtarak tizim ekanligini e'tiborga olmog'imiz kerak. Shashmaqomning yangi navlarining yuzaga kelishi esa oldingilarini inkor etmaydi, aslo. Aksincha, endilikdagi bir-butun maqomot musiqiy tizimning hayotbaxsh kuchi naqadar izchil va mustahkam ekanligini namoyish etadi va uning kelajagiga ishonch bog'lashga da'vat qiladi.Zikr etilganlarga ko'ra, mazkur asarimizda ko'zlanayotgan maqsadlardan biri, e'tiborni, eng avvalo, maqomot o'zagini tashkil etuvchi Buxoro Shashmaqomiga qaratib, uning tarixiy ildizlari, nazariy va amaliy asoslari haqida mavjud birlamchi manbalar va so'ngra, keyinchalik yuzaga kelgan qarashlar xususida, ishonchli dalillarga tayanib xolisona fikr yuritishga intilishdan iborat. Shashmaqom - tub ma'no-mohiyatiga ko'ra barhayot musiqiy udum.
Uning tarixiy sarhisob nuqtasi qachondan boshlanishini aniq aytish amri maxol. XIX asr Buxoro musiqiy risola - bayozlarini ko'p mutolaa qilgan ajoyib maqomshunos ustoz Ishoq Rajabov, qo'lyozmalarning ichki mazmunidan kelib chiqib, ya'ni «Shashmaqom» (majmuaning asl nomi «Musiqiy Shashmaqom») u paytda barqaror shakllangan voqe'lik ekanligini inobatga olgan holda, uni muayyan musiqiy nav sifatida yuzaga kelish vaqtini, ishchi gipoteza sifatida tahminan XVIII asrning ikkinchi yarmi deb belgilagan edilar.[2]U hanuzgacha dolzarbligini saqlab, zamonaviy o'zbek musiqashunosligi oldida tugun bo'lib turgan nuqtalardan biri.Isxoq Rajabovning «Maqomlar masalasiga doir» kitobi, maqomshunoslik sho'ro siyosati girdobida qolgan bir paytda, yorug' kunda chaqnagan chaqmoqday nur sochdi. Xaqiqat boshqa tarafda ekanligini go'zal lutf bilan kursatib berdi. Chinakam o'zbek adabiy tilida yozilgan bu asarni bugungi kunda qayta o'qir ekanmiz, uning negizidagi samimiyat va mumtoz musiqiy merosimizga bo'lgan ixlos bizda hayrat uyg'otadi. Lekin, bu fidoyilar ham ko'p
qiyinchiliklarga duch keldi. Qalblaridagi ezgu niyatlarini to'la amalga oshira olmadi.Mustaqillik davriga kelib, milliy musiqaga bo'lgan e'tibor tubdan o'zgara boshladi.
Qayd etilganidek, YUNESKO tomonidan «Shashmaqom jahon nomoddiy merosining durdonasi» deb tan olindi. Mazkur qaror munosabati bilan ajratilgan mablag'ga nota to'plamlari va kitoblar chop etildi.Buxoro maqomchilar avlodining vakili Ari Boboxonovning ko'p yillik ijodiy izlanishlari samarasi bo'lgan «Buxoro Shashmaqomi» nota to'plami ham Germaniyada nashr etildi.Bu asarning ma'no-mazmuni V.A.Uspenskiyning nota to'plami va Fitrat kitobida keltirilgan ma'lumotlarni umumiylashtirib hamda ularni jonli urf-odatlarga qiyoslagan holda Buxoro Shashmaqomining asliga yaqin musiqiy va she'riy matnlarini tiklashga qaratilgan. Bu asar Buxoro Shashmaqomini xorijiy mamlakatlarda o'rganish uchun ham muhim manba bo'lib xizmat qiladi.Yuqorida Buxoro Shashmaqomi va Xorazm maqomlarining uzviy aloqalari to'g'risida so'z yuritgan edik. Shu yo'sinda Xorazm maqomlarining asoslariga oid kalit manba Tanbur chizigining noyob nusxasiga bag'ishlangan tadqiqotning chop etilishi xam maqomshunoslik borasidagi yangi qadam bo'ldi6. Xorazm tanbur chizig'i XIX asr Buxoro musiqiy bayozlariga zamondosh manba. Ularning bir-birini to'ldiruvchi ichki mazmuni ham yaqin. Ana shu jihatdan tanbur chizig'idagi matnlar musiqiy bayozlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy o'rganib, ilmiy va amaliy muomalaga tatbiq etishda ham qo'l keladi. [1]
Xulosa qiladigan bo'lsak, Shashmaqom kuy va ashulalarini tinglaganda oddiy muxlis odatda tashqi shakli (ijrosi)dan manfaatdor bo'ladi. Haqiqiy sozanda ko'proq ichki ma'nosiga e'tibor berishga harakat qiladi va shu olamga aql hamda zakovat bilan qanchalik chuqur kirisha olsa, o'z ijrosida shunchalik ta'sirli badiiy asar yaratishga muyassar bo'ladi.Qadimda ilm va san'at ma'nodosh tushunchalar sifatida ishlatilgan. Shashmaqom - yuksak san'at. Ayni chog'da uning ilmi ham cheksiz. Undan har bir avlod yangiliklar kashf etib boraveradi. Shashmaqom haqidagi izlanishlar hali har avlodning saviyasi va ehtiyojiga yarasha davom ettirajak.
Adabiyotlar
1.Fitrat. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent - Samarqand. 1927. Ikkinchi nashri Toshkent. 1993.
2.Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. Toshkent. 1963; F. Shaxobov. Bayozi Shashmaqom. Dushanbe. 2007.
3.Abdulqodir Marog'iy. Maqosidu-l-alhon. Tehron. 1344/1925.
4.Kavkabiy. Risolai musiqiy. O'zR FASHI qo'lyozmasi, № 468/IV. - V.
70b.
5.Darvish Ali Changiy. Risolai musiqiy. O'zR FASHI qo'lyozmasi, № 468/I.
6.Noma'lum muallif risolasi. O'zR FASHI. Qo'lyozma. Inv. №2 1466/I. - V.