Научная статья на тему 'TANBUR SOZINING KELIB CHIQSHI VA IJROCHILIK USLUBLARI'

TANBUR SOZINING KELIB CHIQSHI VA IJROCHILIK USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
260
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Tanbur / noxun / uslublar / Darvesh Ali Changiy / Fayzullo Karomatov / Ota Jalol / Turg‘un Alimatov

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Samandar Sobir O‘g‘li Sobirov

Ushbu maqolada tanbur sozining kelib chiqishi hamda ijrochilik uslublari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TANBUR SOZINING KELIB CHIQSHI VA IJROCHILIK USLUBLARI»

TANBUR SOZINING KELIB CHIQSHI VA IJROCHILIK USLUBLARI

Samandar Sobir o'g'li Sobirov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tanbur sozining kelib chiqishi hamda ijrochilik uslublari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Tanbur, noxun, uslublar, Darvesh Ali Changiy, Fayzullo Karomatov, Ota Jalol, Turg'un Alimatov.

ORIGIN OF TANBUR WORD AND PERFORMANCE STYLES

Samandar Sabir oglu Sobirov Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the origin of the tanbur word and its performance methods.

Keywords: Tanbur, nohun, styles, Darvesh Ali Changi, Faizullah Karomatov, Ota Jalal, Turg'un Alimatov.

Ma'lumki, o'zbek xalq musiqa san'ati o'zining qadimiyligi, an'analar boyligi va sermazmunligi bilan ma'naviyatimiz sarhadlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, musiqani ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish va tadqiq etish, O'rta Osiyo olimlarining olamshumul ishlaridan hisoblanadi. Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitratlarning yaratgan musiqa risolalari bunga misol bo'la oladi.

Tarixiy manbalarda bu haqda alohida bo'limlar va risolalar bitilgan. Amaliyotda, Sharq xalqlari ijrochilik an'analarida,musiqa cholg'ulari juda ko'p va rang-barang tarzda shakllanib, rivojlangan.O'zbek xalqining tanbur, dutor, g'ijjak, nay, chang, qonun, ud, rubob, sunray, karnay, nog'ora, doira kabi musiqiy cholg'ular shakllangan. Ayniqsa tanbur sozi qadimdan keng rivojlanib o'zbek milliy musiqa san'atida katta ahamiyatga ega bo'lgan va hozirgacha o'z ahamiyatini yoqotmagan holda ustozlar tomonidan mahorat bilan shogirdlarga o'rgatilib kelinmoqda. Natijada, tanbur republikamizning turli mintaqalarida (unchalik keng miqyosda bo'lmasa-da) deyarli ustoz sozanda va xonandalar faoliyatida ishlatiladigan bo'lib qoldi.

Tanbur - manbalarda yozilishicha, yunoncha ikki so'zdan iborat bo'lib, tan-yurak, dil; bur-tirnovchi, qitiqlovchi, ya'ni dilni qitiqlovchi degan ma'nolarni angalatadi. Tanbur - uzun va yo'g'on dastasiga qalin pardalar bilan bog'langan

I icclT^^^^H 592 http://oac.dsmi-qf.uz

hamda yupqa yog'och qoplamali noksimon kosoxonasi ustidagi maxsus xarrakdan o'tgan uch-to'rt tori noxun bilan chertib chalinadigan cholg'u hisoblanadi. Farobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. O'zbek, tojik, uyg'ur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Noksimon o'yma kosasi yo'g'on va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yog'ochdan yasaladi; umumiy uzunligi 110-130 sm. Kosasining qopqog'i, ko'pincha yupqa yog'och taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ipi bilan bog'langan 16-19 pardasi bo'lib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga ko'ra yuqori yoki pastga surib qo'yiladi. Kosa qapqog'ida cho'pdan yana 4 ta xas pardasi bo'ladi. Tanburinin 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchunchisi unisonga, ikkinchi ularga nisbatan kvarta, ba'zida kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Tanbur qo'lning ko'rsatkich barmog'iga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur O'zbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli o'laroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yo'g'on (diametri 3 mm gacha) bo'lganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha o'zgartirish mumkin. Tanbur sozining qadimiy turlaridagi torlar XVI asrga qadar ipakdan bo'ganligini XVII asr musiqashunos olimi Darvesh Ali Changiy o'z risolasida bayon etgan."Uning ta'kidlashicha, mohir ijrochilar tanbur tovushining yanada jozibador bo'lishi uchun kumush va mis simlardan foydalanishgan. Mazkur cholg'u keyinchalik bizning davrimizdagi kabi ko'rinishga kelgan".

Tanbur chizig'i - Xorazm tanbur chizig'i XIX asrning 2-yarmida Xorazmda yuzaga kelgan nota yozuvi. Tabalatura turi. Shoir va sozanda, bastakor Komil Xorazmiy joriy qilgan. Tanburning 17 ta pardasi va pchiq simga mo'ljallab chizilgan 18 gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan nuqtalardan iborat. Chiziq ustiga qo'yilgan nuqtalar kuy ijrosi jarayonida tanburning muayyan pardasida noxunning tepadan pastga, chiziq ostidagi nuqtalar pastdan tepaga chertilishini bildiradi. Vertikal chiziqlar pardalar yo'nalishini ko'rsatadi. Tanbur chizig'idagi notalar asosan nimchorak va ba'zan chorak notalar cho'zimiga teng. Chiziqlarning osti ustiga nuqtalar qo'yilib, ularning ustma-ust yoki yonma-yon joylashishi tanbur zarblari ("yakka zarb", "qo'sh zarb" lar) ga ishora deb bilinadi. Pauza (jimlik) alomati, skun (o) bilan ifodalanadi. Doira usullari uzun-qisqa zarblarni anglatuvchi bo'g'inlar vositasida ko'rsatiladi: "gul, "taq, "taqa,"taqga, va h.k. Kuy bo'laklari ("xona, "bozgo'y, "hang"), to'xtovlar yoyli chiziq ishorasi yordamida belgilab yuboriladi. Tanbur chizig'ida she'riy matnlar ham berilgan. Ular to'liq yoki lavha tarzida kuy yo'lini anglatuvchi nuqtalardan alohida, bir chekkada yoziladi. Unga qarab ashulachilar g'azalning qolgan qismlarini esga solib oladilar. Tanbur notasi arab yozuviga o'xshab, o'ngdan chapga o'qiladi.Komil Xorazmiy tanbur chizig'i

I jbÄÜ^^Bl ®93 http://oac.dsmi-qf.uz

yordamida Xorazm maqomlaridan Rostning boshlang'ich qismini, uning o'g'li Muhammad Rasul Mirzo mazkur maqomning qolgan qismlarini hamda Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarining XIX asr oxirida ma'lum bo'lgan cholg'u (chertim) va ashula yo'llarini (aytim) yo'llarini yozib olgan.

Tanbur o'z ovozining ta'sviriy imkoniyatlari, jumladan, yumshoq hamda yoqimli ta'sirchan tembri bilan ulkan hofizlar asosiy jo'rnavoz sozi darajasiga ko'tarilgandi Ayni vaqtda, tanburning maqom ijrochiligida doira bilan birga ishlatiladigan doimiy yetakchi soz sifatida tan olishiga ham undagi musiqiy-tasviriy imkoniyatlarning ko'p qirraviyligi asos bo'lgandi.

Yirik musiqashunos Fayzullo Karomatlining ta'kidlashicha; "Buxoro yaqin kunlargacha tanburning chortor (to'rt simli soz) aniqrog'i,uch asosiy simidan birinchisi qo'sha panjtor (besh simli soz), ya'ni uch asosiy simdan birinchi va uchinchilari qo'sha va shashtor (olti simli soz) yoki aniqrog'i, birinchisi uchlangan va uchinchisi qo'sha torli soz turlari ham mavjud bo'lgan.

Tanburning pardalaridagi baland-pastlik darajasini ikki xil (bas va skripka) kalitlarida ko'rsatish mumkin. Notalar skirpka kalitida yozilganiga nisbatan tanburda bir oktava past eshitiladi. Shashmaqomda tanbur turlicha - Buzruk, Segoh, Iroq maqomlarida kvartaga, Rost maqomida kvintaga, Navo maqomida esa butun parda (katta sekunda) ga sozlanadi.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov- xonanda, sozanda, bastakor, O'zbekiston xalq artisti. Tanbur ijrochiligida va Shashmaqomining cholg'u yo'llarini Hoji Rahim-berdidan, hofizlik san'ati sirlarini hamda Nasr sho'balarini Samarqandlik Borux hofiz, keyinchalik Ota Jaloldan o'rgangan. U "Gulizorimga turk, Bozurgoniy" ga Zebo pari, "Bebokcha" va "Ushshoq" yo'llariga Navo avjlarini bog'lab, ularning ta'sirchanlik kuchini orttirgan.Hoji Abdulaziz mohir sozanda sifatidaham tanilgan bo'li, maqom yo'llarini tanbur va dutorda ijro etgan.

Tanbur sozi ijrochiligida o'z uslubiga ega bo'lgan buyuk ustozlardan biri bu-Ota Jalol Nosirov edi. Ular o'zlarining iste'dodlari va musiqa bo'lgan ulkan mehri bilan barcha ustozlar ko'nglidan joy oldi. U Buxoroning eng nufuzli maqom ustozlaridan bo'lib yetishdi. Amir Muzaffarxon, Abdulaxadxon, Olimxon saroyi qoshidagi shashmaqomchilar guruhiga rahbarlik qildi. Ota Jalol tanburni temir noxun bilan emas, balki tirnoqlarini maxsus o'stirib chaladigan sozandalar qatoriga kirgan. Uning ijro uslubi hamda talqinida qaror topgan Shashmaqom andozasi o'z davrida eng mumtoz namuna sifatida e'tirof etilgan. 1923-yilda V.A.Uspenskiy tomonidan Buxoro Shashmaqomi notaga olinishida ham keksa ustoz eng asosiy tayanch vazifasini bajargan. Uspenskiy Shashmaqom mushkilot va nasrlarni notaga ko'chirishda Ota G'iyos Abdug'ani, Abdurahmon Tanburiy (Umarov) , Domla Halim Ibodov, Ma'rufjon Toshpo'latov kabi bir qator atoqli sozandalar ijrolariga asoslangan. Biroq butun jarayonga ko'zquloq bo'lib turish Ota Jalol zimmasiga

I jbÄÜ^^Bl ®94 http://oac.dsmi-qf.uz

yukangan edi. Yozilgan kuylarning nechog'liq to'liq va mukammal ekanligi to'g'risida aynan Ota Jalol rahbarligidagi hay'at hukm chiqargan. Shunga ko'ra, V.Uspenskiy yozuvidagi matnlar Ota Jalol talqinidagi Buxoro Shashmaqomi deyilishiga to'la asos bor.

Ota G'iyos Abdug'aniyev Buxoro ijrochilik maktabining yorqin namoyondasi, mashhur tanburchi, va musiqashunos. Faoliyati davomida "Shashmaqomning" mushkilot bo'limiga tegishli aksariyat kuylar ijrochiligini mukammal egallagan. Ota G'iyos uzoq yillar davomida saroy sozandasi sifatida faoliyat olib borgan.XX asrning 20-yillarida Buxoroda ochilgan "Sharq musiqa maktabi"da sozandalikdan ustozlik qiladi. Asosan "Shashmaqom" yo'llaridan saboq bergan, tanbur chalishni o'rgatgan. 20-yillarning boshlarida Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan Abdug'aniyev ijrosidagi Shashmaqom cholg'u yo'llari ilk marotaba notaga yozib olinib, nashr etilgan.

Rajabiylar sulolasidan bo'lgan Rizqi Rajabiy ham o'zbek musiqa san'atining yirik namoyondalaridan bir. Ularning tanbur sozi ijrochiligida alohida o'rnilari bor.Ijro uslubi noxun zarblarini hamda musiqa bezak (nolish, sayqal) larini kuy harakteri va mazmuniga moslab ishlatishi bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yo'llari (Tasnifi va Samoiy Dugoh, Gulyor Shahnoz, Garduni va Ufari Segoh va boshqalar) hamda mumtoz cholg'u kuylari (Miskin, Nasrulloyi, Tanovor, Munojot, Abdurahmonbegi, Girya, Suvora kabi) o'rin olgan.

Tanbur sozi ijrochiligida yorqin yulduz bo'lgan, o'zining qalb qo'ri,sexrli barmoqlari bilan chertgan sozidan xushnavo taratib, yuraklarni zabt etgan "tillo noxun" sohibi, O'zbekiston xalq artisti Turg'un Alimatovni o'zbek milliy musiqa ijrochiligida betakror uslub(maktab)yaratgan inson desak mubolag'a bo'lmaydi. Turg'un Alimatov radiokomitetda sozandalik qilgan kezlarida akademik Yunus Rajabiy raxbarligidagi maqom ansambli bilan Shashmaqom cholg'u-ashula turkumlarini, Toshkent-Farg'ona maqom ashula yo'llari, vohalarga mansubyirik

[M

595

http://oac.dsmi-qf.uz

cholg'u yo'llari hamda zabardast bastakorlar asarlarini munggardish (plastinka)ga darj etishda, radio musiqiy yozuvlar "oltin xazina"sidagi magnit tasmlariga tushirishda faol ishtrok etib,"tillo noxun"nomini olishka sazovor bo'ldi.

Tanbur sozi chinakam o'zbek milliy musiqa cholg'ularimiz qatorida, uni yanada takomillashtirib ijro dasturlarini kengaytirish lozim. Tanbur ijrochiligini o'rganish sinflarini musiqa maktablarida ham joriy qilish kerak. Bu bo'yicha tegishli soha mutaxasisslari izlanib, amalda joriy qilishlari lozim.

Setorim toriga jon rishtasidin tor eshib cholsam, Ani xush nolasidi bevafoni ko'nglini olsam. Maqom olib maqom ichra maqomni dilga jo qilsam, Muhabbat kuyiga sozlab, ani oldida man cholsam. Arolab cholsam "Ushshoq" u, g'azalni soza yetkursam, Saxarlarda qo'pub, mashshotalardan purziyo cholsam. Kel,Ey Mashrab,qadax so'ngil, bo'loyin mastu mustag'rik, Bir ilkga kosai tanbur, Biriga jomni jo qilsam. Mashrab

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Qosimov. An'anaviy tanbur ijrochiligi. Darslik. Toshkent-2002;

2. F.Karomatli. O'zbek xalqi cholg'u musiqasi. O'quv qo'llanma. Toshkent-2004;

3. O.Matyoqubov. Maqomot. Toshkent-2004;

4. F.Shukurova. Cholg'u ijrochiligi tarixidan. O'quv qo'llanma. Toskent-2005.

596

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.