XVI-XIX ASRLAR MUSIQA MADANIYATI
S.Rasulova Qo'qon DPI
Annotatsiya: Mazkur maqolada XVI-XIX asrlar musiqa madaniyati to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.
Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, shakllanish davri, doston
MUSIC CULTURE OF THE XVI-XIX CENTURIES
S.Rasulova Kokand SPI
Abstract: This article provides detailed information about the musical culture of the XVI-XIX centuries.
Keywords: music culture, formative period, epic
Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o'zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo'lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang'it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o'xshab, adabiyot va nafis san'atlar homiysi va ayni choqda she'riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o'z saroyining ko'rki tariqasida e'zozladi. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Olimning eng yirik asarlaridan biri «Risolai musiqiy» («Musiqa risolasi») mazkur ilmning an'anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma'lumotlarni ham o'z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan «Risolai musiqiy» nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi.
Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevosita shu davlat hukmdorlariga bag'ishlangan bu manbalarda mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga bag'ishlangan masalalar o'rin olgan. Kavkabiy va Darvesh Ali shogirdlarining ko'pchiligi Eron yoki Hindistonda faoliyat ko'rsatganligini kuzatishimiz mumkin. Mazkur davrda yuzaga kelgan e'tiborga loyiq asarlar orasida Hindistonda yashagan Mutribiy Samarqandiy, eronlik Bog'iyoyi Noiniyning kitoblari va kashmirlik noma'lum mualliflarning «Taronai surur» va «Karomati majro» nomli musiqa risolalarini qayd etish o'rinli. Bu manbalar masalani chuqur va mustaqil yoritishga da'vo qilmasalar ham, o'z zamonasining musiqiy mafkurasi haqida ma'lum taassurotlar yaratishga imkon beradi.
«Musiqiy Shashmaqom» oldin kulliyot deb yuritilgan. Navba va navbati murattab vorislari kulliyot keyinchalik nazariy ilmlar susayib amaliy ilmlar- ustozlar faoliyati yetakchi o'ringa chiqishi munosabati bilan «Musiqiy Shashmaqom» degan tushuncha Navba hamda navbati murattab o'rinlarini egallay boshlaydi.
1885-1910 yillar mobaynida taxtda o'tirgan otasi Abdulahadxon o'z davrining nufuzli shoiri va soz san'atining ixlosmandi bo'lib tanilgan. Uning boshqaruvi davrida Buxoro amirligining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida sezilarli yutuqlar qo'lga kiritilgan. Abdulahadxonning «Ojiz» taxallusi bilan bitilgan devoni ham saqlanib kelinmoqda. «Armug'oni sabboq» tazkirasida uning madaniy-ma'rifiy faoliyatiga yuqori baho beriladi: «Amir Said Abdulahadxon o'qimishli, ma'rifatli, adabiyot va she'riyatni chuqur idroklaydigan hukmdor edi. Uning zamonida ko'p olimu fozillar, shoirlar saroyga jalb qilindi.
XVIII asrning oxirlari XIX asr boshlarida Xorazmda sezilarli ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma'rifiy uyg'onish yuz berganligi nazarga tashlanadi. Bu jarayon turli sohalarda davlatchilik, siyosiy-iqtisod, madaniyat, ma'rifat, adabiyot, musiqa va boshqalarda barobariga rivojlanadi.
1806-1825 yillarda xonlikni boshqargan Birinchi Muhammad Rahim Xon (Feruzning bobosi) davrida juda muhim bir tadbir amalga oshirilgan. Zamonasining ko'zga ko'ringan ustoz-musiqiyshunosi va davlat arbobi Said Niyozjon (el orasida «Niyozjon Xo'ja») Buxoroga elchi sifatida yuborilgan. Elchi siftida u marosim, majlis va bazmlarda qatnashish hamda saroy ahli bilan muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan. U davrda nafosatli maqom san'atini asosiy manzil makoni saroy bo'lgan, albatta. Ma'lumki, o'z vaqtida Buxoro Temuriylar saltanatining madaniy - ma'rifiy markazlari Samarqand va Hirotning katta vorisi bo'lib maydonga chiqqan. Shu alfozda Hirot mumtoz musiqasi «oltin davri»ning ko'p udumlari Buxoroga qo'ngan. Bu azim shaharda Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changi kabi ulug'lar merosi zaminida «Buxoro Shashmaqomi» degan voqe'lik dunyoga kelgan.
Shashmaqom - saroy mulki. Uning ijodkorlari saroy ahliga xizmat qilgan yetuk ustozlar bo'lgan. Bu borada kamolatga yetishlik uchun ular ta'lim ko'rgan ziyoliylardan bo'lishi taqazo etilgan. Niyozjon Xo'ja ham shunchaki oddiy sozanda emas, mohir alloma va musiqiyshunos bo'lgan. O'z davrining yetuk sozanda bo'lgan Niyozjon Xo'ja Shashmaqom asoslarini izchil o'zlashtirishga bel bog'lagan va o'z maqsadini to'la to'kis amalga oshirgan. Uning maqsadi esa, Shashmaqom suratini (ya'ni, uning kuy va ashulalarini yuzaki shaklini) emas, balki siyratini (ya'ni, uning mag'zini, javharini, ilmiy qonun qoidalarini) obdon o'zlashtirish bo'lgan. Va shu ilmiy asosda (ya'ni shashmaqomning parda va usul doiralari, tasnifot va tarkibot qonuniyatlariga tayanib) yangi badiiy qiyofadagi «Xorazm olti yarim maqomi» majmuasini ijod etishni maqsad qilgan. Xorazmga qaytgandan keyin, madrasa ko'rgan va iqtidorli shogirdar tanlab, Olti yarim maqomning cholg'u va ashula shakllarini
alohida tartibda ulaming qalbiga joriy eta boshlagan. Maktab yaratgan. Ana shu maktabdan yetishib chiqqan buyuk namoyandalardan biri Pahlavoniyoz mirzaboshi (adabiy taxallusi Komil Xorazmiy) bo'ladi. Komil Xorazmiydek zabardast musiqiyshunos iste'dodi ravnaq topishida Muhammad Rahim Xon Feruzning xizmati katta. Komil Xorazmiy musiqiyda Feruzning piri ustozi. Ular orasida yaqin do'stona ijodiy aloqalar uzoq davom etgan. Komil Xorazmiy Feruz saroyida mirzaboshilik vazifasini bajargan. Ular bamaslahat nafosatli soz majlislari uyushtirganlar va madrasa ko'rgan iqtidorli sozanda hamda hofizlarni atrofiga to'plaganlar. Ana shunday ijodiy muhitda musiqiy san'ati ravnaq topa boshlagan.
Pahlavoniyoz mirzaboshi Xorazm musiqasi tarixida eng ko'zga ko'ringan shaxs. Uni bir tarafdan Najmiddin Kavkabiy va Davish Ali changi kabi ulug' musiqashunoslar qatoriga qo'yish haqli. Ikkinchi tarafdan, u Buxoro Shashmaqomi udumlarini bizgacha yetkazib kelgan ustozlar salafining boshida turgan Ota Jalol Nosir o'g'li (1845-1928) va Ota G'iyos Abdug'aniylar safida ko'rish mumkin.
XIX asrda yashagan xorazmlik mashhur musiqashunos Muhammad Rasul Mirzoboshi (1840-1922) maqomlarni yozish uchun «Tanbur chizig'i» deb nomlangan maxsus nota yozuvini joriy qilgan. XIX asrning oxirgi choragida Xorazm maqomlarining aytim va cholg'u qismlari kuylari Tanbur chizig'i uslubida yozib olgan.
Zamonlar o'tib, ud yozuvidan ham birmuncha mukammal nav XIX asrning so'nggi choragida Xorazm musiqiyshunoslari tomonidan ishlangan. Tanbur chizig'i vositasida butun boshli Olti yarim maqom majmuasi va ma'muliy Dutor maqomlarining ayrim namunalari xatga tushirilgan.
Komil Xorazmiy (1840-1922) tuzgan Tanbur chizig'ining o'q ildizlari Forobiy ta'limotida qo'llanilgan «asabi» (barmoq) va abjad hisobiga asoslangan musiqiy belgilar, Safiuddin Urmaviyning ud tabulaturasiga aloqador taraflar yoki umumiy matnshunoslikka tegishli tomonlari oz emas. Bu yozuv tanburga moslanganligi uchun «tanbur chizg'ilari» deb nomlangan.
Lekin, afsuski, XX asrning qatag'on yillarida ro'y bergan milliy taz'yiq asoratlari, musiqiy qadriyatlar sohasida ham katta salbiyatlarga olib keldi. Ana shu alfozda maqom urf odatlarini soyaga olinishi yoki tabiatiga zid bo'lgan ko'chalarga zo'ravonlik bilan da'vat etilishi oqibatida uning sekin-asta rivojlanishi va taraqqiyotida uzilishlar, yo'qotishlar sodir bo'la boshladi.
Tanbur yozuvining asosiy nazariyasi va ta'limoti quyidagicha: tanburning o'n sakkiz pardasiga ko'ra, o'n sakkiz chiziq olinadi va ularning osti-ustiga nuqtalar qo'yiladi. Nuqtalar noxun zarblarining miqdorini bildirib boradi. Chiziq ustidagi nuqta yuqoridan, ostidagisi esa pastdan uriladigan zarblarni anglatadi. Ba'zan esa, nuqtalarning joylashuvi ayrim ritmik shakllarga qiyos qilinadi. Pauzalar o /sukun/ belgisi bilan beriladi. Nota yozuvi o'ngdan chapga qarab o'qiladi. Kuy usullari esa alohida, uzun va qisqa bo'g'inlar yordamida ifodalanadi. Bu o'rinda tanbur chizig'ida
«tan», «tananan»lar o'rniga «gup», «taqataq» bo'g'in birikmalari qo'llaniladi. Xorazmiy yozuvida maqom qismlarida aytiladigan she'r matnlari ham beriladi. Ba'zi hollarda she'r to'la berilmasdan, uning faqat bosh misralari keltiriladi. Hofiz bosh misralarga qarab she'rni to'laligicha yodga solib o'qigan.
Tanbur chizg'ilarini kengroq tarzda ommalashishiga amaliyotga joriy etilishida Komil Xorazmiy maqomlarning ayrim qismlarini yoza boshlagan. Otasi boshlagan ishni uning o'g'li va shogirdi Muhammad Rasul Mirzo davom ettirib Xorazm maqomlarini to'laligicha yozib olgan. Komil Xorazmiy, Muhammad Rasul Mirzo ishlarini Muhammad Komil Devoniy (1887-1938) davom qildirib Tanbur chizg'ilarining yangi qo'lyozmasini yaratdi. Bu qo'lyozmada 5 ta tanbur maqomi (Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Buzruklar) bilan bir qatorida Dutor maqomlari (Zixiy Nazzora, Urganjiy, Miskin, Raxoviy, Iroqiy, Oxyor, Choki Giribonlar) ning tarkibiy qismlari Xorazm notasi vositasida yozib olingan. Hozirgi vaqtda tanbur chizig'ining davlat va shaxsiy kutubxonalarda saqlanuvchi yigirmadan ortiq nusxasi ma'lum.
Maqomlarda aytiladigan she'riy, to'plamlarning ayrimlari ham ma'lum darajada musiqa yozuvlaridan dalolat beradi. Chunki ayrim bayozlarda she'r matnlari bilan bir qatorda kuy, parda, maqom qismlari va ulardagi doyra usullarining nomlari ham ko'rsatiladi. Bunday bayozlarning XIX asrda Buxoro va Xorazmda yozilgan ko'p nusxalari bizgacha yetib kelgan.
Safiuddin Urmaviyining ud sozi, Komil Xorazmiyning tanbur uchun yaratgan tabulaturalarining asosiy vazifasi ijrochiga tanish bo'lgan kuy va ashulalarni xotiraga keltirishdir. Boshqacha qilib aytganda, bular og'zaki an'anadagi (og'zaki rivojlanadigan va tarqaladigan) musiqa sharoitidagi yozuvlar bo'lib xizmat qilgan.
Ushbu davrda kechgan madaniy jarayonlar Xiva xonligida yanada oshdi. Bu davrda shaharda ilm-fan, tarixnavislik, she'riyat, xattotlik, musiqa san'ati rivojlangan. Madaniy hayotning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim edi.
1891-yili Xivada Komil Xorazmiy tashabbusi bilan birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. Ushbu o'quv muassasasi ikki sinfdan iborat bo'lib, o'quvchilarga diniy va dunyoviy bilimlar o'rgatish hamda axloqiy tarbiya berish bilan bir qatorda, musiqa ilmi asoslarini o'rganishga ham katta e'tibor berilgan. «Xorazm tanbur chizig'i» yozuvlarini saqlab qolish va yanada ommalashuviga xizmat qilish maqsadida rus-tuzem maktabida shu yozuv bo'yicha savod chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.Matyakubov, B.Raximov, "O'zbek musiqasi tarixi", O'quv qo'llanma, Toshkent, 2016
2. K.A.Mardayeva, "An'anaviy o'zbek musiqa cholg'u ijrochiligi", Uslubiy qo'llanma, Termiz, 2006
3. Mamarasulzoda, Z. (2021). O 'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING SHAKLLANISH VA TARAQQIYOT YO 'LI. Журнал музыки и искусства, 2(1).
4. R.Abdullayev, "O'zbek mumtoz musiqasi", Darslik, Toshkent, 2006
5. Arzibayeva, Z. I. (2022). О 'ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA О 'TMISH MEROSINING О 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(2),
6. Madrimov, B. (2018). O'zbek musiqa tarixi. O'quv qo'llanma
7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.
11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY" ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.
19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.
20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.
21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
24. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
25. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
26. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).