Научная статья на тему 'FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARI HAQIDA'

FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
126
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / maqom yo‘llari / maqom maktablari / usul / mumtoz asar / hofiz / monografiya / ustoz-shogird

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Topildiyev

Maqolada respublikamizdagi maqom yo‘llari, maqom maktablari haqida so‘z boradi. Xususan Farg‘ona-Toskent maqom yo‘llarining o‘ziga xosliklarini yoritib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARI HAQIDA»

FARG'ONA-TOSHKENT MAQOM YO'LLARI HAQIDA

S.Topildiyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsoya: Maqolada respublikamizdagi maqom yo'llari, maqom maktablari haqida so'z boradi. Xususan Farg'ona-Toskent maqom yo'llarining o'ziga xosliklarini yoritib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: maqom, maqom yo'llari, maqom maktablari, usul, mumtoz asar, hofiz, monografiya, ustoz-shogird

ABOUT FERGANA-TASHKENT MAKOM STYLES

S.Topildiyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article talks about status paths and status schools in our republic. In particular, an attempt was made to illuminate the peculiarities of Ferghana-Toskent status roads.

Keywords: maqam, maqam ways, maqam schools, usul, classic work, hafiz, monograph, teacher-disciple

Respublikamizdagi mavjud maqom maktablari hususida gap borganda eng avvalo ko'z oldinmizga uchta eng qadimiylari Buxoro-Samarqand, Xorazm va Farg'ona vohalarining maqomlari sifatida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq. Ushbu maktablar asosida Farg'ona-Toshkent yo'llari nomi ostida alohida uslub sifatida tashkil etishni taniqli maqomshunos olim Is'hoq Rajabov tadqiqotlari bilan boshlab bergan. Undan so'ng san'atshunoslik doktori Oqilxon Ibrahimovning "Oeprara-TamKeHTCKHe MaKOMM" nomli ilmiy monografiyasi nashrdan chiqdi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, klassik musiqamiz bo'lmish maqomlarning ilmiy asoslari hamda tarixiy ildizlarini o'rganish borasida yangi davr boshlandi. Taniqli ustozlar I.Rajabovning "Maqomlar" (Toshkent - 2006), O.Matyoqubovning «Maqomot» (Toshkent - 2004) monografiyalarining nashr etilishi maqomotning barcha mushtarak turlari, jumladan, Farg'ona maqomlarini o'rganishda ham yangi bosqich bo'lib xizmat qilmoqda.

Konservatoriyada talabalarga maqom san'atidan ilm bergan ustoz Is'hoq Rajabiy, Xomidjon Jalolov, Orif Alimaxsumov kabi murabbiylar sohaning sir-asrorlarini ustoz-shogird an'analari asosida bardavom bo'lishiga o'z hissalarini qo'shdilar. San'atkorlar orasida so'z bor: - "Hofiz va sozandaning bosh ustozi o'z qulog'i bo'ladi" Xalq

orasidagi o'lmas asarlar hoh u ashula bo'lsin, hoh musiqa yuqoridagi kabi aqidalar asosida asrlar osha saqlanib kelmoqda.

O'zbek mumtoz musiqasi haqida ko'plab ilm ahli vakillari izlanishlar olib bordilar. Jumladan taniqli olim V.Uspenskiyning "O'zbeklarning klassik musiqasi" ilmiy maqolasidir. Sho'ro davrida V.Uspenskiyning bu tadqiqoti iste'moldan chiqarib tashlangan. Asar o'z ma'no-mohiyatiga ko'ra Abdurauf Fitratning «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» kitobiga juda hamohang deyish mumkin. V.Uspenskiy va A.Fitrat bir paytda va bir xil sarlavha bilan ilmiy asar chop qilishlari bejiz emas.

O'zbek mumtoz musiqasi olimlar tomonidan tarixiy shakllangan uch maqom turi misolida ko'rib chiqiladi. Ular o'z ismi jismiga muvofiq Buxoro, Xorazm va Turkiston maqomlari nomi bilan yuritiladi. Bu atamalarning boshdagi ikkitasi bugungi kunda ham ayni shu sarlavha bilan belgilanmoqda. Turkiston maqomlari o'rniga «Farg'ona-Toshkentning maqom yo'llari» deyish ko'npoq odat tusini olgan. Turkiston deganda V.Uspenskiy ham aynan shu ikki tarixiy markaz - Turkiston va Farg'ona vodiylarining yirik shaharlari Toshkent, Chimkent, Xo'jand, Isfara, Qo'qon, Marg'ilon, Andijon kabi tarixiy madaniyat o'choqlarini nazarda tutgan. V.Uspenskiy izlanishlarining eng qimmmatli tarafi u etnograf (elshunos) sifatida qaysi maqomni kimdan va qayerdan yozib olganligiga katta e'tibor beradi.

Turkiston maqomlarining ko'zga ko'ringan ijrochilari qatorida, eng avvalo, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mulla To'ychi, Shorahim Shoumarov, Shoborat tanburchi, hofizlar Said Ahmadxon, Abdusoat Vahobov, xo'jandlik Sadrxon hofiz, isfaralik Madumar xhofizlardan maqom yo'llarining ijrolari hamda ularga tegishli ma'lumotlarni yozib olganligi xususida so'z yuritadi. Bularning barchasi ilmda mashxur shaxslardir. V.Uspenskiyning izlanishlarining qadr-qimmati ham ana shu elga tanilgan san'atkorlarning nomlari bilan bog'liqligidadir. V.Uspenskiy ma'lumotlarining yana bir ishonchli jihati shundaki, u bor narsani boricha dalillab beradi. Farg'ona maqomlaridan beshta yirik turkum tilga olinadi: Dugoh-Xusayniy, Chorgoh, Bayot, Shahnozi Gulyor va Nasrullohiy. Ular besh, ba'zan olti-yetti, ayrim hollarda esa undan ham ko'p tarkibiy qismlarni o'z ichiga olishi to'g'risida fikr yuritiladi. Farg'ona maqomlari borasidagi V.Uspenskiy qarashlarining e'tiborli tomoni shundaki, ularning tarkibidagi mazkur vohaga xos atamalarga alohida e'tibor qaratadi. Jumladan, mo'g'ilcha va qashqarcha nomlarining kelib chiqishi munosabati bilan ayrim tarixiy ma'lumotlarga ham o'z munosabatini bildirmoqchi bo'ladi. Qashqarcha usuli va shu nom bilan yuritiladigan musiqiy janrning kelib chiqishini Turkiston-O'zbekiston va Sharqiy Turkiston (Xitoyning Uyg'urlar yashaydigan Shinjon viloyati)ga bog'lab fikr yuritadi. O'zbek-uyg'yp munosabatlari keng ma'noda katta ilmiy muammo. Biroq maqom mavzusida bu yaqqol sezilib turuvchi tarixiy dalil. Bu sohalarni Buxoro va Xorazmga nisbatan Turkistonda tutashuvi ham tabiiy holat. Uspenskiyning uzoqni ko'zlovchi maqsadlari, afsuski, o'z vaqtida ta'qib ostiga olinib,

ilmiy izlanishlar doirasidan chiqarilgan edi. Shundan keyin xx asrning 60-yillariga kelibgina Toshkent va Farg'ona maqomlari mustaqil ilmiy mavzu sifatida qisman taxlil qilina boshlandi.

Maqomlarning ilmiy-nazariy hamda tarixiy asoslarining, shuningdek, amaliyotidan chuqur va atroflicha bilimlarga ega bo'lgan I. Rajabov yuqorida tilga olingan beshta turkumdan tashqari yana boshqa ko'plab maqom yo'llarini tahlil qiladi. Ajam, Miskin, Mirzadavlat, Mushkiloti Duroh, Yovvoyi Segoh, Yovvoyi Ushshoq, Abdurahmon Begi, Cho'li Iroq, Kord, Eshvoy, Payravi asar va boshqa ko'plab mumtoz yo'llarning ildizlari maqomlar sirasiga bog'lanib ketganligini aniq, va ravshan ko'rsatib beradi. I.Rajabov ilmiy tadqiqotlari bilan bir qatorda Farg'ona va Toshkent hududlarida azaldan urf etilib kelayotgan yirik hajmdagi ko'p qismli kuy va ashulalarning musiqiy va so'z matnlarini Yunus Rajabiy tomonidan yozib olinishi ham katta tarixiy voqea bo'ldi. V.Uspenskiy izlanishlaridan deyarli yarim asr keyin mumtoz kuy va ashulalarini bir joyga to'plash va shu yo'l bilan tadqiqotlarga zamin yaratish imkoniyatlari paydo bo'ldi.

Har qanday mumtoz musiqa muayyan qonun-qoida hamda ularga muvofiq erkinlik doirasida yuzaga keladi. Ota-bobolarimizdan meros qolgan kuy va ashulalarning asoslariga nazar tashlab, ularning negizidari parda, usul hamda tasnifot nizomlari izchil va barqaror saqlanib kelayotganligi taqsinga sazovor. Masalan, Ushshoq, Chorgoh, Bayot yoki boshqa maqomlarni oladigan bo'lsak, mana so'nggi yarim asr ichida ajoyib ustozlar tomonidan yaratilgan ularning o'nlab variantlari el orasida og'izga tushib tomir otib ketayotganligi quvonarlidir. Mazkur kuylarning qanchalik ko'p va xo'p variantlari paydo bo'lmasin, ularning asoslari deyarli o'zgarmagan. Shuning uchun qanday yangi andozalar va nav ko'rinishlari yuzaga kelishidan qat'i nazar Ushshoq Ushshoqligini, Chorgoh, Chorgohligini, Bayot Bayotligini saqlab qoladi.

Endi Farg'ona maqomlarining Buxoro va Xorazmda urf bo'lgan maqomlaridan farqi haqida gapiradigan bo'lsak, eng avvalo, ularning umumiy shakl ko'rinishlari borasidagi xususiyatlarni aytish zarur. Ma'lumki, Buxoro Shashmaqomi va Xorazm maqomlari barqaror shakldagi olti turkumdan iborat majmua tarzida namoyon bo'ladi. Majmuaning har bir maqom tizimi cholg'u va ashula bo'limlardan iborat qat'iy tartibdagi turkumni tashkil qiladi. Shashmaqomning umumiy parda tizimi esa tadqiqotchilarning fikriga ko'ra 24 ta mustaqil lad tuzilmalardan iborat. (O.Matyokubov. Maqomot. Toshkent. 2004; O.Matyoqubov, R.Xamraev, ) (Aminov. O'zbek narasi. Toshkent. 2(07). Mualliflarnish fikricha ularning olti qatorga tuzilgan ko'rinishi quyidagicha:

Rost, Ushshoq Navro'zi Sabo, Panjgoh;

Navo, Bayot, Oraz, Husayniyi Navo;

Dugoh, Chorgoh, Orazi Dugoh, Dugohi Xusayniy;

Segoh, Hijoz, Navro'zi Xoro, Ajam;

Buzruk, Nasrulloyi, Uzzol, Muhayyari Chorgoh;

Iroq, Zebo pari, Muhayyari Iroq, Navro'zi Turk.

Zikr etilgan maqom nomlarining deyarli barchasi Farg'onada ham uchraydi. Lekin ularning asar sifatidagi tashqi ko'rinishi Shashmaqom tarkibidan farq qiladi. Shuningdek, maqom yo'llari mustaqil ravishdagi ashula yoki cholg'u shaklida keladi. Masalan, Bayot, Chorgoh, Dugohi Husayniy kabilari ashula yo'llari, Ajam, Cho'li Iroq Nasrulloyilar esa asosan cholg'u yo'llari sifatida elga tanilgandir. Buning ustiga Farg'ona maqomlari Shashmaqomga o'xshab cholg'u va ashula yo'llarining barobariga emas, balki alohida ko'rinishidagi asar sifatida tanilgan. Shashmaqom tarkibi o'nlab taronalarni o'z ichiga oluvchi yirik turkumli asarlar tarzida odatga kirgan bo'lsa, Farg'ona maqomlariga tarona tushunchasi xos emas. Shashmaqom tarkibidagi taronalarni umumiy ma'no-mohiyatiga ko'ra biron-bir muayyan birlikning alohida ko'rinishdagi bo'lagi, deb tushunish mumkin. Shashmaqomda ana shunday butunlik ramzi bo'lib sarahbor va nasr qismlari gavdalanadi. Har bir sarahbor va nasrdan keyin izma-iz bir qancha taronalar ergashib keladi. Tarona tushunchasi Xorazm maqomlariga ham xos. Ammo ularning son va sifatlari Buxoro Shashmaqomidan farq qiladi. Asosiy maqom va nasrlardan keyin bir-ikki tarona qoldirilib, qolganlari suvoriy va naqsh nomlari bilan yuritiladigan yirik asarlarga birlashtirilgan. Masalan, Rost maqomida birgina muxammasi Sayri Gulshan taronasi, Navo maqomida ham doira usuli "Nufurdam" deb yuritiladigan yagona tarona mavjud. Qolgan maqom va nasrlarga yirik shakldagi taronasifat suvoriy va naqshlar ergashtirilgan. Aynan shu xususiyatlarga ko'ra Xorazm maqomlarining ichki tuzilishi Shashmaqom tarkibidan farqlanadi.

Farg'ona-Toshkent maqomlarida taronalarning umuman uchramasligi ham bu uslubning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi jihatlarining biri bo'lib xizmat qiladi. Biroq Fag'ona mumtoz musiqasining umumiy manzarasiga kengroq razm soladigan bo'lsak, tarona tamoyiliga xos jihatlarni bu voha uslubida ham kuzatish mumkin. Gap shundaki, Farg'ona vodiysida butun boshli maqom yo'llarining kichik-kichik lavhalari sifatida el orasida sochma holida kelgan "yallalar" mavjud. Abdulhamid Cho'lponning "Kecha va kunduz" romanida yallalar "reza", ya'ni "bo'lak" kuylar deb zikr etiladi. Reza kuylar degan tushunchani Abdulla Qodiriy asarlaridan ham uchratish mumkin. Yanada kengroq mushohada qiladigan bo'lsak, Fitrat domla aynan shunday parokanda kuy lavhalariga nisbatan "terma" atamasini qo'llaganligining guvohi bo'lishimiz mumkin. Xullas, "tarona", "yalla", "reza", "terma" iboralari bir-biriga yaqin va o'xshash ma'nolarda kelayotganligini payqash qiyin emas. Shu o'rinda har qanday mumtoz maqom udumlari ham doim xalq musiqa merosining oddiy va hayotbaxsh qatlamlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib kelganligining guvohi bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.S.Abdullayev "O'zbek mumtoz musiqasi" Toshkent, "Yangi nashr" 2008 yil

2. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

3. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

4. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDO SHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

5. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

6. Toshmatov, D. (2022). The Life Path of Yunus Rajabi that we are Not Aware. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 11-16.

7. Mamatov, J. (2022). The Secret of the Violins of the Cremonese School. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(6), 293-295.

8. Маматов, Ж. (2021). САНЪАТ МУТАХАССИСЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШДА ДИРИЖЁРЛИК. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

9. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

10. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

11. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.

12. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

13. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОГЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.