Научная статья на тему 'NOKZORLARNI PSYLLA PYRI L. DAN HIMOYA QILISHDA KATTA DALA TAJRIBALARINI QO‘YISH'

NOKZORLARNI PSYLLA PYRI L. DAN HIMOYA QILISHDA KATTA DALA TAJRIBALARINI QO‘YISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shirincha / preparat / zararkunanda / tajriba / samaradorlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ergashova Husnida Ibrohimovna

Maqolada nok shirinchasidan himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarimizdan shuni ta’kidlash mumkinki, nok shirinchasi tarqalgan ayrim mavsumlarda nok shirinchasining rivojlanish jadalligi, preparatlarni tanlash yuzaga kelgan fitosanitar muhit sharoitga qarab, ishlovlarning ilmiy asoslanganligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOKZORLARNI PSYLLA PYRI L. DAN HIMOYA QILISHDA KATTA DALA TAJRIBALARINI QO‘YISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS, DESERTIFICATION AND FOOD SECURITY"

MAY 24, 2024

NOKZORLARNI PSYLLA PYRI L. DAN HIMOYA QILISHDA KATTA DALA TAJRIBALARINI QO'YISH

Ergashova Husnida Ibrohimovna

AQXAI assistant https://doi.org/10.5281/zenodo.11379210

Annotatsiya. Maqolada nok shirinchasidan himoya qilish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlarimizdan shuni ta'kidlash mumkinki, nok shirinchasi tarqalgan ayrim mavsumlarda nok shirinchasining rivojlanish jadalligi, preparatlarni tanlash yuzaga kelgan fitosanitar muhit sharoitga qarab, ishlovlarning ilmiy asoslanganligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: shirincha, preparat, zararkunanda, tajriba, samaradorlik.

Nokzorlarni Psylla pyri l. dan himoya qilishda katta dala tajribalari 2021 yildagi kabi, 2022 yilda ham uchinchi va to'rtinchi variant qo'llanildi (4 ta variant). Ishlab chiqarish tajribasi maydoni Farg'ona viloyati Quva tumani 10 ga ni tashkil qildi. Daraxtzorlarning bir qismi sirtqi faol moddasisiz preparatlar bilan (uchinchi variant), yana bir qismi sirqi faol moddasi «Vivolt» preparati bilan (to'rtinchi variant) ishlov berildi. Alohida ta'kidlash lozimki, katta maydonlarda sinovdan o'tkazilgan III va IV variantlar, ayniqsa 2022 yilda sezilarli darajada ijobiy natijalar ko'rsatdi. Bu esa bir qator omillar bilan izohlanadi: bog'ning xususiyatlari, mexanizatsiyalashgan ishlovlarning yaxshi sifatli bajarilishi va texnik imkoniyatlari; zararkunandaning o'zini biologik xususiyatlari, muntazam harakatlanish imkoniyati va ma'lum joylarga ko'p miqdorda tuxum qo'yishi (shuningdek daraxtning tepa qismida - novdalarning uchigacha, balandligi sababli qo'lda ishlov berish mushkul bo'lgan joylarigacha) qisqa muddatli vaqt oralig'ida ishlov berish qiyinlashtiradi.

Biologik samaradorlik, %

Prepar 3 7 14 21 3 7 14 1 21

№ Variantlar at sarfi - ^ -m ^ Vi 2 S Chortoq tum., Quva tum.,

l/kg/ga Aprel-May Aprel-May

1 Karate kadam 4 l/ga. - 62,4 69,28 77,4 55,4 58,94 65,9 78,0 54,33

em.k. + 68,5 73,95 83,3 67,55 63,07 63,7 83,7 61,63

2 Aspilan 20% 0,5 - 62,6 74,65 88,64 60,28 63,34 75,7 87,2 63,69

n.kuk. kg/ga. + 67,2 76,84 95,13 66,17 70,59 80,8 94,2 75,68

3 BI-58 PLYUS 2,0 - 60,5 69,56 72,71 58,02 58,55 69,4 73,1 56,89

40% em.k. (A) l/ga. + 65,4 78,35 82,49 64,55 63,96 76,5 81,9 68,56

4 Venti OD 0,5 - 59,4 74,13 76,81 56,82 60,53 73,7 84,1 64,88

moy.sus.k kg/ga. + 64,8 79,43 93,77 63,52 66,02 78,3 92,9 73,12

5 Detsis 10% sus.k. 0,15 - 66,3 75,23 75,23 61,22 59,91 74,8 83,4 67,24

l/ga. + 68,4 81,62 95,27 68,40 65,15 81,5 95,3 72,5

6 Nazorat (ishlov berilmagan) - - - - - - - - -

+ - - - - - - - -

Izohlar: -Vivoltsiz - III tizim - variant 4; Vivoltli - IV tizim - variant 5. 15 sm. novdadagi shirinchaning lichinkalari soni (dona) da olingan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS, DESERTIFICATION AND FOOD SECURITY"

MAY 24, 2024

2021 yilda sinovdan o'tkazilayotgan himoya tizimi doirasida yuqori darajadagi biologik samaradorlik boshqa insektitsidlar bilan, shuningdek kichik dala tajribalar maydonlarida noklarda nok shirinchasiga qarshi Venti OD moy.sus.k. va Aspilan 20% n.kuk. preparatlari qo'llanildi. BI-58 plyus 40% em.k. biologik samaradorlik, kichik dala tajriba maydonlarida, unchalik yuqori bo'lmadi. Yuqoridagi ta'kidlangani kabi o'tgan yillarda ko'p qo'llanilishi nok shirinchasini ushbu preparatga moslasha boshlashi-chidamlilik namoyon qildi. Variantlar oralig'idagi farqlar «Vivolt» sirtqi faol moddasi qo'llanishida kuzatildi.

2021-2023 yillarda tanlangan himoya tizimi zararkunadaning sonini IZMM ortib ketishiga yo'l qo'ymadi. Hosilni yig'ib olishni oxirida ayrim daraxtlarda zararkunandalar sonini sirqi faol moddalarsiz ishlov berilganda IZMM dan ortib ketishi, hisobga olindi.

Ammo sirqi faol moddalari bilan ishlov berish samaradorliklari, har doim ham yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lmadi.

Tadqiqotlarimizda bu zararkunandani xususiyatlarining o'ziga bog'liq, barcha harakatdagi zotlari, ayniqsa tuxum qo'yish bosqichida, shakarsimon suyuqlik moddasini faol tarzda ajratib chiqaradi, shu bilan u o'zini tashqi muhitdagi halokatli ta'sirlardan himoyalaydi, shu jumladan insektitsidlardan ham. Shuning uchun zararkunandaning bu xususiyatini ayrim holatlarda «Vivolt» sirtqi faol moddasi ma'lum darajada neytrallashiga olib kelishi mumkin. Ammo FOB qo'llanilganda, «Vivolt» sirtqi faol moddasi ta'siri davomiyligi jihatidan hatto shira ajralib chiqish davrini ham aniq ko'zda tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Shukurov X.M., Raxmonova M.K., Ergashova H.I. Nokzorlarning asosiy so'ruvchi zararkunandalari O'zbekiston agrar fani xabarnomasi 2023. № 3.- B. 140-142.

2. Ergashova H.I. Damage of pear tree varieties by P. pyri Ekonomika i sotsium 2023. № 11 B. 115-117.

3. Ergashova H.I. Psylla pyri L. ning bioekologik hususiyatlari va zarar keltirishi. Turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va o'simliklarni himoya qilishda innovatsion yondashuvlar Buxoro 2023. B. 419-420.

4. Ergashova H.I. Psylla pyri L. Farg'ona vodiysida tarqalishi va bioekologiyasi Qishloq xo'jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari. 2022. B. 310-312.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.