Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ISSIQXONA SHAROITIDA OQQANOTGA QARSHI KIMYOVIY VOSITALARNI SAMARADORLIGI
Norjigit Turabovich Nishonov
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrokimyo, tuproqshunoslik va
o'simliklar himoyasi kafedrasi dotsenti
Bobur Samiev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali O'simliklarni kimyoviy himoya
qilish mutaxasisligi magistri
ANNOTATSIYA
Dunyoda oziq-ovqat muommosi va uning xavfsizligini ta'minlash global masalalardan biri bo'lib bormoqda. Ushbu maqolada issiqxonalarda uchraydigan oqqanotlarga qarshi kimyoviy preparatlarni qo'llash, etishtirilayotgan hosilni zararkunandalardan saqlab qolish va ularning sonini boshqarishda kimyoviy kurashning ilmiy asoslangan samarali tizimini yoritishga qaratilgan. Maqsad, issiqxonalarda sabzavot mahsulotlarini etishtirishda kimyoviy vositalarni inson salomatligini saqligiga, atrof-muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan.
Kalit so'zlari: oqqanot, preparat, sabzavot, entomafag, hasharot, issiqxona, zararkunanda.
ABSTRACT
The problem of food in the world and ensuring its safety is becoming one of the global issues. In this article, it is aimed to highlight the scientifically based and effective system of chemical control in the use of chemical preparations against spider mites in greenhouses, protecting the crops from pests and controlling their number. The goal is to reduce the harm to human health and the environment by using chemical means in the cultivation of vegetable products in greenhouses.
Keywords: white wing, drug, vegetable, entomaphagus, insect, greenhouse,
pest.
Kirish. Issiqxona sabzavotchiligi qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, xalqimizni qish mavsumida ham oziq-ovqatmahsulotlari bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega.Global
May 12-13
1123
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ekologiya va atrof muhitning o'zgarishi, intensiv rivojlanish biotsenozning mutloq salbiy o'zgarishiga olib kelmoqda. Bu o'zgarish oqibatlarini yumshatish maqsadida qishloq xo'jaligida qo'llanilayotgan pestitsidlarni qo'llanilishini ilmiy asoslangan usullar bilan qollash inson salomatligi, biologik zanjirning buzilishga va atrof muhituga salbiy ta'sirni kamaytiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" da 3.3. bandida "tarkibiy o'zgartirishlami chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish,mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish" ustvor masala belgilangan bo'lib, bunda oziq -ovqat havsizligini ta'minlash dolzarb qilib belgilangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot (FAO) ma'lumotiga qaraganda jahonda zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlar sababli har yili hosilning o'rtacha 30-35 foizi nobud bo'lmoqda. Jahonda zararli organizmlar ta'sirida ekinlardan 300 mlrd. AQSH dollari miqdorida hosil yo'qotilib, o'simlikshunoslikda etishtirilayotgan yalpi mahsulotning 30-40% nobud bo'lmoqda. O'zbekistonda sabzavot va poliz ekiladigan maydonining 34-38% ni pomidor o'simligi egallaydi. Etishtirilayotgan sabzavot mahsulotlarining 25,5% ni pomidor tashkil etadi. Aholini yil bo'yi sabzavot ekinlari bilan ta'minlashda issiqxonalarning ahamiyati benihoya kattadir. Respublikamizda issiqxona maydonlari yil sayin o'sib bormoqda. Misol uchun, 1980 yilda respublikada issiqxonalar maydoni 227,3 ga bo'lgan bo'lsa 1995 yilda esa 400 ga, 2001 yilda bu ko'rsatkich 2,0 ming, 2007 yili 10,0 ming gektar, bugungi kun 2022-yilda esa 6,5 ming gektarga yaqin issiqxonalar mavjud bo'lib, shundan 1,1 ming gektar yoki 17 foizi gidroponika, 4,9 ming gektar yoki 83 foizi tuproq usulida yetishtirishga asoslangan oddiy issiqxonalar tashkil qilingan bo'lib, ularda 342 ming tonna mahsulot yetishtirishgan, shundan 199 ming tonnasi (59 foiz) pomidorga to'g'ri keladi. Issiqxonalarda sazavot vaxsulotlarini etishtirishni rivojlanishi o'z navbatida zararli organizmlarning yil bo'yi rivojlanishi va ko'payishiga qulay imkoniyatlar yaratilmoqda natijada ularga qarshi qarshi kimyoviy preparatlarni ayovsiz qo'llanilishi etishtirilayotgan maxsulotni sanitariya gigienik sifatiga jiddiy xavf soladi. Navoiy viloyati Xatirchi tumani Damariq MFY da joylashgat Navoiy Agro Fetish Tredi MCHJ ga qarashli issiqxona
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
xo'jaligida "Issiqxona sharoitida oqqonot (Trialeurodes vaporariorum West.) ga qarshi kimyoviy preparatlarni samaradorligi" o'rganildi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Johon qishloq xo'jaligi sohasida etishtirilayotgan barcha ekinlarning 800 dan ortiq asosiy har-xil xavfli zararkunanda hasharotlar zararlaydi va ularga qarshi har yili juda ko'p miqdorda kimyoviy preparatlar va ishchi kuchi sarflanadi. Ushbu zararkunandalarni chuqur o'rganish va ilmiy asosida tadqiq etib ular miqdorini boshqarish bo'yicha olimlarning ko'p yillik izlanishlari mavjud. Hozirda er yuzida Aleyrodidae (oqqanotlar) oilasiga mansub hasharotlar Martin & Mound (1987) ma'lumotiga ko'ra 126 oilaga mansub 1156 tur mavjudligini qayd qilgan. Keyinchalik Aleyrodidae (Hemiptera) oilasiga mansub hasharotlarni o'rganish jarayonida Gregory A. Evans (2007) 166 oila, 3 ta kenja oilaga oid (Aleurodicinae, Aleyrodinae, Udamosellinae) 1551 tur mavjudligini ta'kidlaydi va turlarni bir biridan ajratishda ularning morfologik jihati katta ahamiyatga egaligini ko'rsatgan. Oqqanot oilasiga kiruvchi hasharotlar rivojlanishi nimfalik davrida to'rtinchi bosqichi g'ubakka o'tishi biri biridan farqli deb hisoblaydi. Oqqanotlar Homoptera turkumi Aleyrodidae oilasiga mansub fitofag turlariga mansub hasharotlardir. Dunyo bo'yicha keng tarqalgan va qishloq xo'jaligi ekinlarida katta zarar etkazadi.
Bulardan eng ko'p tarqalgan turlar issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum West.), g'o'za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn), sitrus oqqanoti (Dialeurodes citri A.) turlari jiddiy zarar keltirmoqda. Jumladan qishloq xo'jaligida 200 dan ortiq sabzavot va poliz ekinlarida, texnik ekinlarning 30 dan ortig'ida, manzarali gullar va butalarning 60 dan ortiq turlarini zararlaydi. Keyingi yillarda yana bir zararkunanda paydo bo'ldiki, uning qishloq xo'jaliq ekinlariga keltirayotgan zarari ancha ko'payib bormoqda. Bu oqqanot xasharotidir. Oqqanot aslini olganda issiq o'lkalar hasharoti hisoblanib, respublikamiz viloyatlarida keyingi yillarda paydo bo'la boshladi. Bunga sabab bizning o'lkamizda oqqanotning tabiiy kushandalarining kamligi hisoblanadi. Aleyrodidae oila vakillarini tadqiq etish 1736 yildan boshlanib, qishloq xo'jaligi ekinlarida zarari kengayib borgan davrga to'g'ri keldi. Bu davrda ushbu oilaning eng xafli turlaridan biri Aleyrodes proletella L. turi Reomyur tomonidan o'rganila boshlandi. Bundan oldin boshqa olimlar ushbu oila vakillarini kukyalar sifatida nomlay boshlagan. 1976 yilga kelib Latreyl (1796) ushbu turni Homoptera turkimi Aleyrodes oila vakili sifatida nomlagan. Birinchi marta Fraunfel 1867 yil oqqanotlar to'g'risida ilmiy maqola chop ettirdi, shundan so'ng Sinore tomonidan birinchi monografiya chop ettirildi va
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
unda oqqanotning 23turi qayd qilingan edi. SHundan so'ng Maxwell (1895) o'zining ushbu ro'yxatni yanada kengaytirib 66 taga etkazdi. Oqqanot turlari va ularning tabiy kushandalarini o'rganish Turkmanistonda o'tgan asrning 60-yillaridan takomillasha boshladi. Turmanistonda atirgul oqqanoti- Bulgarialeurodes cotesii Mask. katta xavf tug'dirishi keltirilgan. Oqqanotining faunasi bo'yicha turkmanistonda S.M. Myarsevoy, J.V. Smirnov va R.X. Muxiev (1998)lar shug'ullangan. SHundan so'ng oqqanotning turli o'simliklar bo'yicha rivojlanishi 70-yillarda bir qator mualliflar tomonidan tadqiq etildi. Issqxona oqqanotining biologiyasi va unga qarshi kurash choralari bo'yicha ham qator olimlar o'z tadqiqotlarini olib borib shu davr uchun samarali kurash choralarini ishlab chiqqan. G'o'za oqqanoti bo'yicha dastlabki chuqur ilmiy tajribalar 1930 yillardan avj ola boshladi va qator ilmiy soha mutahasislari jalb etildi. CHunki bu davrda g'o'za ekini texnik ekin sifatida o'zining qimmatlilik darajasi yuqori bo'lib, uning zararkunanda turlarini o'rganish bevosita ishlab chiqarish bilan bog'liq edi.Mamlakatimiz sharoitida oqqanotning 2 ta turi katta havf tug'dirib poliz va sabzavot ekinlarini jiddiy zararlaydi. Bular issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westwood, 1856) va g'o'za oqqanoti yoki tamaki oqqanoti (Bemisia tabaci Gennadius, 1889) dir. Respublikamiz viloyatlarida va Toshkent shahri atroflarida qish mavsumi davomida ishlab turgan issiqxonalar oqqanotning (Trialeurodes vaporarioum) doimiy ko'payib turish imoniyatini bermoqda. Kunlarning isishi natijasida issiqxonalardan uchib chikqan bu zararkunanda keyinchalik ochiq dalaga o'tib, ekinlarda juda tez rivojlanadi va ularga katta zarar etkaza boshlaydi. SHu sababdan issiqxona atrofida sabzavot ekinlaridan bodring, pomidor va baqlajon etishtirishning imkoniyati bo'lmay qoladi. Keyingi yillarda oqqanotning yana bir turi g'o'za oqqanoti paydo bo'lib, u paxtaga katta zarar etkazmokda.Oqqanotning yuqoridagi turlari madaniy va begona o'simliklarning 150 ortiq turlari bilan oziqlanishi aniqlangan. Oqqanotning Aleyrodes proletella turi hammaxo'r bo'lishi va begona o'tlarda yaxshi rivojlanishi ko'rsatib o'tilgan. Madaminov va boshqa olimlarning fikriga ko'ra (1994; 1998)Janubiy Turmanistonning eng xavfli zararkunandalaridan biri hisoblanishi qayd qilinib, bu bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Muxitdinovning ma'lumotlariga ko'ra (1998, 2000, 2003, 2007, 2009) g'o'za etishtirilayotgan maydonlarda g'o'za va issiqxona oqqanotlari 1980 yilning birinchi yarmidan qishloq xo'jaligi ekinlariga zarar etkazadigan maydonlariga zarar kelira boshladi. Muallif M.Karamuxammedovaning (2016) takidlashicha oqqanotning 11 ta oilaga mansub 14 turi tadqiq etilgan. SHu bilan birga muallif
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
oqqanotning ma'lum bir turlarini ekin turlari bo'yicha ixtisoslashganligi bo'yicha turlar tadqiq etilgan, sitrus oqqanoti - Dialeurodes citri Ashmead.1885; issiqxona oqqanoti dominant tur sifati tadqiq etilgan Trialeurodes vaporariorum Westwood 1856, va ularning rivojlanishini o'rgangan. Mamlaktimiz sharoitida ham g'o'za oqqanoti va issiqxona oqqanoti o'zining iqtisodiy havfli zararkunandalaridan biri hisoblanib, ayrim dala maydonlari yoki issiqxonalarda zararkunanda miqdorini boshqarish uchun katta miqdorda kimyoviy vositaloarni qo'llashga majbur bo'lishmoqda.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Issiqxona oqqanoti tropik tur bo'lib, asosan himoyalangan maydonda erta bahordan kech kuzgacha rivojlanadi. O'zbekiston sharoitida ochiq maydonda ham tarqalib ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasi vakillarini kuchli zararlaydi. Yil davomida 9-10 ta avlod beradi. Zararkunanda hayotiy sikli davomiyligi, tuxum qo'yish davri, tuxumini ko'p yoki oz qo'yilishi, yashovchanligi turli omillarga bog'liq bo'ladi. Bu omillar ichida asosiylari harorat va havoning nisbiy namligi hamda o'simlik turi hisoblanadi. Kuzatuvlarga ko'ra agar muhit 15°S harorat va namlik 30% bo'lsa, 46 dona tuxum qo'yilgan, namlik 60% bo'lganda 87 va 90% namlikda esa 96 dona tuxum qo'ygan bo'lsa, havo harorati 20°S, nisbiy havo namligi 90% bo'lganda 208 dona tuxum qo'ygan. 25°S oqqanot uchun optimal harorat hisoblansada, ammo namlik past bo'lsa tuxum quyish ham kam bo'ladi. Oqqanotning qishloq xo'jalik ekinlari uchun uch tomonlama zarari kuzatiladi: 1.Zararkunada o'simlik shirasini so'rib, uni rivojlanishdan ortdan qoldiradi, hosildorlikni 30-40% kamaytiradi. 2. Sog'lom o'simliklarda har xil yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo'ladi. 3. Hasharotning shirali chiqindilari o'simlikning bargi va boshqa qismlarini ifloslantiradi. Bunday chiqindilar mog'or zamburug'larining rivojlanishi uchun qulay muhit xisoblanadi. Zararkunanda mamlakatimiz sharoitida rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi va ushbu zararkunandaning rivojlanishi uchun, 25-27S havo harorati bo'lishi, nisbiy havo namligining 60-70 qulay hisoblanar ekan. Maxalliy olimlardan oqqanot bo'yicha tadqiqotlar olib borgan va zararkunanda miqdorini boshqarishda muhum ahamiyatga ega. Jumladan S.N.Alimuxamedov, SH.T.Xo'jaev, X.Kimsanbaev, A.Qodirov, F.Zoxidov ma'lumotlariga ko'ra issiqxona oqqanoti g'o'za, pomidor, bodring, baqlajon, loviya, kungaboqar, tamaki va boshqa ko'pgina ekinlarga katta zarar etkazishi aniqlangan. Issiqxona oqqanoti oqqanotning urg'ochilarining hayotining davomiyligi o'rtacha 20-28 kun, urg'ochilari serpusht bo'lib hayoti davomida 150-300 tagacha tuxum qo'yishi aniqlangan.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Issiqxona oqqanoti tuxumlarni yosh bargning pastki qismiga 15-22 donagacha to'p-to'p qilib qo'yadi. Etuk hasharotlar tashqi muhit faktorlariga chidamsiz hisoblanadi va keskin iqlim sharoitida. Havo harorati oshganda issiqxona oqqanoti uchun noqulay sharoit hisobalandi va 30°S dan yuqori bo'lganda 8-10 kun yashaydi. Bunday sharoitda oqqanoting erkaklari urg'ochilarga nisbatan kam umr ko'radi. O'simliklarni zararlashda asosan lichinkalarining zarari katta bo'ladi. Oqqanotdan lichinkalaridan ajralib chiqqan ekskrimentlar o'simlik barglarini va ularning mevalarini ifloslantiradi. Keyinchalik esa ushbu joyda turli hil zambrug'lar rivojlanishiga olib keladi va o'simlik kasallanadi. Natijada o'simliklarda fotosintez jarayoni buzilib, ayrim hollarda o'simlik nobud bo'lishi kuzatiladi. Oqqanotga qarshi kurash ko'plab sabzavotkorlarni asosiy muammolaridan hisoblanib ayniqsa issiqxonada o'stiriladigan sabzavotlarga alohida zarar etkazadi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarimizda biz Oq qanot bilan kurashishning kimyoviy vositalarini samaradorligini o'rganib - issiqxonada eng tez va samarali yo'q qilish bilan birgalikda xavfsiz preparatlarni tanlashni maqsad qilib olindi va O'zbekiston respublikasida oq pashhaga qarshi qo'llaniladigan kimyoviy vositalarini tarkibi bo'yicha guruhlandi;
1.Bifentrin-bifenthrin; (K-Killer 10% em.k.,Beton 10% em.k.)
2.Buprofezin-buprofezin; (A-Bupro 25% n., Ap-laud 25% n.kuk., Pick-44, 440 g/l sus.k.)
3.Buprofezin + imidakloprid; (Appolon 40% n.kuk.)
4.Imidakloprid-imidacloprid; (Kreyser, sus.k,)
5uu;,6757nt.Isoprokarb + Tiametoksam (Dim-dim, kuk. )
6.Pimetrozin (pymetrozine) (Agro-Plenium 50% c.d.g)
7. Spinetoram; (Radiant k.s.120 g/l Corteva Agriscience Poland Sp.zo.o.,)
8.Spirotetramat 120 g/l + imidakloprid 120 g/l;(Moventoenerdji,k.s.)
9.Spirotetramat; (Motivator100 SC, sus.k.)
10.Tiametoksam (thiametoxam); (Talbert 24% sus.k., Syracusa 24% sus.k.)
11.Sipermetrin (cypermethrin); (Arrivo 25% em.k.)
12.Ezoprofos; (Sunic 20 EC, em.k.)
13.Atsetamiprid (acetamiprid)(Agroplan neo 20% s.e.k, Atsetamiprid 20%, Mostar 20% n.kuk, Uspilann.kuk., Star 20% n.kuk.
Bifenthrin piretroid insektitsid bo'lib, zararkunandaning asab tizimiga ta'sir qilish orqali ularga qarshi ishlatiladi. Preparat
suvda yashovchi organizmlar uchun juda zaharli hisoblanadi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
AQShda qo'llash cheklangan pestitsid sifatida tasniflanganiga qaramay, bifenthrin bozordagi preparatlarda bifenthrinning past konsentratsiyasiga ega bo'lganligi sababli sotishga ruxsat berilgan. Qo'shma Shtatlarda etishtirilgan barcha malinaning taxminan 70 foizi ushbu kimyoviy modda bilan ishlov beriladi. Ushbu pestitsid ko'plab foydali hasharotlar, baliqlar va suvda yashovchi organizmlar uchun juda zaharli hisoblanadi. O'simliklar uchun toksiklik xususiyati yo'q. Preparat sut emizuvchilar va qushlar uchun past toksik bo'lsada, u noto'g'ri foydalanishi tufayli oziq-ovqatlarda to'planib zararli bo'lishi mumkin.
Imidacloprid (4,5-dihidro-N-nitro- 1-[(6-xloro-3-piridil)-metil]-imidazolidin-2-ilen-amin), eng ko'p ishlatiladigan neonikotinoidlar sinfiga oid insektitsiddir. Boshqa neonikotinoidlar singari, imidakloprid hasharotlarning markaziy asab tizimidagi nikotinikatsetilxolin retseptorlari bilan bog'lanib, ularda falaj va konvulsiyalarni keltirib chiqaradi, ularning o'limiga olib keladi.
Xulosa va tavsiyalar. Issiqxona oq qanoti bilan kurashishda bozorlarda mavjud barcha brendlardan emas, balki O'zbekiston respulikasida qo'llash uchun ruxsat etilgan muhimi, preparat qaysi faol moddadantaskil topgani, qanday dozalarda qo'llash kerakligi, oxirgi ishlov berish vaqtiga etibor qaratish kerak.Tavsiyalar:
a) Issiqxonada oq pashshaga qarshi kurash kechiktirishni talab qilmaydi, zarakunandaning birinchi belgilari aniqlanishi bilan qarshi kurash choralarini boshlash kerak.
b) Issiqxonadagi o'simliklarning balandligi 1 m dan ortiq bo'lsa, preparatlarni tomchilatib sug'orish orqali berish xavfsiz hisoblanadi.
v) Yuqoridagi insektitsidlardan to'g'ri foydalanish uchun har doim "samaradorlik" va "xavfsizlik" nisbatiga amal qilish kerak. Dozalar, mayorllar, foydalanish qoidalari va xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak.
d) Oq qanotlardan himoya qilishda profilaktik vositalaridan foydalanishga e'tibor bering.
REFERENCES
1. O'lmasovich, M. A., &Turabovich, N. N. (2022). GERMANIYADA O'SIMLIKLAR KARANTIN TIZIMI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ? Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions, 749-753.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
2. Алимухамедов С.Н. Система защиты сельскохозяйственных культур от белокрылок // Защита растений. 1991a, 11. - С. 52-53.
3. Базаров Б.Б, Абдукаюмов А.К. Из опыта борьбы с тепличной белокрылкой // Защита растений. 1988. 1. - С. 38.
4. Кравченко М.А. Методические указания по вывлению, локализации и ликвидации очагов табачной (хлопковой) белокрылки Bemisia tabaci Genn. (Hom.: Aleyrodidae) // Сб. инструктивных и методических материалов по карантину раст. Барнаул, 2000. С. 14-20.
5. Мярцева С.Н. Тепличная белокрылка. // Защита плодовых и овощных культур от вредителей. Ашгабат, 1989. - С. 56-61.
May 12-13