Научная статья на тему 'AGROBIOTSENOZDA QO’LLANILAYOTGAN INSEKTISIDLARGA ISSIQXONA OQQANOTINING CHIDAMLILIK DARAJASI'

AGROBIOTSENOZDA QO’LLANILAYOTGAN INSEKTISIDLARGA ISSIQXONA OQQANOTINING CHIDAMLILIK DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

41
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Agrobiotsenoz / oqqanot / insektisid / kimyoviy vosita / nimfa / issiqxona / mospilan / karate / ximfoks / preparat / Agrobiocenosis / whitefly / insecticide / chemical agent / nymph / greenhouse / mospilan / karate / chimfox / drug.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Go’zal Sayfiddin Qizi Saloyeva, G’olibjon G’aybullo O’g’li Baxshilloyev, Rufat Zafar O’g’li Ro’ziyev, Muhiddin Mamasharif O’g’li Normurodov

Ushbu maqolada issiqxona oqqanotiga agrobiotsenozda qo’llanilayotgan insektisidlarga chidamlilik darajasini aniqlash, kimyoviy vositalarni qanday usullarda qo’llash mumkinligi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGROBIOTSENOZDA QO’LLANILAYOTGAN INSEKTISIDLARGA ISSIQXONA OQQANOTINING CHIDAMLILIK DARAJASI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

AGROBIOTSENOZDA QO'LLANILAYOTGAN INSEKTISIDLARGA ISSIQXONA OQQANOTINING CHIDAMLILIK DARAJASI

Go'zal Sayfiddin qizi Saloyeva G'olibjon G'aybullo o'g'li Baxshilloyev Rufat Zafar o'g'li Ro'ziyev Muhiddin Mamasharif o'g'li Normurodov

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. magistrantlari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada issiqxona oqqanotiga agrobiotsenozda qo'llanilayotgan insektisidlarga chidamlilik darajasini aniqlash, kimyoviy vositalarni qanday usullarda qo'llash mumkinligi haqida ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar; Agrobiotsenoz, oqqanot , insektisid, kimyoviy vosita, nimfa, issiqxona, mospilan, karate, ximfoks, preparat.

ABSTRACT

This article describes information on how to determine the degree of resistance of insecticides used in agrobiocenosis to a greenhouse mite, in what methods chemical agents can be used.

Keywords; Agrobiocenosis , whitefly, insecticide, chemical agent, nymph, greenhouse, mospilan, karate, chimfox, drug.

O'zbekistonda sabzavot va poliz ekiladigan maydonining 34-38% ni egallaydi. Yetishtirayotgan sabzavot mahsulotlarining 25,5% ni pomidor tashkil etadi. Aholini yil bo'yi sabzavot ekinlari bilan ta'minlashda issiqxonalarning ahamiyati benihoya kattadir. Issiqxonadagi zararkunandalarning turlari ham sezilarli ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Shunday zararkunandalardan biri bu issiqxona oqqanotidir.

Issiqxonalar maydonlarining ortishi yildan yilga oqqanot singari boshqa zararkunandalarning rivojlanishibuchun ham qulay sharoit yaratmoqda.

Issiqxona oqqanoti urg'ochilarining hayotining davomiyligi o'rtacha 20-28 kun,urg'ochilari serpusht bo'lib hayoti davomida 150-300 tagacha tuxum qo'yishi aniqlangan. Issiqxona oqqanoti tuxumlarin yosh bargning pastki qismiga 15-22 donagacha to'p-to'p qilib qo'yadi .[1;11-12b].

Hozirgi kunda kuchli zararlangan yerlarda oqqanotga qarshi kimyoviy kurash choralari keng ko'lamda olib borilmoqda. Biz

October 5-6

www.samaguni.uz

Republican Scientific and Practical Conference

652

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ham o'z tajribalarimizda Mostplan, Karate, Xintoks kabi preparatlarni qo'lladik va ushbu preparatlarga oqqanotning chidamliligini o'rgandik.Kimyoviy vositalar oqqanot namunalari bitta bargda 25-30 dona imago holida populyatsiya hosil qilgandan keyin maxsus purkagichli idishlar yordamida purkaladi. Preperatlarni qo'llash davomida ya'ni har takroriy qo'llashdan oldin zararkunandalarning miqdorini aniqlab bordik.

Tanlab olingan preperatlar quyidagilar: Mostplan 20% n.kuk (acetamiprid) 0,3 l/ga, Ximfoks 40% e.k.(cypermethrin) 0,6 l/ga , Karate Zeon 5% sus.k. (lambda-cyhalothrin) 0,5 l/ga. Ushbu prepeparatlar qo'llanilgandan so'ng nazoratni har 3 kunda o'tqazib borib imogosi, nimfasi, tuxumlarini sonini ro'yxatga olib bordik.Tajribalarimizni pomidor o'simligida olib bordik. Tajribalar oxiri shuni ko'rsatdiki; Mostplan preparati 9 marotaba qo'llanildi. Kimyoviy vositalar qo'llanilganda oqqanotning rivojlanish bosqichlarida chidamlilik darajasi tuxum-74,3% , lichinka -3,2%, nimfa-44,2%, yetuk zot-0,8%ni tashkil etdi. Ximfoks preparati 8 marotaba qo'llanildi buning natijasida yashovchanlik darajasi ; tuxum-78,3%, lichinka-2,6%, nimfa-64,35, yetuk zot-0,4% ni ko'rsatdi. Karate preperati 10 marotaba qo'llanilib tuxum-90,4%, lichinka-5,1%, nimfa- 24,7%, yetuk zot 0,7% yashovchanlik darajasini ko'rsatdi.

Tajriba haqida shuni xulosa qilishimiz mumkinki Ximfoks, Mostplan, Karate kabi preparatlarning chidamliligi yuqori hisoblanadi.Issiqxonalarda oqqanotning zararlilik darajasi yuqorilay boshlagach yuqorida aytib o'tilgan preparatlarni qo'llashni tafsiya qilishimiz mumkin. Preparatlarni qo'llashdan oldin qo'llash me'yorlariga ham e'tibor qaratish lozim.Qo'llanilayotgan har bir preparatning miqdori ta'sir ko'rsatish darajalari muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

l.Sulaymonov O.A. "Oqqanot (Aleyrodidae) bioekologiyasi biotsenozda xo'jayin -entomofag munosabatlarining shakllanishi" monografiya.-Toshkent: "Navro'z" nashriyoti, 2019-11b, 96b.

2. Zuyev V.I, Ataxodjayev A.A, Asatov.Sh.I, Kadirxodjayev A.K, Akramov U.I. " Himoyalangan yer Sabzavotchiligi" , "Iqtisod - MWUYA, "2014 Mualliflar jamoasi, 2014y. 277b.

3.SH.T.Xo'jayev , E.A. Xolmuradov ." Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari „ Toshkent ,O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan"

www.samaguni.uz

nashriyoti.2009.

Republican Scientific and Practical Conference

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.