Научная статья на тему 'MAKKAJO‘XORI PARVONASI VA UNGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI'

MAKKAJO‘XORI PARVONASI VA UNGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

195
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
makkajo„xori parvonasi / agrobiotsenoz / trixogramma / yangi usul / parazit-xo„jayin / sonini boshqarish / samaradorlik. / corn borer / agro biocenosis / trichogram / new method / parasitehost / population management / efficiency

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Otamurod Aslamovich Po‘Latov, Sarvinoz Abduraxmon Qizi Turobova, Muhabbat O‘Lmasbekovna Hasanova

Maqolada makkajo„xori parvonasi sonini boshqarishda Trichogramma pentoi parazitini makkajo„xori dalasiga tarqatish hamda uning samaradorligini aniqlash bo„yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, scientific studies were carried out on the distribution of the Trichogramma pentoi parasite to the corn field and its effectiveness in controlling the number of corn moths

Текст научной работы на тему «MAKKAJO‘XORI PARVONASI VA UNGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MAKKAJO'XORI PARVONASI VA UNGA QARSHI BIOLOGIK KURASH

USULI

Otamurod Aslamovich Po'latov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali katta o'qituvchi

Sarvinoz Abduraxmon qizi Turobova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistr

Muhabbat O'lmasbekovna Hasanova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talaba

ANNOTATSIYA

Maqolada makkajo'xori parvonasi sonini boshqarishda Trichogramma pentoi parazitini makkajo'xori dalasiga tarqatish hamda uning samaradorligini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Kalit so'zlar: makkajo'xori parvonasi, agrobiotsenoz, trixogramma, yangi usul, parazit-xo'jayin, sonini boshqarish, samaradorlik.

ABSTRACT

In the article, scientific studies were carried out on the distribution of the Trichogramma pentoi parasite to the corn field and its effectiveness in controlling the number of corn moths.

Keywords: corn borer, agro biocenosis, trichogram, new method, parasite-host, population management, efficiency.

Kirish. Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasida donli ekinlar guruhiga mansub bo'lgan makkajo'xori yetishtirish texnologiyasiga ham katta etibor qaratilmoqda. Makkajo'xori xalq xo'jaligida juda ko'p maqsadlarda ishlatiladi. Uning doni ko'pgina mamlakatlarda oziq sifatida foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan barcha makkajo'xori donining 45-50, Shimoliy va markaziy Amerikada 30-35, Janubiy Amerikada 50-55, Osiyoda 70-80, Afrikada 65-70, Avstraliyada 3540 % oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Portugaliya, Meksika, Kuba, Pokiston, Indoneziya kabi mamlakatlarda yetishtiriladigan makkajo'xori donining 90-95 % ovqatga solinadi (Yo'ldoshev X., 1984).

May 12-13

1144

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Makkajo'xori parvonasi ta'rifi. Ushbu zararkunanda keng tarqalgan tur bo'lib, u Yaqin Sharq mamlakatlari, Hindiston, Yaqin Osiyo, Misr, o'rta va janubiy Yevropa, Shimoliy Amerika va boshqa mamlakatlarda uchraydi.

Makkajo'xori parvonasi erkak va urg'ochi kapalaklar bir-biridan tashqi ko'rinishi bo'yicha farq qiladi. Erkagi urg'ochisidan kichik 27-28 mm, urg'ovchisi 31-32 mm. Erkagining qanotlari umumiy qoramtir tusda. Old qanotlari sariq yoki och jigarrang, orqa qanotlarining o'rtasidan ko'ndalangiga yo'g'on oq chiziq o'tadi. Kapalaklar tinch o'tirganda qanotlari kapa sifat qorinchasini to'liq berkitadi. Tuxumi yassi va oval shaklda, kapalaklar ularni bir-biriga nisbatan cherepisa kabi joylab, bargning ost qismiga 10-15 donadan to'p-to'p qilib qo'yadi. Tuxumlar kapalak ajratgan suyuqligi bilan qoplangan bo'lib, 2-3mm li oqish mum tomchisini eslatadi. Voyaga yetgan qurtlar 25mm ga boradi, rangi sarg'ish-kulrang tusda, yelka tomonida yo'g'on qoramtir chiziq o'tadi, xar bir segmentida 4 tadan qalqonchasi bor, bosh, engak va oxirgi segment qalqonchalari qo'ng'ir tusda, soxta oyoqlarining uchi yumaloq bo'lib, doira shaklidagi ilmoqlari mavjud. G'umbagi och jigarrang, uzunligi 20 mm ga yetadi, tana uchida 4 ta ilmoqdor o'simtasi bor.

Makkajo'xori parvonasining voyaga yetgan qurtlari o'simlik qoldiqlarida dalada qishlaydi. Ularni makkajo'xori, tariq va boshqa yo'g'on poyali o'simliklarning yerga yaqin kismida ko'plab uchratish mumkin. Qishlashga ketishdan oldin qurtlar tashqari bilan aloqa teshigini berkitib tashlashadi. Qurtlar qishki havo haroratining -300 S dan ham pasayishiga bir oy chidaydi. Bahorda havo harorati 15-160 S dan oshganda qurtlar g'umbaklana boshlaydi. Bundan oldin bo'lg'usi kapalakning tashqariga uchib chiqishini osonlashtirish uchun qurtlar poya devorini kemirib dumaloq teshik yasaydi. Qurtlarni g'umbaklanish davrida havo namligining ahamiyati katta bo'ladi. Makkajo'xori parvonasi namliksevar tur bo'lganligi sababli, havo namligi yuqori, bahor faslida yog'ingarchilik mo'l bo'ladigan tumanlarda yoki sug'oriladigan paykallarda yaxshi rivojlanadi. Qurg'oqchilik bu zararkunandaning dushmani. Bunday sharoitda qurtlar ko'plab o'ladi. G'umbaklanish oldidan qurtlar yumshoq va yupqa pilla o'raydi. G'umbaklik davri 10-25 kun davom etadi. Bunda yirik g'umbaklardan 80-120 mg odatda urg'ovchi zot, maydasidan 60 mg atrofida erkak zot paydo bo'ladi. Kapalaklarni uchib chiqishi O'zbekiston sharoitida odatda iyunning 1 chi 2 chi o'n kunligiga to'g'ri keladi. Kapalak qo'shimcha oziqlanadi va voyaga yetgach urchib, tuxum qo'yishga kirishadi. Tuxumini begona o'tlardan qora qiyoq, tovuq tariq, yovvoyi nasha va boshqalarga, madaniylardan makkajo'xori, tariq, kanop va boshqalarni barg orqasiga qo'yadi. Makkajo'xoriga odatda o'simlik gullagan davrda tuxum qo'yadi.

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tuxum qo'yish 15-25 kun davom etadi. Bu davrda odatda 250-350 dona, ko'pi bilan esa 1250 dona tuxum qo'yadi.

Kapalaklar kunduzi salqin joylarda berkinib kechasi faol hayot kechiradi. Tuxumdan chiqqan qurtlar avval to'da bo'lib hayot kechiradi. Bu paytda barg to'qimalari bilan oziqlanib, ochiq hayot kechiradi va ko'pgina kushandalarga yem bo'ladi. Uchinchi yoshdan boshlab ayni va qo'shni o'simliklar sari tarqaladi. Bu davr himoya ishlovini berish uchun eng qulay hisoblanadi. Katta yoshdagi qurtlar o'simlik sultoni va popugiga o'tib oziqlana boshlaydi, so'ngra esa poyasiga kirib, o'zagini yeydi va pastga qarab harakat qiladi. Bunday o'simliklar shamol va agrotexnika tadbirlarida sinib tushishi mumkin. Qurtlar 4 marta po'st tashlab 5 ta yoshni o'taydi. Yiliga ikki bo'g'in beradigan tumanlarda qurtlar poya ichida g'umbaklanadi, avgustning boshlarida ikkinchi bo'g'in chiqadi. Bir bo'g'inlilar esa g'umbaklanmay qishlovga tayyorgarlik ko'radi. Makkajo'xori parvonasining 20 dan ortiq tabiiy kushandalari aniqlangan. Bulardan pardaqanotli brakonid va ixnevmonidlar hamda taxina pashshalari eng ko'p uchraydi. Ammo amaliy ahamiyatga trixogramma va brakon ega.

V.O.Xomyakovaning ko'rsatishicha, makkajo'xori parvonasi ta'sirida 6-25 foiz hosilini yo'qotish mumkin. Bunga asosiy sabab qilib so'ta bandining zararlanganligi va poyaning sinishi ko'rsatiladi. O'zbekiston sharoitida, ayniqsa Xorazm voxasi va Qoraqalpog'iztonda makkajo'xori parvonasi iyul-avgust oylarida g'o'zaga zarar yetkazadi.

Hozirgi vaqtda trixogramma qishloq xo'jalik ekinlarining xavfli zararkunandalari bo'lgan tanga qanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning tuxumiga qarshi kurashda asosiy biologik vosita hisoblanadi. Trixogramma nafaqat sabzavot ekinlarida balki g'o'za, donli ekinlar va mevali bog'larda ham keng qo'llaniladi (Kimsanboyev, 1999).

Bu tekinxo'rni o'z vaqtida ilmiy asoslangan muddatlarda 100 ta o'simlikda zararkunandaning 10 tagacha tuxumi bo'lgandagina qo'llanilsa hosilni to'liq himoya qila oladi (Grinberg, Boubetrin., 1980).

Tadqiqot materiallari va uslublari: Unga ko'ra trixogrammalarni amaldagi oddiy usul ya'ni trixogramma zotlarini yetuk fazasida, qog'oz bo'lakchalarda qo'llash usuli olindi.

Trixogrammalar bir kun avval shisha idishlar to'ldirilgan qog'oz bo'laklarini ustiga 2 gr miqdorda trixogramma g'umbaklari solib qo'yildi. Qog'oz bo'laklari to'ldirilgan bonkalardan trixogrammalar 6 soatdan so'ng uchib chiqa boshladi. Kyechki salqinda havo

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

harorati o'rtacha + 29-+32 0S, nisbiy havo namligi 55 - 65 % sharoitda tarqatilib, parazit -xo'jayin nisbatlari 1:15 qilib belgilandi. Trixogrammalar qog'oz bo'laklari orqali makkajo'xori parvonasi har nasliga 3 marta, jami 6 marta 5x5 sxemada 1 gektar maydonning 400 nuqtasiga tarqatildi.

Tadqiqot natijalari: Hisobga olish ishlarini trixogramma tarqatilgandan 3-kundan boshlab olib borildi. Unga ko'ra zararlangan tuxumlarning rangi qoraya boshlaydi. Har uch kunda zararlangan va zararlanmagan tuxumlar hisob qilib borildi. Kuzatuvlar jami 12 kungacha davom ettirildi.

Trixogramma zotlarini imago holida 5x5 sxemada, qog'oz qiyqimlari orqali tarqatildi. Makkajo'xori parvonasi kapalaklarini tuxumlari trixogramma bilan zararlanishi 3-kun 52,7 %, 7-kun 65,9 %, 11-kun 60,8 % ni tashkil etdi, bu esa birinchi marotaba tarqatish uchun trixogramma zotlari bilan zararlanishi o'rtacha 59,8 % bo'ldi. Ikkinchi avlodi uchun ikkinchi marotaba tarqatilgan trixogramma zotlari 3-kun 66,4, 7-kun 61,9 %, 11-kun 62,8 % gacha tuxumlarni zararlab o'rtacha zararlanish 63,7 % ni ko'rsatdi (1-jadval).

1-jadval.

Trichogrammapentoi turini makkajo'xori parvonasi tuxumlariga qo'llash samaradorligi (Samarqand viloyati Oqdaryo tumani ToshDAU SF tajriba xo'jaligi, 2022y.)

№ Makkajo'xori parvonasi nasl ko'rsatkichi Trixogramma qo'llashda variantlar sxemasi Nazoratdan tashqari variantlar bo'yicha o'rtacha zararlanish, % Bir nasl uchun bo'lgan o' rtacha zararlanish, %

3 7 11

1 II 5x5 52,7 65,9 60,8 59,8

2 II 5x5 66,4 61,9 62,8 63,7

3 Nazorat - - - - -

Natijalarga ko'ra trixogramma zotlari makkajo'xori parvonasining 2-naslida bir oz yuqori bo'lib, 63,7 % ni ko'rsatdi. Umuman olganda oddiy usulda makkajo'xori parvonasi nasllarining tuxumi o'rtacha trixogramma bilan zararlanishi 61,75 % ni tashkil qildi.

Ushbu usulning yana bir istiqbolli tomoni shundaki biolaboratoriyalarda ko'paytirilayotgan entomofaglarni ham zararkunandalar sonini boshqarishda o'z muddatlarida tarqatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda zararkunanda tuxumlariga qarshi trixogramma foydali entomofagini o'z muddatida qo'llash orqali zararkunandalarni ko'payib ketishini oldini olish mumkin ekan.

May 12-13

1147

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Alimuxamedov S.A., Adashkevich B.P., Odilov Z.K., Xo'jayev Sh.T. G'o'zani biologik usulda himoya qilish.Toshkent:Mexnat, 1990.S.37-114.

2. Kimsanboyev X.X., Nurmuxamedov D.M., O'lmasbayeva R.Sh. Rashidov M.I., Sulaymanov B.A., Yusupov A.X. /Trixogrammani urchitish, saqlash va qo'llash. -Toshkent: O'qituvchi, 1999y. B.3-5.

3. Kimsanboyev X.X., B.A.Sulaymonov, M.I.Rashidov, B.Boltayev. G'o'za zararkunandalariga qarshi biolabortoriyalarda hasharotlarni ko'paytirish va qo'llash asoslari. Toshkent. "Talqin"-2007.B.9-13.

4. Гринберг Ш.М., Воротынцева А.Ф., Боубертин И.И., Пинзарь Б.В. Особенности применения трихограммы //Защита растений. - 1980.- №7.- С.79.

5. Юлдошев X., Хомякова В.О. рекомендации по борбьбе со стеблевым мотыльком. ВИЗР. Колос, -М., 1984. -23с.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.