INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
DANAK MEVALILARDA UCHRAYDIGAN OLCHA ARRAKASHI (CALIROA CERASI L) DAN HIMOYA QILISHDA BACILLUS THURINGIENSIS SHTAMMLARINING
INSEKTISID FAOLLIKKA EGALIGI.
Mirzaahmedov M.S
O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002622
Annotasiya. Olchaarrakashi qurti (Caliroa cerasi L ), Respublikamizda gilos, olcha, nok va olxo'rining muhim halokatli zararkunandasi hisoblanadi. C.cerasi bilan kurashish uchun entomopatogen bakteryalarning salohiyati baholandi. Bacillus thuringiensis bilan kasallangan C. cerasi lichinkalariga ta'sir qilish usullari va spora/kristal kontsentratsiyasi 1ml da (2,0 x 108 spora/kristal ml) ta'siri dala sharoitida o'rganildi. Fermer xojaligida C.cerasi ga qarshi eng yuqori entomotsidlik faollikni B.thuringiensis 26 shtammi 14-kuni 83,0 - 84,7% ni, B.thuringiensis 91 shtammi esa 79,6 - 81,1% ko'rsatdi. Ushbu tadqiqot shuni ko'rsatadiki, B.thuringiensis C.cerasi bilan kurashish uchunyaxshi imkoniyatga ega ekan.
Kalit so'zlar:Bacillus thuringiensis, bakteriya, insektisid, Olcha arrakashi, spora, kristal, konsentratsiya.
Kirish.Olcha arrakashi Tenthredinidae oilaga mansub mevali o'simliklarning bargi, poyasi, kurtak, gul va boshqa organlari bilan oziqlanadigan zararkunanda hisoblanadi.Bu turning ta'siri lichinka bosqichida,ovqatlanish orqali o'simliklarga zarar etkazadi[55].C.cerasi, zarari tufaylidsimliklarni fotosentiz qilish qobilyatini pasaytiradi, kelgusi yil meva sifati va hosildorlik sezilarli darajada pasayadi t7-11-20!.
Ma'lumotlarga ko'ra, u yiliga ikki avlodga ega bo'lib, barglarga jiddiy zarar etkazadi, ayniqsa ikkinchi avlod lichinkalarini yozning o'rtalaridan kuzning boshigacha zarari aniqlangan[12]
C.cerasi bilan kurashish uchun ko'plab insektitsidlar mavjud.
Bionazorat agentlarining rivojlanishi zararkunandani kamaytirishga yordam berishi aniqlandi. So'nngi yillarda Entomopatagen zambrug', bakteriya va virus asosidagi yaratilgan biologik vositalar yordamida zararkunandalarga qarshi bio-nazorat qilish bilan bog'liq ko'plab tadqiqotlar mavjud[1016].
Bacillus thuringiensis (Bt) davri 1901 yilda Shigetane Ishivata ismli yapon olimi "sotto kasalligi" (to'satdan o'lish) sababini o'rganayotganda o'lik ipak qurti (Bombyx mori) lichinkalaridan bakteriya ajratib olgandan boshlangan.Kasallik Yaponiyada va uning atrofidagi mintaqalarda ko'p miqdordagi ipak qurtlarining yo'qolishiga sabab bo'lgan.Ishivata bakteriyagaBacillus sotto debnom berdi, yuqtirgan lichinka tashqi ko'rinishiga nisbatan yumshoq va bo'sh degan ma'noni anglatadi[4]. Shundan bir necha yil o'tgach, 1911 yilda nemis olimi Ernst Berliner Germaniyaning Turingiya shtatidagi un tegirmonida topilgan o'lik O'rta er dengizi un kuya (Anagasta kuehniella Zeller) lichinkalaridan tegishli shtammni ajratib oldi.U organizmgaBacillus thuringiensisdeb nom bergan [13].
Bt toksinlari 1933 yildan beri atrof-muhitga qo'llanila boshlandi va 1938 yilda Frantsiyada tijorat maqsadlarida foydalanishga muvaffaq bo'ldi va 1958 yilga kelib ulardan foydalanish BMT lariga tarqaldi [14].Bt xujayralari sporalashganda, xarakterli ravishda oqsillardan tashkil topgan parasporal kristall hosil qiladi, ular Lepidoptera, Diptera, Coleoptera,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Hymenoptera, Hemiptera, Orthoptera kabi turli turkumdagi hasharotlar turlariga, shuningdek, o'rgimchakkanalar kabi boshqa organizmlarga qarshi faoldir [19].
2004 yilgacha Bt qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi va veterinariya tibbiyotida zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladigan bioinsektitsidlarning 90% ni tashkil qilgan [18].Bacillus thuringiensis (Bt) - grammmusbat, tayoqchasimon, spora (0,8 x 1,7 mkm) hosil qiluvchi tuproq bakteriyasi hisoblanib, u yer yuzining turli xil ekologik tizimlarida, jumladan, tuproqda, suvda, nobud bo'lgan hasharotlarda, yaproq bargli daraxtlarning bargida, ba'zi o'simliklarning ichki to'qimalarida (endofit) va sut tarkibida uchrashi qayd qilingan [17].
B. thuringiensisbakteriyalari juda keng spektrli insektitsidli oqsillar ishlab chiqarib, hasharotlarning har xil turkumiga kiruvchi lichinkalarga qarshi faol ta'sir etadi, ba'zida esa boshqa tipdagi hasharotlarga ta'sir etishi ham kuzatilgandir. B. thuringiensis guruhiga mansub shtammlar o'sish va rivojlanish davrida oqsil tarkibli kristal (Cry) toksinlar, ba'zi shtammlar esa sitolitik (Cyt) toksinlar, a-P-y ekzotoksinlar hamda Vip toksinlar ishlab chiqarishi aniqlangan.Bt ning toksinkristallari (0,5x1,0mkm) zararkunanda oshqozoniga tushganda zahar sifatida ishlaydi. Hasharot zararkunandalarining lichinka bosqichi kristall oqsillari bilan oziqlanganda, o'rta ichak proteaza fermentlari eriydi va ishqoriy pH sharoitida faollashtirilgan toksinga aylantiradi. Ushbu faollashtirilgan toksin o'rta ichak epiteliya membranasi yuzasida mavjud bo'lgan o'ziga xos retseptorni taniydi va unga bog'lanadi, bu esa muvozanatining buzilishiga, hujayra lizisiga, ichakning falajiga, ovqatlanishni to'xtatishga va nihoyat o'limga olib keladi. [319].
Dunyo bo'yicha bu qo'ng'izga qarshi kurashish uchun asosan kimyoviy pestitsidlar qo'llaniladi. Ammo bunday pestitsidlarni ko'plab qo'llanilishi oqibatida hasharotlarda ularga nisbatan chidamlilik hosil bo'lishi, bundan tashqari ishlatiladigan insektitsidlar atrof-muxitga zarar yetkazishi natijasida olimlar oldida muqobil kurashish yo'lini izlashga majbur qildi. Bunday yo'llardan biri ekologik toza va hasharotlarda chidamlilikni hosil qilmaydigan, insektitsid faollikka ega mikroorganizmlarni qo'llashdan iboratdir [225].
Kimyoviy usullarga muqobil ravishda zararli hasharotlarga qarshi ekologik toza Bacillus thuringiensis bakteriyasi spora-kristal kompleksi asosida tayyorlangan biopreparatlar ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda qo'llab kelinmoqda [8]. Eng ko'p ishlatiladigan mikrobiologik o'simliklarni himoya qilish vositalari bu entomopatogen bakteriya Bacillus thuringiensis ning turli shtammlari asosidagi mahsulotlardir [9].
CaliroacerasiTurkiyadagilosning (Prunus cerasus) muhim halokatli zararkunandasi hisoblanadi. C.cerasi bilan kurashish uchun entomopatogen zamburug'larning salohiyati baholangan. LaboratoriyasharoitidaBeauveria bassiana bilan kasallangan C.cerasi yetuk lichinkalariga to'g'ridan-to'g'ri B.bassiana konidial suspenziyalari bilan purkalganda lichinkalar mos ravishda 2.90 va 2.77 kunichida 100% o'limga olib kelgan[6J4]
Shunday qilib olcha shilimshiq arrakashiga qarshi Bacillus thuringiensis shtamlarini dala sharoitda insektisid faolligini sinovdan o'tkazdik. Yuqori faollikka ega shtammlar kelajakda qishloq xo'jalik soxasida zararli C.cerasi zararkunandasiga qarshi bioinsektitsid preparatlar tayyorlash asosbulishi mumkun.
Tajriba materiallar va uslublari
Tajribalar 2022 yillarda Farg'ona viloyati Beshariq tumani "Alimardon Sarimsoqov" fermer xo'jaligida 2012 yilda ekilgan 0,3 gektarli Toshkent navida hamda Furqat tumani "Abubakir Gulirano mevalari" fermer xo'jaligida 2014 yilda ekilgan 0,2 gektar qismida sinovdan o'tkazildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2G23
Tadqiqot ob'ekti sifatida B.thuringiensis bakteriyasining mahalliy B.thuringiensis 26 va 91 shtammlariolindi.
Dala tajribasida 2-3 yoshli olcha arrakashiga qarshi andozasifatidaA-Lipso 48% sus.k. preparativa nazorat (ishlov berilmagan variant) shaklida olib boriladi. Preparatlar kichikdala tajribalariga OPRD-10 rusumidagi motorli qo'l apparati, yordamida purkaladi. Ishchi suyuqligi sarfi esa bog' hajmiga ko'ra gektariga 500-1000 litr hisobida olindi. Ishlovga qadar zararkunandalarning soni nazorat va tajriba maydonlarida bir (1) bargdagi hamda 10-12 sm novdadagi zararkunandalar soni hisobga olindi.
Suyuq oziqa muhitida o'sgan B.thuringiensis bakteriyasining insektitsid faolligini aniqlashda hamda olcha arrakashi lichinkalarini tarqalishi, zararini hisoblash va namunalar yig'ishda va kuzatuvlarini Bey-Biyenko (1965-69), Vokov S.M (1955), Bondarenko N.V (1978) aniqlagichlari yordamida amalga oshirildi I21 222324].
Mevali bog'larda uchraydigan zararkunandalariga qarshi yangi himoya vositalarini dala sharoitda sinovdan o'tqazish Xo'jayev (2004), to'g'risida uslubiy qo'llanmadan foydalanib bajariladi [26], lichinkalarning o'limini hisobga olish ishlari tajribadan oldin hamda tajribadan keyingi 3, 7, 14 va 21- kunlarda hisobga olindi.
Biologik samaradorlikesa Abbot formulasi (1925) bo'yicha aniqlandi [1].Bs=(Ab-Ba)/Ab) x 100%
Bs - biologik samaradorlik,
A - tajriba variantida ishlov berilguncha bo'lgan zararkunanda soni;
a- ishlov berilgandan keyingi kunlarda kuzatilgan zararkunanda soni;
B- nazorat (dori sepilmagan) variantida ishlov berilgunga qadar zararkunandaning soni (zichligi);
b- nazorat variantida, keyingi kunlarda kuzatilgan zararkunanda soni.
Tadqiqot natijalari.
Olcha shilimshiq arrakashi (Caliroa cerasi L) ning L2+3-yoshli lichinkalariga qarshi Bacillus thuringiensis26 va 91mahalliy shtamlarini gektarga 6,0 letr me'yorda ishlov berildi. Shtammlar bilan ishlov berilgandan sung 3,7, 14va 21- kunlardahisoblanib, biologik samaradorlik aniqlandi (1-jadval).
Natijalaridan ma'lum bo'ldiki, "Alimardon Sarimsoqov" fermer xo'jaligida B.thuringiensis26 shtammini 6,0 litr me'yorida olcha arrakashiga qarshi ishlov berilganda, hisobning 7-kuni 55,5 % ni 14-kuni 83,0% yuqori faollikni,B.thuringiensis91 shtammi esa 7-kuni 53,5% ni, 14-kuni 79,6% faollikni tashkel etdi. Andoza sifatida A-Lipso 48% sus.k. 0,15 l/ga sarf me'yorda qo'llaganimizda 7-kuni 81,4% ni, 14-kuni 95,6% insektisid faollikni namayon qildi.
"Abubakir Gulirano mevalari" fermer xo'jaligida ham B.thuringiensis26 shtammi hisobning 7-kuni 62,5 % ni 14-kuni 84,7% faollikka ega ekanligi, B.thuringiensis91 shtammi esa 7-kuni 50,0% ni, 14-kuni 81,1% ni tashkel etdi. Andoza sifatida A-Lipso 48% sus.k. 7-kuni 85,3% ni, 14-kuni 96,6% insektisid faollikni namayon qildi.
Insektisid faolligi kimyoviy preparatlarga nisbatan biroz past bo'lsada, lekin atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi, kimyoviy preparatlar singari hasharotlarda chidamlilik paydo bo'lishi, foydali entomofaglarga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi, insonlar va issiqqonli hayvonlar uchun salbiy ta'siri kabi holatlar kuzatilmadi.
l-jadval.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Olcha arrakashiningL2+3-yoshlilichinkalarigaqarshi Bacillus thuringiensis26 va 91
shtamlariniinsektisidfaolligi
(Dala tajribasi, Farg'ona viloyati "Alimardon Sarimsoqov" va "Abubakir Gulirano
mevalari" fermer xo'jaligi OPRD-10, 1000 l/ga. 2 marta ishlov iyun-iyul 2022 yy).
№ Variantlar Dori sarf me' yori l, kg/g a 10-12 smnov rsoni dadagibarglardahasharotla donada). Samaradorlik, % kunlarbo'yicha.
Ishlo vgaq adar hash arotl arso ni. Ishlov o'tkazilgandan keying kunlar.
3 7 14 21 3 7 14 21
"Alimardon Sarimsoqov" f/x. 0,3 gektar
1. Nazorat (ishlovsiz) - 3,0 3,7 4,5 5,8 4,2 - - - -
2. A-Lipso 48% sus.k. (etalon). 0,15 3,6 1,9 1,0 0,3 1,0 57,2 81, 4 95, 6 80, 2
3. Et- 91(2x108don a). 6,0 3,3 3,0 2,3 1,3 2,0 26,3 53, 5 79, 6 56, 7
4. Bt-26 (2x108dona). 6,0 3,0 2,6 2,0 1,0 1,5 29,7 55, 5 83, 0 64, 3
"Abubakir Gulirano mevalari" f/x. 0,2 ge ctar
1. Nazorat (ishlovsiz) - 3,0 3,0 3,0 2,66 2,3 3 - - - -
2. A-Lipso 48% sus.k. (etalon). 0,15 3,0 1,33 0,66 0,1 0,8 55,0 85, 3 96, 6 81, 0
3. Et-26 (2x108dona). 6,0 2,66 1,6 1,0 0,3 0,7 37,5 62, 5 84, 7 66, 1
4. Bt-91 (2x108dona). 6,0 2,0 1,33 1,0 0,3 0,6 33,3 50, 0 81, 1 57, 5
Xulosa
"Alimardon Sarimsoqov" va "Abubakir Gulirano mevalari" fermer xo'jaligida C.cerasi ga qarshi eng yuqori entomotsidlik faollikni B.thuringiensis 26 shtammi 14-kuni 83,0 va 84,7%, B.thuringiensis 91 shtammi esa 79,6 va 81,1%ko'rsatdi. Bu shtammlarda yuqori darajada P-ekzotoksin sintez qilinishi insektitsid faollikning oshishiga ta'sir qilganligini hamda spetsifik ta'sir qiluvchi kristall ô-endotoksinni faoliyatiga bog'liqligi deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. Abbot W.S. A method of computing the effectiviness of an insecticide // J. Econ. Entomol. -1925. - V.18. - №3. - P. 265-267.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
2. Alikina T., Kalmykova G., Kabilov M., Coates C. J. Bacillus thuringiensis Spores and Cry3A Toxins ActSynergistically to Expedite Colorado Potato Beetle Mortality//J.Toxins. 2021, 13, P. 1-17.
3. Aneja KR, Khan SA, Aneja A (2016). Biopesticides an eco-friendly pest management approach in agriculture: status and prospects. Kavaka 47:145-154
4 Aoki K, Chegasaki Y. Aoeber die pathogenitat der sog. sotto Bacillen (Ishiwata) beiseidenrauven. Mitt Med Fak Kais. 1915;13:419.
5. Ayla Tuzun and ElifSakalta., 2009. Detrimental effects of species of Tenthredinidae (Insecta: Hymenoptera) on plants and control methods, African Journal of Biotechnology Vol. 8 (22), pp
6. Aslanta§R., CaferEken., Rustem Hayat., 2008. Beauveria bassiana pathogenicity to the cherry slugworm, Caliroacerasi (Hymenoptera: Tenthredinidae) larvae. World Journal of Microbiology and Biotechnology24(1):119-122. D0I:10.1007/s11274-007-9447-y
7. Bado W, Silvina G. DinámicaPoblacional De CaliroaCerasi L. (Hymenoptera: Tenthredinidae) EnCultivos De Cerezo (Prunus Avium L.) Del Valle Inferior Del Río Chubut (Región Patagonia Sur- Argentina)./desia2010, vol.28, n.3, pp.51-60. http://dx.doi.org/10.4067/S0718-34292010000300007.
8. Choudhary, D.K. and Johri, B.N. (2009). Interactions of Bacillus spp. and plants-with special reference to induced systemic resistance (ISR) Microb. Res., 164 (2009), pp. 493513.
9. Jacobsen, B.J. Zidack, N.K. and Larson, B.J. (2004).The role of Bacillus based biological agents in integrated pest management systems: plant diseases. Phytopathology, 94 (2004), pp.1272-1275.
10. Lipa, J.J. and Wiland, E. (1972).Bacteria isolated from cutworms and their infectivity to Agrotis spp. (Lepidoptera, Noctuidea). Acta Microbiologica Polonica Ser. B, 4 (21), 127140.
11. María L Peschiutta, Fabián G Scholz, Guillermo Goldstein, Sandra J Bucci, Lagged effects of sawfly leaf herbivory on reproductive organs in cherry trees: Overcompensation in flower production reduces quality of fruits and seedsBasic and Applied EcologyVolume 45, June 2020, Pages 22-30
12. MarshallR.R., AttfieldB.A., K Colhoun., 2011. Insecticidal control and the phenology of cherryslug (Caliroacerasi (L.) (Hymenoptera: Tenthredinidae) on organic pears in Central Otago, New Zealand Journal of Crop and Horticultural Science 39(3):187-201. D0I:10.1080/01140671.2011.566884
13. Melo AL, Soccol VT, Soccol CR. Bacillus thuringiensis: Mechanism of action, resistance, and new applications: A review. Critical Reviews in Biotechnology. 2016;36:317-326.
14. Mccullough, D.G. and Siegert, N.W. (1999).Identification and Management of European Pine Sawfly. Extension Bulletin E-2694, Michigan State University, 1-4.
15. Ochoa G, Arrivillaga J. Bacillus thuringiensis: Avances y perspectivas en el control biológico de Aedes aegypti. Boletín de Malariología y Salud Ambiental. 2009;49:181-191
16. Poopathi, S. and Tyagi, B.K. (2004).Mosquitocidal toxins of spore forming bacteria: recent advancement. African Journal of Biotechnology 3(12), 643-650.
17. Roh, J.Y.; Choi, J.Y.; Li, M.S.; Jin, B.R.; Je, Y.H. Bacillus thuringiensis as a specific, safe, and effective tool for insect pest control. J. Mol. Biol. 2007, 17, 547-559.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
18. Rowe GE, Margaritis A (2004) Bioprocess design and economic analysis for the commercial production of environmentally friendly bioinsecticides from Bacillus thuringiensis HD-
1 kurstaki. BiotechnolBioeng 86:377-388
19. Schnepf, E.; Crickmore, N.; Van Rie, J.; Lereclus, D.; Baum, J.; Feitelson, J.; Zeigler, D.R.; Dean, D.H. Bacillus thuringiensis and its pesticidal crystal proteins. Microbiol. Mol. Biol. Rev. 1998, 62, 775-806
20. Shaw, P.W., Brewer, L.R., Wallis, D.R., Bus, V.G.M., Alspach, P.A.., 2003. Susceptibility of seedling Pyrus clones to pear sawfly (Caliroacerasi) (Hymenoptera: Tenthredinidae) damage. NewZealandJ. CropandHorticulturalSci., 2003; 31(1): 9-14.
21. Бей-Биенко Г.Я. Определитель насекомых Европейской части СССР в первая часть "V" том двукрылые, блохи. М.Л.: Наука, 1969.-С.80-421.
22. Бей-Биенко Г.Я. Определитель насекомых европейской части СССР в том II-жесткокрылые и веерокрылые. М.Л.: Наука, 1965. - С. 35623. Бондаренко Н.В. "Биологическая защита растений". Колос 1978 й. -С.176-178.
24. Волков С.М., Зимин Л.С., Руденко Д.К. и др. Албом вредителей и болезней сельскохозяйственных культур.-М.: Ленинград, 1955.-С.57-295.
25. ДобрицаА. П., КорецкаяН. Г., ГайтанВ. И., КоломбетЛ. В., ДербышевВ. В., ЖиглецоваС. К. Разработкабиопестицидовпротивколорадскогожука//Рос. хим. ж. (Ж. Рос. хим. об-ваим. Д.И. Менделеева), 2001, т. XLV, № 5-6. C. 174-184.
26. Хужаев Ш.Т. Инсектицид, акарицид ва биологик фаол моддалар ва фунгицидларни синаш буйича услубий курсатмалар// Тошкент.-2004. -Б.37.