Научная статья на тему 'O’TLOQI BO’Z TUPROQ SHAROITIDA ENTOMEKUR 22.5% K.E KIMYOVIY MODDASINING KUZGI BUG’DOYNING QO’NG’IR ZANG KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLI QOBILIYATI'

O’TLOQI BO’Z TUPROQ SHAROITIDA ENTOMEKUR 22.5% K.E KIMYOVIY MODDASINING KUZGI BUG’DOYNING QO’NG’IR ZANG KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLI QOBILIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TUPROQ / NAV / MINERAL O’G’ITLAR / KIMYOVIY MODDA / KASALLIK / O’SISH VA RIVOJLANISH / XOSILDORLIK

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Aliyev Sh.K., Jumanaliyeva M.F., Muydinova K.B.

Bizning xalqning barcha taomlari bilan suyub iste’mol qilinadigan nondir. Mana shu non esa bilamizki bug’doydan tayyorlanadi. Demak bug’doy sifatli va mo’l bo’lsa xonadonlarimizni dasturxonlarini bug’doydan tayyorlangan nonlarimiz to’ldirib turadi. Biz bilamizki bug’doyni qo’ng’ir zang kasalligi ko’p uchrab turadi. Ushbu maqolada qo’ng’ir zang kasalligiga kurashda foydali hisoblangan entomekur kimyoviy moddasini qobiliyatini tajriba asosida ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNGICIDE ABILITY OF CHEMICAL ENTOMECUR 22.5% AGAINST TO THE DISEASE OF BROWN RUST OF WINTER WHEAT IN THE CONDITION OF MEADOW SOIL

It is a bread that is eaten with all the dishes of our people. We know that this bread is made from wheat. So, if wheat is of good quality and abundant, our homes and tables will be filled with bread made from wheat. We know that wheat is often diseased by brown rust. In this article, we will consider the ability of the chemical entomecur, which is considered useful in the fight against brown rust disease, based on experience.

Текст научной работы на тему «O’TLOQI BO’Z TUPROQ SHAROITIDA ENTOMEKUR 22.5% K.E KIMYOVIY MODDASINING KUZGI BUG’DOYNING QO’NG’IR ZANG KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLI QOBILIYATI»

Aliyev Sh.K.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti O'simliklarniximoya qilish kafedrasining dotsenti

Jumanaliyeva M.F.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

Muydinova K.B.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

O'TLOQI BO'Z TUPROQ SHAROITIDA ENTOMEKUR 22.5% K.E KIMYOVIY MODDASINING KUZGI BUG'DOYNING QO'NG'IR

ZANG KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLI QOBILIYATI

Annotatsiya: Bizning xalqning barcha taomlari bilan suyub iste'mol qilinadigan nondir. Mana shu non esa bilamizki bug'doydan tayyorlanadi. Demak bug'doy sifatli va mo'l bo'lsa xonadonlarimizni dasturxonlarini bug'doydan tayyorlangan nonlarimiz to'ldirib turadi. Biz bilamizki bug'doyni qo'ng'ir zang kasalligi ko'p uchrab turadi. Ushbu maqolada qo'ng'ir zang kasalligiga kurashda foydali hisoblangan entomekur kimyoviy moddasini qobiliyatini tajriba asosida ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: tuproq, nav, mineral o'g'itlar, kimyoviy modda, kasallik, o'sish va rivojlanish, xosildorlik.

Aliyev Sh.K. professor

department of "Plant protection "

Andijan institute of agriculture and agrotechnologies

Jumanaliyeva M.F.

student

Andijan institute of agriculture and agrotechnologies

Muydinova K.B. student

Andijan institute of agriculture and agrotechnologies

FUNGICIDE ABILITY OF CHEMICAL ENTOMECUR 22.5% AGAINST TO THE DISEASE OF BROWN RUST OF WINTER WHEAT IN THE

CONDITION OF MEADOW SOIL

Annotation. It is a bread that is eaten with all the dishes of our people. We know that this bread is made from wheat. So, if wheat is of good quality and abundant, our homes and tables will be filled with bread made from wheat. We know that wheat is often diseased by brown rust. In this article, we will consider the ability of the chemical entomecur, which is considered useful in the fight against brown rust disease, based on experience.

Key words: soil, variety, mineral fertilizers, chemical substance, disease, growth and development, productivity.

Bugungi kunga kelib Respublikada g'alladan shu jumladan kuzgi bug'doydan mo'l va sifatli hosil olish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib xisoblanadi.

Shunga ko'ra qishloq xo'jaligida qattiy tejamkorlik tizimini joriy etish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni kamida 20 % ga tushirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini jaxon bozoriga raqobatbordoshliligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya agrotexnikalarini joriy etish muhim vazifalardan bo'lib hisoblanadi.

Bu vazifalarni amalda qo'llanilishi xisobiga 2020- 2021 yillarda davomida dehqon fermer xo'jaliklar tomonidan kuzgi bug'doydan yuqori hosil olishiga erishmoqdalar. Lekin shunday ekan olinayotgan xosilning bir qismi zararkunanda va kasalliklarning tarqalishi hisobiga nobud bo'lishiga olib kelmoqda. Modomiki shunday ekan zararkunanda va kasalliklarga qarshi zamonaviy kurash choralarini olib borishni taqazo etmoqda.

Kuzgi bug'doyning eng xavfli kasalligi qo'ng'ir zang bo'lib, ayrim olingan yillarda bu zamburug' 60-70 % gacha o'simlikni kasallantirish xususiyatiga ega. Shunday bo'lsada keyingi yillarda izlanishlar shuni ko'rsatdiki, zamonaviy kimyoviy moddalarni bu patogenga qarshi qo'llanilishi natijasida kuzgi bug'doyning bu zamburug'ga bo'lgan chidamlilik qobiliyati oshishiga olib kelgan. Misol uchun kuzgi bug'doylarning yaxshi o'sishi va rivojlanishi va yuqori don xosili yetishtirishda o'simlikning mavsum hosilida ozuqa elementlar bilan muntazam rivojlanishida ta'minlash zarur. Ko'pchilik tajribalardan keyin, shunday xulosaga kelgan, kuzgi bug'doy tanasidagi kasallikni rivojlanishiga tashqi faktorning ta'siri yuqori bo'ladi. Dexqonchilikda o'simliklarni o'sishi va rivojlanishiga tashqi kosmik faktorlarning ta'siri yuqori bo'ladi. Lekin, oziqlanishi uchun mineral va organik o'gitlarning o'rni beqiyosdir. Bu masalada olib borilgan kuzatishlarga asosan, quyidagi xulosalarga kelganlar. go'zadan keyin ekilgan maydonlardagi kuzgi bug'doylar uchun berilgan azotning yillik me'yorini ortib borishi bilan o'simliklarni zang kasalligiga bo'lgan chidamliligi ortishi va xosildorligi esa nazoratga qaraganda yuqori bo'lganligi kuzatildi. Ammo iqtisodiy samaradorligi esa kamayib ketganligi aniqlandi.

Keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda. Biz 2021 va 2022 yillarda kuzgi bug'doyning sariq va qo'ng'ir zang kasalliklari bo'yicha xisoblarni alohida olib bordik. Tajribani Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining o'quv tajriba xo'jaligi sharoitida tabiiy zararlangan maydonda "turli me'yordagi entilikur 22% e.k kimyoviy moddaning kuzgi bug'doyning qo'ng'ir zang kasalligiga qarshi fungitsidli qobiliyati mavzusidagi dala tajribasini olib borildi.

Tajriba quyidagi sxema asosida tashkil etilgan

Tajriba sxemasi _1-jadval

№ Variantlar Ishlov berish me'yorlari l/ga Ajratilgan maydon kengligi ga/ hisobida

1 Nazorat Ishlov berilmagan 2.0

2 Duplet 22.5 %k.e (etalon) 0.5 l/ga 2.0

3 Entolikur 22.5 %k.e 0.3 l/ ga 2.0

4 Entolikur 22.5 k.e 0.5 l/ga 2.0

Tajriba maydoniga 25-oktabrda Krasnodar ilmiy tekshirish institutida yaratilgan "groin" navi ekilgan. Ekish me'yori gektariga 200 kg/ga xisobida, 3-4 sm chuqurligida urug'lar ekilgan. Urug'lar ekilgan kunning 2-kunida, urug'lik suvi berildi. Tajriba maydonida olib borilgan kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha 8-10 noyabr sanasida ekilgan urug'larning 85.5-92 % maydonida unib chiqqan, turlanish davrida o'simliklarni oziqlantirish maqsadida azotli mineral o'g'itining 25% bilan oziqlantirildi (yillik me'yori kg/ga da), naychalash davrida 50% ini qolgan 25% ni donlar qotishi davrida o'simliklar oziqlantirilgan. Kuzgi bug'doy ko'chatlarini qo'ng'ir rang kasalligiga qarshi 5 -may kuni entalikur 22.5% k.e. bilan ishlov berilgan. Tajriba maydonidan xar oyning 1 va 15 nchi sanalarida fenologik kuzatuvlar olib borildi.

Turli me'yordagi entalikur 22.5 % e.k. kimyoviy moddasining kuzgi

bug'doyni o'sishiga ta'siri

__ 2-jadval

№ Tajriba variantlari 1 m2 dan olingan O'simliklar soni O'suv poyasining balandligi sm O'suv poyasining balandligi sm

1 IV 15IV 1V 15V 15V

1 Nazorat 410 8.4 14.7 67.4 77.8 2.8

2 Duplet 22.5%/e.k etalon 407 7.9 15.9 75.9 83.5 3.6

3 Entilikur 22.5% /e.k 0.3 l/ga 401 7.9 16.1 79.6 90.4 4.0

4 Entilikur 22.5% e.k 0.5 l/ga 405 7.6 16.0 86.3 95.3 4.5

Keltirilgan jadvaldan ma'lum bo'lishicha 15- may sanasidagi xisoblardan ko'rinib turibdiki, eng yuqori ko'rsatkich 4-variantda qayd etildi. Bu variantdagi ko'chatlarning o'suv poyasining balandligi 95.3sm gacha bo'lgan bo'lsa, shu muddatda nazorat variantidagi ko'chatlarni o'suv poyasining balandligi 77.8sm. gacha bo'lgan. Ular o'rtasidagi farq 17.5sm o'simlikdan orqada qolgan. Yoki etalon variantiga qaraganda 11.8sm o'sishdan orqada qolgan. Bundan ko'rinib

turibdiki, entilikur kimyoviy moddasi kuzgi bug'doy poyalariningo'sishi va rivojlanishiga ta'sir etmasada, ammo o'simliklarning butun vegetatsiya davomida qo'ng'ir zang kasalligiga bo'lgan chidamlilik qobiliyatini oshirishga olib kelgan. Shunday bo'lsada olib borilgan tajribada fuzarioz vilti bilan kasallangan o'simliklar bo'lmadi. Ob -havoning o'zgarishi qo'ng'ir zang kasalligini rivojlanishiga olib kelgan. Keltirilgan jadvaldan ma'lum bo'lishicha entilikur 22.5 % e.k. tining o'simlik uchun ta'sir etmasada, ammo kasallik qo'zg'atuvchisiga ta'sir eta olgan.

Xulosa

Biz xisoblaymizki, kuchli zararlangan maydonlarda qo'ng'ir zang kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug'ning patogeni qobiliyatini pasaytirish maqsadida bu maydonda qisqa ratatsiyali almashlab ekishni tashkil etish maqsadida muvofiq deb hisoblaymiz. O'tloqi bo'z tuproq sharoitida kuzgi bug'doyni zang kasalligidan himoya qilishda o'simliklarni entolikur 22.5 % e.k kimyoviy moddasi bilan kuzgi bug'doyni naychalash davrida 0.5 l/ga xisobida qo'llanilganda, faqat patogenni o'simlik uchun zararli tomoni pasaytiribgina qolmay, o'simlikni yashash davrini 8-10 kunga uzaytirishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Buxorov K.X va boshqalar. Kuzgi bug'doyning xosildorligi va don sifatini kompleks o'g'itlarning ta'siri. O'zbekiston zamini 2-son 2022 yil 58-61-betlar

2. Aliyev Sh.K tabiiy zararlangan maydonda kuzgi bug'doyni " tanya" navini fuzarioz viltli xosildorligiga sug'orish sonini ta'siri.

3. Yaxyoqulova M va boshqalar. O'tloqi bo'z tuproq sharoitida azotli o'g'it me'yorlarining bug'doy navlarining xosildorligiga ta'siri. "O'zbekiston respublikasida boshoqli dukkakli don ekinlari yangi navlarining istiqbollari, chetdan keltirilgan yangi navlar introduksiyasi va zamonaviy resurs tejamkor yetishtirish agrotexnologiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy - amaliy konfirensiya maqolalar to'plami. Andijon 21-22 may 2019 yil 269-271 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.