Научная статья на тему 'KUZGI BUG‘DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARINI TA’SIRI'

KUZGI BUG‘DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARINI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
332
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzgi bug’doy / urug’ / nav / hosildorlik / iqlim sharoiti. / winter wheat / seed / variety / productivity / climatic conditions.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — N. Teshaboyev, M. Teshaboyeva, Z. Sheraliyeva, O. Xoliqova

Dehqonchilik qadimdan rivojlanib kelayotgani yangi navlarni yaratilishga asos bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda oziq-ovqat muammosiga bo‘lgan talab ortmoqda. Shuning uchun ham kuzgi bug‘doyni Asr navi hosildorligini oshirish uchun urug‘ini ekish muddatlarini maqbul muddatlarda amalga oshirish ta’sirini o‘rganish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF SEEDING TIMES ON THE YIELD OF WINTER WHEAT VARIETIES

The fact that agriculture has been developing since ancient times is the basis for creating new varieties. Today, the demand for the food problem is increasing. That's why the study of the effect of sowing seeds in optimal terms to increase the yield of Asr variety of winter wheat has been highlighted.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG‘DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARINI TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

УДК: 633:11:631.531.04.

KUZGI BUG'DOYNI ASR- NAVI HOSILDORLIGIGA URUG' EKISH

MUDDATLARINI TA'SIRI Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna Farg'ona davlat universiteti, zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchilari Sheraliyeva Ziyoda Avazbek qizi Xoliqova Oydinoy Ro'ziboy qizi Dorivar o'simliklar yo'nalishi 3-bosqich talabalari. https://doi.org/10.5281/zenodo.7227420

Annotatsiya. Dehqonchilik qadimdan rivojlanib kelayotgani yangi navlarni yaratilishga asos bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda oziq-ovqat muammosiga bo'lgan talab ortmoqda. Shuning uchun ham kuzgi bug'doyni Asr navi hosildorligini oshirish uchun urug'ini ekish muddatlarini maqbul muddatlarda amalga oshirish ta'sirini o'rganish yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy, urug', nav, hosildorlik, iqlim sharoiti.

ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ

СОРТА АСР

Аннотация. Тот факт, что земледелие развивалось с древних времен, является основой для создания новых сортов. Сегодня спрос на продовольственную проблему возрастает. Поэтому особое внимание уделялось изучению влияния посева семян в оптимальные сроки на повышение урожайности сорта озимой пшеницы Аср.

Ключевые слова: озимая пшеница, семена, сорт, продуктивность, климатические условия.

THE INFLUENCE OF SEEDING TIMES ON THE YIELD OF WINTER WHEAT

VARIETIES

Abstract. The fact that agriculture has been developing since ancient times is the basis for creating new varieties. Today, the demand for the food problem is increasing. That's why the study of the effect of sowing seeds in optimal terms to increase the yield of Asr variety of winter wheat has been highlighted.

Key words: winter wheat, seed, variety, productivity, climatic conditions.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentabrdagi "2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 546-son qarorida respublika hududlarning tuproq iqlim sharoitini hisobga olib serhosil, sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan 31 dan ortiq kuzgi boshoqli don ekinlari navlari bo'yicha joylashtirib kelinmoqda. Kuzgi bug'doydan mo'l hosil yetishtirish birinchi navbatda dalada yuqori hosilni ta'minlaydigan ko'chat qalinligiga erishishga bog'liq. Yetarli ko'chat qalinligiga erishish uchun esa ekishni o'z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi kerak. Kuzgi bug'doyni yaxshi o'sishi va rivojlanishi, qishga chidamliligi va hosildorligini ortishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri urug'ni ekish muddatidir. Kuzgi bug'doy qulay, maqbul muddatlarda ekilganda urug'larning to'la unib chiqishi ta'minlanadi, sovuq tushguniga qadar yetarli darajada tuplanib oladi va yaxshi qishlaydi. G'alla ekinlari urug'ining ekish muddati navning biologik xususiyati va ekiladigan xo'jalikni tuproq-iqlim sharoitini hisobga olib belgilanadi. Kuzgi bug'doy kech muddatlarda ekilganda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

urug'lar siyrak unib chiqadi, o'simlik qish boshlangunicha tuplanishga ulgurmaydi, maysalar nimjon bo'lib, qishga chidamliligi past bo'ladi. Ekinlardan yuqori hosil olishda har bir navning o'ziga mos agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Hosildorlik ekin maydonlarini ko'paytirish hisobiga emas, balki yangi, yuqori hosil beradigan navlarni ishlab chiqarishga kiritish va ularni ilg'or agrotexnika tadbirlari asosida parvarishlash hisobiga ko'paytirilishi kerak. Har bir navni o'ziga mos o'stirish agrotexnikasi g'alla yetishtiruvchi xo'jalikni tuproq-iqlim sharoitini hisobga olib yaratilishi lozim.

TADQIQOT NATIJALARI

Bug'doy - g'alladoshlar oilasiga mansub o'tsimon o'simliklar turkumi. 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Bug'doyning ildiz tizimi popuk ildiz bo'lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizldar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi - sidirg'a bo'g'imlarga bo'lingan somonpoya, bo'yi 40-130 sm. Bug'doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog'liq. Respublikamizda ko'plab kuzgi bug'doy navlari qatorida Asr navi keng tarqalgan. Bu nav o'rtapishar, yotib qolishga chidamli uchun o'tmishdosh kuzgi no'xatdan keyin ekilganda hosildorlik sentineri yuqori bo'lmoqda. Kasalliklardan chang qora kuya, sariq zang, qo'ng'ir zang kasalligiga dala sharoitida chidamli. Poya zangi va septorioz kasalliklariga o'rtacha chidamli hisoblanadi.

MUHOKAMA

Bugungi kunda bug'doy hosildorligiga ta'sir etuvchi agrotexnik tadbirlarning eng muhimi ekish muddatini to'g'ri belgilashdir. Kuzgi bug'doyni Asr navi hosildorligiga urug' ekish muddatlarini ta'sirini o'rganish uchun Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani "Sattor Xamadam" fermer xo'jaligi sharoitida tajriba o'tkazdik. Bu xo'jalik Katta Farg'ona kanali yonida joylashgan. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, eng yuqori harorat iyul oyida +45 °C gacha, minimal harorat yanvar oyida bo'lib, ayrim yillari -25 °C gacha sovuq bo'ladi. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 200-220 mmni tashkil qiladi. Tuproqlari o'tloqi-botqoq tuproqlar tipida bo'lib, qadimdan sug'orilib kelinadi. Yer osti suvlarining chuqurligi 1,5-1,8 metrni tashkil qiladi.

Tajribada kuzgi bug'doyni Asr navini urug'lari 20-sentabrda, 10-oktabrda va 30-oktabrda ekildi. Tajriba uchta variantdan iborat bo'lib, to'rt qaytariqda o'tkazildi. Tajribadagi har bir variantning egallagan maydoni 108 m2 (3,6 m x 30 m), shundan hisoblash maydonchasi 54 m2 (1,8 m x 30 m).

Tajribada kuzgi bug'doyni mahsuldorlik ko'rsatkichlari aniqlandi. Bunda bug'doyni umumiy va mahsuldor tuplanganlik darajasi, poyaning balandligi, boshog'ining uzunligi, bitta boshoqda hosil bo'lgan donlarning miqdori va 1000 dona donning vaznini aniqladik.

Hosilni yig'ishtirish oldidan 1 m maydonda hosil bo'lgan mahsuldor poyalar soni bug'doy urug'lari 20-sentabrda ekilgan variantda 504 dona, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 502 dona va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda esa 386 donani tashkil qildi. Poyaning balandligi mos ravishda 105,4 sm, 102,8 sm va 88,7 sm bo'ldi. Bug'doy boshog'ining uzunligi esa urug' 20-sentabrda ekilgan variantda 9,3 sm, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 9,3 sm va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda 7,4 sm dan iborat bo'ldi. Bitta boshoqda hosil bo'lgan donlarning miqdori mos ravishda 41,2 dona, 42,3 dona va 35,1 donani tashkil qildi. 1000 dona donning vazni urug' 20-sentabrda ekilgan variantda 42,5 gr, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 42,4 gr va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda 38,1 grdan iborat bo'ldi.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, kuzgi bug'doyning mahsuldorlik ko'rsatkichlari bug'doy urug'ini 10-oktabrda ekilgan variantda boshqa variantlarga nisbatan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yuqori bo'ldi. Dala ekinlari o'stirishda o'tkaziladigan tajribalarning asosiy vazifasi o'rganilayotgan tadbir yoki omilning o'simliklar hosildorligiga ta'sirini ilmiy asoslashdan iborat. Hosildorlik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining bosh mezoni hisoblanib, ekinlar parvarishining asl maqsadi maydon birligidan olinadigan hosildorlikni oshirishga qaratilgan. O'tkazilgan tajribamiz variantlari bo'yicha kuzgi bug'doy hosildorligi aniqlandi.

2-jadval.

Ekish muddatlarini bug'doyni Asr navi hosildorligiga ta'siri (s/ga).

Ekish muddatlari Qaytariqlar O'rtacha

I II III IV

1. Bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan 65,3 66,1 64,8 63,8 65,0

2. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan 67,9 68,3 66,4 65,7 67,1

3. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan 52,2 53,6 51,4 50,3 51,8

NSR 05. 1,28 NSR % 1,90

XULOSA

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tajribani bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan variantidan 65,0 s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan variantdan esa 67,1 s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan variantdan 51,8 s/ga don hosili olindi. O'tkazgan tajribamiz natijalariga asoslanib, Farg'ona viloyatining Qo'shtepa tumani sharoitida kuzgi bug'doy urug'ini 20-sentabrdan 10-oktabrga qadar ekishni tavsiya qilamiz.

REFERENCES

1. Mukhtarovna N. R., Alimardonugli S. A., Botiraliyevich U. N. Features of treatment of winter wheat seeds by different processors //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

2. Baxromov S. "Chillakining ekish muddati" AQXI to'plami. Andijon - 2007.;

3. Oripov R., Xalilov N. "O'simlikshunoslik" Toshkent - 2007.;

4. Tursunov S., Mamadaliyev D. "Quva tumani garoitida kuzgi bug'doyning ekish muddatlarini don hosildorligiga ta'siri" AQXI to'plami. Andijon - 2008.

5. Teshaboyev, Nodirbek Ikromjonovich; Boboyev, Baxromjon Kenjayevich. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ. OOO «Science and innovation»2022. - 31-34с.

6. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Мах,камова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.

7. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. - №. 1. - С. 10-12.

8. Жамолов, Р., Абдуллаева, Г., Х,айдарова, Н., & Тешабоев, Н. (2021, August). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1334. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.

10. Тургунов, А., Тешабоева, М., & Мамажонова, Н. (2014). ПОТРЕБНОСТЬ РАСТЕНИЙ В БИОПРОДУКТАХ. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 126-128).

11. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.

12. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

13. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1080-1082.

14. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.