INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
УДК: 633:11:631.531.04.
URUG' EKISH MUDDATLARINING KUZGI BUG'DOY NAVLARI HOSILDORLIGIGA TA'SIRI Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna Farg'ona davlat universiteti, zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchilari Siddiqova Gulzira Saydullo qizi Ro'zmamatova Irodaxon Asqarali qizi Dorivar o'simliklar yo'nalishi 3-bosqich talabalari. https://doi.org/10.5281/zenodo.7227364
Annotatsiya. Respulikamizda oziq ovqatga bo'lgan talab oshib bormoqda. Shuning asosida kuzgi bug'doy navlarini ochiq maydonlarga ekishning o'ziga mos ravishda olib borish tavsiya etiladi. Kuzgi bug'doy boshqa ekilariga nisbatan qishning sovuqlariga bardoshli bo'ladi. Bug'doyni urug'ni ekishda agrotexnika tadbirlariga va muddatlariga amal qilish lozim.
Kalit so'zlar: urug', kuzgi bug'doy, nav, hosildorlik, biologikxususiyatlar.
ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА СЕМЯН НА УРОЖАЙНОСТЬ СОРТОВ
ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ
Аннотация. Спрос на продукты питания в нашей стране увеличивается. Исходя из этого, сорта озимой пшеницы рекомендуется выносить в открытый грунт в соответствии с самой посадкой. Озимая пшеница более устойчива к зимним морозам, чем другие культуры. При посеве семян пшеницы необходимо соблюдать агротехнические мероприятия и сроки.
Ключевые слова: семена, озимая пшеница, сорт, продуктивность, биологические признаки.
THE EFFECT OF SEED SOWING DATES ON THE YIELD OF WINTER
WHEAT VARIETIES
Abstract. The demand for food in our country is increasing. Based on this, it is recommended to carry winter wheat varieties to open fields in accordance with the planting itself. Winter wheat is more resistant to winter frosts than other crops. When sowing wheat seeds, it is necessary to follow agrotechnical measures and terms.
Key words: seed, winter wheat, variety, productivity, biological characteristics.
KIRISH
Kuzgi bug'doy navlari hosildorligiga ularning biologik xususiyatlarigina emas, balki agrotexnik tadbirlar, ya'ni ekish meyori, tuproq unumdorligi, suv va ozuqa rejimi hamda urug'ning ekish muddatlari kuchli ta'sir qiladi. Shuning uchun kuzgi bug'doyni turli navlari hosildorligiga urug' ekish muddatlarini ta'sirini o'rganish uchun Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani "Burxonov o'g'li Dilshod " fermer xo'jaligi sharoitida tajriba o'tkazdik. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, eng yuqori harorat iyul oyida +45 °C gacha, minimal harorat yanvar oyida bo'lib, ayrim yillari -25 °C gacha sovuq bo'ladi. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 200-220 mmni tashkil qiladi. Tuproqlari o'tloqi-botqoq tuproqlar tipida bo'lib, qadimdan sug'orilib kelinadi. Yer osti suvlarining chuqurligi 1,5-1,8 metrni tashkil qiladi.
Tajribada kuzgi bug'doyni Chillaki va Yuka navlarini urug'lari 20-sentabrda, 10-oktabrda va 30-oktabrda ekildi. Tajriba oltita variantdan iborat bo'lib, to'rt qaytariqda o'tkazildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Tajribadagi har bir variantning egallagan maydoni 108 m2 (3,6 m x 30 m), shundan hisoblash maydonchasi 54 m2 (1,8 m x 30 m).
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Tajribada kuzgi bug'doyni mahsuldorlik ko'rsatkichlari aniqlandi. Bunda bug'doyni umumiy va mahsuldor tuplanganlik darajasi, poyaning balandligi, boshog'ining uzunligi, bitta boshoqda hosil bo'lgan donlarning miqdori va 1000 dona donning vaznini aniqladik.
1-jadval.
Kuzgi bug'doy navlarining mahsuldorlik ko'rsatkichlari.
Ko'rsatkichlar Ekish muddati
20-sentabr 10-OKra6p 30-OKra6p
Chillaki
1. 1m2 maydondagi mahsuldor poyalar soni, dona 525 521 402
2. Poyaning balandligi, sm 97,4 96,9 84,2
3. Boshoq uzunligi, sm 8,7 8,8 7,2
4. Bitta boshoqdagi donlar soni, dona 41,4 42,7 34,3
5. 1000 dona don og'irligi, gr. 40,5 41,3 37,6
Yuka
1. 1m2 maydondagi mahsuldor poyalar soni, dona 510 508 396
2. Poyaning balandligi, sm 102,4 98,9 86,4
3. Boshoq uzunligi, sm 9,3 9,5 7,8
4. Bitta boshoqdagi donlar soni, dona 42,8 43,5 36,4
5. 1000 dona don og'irligi, gr. 42,9 43,2 39,4
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, hosilni yig'ishtirish oldidan 1 m2 maydonda hosil bo'lgan mahsuldor poyalar soni bug'doy urug'lari 20-sentabrda ekilgan variantda Chillaki navida 525 dona, Kroshka navida 510 dona, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda Chillaki navida 521 dona, Yuka navida 508 dona va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda esa Chillaki navida 402 dona, Yuka navida 396 donani tashkil qildi. Poyaning balandligi mos ravishda Chillaki navida 97,4sm, 96,9 sm, 84,2 sm va Kroshka navida 102,4 sm, 98,9 sm va 86,4 sm bo'ldi. Bug'doy boshog'ining uzunligi esa urug' 20-sentabrda ekilgan variantda Chillaki navida 8,7 sm, Kroshka navida 9,3 sm, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda Chillaki navida 8,8 sm, Yuka navida 9,5 sm va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda Chillaki navida 7,2 sm, Yuka navida 7,8 sm dan iborat bo'ldi. Bitta boshoqda hosil bo'lgan donlarning miqdori mos ravishda Chillaki navida 41,4 dona, 42,7 dona, 34,3 dona hamdaKroshka navida 42,8 dona, 43,5 dona va 36,4 donani tashkil qildi. 1000 dona donning vazni urug' 20-sentabrda ekilgan variantda Chillaki navida 40,5 gr, Yuka navida 42,9 gr, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda Chillaki navida 41,3 gr, Yuka navida 43,2 gr va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda Chillaki navida 37,6 gr, Yuka navida 39,4 grdan iborat bo'ldi.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, kuzgi bug'doyning mahsuldorlik ko'rsatkichlari bug'doy urug'ini 10-oktabrda ekilgan variantda boshqa variantlarga nisbatan yuqori bo'ldi. Hosildorlik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining bosh mezoni hisoblanib, ekinlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
parvarishining asl maqsadi maydon birligidan olinadigan hosildorlikni oshirishga qaratilgan. O'tkazilgan tajribamiz variantlari bo'yicha kuzgi bug'doy hosildorligi aniqlandi.
2-jadval.
Ekish muddatlarini kuzgi bug'doy navlari hosildorligiga ta'siri (s/ga).
Ekish muddatlari Qaytariqlar Уртача
I II III IV
Chillaki
1. Bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan 63,0 64,5 61,2 59,9 62,2
2. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan 64,2 66,1 63,4 62,8 63,9
3. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan 49,6 50,4 47,4 48,2 48,9
Kroshka
1. Bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan 72,9 73,8 71,0 72,2 72,5
2. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan 73,8 74,9 71,2 70,4 72,6
3. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan 57,4 58,5 55,5 56,6 57,0
NSR 05. 1,28 NSR % 1,90
XULOSA
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tajribani bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan variantini Chillaki navidan 62,2 s/ga, Yuka navidan 72,5 s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan variantning Chillaki navidan 63,9 s/ga, Yuka navidan esa 72,6 s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan variantning Chillaki navidan 48,9 s/ga, Yuka navidan 57,0 s/ga don hosili olindi.
O'tkazgan tajribamiz natijalariga asoslanib, Farg'ona viloyatining Qo'shtepa tumani sharoitida kuzgi bug'doy urug'ini 20-sentabrdan 10-oktabrga qadar ekishni tavsiya qilamiz.
REFERENCES
1. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мамажонов Г. Г. У. АГРОЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ГИДРОМОРФНЫХ ПОЧВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ ФЕРГАНЫ //В журнале представлены научные обзоры, статьи проблемного и научно-практического характера. - 2022. - С. 66.
2. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.
3. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Сиддикова, Гулзира Сайдулло Кизи; Комилов, Хусниддин Акрамжон Угли ХАРАКТЕРИСТИКА СКЕЛЕТНОСТИ ДЕФЕЛИРОВАННЫХ СВЕТЛЫХ СЕРОЗЕМОВ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ И ПУТИ К ИХ УЛУЧШЕНИЮ. - OOO «Science and innovation»
4. Эшпулатов Ш., Тешабоев Н., Мамадалиев М. INTRODUCTION, PROPERTIES AND CULTIVATION OF THE MEDICINAL PLANT STEVIA IN THE CONDITIONS OF THE FERGHANA VALLEY //EurasianUnionScientists. - 2021. - Т. 2. - №. 2 (83). - С. 37-41.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
5. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Бобоев, Бахромжон Кенжаевич. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ. OOO «Science and innovation»2022. - 31-34с.
6. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Мадамова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.
7. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. - №. 1. - С. 10-12.
8. Жамолов, Р., Абдуллаева, Г., Х,айдарова, Н., & Тешабоев, Н. (2021, August). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1334. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.
10. Тургунов, А., Тешабоева, М., & Мамажонова, Н. (2014). ПОТРЕБНОСТЬ РАСТЕНИЙ В БИОПРОДУКТАХ. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 126-128).
11. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.
12. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
13. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1080-1082.
14. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).