MIKROBIOLOGIK PREPARATLAR YORDAMIDA HASHAROTLAR SONINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI
Burxon Fayzullaev
O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filiali direktori biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Feruz Sardorov
SamDU ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi magistri
Hozirgi vaqtda g'o'za va boshqa qishoq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish uchun ulardagi zararkunanda hasharotlarga qarshi atrof muhitni ifloslantirmaydigan kurash vositalarini hamda usullarini ishlab chiqish va qo'llash ayniqsa dolzarb muammo bo'lib turibdi. Mikrobiologik preparatlar Bacellus thurengiensis avlodiga mansub entomopatogen bakteriyalardan tarkib topgan bo'lib, ularni suvda ho'llanuvchi oltingugurt preparati bilan aralashmasi so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi bir vaqtda ishlov berish imkonini beradi.
Kalit so'zlari: Fitofag, entomofag, bitoksibssilin, oltingugurt, latent, entomopatogen, bakteriya, kombinirlashgan.
At present, the development and application of environmentally friendly means and methods for combating harmful insects on cotton and other crops is a particularly urgent problem. The composition of microbiological preparations includes entomopathogenic bacteria of the genus Bacellus thurengiensis and mixing them with water-soluble sulfur preparations allows simultaneous treatment from sucking and gnawing pests.
Keywords: Phytophageous, entomophagic, bitoxybicillin, sulfuric, latent, entomopathogenic, bacterial, combined.
Kirish. Hozirgi davrda hasharotlar bilan ma'lum darajada bog'langan bakteriyalarning 250 dan ortiqroq turlari ma'lum. Ularning ko'pchiligi hasharotlarda va kemiruvchilarda kasallik qo'zg'atadi. Hasharotlarning tanasida xususan, ichaklarida ko'plab bakteriyalar yashaydi. Bularning
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
ko'pchiligi zararsiz saprofit hisoblanadi, ayrim hollarda esa
October 5-6
simbiontlar ham bo'lib, ular hasharotlar hayotida muhim o'rin tutadi. Hasharotlar ichagidagi saprofit bakteriyalaridan bir qanchasi organizm uchun zaharli bo'lishi va ular qonga o'tishi bilanoq tez ko'payishi va hasharotni zaharlab nobud qilishi mumkin. Odatdagi sharoitlarda kasallik yashirin uyqu (latent) formada bo'lib, hazm shirasining bakteritsid xususiyati hamda organizmning boshqa muhofaza xususiyatlari ularni qonga o'ta olishini nazorat qiladi. Organizmning fiziologik jihatdan susayishiga olib keladigan noqulay sharoit ro'y berganda (masalan, oziqa etishmaganda, harorat noqulay bo'lganda) uning himoya xususiyatlari zaiflashadi va oqibatda hasharot kasallikka chalinadi [3].
Hasharotlarda patogenlik xususiyatiga ega bo'lgan birlamchi bakteriyalar ham ma'lum bo'lib, ular faol ravishda ichak devori orqali gemolimfaga o'tadi yoki tana qoplamining shikastlangan joyi orqali ham xo'jayin tanasiga o'tadi va tezda ko'paya boshlaydi. Bunda ular ajratgan toksin yoki fermentlar bu jarayonni tezlashtiradi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Biologik kurashda tabiiyki, xo'jayin organizmiga oziqa orqali kiradigan va patologik o'zgarishlar tufayli zararkunandalarni halok qiladigan birlamchi patogen bakteriyalar alohida e'tiborga loyiqdir. Tabiatda bakteriozlar tufayli bir muncha hasharotlar qirilib turadi. Ammo entomopatogen bakteriyalar hasharotlarning tabiiy holda kamdan-kam holatlarda ommaviy tusda qirilishiga sabab bo'lishi mumkin [2]. Entomopatogen mikroorganizmlardan tayorlanadigan mikrobiologik preparatlar va ularning kombinirlashgan aralashmalaridan o'simliklarni bilogik usulda himoya qilishda foydalanish esa uning samaradorligini yana ham oshirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda g'o'za va boshqa qishoq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish uchun ulardagi zararkunanda hasharotlarga qarshi atrof muhitni ifloslantirmaydigan kurash vositalarini hamda usullarini ishlab chiqish va qo'llash ayniqsa dolzarb muammo bo'lib turibdi [2].
Olingan natijalar va ularning ma'nosi.G'o'zaning so'ruvchi va zararkunandalariga qarshi kombinirlashgan preparatni qo'llash bu muammoning yechimlaridan biri hisoblanadi.
O'zR FA zoologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan kombinirlashgan preparat suvda ho'llanuvchi oltingugurt va mikrobiologik preparatlarning qo'shilishidan tashkil topgan. Uning tarkibidagi oltingugurt so'ruvchi zararkunandalarga mikrobiologik preparat esa kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llanilib, bir marta ishlov berish bilan ushbu zararknunandalar majmuasiga qarshi kurashish mumkin [4].
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022
Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative
Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Bizning tajribalarimizda kombinirlashgan preparat kemiruvchi va so'ruvchi zararkunandalarga nisbatan alohida-alohida qo'llanildi. Tajribalarimizni Pastdarom tuman biolaboratoriyasida va fermer xo'jaliklari dalalarida laboratoriya va dala sharoitida o'kazdik. Tajribalar ikkita variantda o'tkazildi. Ikkala variantda ham oltingugurt gektariga 10 kg, kir yuvish kukuni 0,9 kg miqdorda qo'llanildi. Mikrobiologik preparatlardan dendrobasillin olindi va birinchi variantda gektariga 0,5 kg, ikkinchi variantda 1,0 kg miqdorda olindi. Etalon sifatida ko'sak qurtiga qarshi dendrobasillin (1,0 kg\ga) va xlorofos (1,8 kg\ga), o'rgimchakkanaga qarshi esa oltingugurtning kir yuvish kukuni bilan aralashmasi (10,0+0,9 kg\ga) preparatlari olindi. Nazorat variantida ishlov berilmadi.
Jadval 1
Kombinirlashgan preparatning ko'sak qurtiga qarshi qo'llash samaradorligi
Qurtlar soni, dona
Ishlov
Tajriba va Preparatlar Ishlov berilganda Samaradorlig
riant Preparatlar nomi sarfi, kg\ga berilgu n keyin i, %
lari ncha 3- kun 5- kun 3-kun 5-kun
1 Oltingugurt+KYuK+bit oksibassilin 10+0,9+0,5 10 4 1 60,0 90,0
2 Oltingugurt+KYuK+ bitoksibassilin 10+0,9+1,0 10 4 0 60,0 100,0
Etalon 1 Bitoksibassilin 1,0 10 5 2 50,0 80,0
Etalon 2 Xlorofos 1,8 10 4 1 60,0 90,0
Nazorat Ishlov berilmagan 10 10 10 - -
KyuK - kir yuvish kukuni.
Kombinirlashgan preparat ko'sak qurtiga qarshi qo'llanilganda tajribaning 5-kunidayoq yaxshi natijalarga erishildi (90-100%). Tajriba natijalari kombinirlashgan preparatning ko'sak qurtiga qarshi samaradorligi étalon sifatida olingan zaharli kimyoviy preparat xlorofos bilan tengligi va undan ham yuqoriligini ko'rsatdi (Jadval 1).
Xulosalar. Kombinirlashgan preparat g'o'zaning so'ruvchi zararkunandasi bo'lgan o'rgimchakkanaga qarshi qo'llanilganda 5-kunda 77,3%, 84,5% natijaga erishildi, 10-kunda esa ikkala variantda ham 100% natija qayd qilindi.
Kombinirlashgan preparat tarkibiga kiruvchi mikrobiologik preparatlar tarkibidagi barg yuzasiga yopishuvchi moddalar esa preparatning ta'sir qilish muddati va kuchini oshiradi.
October 5-6
585
Tajriba natijalaridan xulosa qilish mumkinki, kombinirlashgan preparat g'o'zaning so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar majmuiga qarshi qo'llanilishi mumkin. Bunda preparat tarkibiga kiruvchi moddalarning atrof muhitga zararsizligi va ishlov berish sonining kamayishi hisobiga katta ekologik va iqtisodiy samara olish mumkin.
REFERENCES
1. Olimjonov R.A. Entomologiya. Toshkent - 1977.
2. Xamrayev A.Sh., Xasanov B.A., Axmedov S.I. va boshqalar. O'simliklarni biologik himoyalash. Toshkent - 2014.
3. Xo'jaev SH.T. O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalari. Toshkent - 2015. S-267-268.
4. Fayzullaev B. Biologicheskie aspektbi regulirovaniya chislennosti fitofagov xlopchatnika v nizovyax reki Zarafshan. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata biologicheskix nauk. Tashkent - 2010.
October 5-6