Научная статья на тему 'ANOR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI INSEKTITSIDLARNI QOʻLLASH VA ULARNI TAʼSIRINI OʻRGANISH'

ANOR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI INSEKTITSIDLARNI QOʻLLASH VA ULARNI TAʼSIRINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
56
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Anor / anor shirasi / trips / qandala / insektitsid / komstok qurti / kimyoviy dorilar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qodirov Jalolddin Jamoliddinovich, Erkaboyev Obbos Xayrullo Oʻgʻli, Aminjonov Bunyodbek Bahromjon Oʻgʻli

Kimyoviy ximoya qilish usuli asosiy vazifalari hosilni iqtisodiy, ekologik va ishlatilgan zaharlarning osimlik mahsulotlaridagi qoldiq miqdori talablariga javob beradigan tarzda himoya qilishdir. Oʻsimliklarni uygunlashgan himoya qilishga har tomonlama yondoshish sozidan kelib chiqqan davrdan boshlab turli tuman ozgarishlarga uchradi.Agar imkoni bplsa biologik kurash usulini qoʻllash samaralidir. Lekin uygʻunlashgan himoya qilish usulda kurash dunyo talabidir bunda har bir oʻsimlikni biologiyasidan kelib chiqqan holda kurashish mumkin va bu eng samarali va oqilona yoʻl boʼladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANOR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI INSEKTITSIDLARNI QOʻLLASH VA ULARNI TAʼSIRINI OʻRGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ANOR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI INSEKTITSIDLARNI QO'LLASH VA

ULARNI TA'SIRINI O'RGANISH 1Qodirov Jalolddin Jamoliddinovich, 2Erkaboyev Obbos Xayrullo o'g'li, 3Aminjonov

Bunyodbek Bahromjon o'g'li

1katta o'qituvchisi, qishloq xo'jaligi fanlar nomzodi, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish

kafedrasi

2'3Agrar qo'shma fakulteti talabalari Farg'ona Davlat Universiteti [email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8001967

Annotasiya. Kimyoviy ximoya qilish usuli asosiy vazifalari hosilni iqtisodiy, ekologik va ishlatilgan zaharlarning osimlik mahsulotlaridagi qoldiq miqdori talablariga javob beradigan tarzda himoya qilishdir. O'simliklarni uygunlashgan himoya qilishga har tomonlama yondoshish sozidan kelib chiqqan davrdan boshlab turli tuman ozgarishlarga uchradi.Agar imkoni bplsa biologik kurash usulini qo'llash samaralidir. Lekin uyg'unlashgan himoya qilish usulda kurash dunyo talabidir bunda har bir o'simlikni biologiyasidan kelib chiqqan holda kurashish mumkin va bu eng samarali va oqilona yo'l bo'ladi.

Kalit so'zlar: Anor,anor shirasi, trips, qandala, insektitsid, komstok qurti, kimyoviy dorilar.

Anorga sezilarli va uzoq zarar yetkazuvchi zararkunandalardan biri bu anor shirasidir Aphis punicae Theod. Bu anorga moslashgan tur bolib, tuxum shaklida qishlab chiqadi. Anorning yosh novda va barglariga hujum qilib koloniya todalar hosil qiladi. Butalarni rivojdan toxtatadi, barglari sargayib tokiladi, meva hosilalari mayda va sifatsiz bolib qoladi. Bir yilda anorda 10-12 ta avlod beradi. Kuzga borib rivoji kuchayadi va ayrim paytda chiqindisiga saprofit zamburuglar otirib osimlikni va mevani qoraytirib qoyishi mumkin.

Anor shirasiga qarshi maxsus kimyoviy kurash otkazish Andijon va Fargona viloyatlarining togoldi tumanlarida 10 ta vaziyatning 6-7 tasida vujudga kelad Tadqiqotlar otkazgan yillari anorni shiralardan himoya qilish uchun istiqbolli afitsid-insektitsidlar sinab korildi. Buning uchun quyidagi dorilar sinaldi: bagira-N, 20% s.e.k., kamelot, 20% n.kuk., imidor, 20% s.e.s., endjeo, 24,7% sus.k. va tsiraks, 25% e.k. Bu dorilarning qisqacha tarifi quyidagicha.

1. Bagira, 20% s.e.k. Ozbekistonning «Agrokim» firmasi tomonidan taklif qilingan. Faol moddasi imidokloprid bolgan bu insektitsid kimyoviy moddalarning neonikotinoidlar sinfiga oiddir. Bu dori ilk bor pestitsidlar bozorida paydo bolgan konfidor dorisining analogidir. Bu ichdan (sistemali) tasir etish xususiyatiga ega insektitsiddir. Ayniqsa u soruvchi hasharotlardan shira, trips, qandala, oqqanot, qalqondorlar va boshqalarga qarshi yuqori samara korsatadi [144]; Royxat, 2007). Issiqqonli hayvonlar uchun ortacha havflidir.

2. Imidor, 20% s.e.s. Rossiyaning ZAO «SHelkovo Agroxim» firmasi tomonidan taklif etilgan. Barcha xususiyatlari konfidorga oxshaydi, chunki uning analogidir.

3. Kamelot, 20% n.kuk. Ozbekistonning «Agrokim» firmasi tomonidan taklif qilingan. Sof moddasi atsetomiprid bolib, barcha xususiyatlari boyicha mospilanga oxshaydi. Soruvchi zararkunandalarga qarshi yuqori samara beradi, neonikotinoidlar sinfiga oid.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

4. Endjeo, 24,7% sus.k. Bu SHveytsariyaning Singenta firmasi tomonidan taklif etilgan aralashma insektitsid-akaritsiddir. Uning tarki-bida 2 modda bolib, biri-tiometoksam (neonikotinoid) ikkinchisi lyamb-datsigalotrin (karate). Aralashma ichdan tasir otkazish qobiliyatiga ega bolib, juda past sarf meyorlarda ishlatish tavsiya etilgan (0,1-0,25 l/ga).

5. TSiraks, 25% e.k. Hindistonning «YUnayted Fosforus» firmasi tomonidan» taklif etilgan bu insektitsidning sof moddasi tsipermet-rindir. Bu sintetik piretroid tsimbushning analogi bolib hisoblanadi va uning barcha xususiyatlariga ega.

ANOR SHIRASIGA QARSHI SINOVDAGI INSEKTITSIDLARNING BIOLOGIK

SAMARADORLIGI

Farg'ona vil., Dala tajribasi, 25.06.2022 y.

№ Variantlar Dori sarf-meyori l/ga Dori sepishgach a shira soni (1 gulbandida ), dona Samaradorlik, % Kunlarga

3 7 14

S ±m S ±m S ±m

1. Bagira-N, 20% s.e.k. 0,2 194,3 6,3 1,3 8,8 0,6 4,2 2,1

2. Kamelot, 20% n.kuk. 0,2 203,1 8,3 0,7 9,5 0,16 8,5 0,9

3. Imidor, 20% s.e.k. 0,2 178,0 6,2 1,6 8,9 0,7 4,8 2,3

4. Endjeo, 24,7% sus.k. 0,2 188,9 5,8 2,2 8,4 1,1 2,6 3,1

5. Siraks, 25% e.k. 0,3 201,4 7,8 5,7 7,8 4,3 7,6 4,4

6. Nazorat (dorisiz) - 196,5 - - - - - -

Tajriba 1. Fargona vi oyati sharoitida otkazildi. Har bir variantda 6 tupdan d araxt ajratib

olindi. Ishlov 2022 yil 20 iyunda motorli osma purkagich yordamida otkazildi. Har gektarga 200 l suv sarflandi (jadval 3.15), tsiraksdan tashqari barcha dorilar anor shirasiga qarshi nazorat qilingan 14 kun ichida yuqori samara korsatdi. Bunda TSiraks qollanilganda biologik samaradorlik 47,6% ni tashkil qilgan bolsa, Endjeo (92,6%), Imidor (94,8%), Bagira-N (94,2%), Kamelot (98,5%) qollanilganda esa yuqori biologik samaradorlikka erishildi.

Tajriba 2. Anorda komstok qurtiga (Pseudococcus comstoci Kuw) qarshi ham samarali insektitsid sinash davom etdi. Bunday tajribalardan biri Andijon viloyati sharoitida otkazildi.

Tajriba yosh anorzorda otkazilib, 8- iyulda motorli osma purkagich yordamida ishlandi. Tajribalarda 5 ta dori organildi: bagira-N, kamelot, imidor, endjeo (barchasi 0,2 l/ga) hamda tsiraks 0,3 l/ga. Jadvaldan korinib turganidek, barcha dorilardan yuqori samara olingan.

Nikotinoidlar sinfiga oid dorilar (imidokloprid, atsetamiprid, tiametoksam) qurt (chervets) larga qarshi yuqori samara beradi, sintetik piretroidlardan tsiraks boshqalariga nisbatan qoniqarli samara ko'rsatdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1. Anor mevalarini mexanik usul yordamida himoya qilish mumkin. Buning uchun meva gulkosasini tozalab ichiga loy chaplansa nazoratga nisbatan 54,0% hosil kamroq shikastlanadi. Garchi bu loy karate (0,05%) bilan aralashtirilgan bolsa 83,2%, tsiperfos (0,1%) bilan esa 95,4% meva kamroq zararlanadi (kimyoviy - mexanik usul).

2. Anorni mevaxorning 5 avlodidan mavsum mobaynida himoya qilish uchun otkazilgan kimyoviy ishlovlar (8 marta - har 15 kunda bir), 20 sentyabrga borib 62,4% dan 91,8% gacha biologik samara berishi mumkin.

Anor mevaxori ixtisoslashgan hasharot bolgani hamda anorning ichiga asosan gulkosa orqali kirganligi sababli, mevaning guli jalb etish xususiyatiga ega bolsa kerak degan tahmin qilindi. Shuning uchun ham, anor gullab meva tugaboshlaganidan keyin, uchi otmaslangan yogoch moslama yordamida anorning gulkosasi gul qoldiqlaridan mexanik ravishda tozalab tashlanib, tozalanmaganlaridan farqi organildi. Bundan tashqari, bir qator boshqa mexanik hamda kimyoviy-mexanik tadbirlar organib korildi. Maqsad quyidagicha edi. Anorning gulkosasini guldan tozalab tashlab, ichiga loy tiqib qoyish. Bu usul oz navbatida quyidagi variantlarga bolindi; tola, loy; karate (0,05%) va tsiperfos (0,1%) bilan aralashtirilgan loyni tiqib qoyish.

Tadqiqotlar Fargona viloyati sharoiti xojalik anorzorlarida olib borildi. Anorning navlari mahalliy bolib, kuzda mevalari yorilib ketmaydiganlariga afzallik berildi. Fargona viloyatida otkazilgan tajribalarimizning har bir variantida 4 tadan, ortacha meva beradigan daraxtlar tanlab olinib, har 1 daraxtda 30 ta meva tajriba uchun, qolganlari nazorat (himoyasiz) uchun qoldirildi.

Tajriba 4 ta variantdan tashkil topib, unda quyidagi ishlar moljallangan edi. Variant 1. Anor butalarida meva shakllanganidan song 30 tasi belgilanadi va gulkosasi tozalanib ichiga eski tolali chigitdan olib Karate insektitsidining 0,05% lik eritmasiga botirib olib tiqib qoyiladi.

Variant 3. Uchinchi variantda anor mevasining gulkosasi guldan tozalanib ichiga hech narsa tiqilmaydi.

Variant 4. Sof nazorat bolib, anor mevalari himoyalanmaydi. U yerdan quyidagi xulosalar qilsa boladi.

1. Anor mevaxorini jalb etishda anor gulining ahamiyati katta ekan. Buni 3- variantdan, yani gulkosani guldan mexanik ravishda tozalab qoyil-ganda uning zararlanishi (14,6%), tozalanmaganlaridan deyarli 2 barobar oz zararlanishidan (31,7%) xulosa qilsa boladi. 2. Anor mevalarining gulkosa ichi guldan tozalanib, ichiga Karate yoki TSiperfos eritmalari shimdirilgan paxta tiqib qoyish (I va II variantlar) yanada yuqoriroq samara berdi (mos ravishda atigi 5,9 va 7% meva zarar-landi).

Andijon viloyati sharoitida yuqorida qayd etilgan tajriba boshqacharoq qilib otkazildi. YAni, paxta orniga Karate (0,05%-lik) va TSiperfos (0,1%) eritmalaridan loy yasab, uni guldan tozalangan gulkosaga tiqib qoyildi.(0,05%) shimdirilgan chigitli paxta tiqib qoyilgan.Gulkosaning ichiga TSiperfos (0,01%) shimdirilgan chigitli paxta tiqib qoyilgan.

Tajriba 15- iyundan boshlanib, yani anor mevalari hali zararlanmay turganida qoyildi. Nazorat varianti 2 qismdan iborat edi. Birida dorilanmagan loy ishlatildi, ikkinchisida umuman himoya otkazilmadi

Zaxarlangan loy bilan himoyalangan anor mevalari mevaxordan juda kam va kech zararlanadi. Misol uchun, birinchi variantda zararlanish faqat sentyabrning oxirida (10%) sodir boldi; 2- variantda ham shu muddatda mevalar 3,3% zararlandi. SHu daraxtlarning nazoratida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

esa (loy chaplanmaganlarida) mevaning zararlanishi iyuldan boshlanib oxirigacha mos ravishda 59,4 va 50 % ni tashkil qildi.

2. Dorilanmagan loy chaplangan mevalarda zararlanish ancha erta boshlanib (iyuldan), sentyabrning oxirigacha 23,3% ni tashkil qilgan. Ikkinchi (umumiy) nazoratda esa zararlanish erta va kuchliroq bolib, sentyabr oxirida 50,6% ni tashkil qilgan.

Xulosa. Umumlashtirib, shuni takidlash lozimki, anor mevalarini mevaxordan himoya qilish maqsadida gulkosani gul qoldiqlaridan oddiy ravishda tozalab qoyish ham yetarlicha yuqori samara berishi tasdiqlandi (zararlanish 2 barobar ozayadi). Lekin, tozalangan gulkosa ichiga oddiy yoki zaxarlangan (karate, tsiperfos) loy chaplab qoyilsa, samara mos ravishda: 46 va 83-93% ni tashkil qilishi mumkin.

REFERENCES

1. Zaurov E.I. Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashgulotlar. Oquv qollanma. -T.: Oqituvchi 1979. - 176 bet.

2. Xolikov B. Yangi almashlab ekish tizimlari va turoq unumdorligi. Noshirlik yogdusi nashriyoti. Toshkent-2010y. 120 b.

3. SHeraliev H SHodmanov M. Dehqonchilik. Maruza matni.2008 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.