Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 11
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ANOR AGROBIOTSENOZI ZARARKUNANDA HASHAROTLARIGA DOIR
TADQIQOTLAR TAHLILI
Umurzaqova Xosiyatxon Saydali qizi
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston sharoitida anorzor zararkunanda hasharotlarining o'rganilish tarixi bayon etilgan. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, o'tgan bir asrdan ortiq davr mobaynida anor zararkunandalari turli yo'nalishlarda tadqiq etib kelingan. Ularni quyidagi uchta bosqichga bo 'lish mumkin: O'zbekiston entomofaunasining dastlabki o'rganilish davri; 20-asrning ikkinchi yarmida olib borilgan entomologik izlanishlar davri hamda Mustaqillik yillaridagi entomologik tadqiqotlarning taraqqiy etish davri.
Barcha davrlarda ham anorzorlarda uchrovchi zararli turlar tadqiq etilgan. Shunga qaramay, alohida olingan hududlarda kompleks tadqiqot natijalari nisbatan cheklangan. Bu esa, o'z navbatida, keng ko'lamli tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etadi.
Kalit so'zlar: anor agrobiotsenozi, fitofag, zararkunanda, shiralar, qalqondorlar, entomofaglar, olimlar, tadqiqot davrlari.
ABSTRACT
The article describes the history of the study of pomegranate pests in the conditions of Central Asia, including Uzbekistan. Studies show that pomegranate pests have been studied in different directions for more than a century. They can be divided into the following three stages: the initial study period of the entomofauna of Uzbekistan; The period of entomological research carried out in the second half of the 20th century and the period of development of entomological research in the years of Independence.
Harmful species found in pomegranate groves have been studied in all periods. Nevertheless, the results of comprehensive research in individual regions are relatively limited. This, in turn, requires extensive research.
Key words: pomegranate agrobiocenosis, phytophagus, pest, aphids, shields, entomophages, scientists, research periods.
KIRISH
Bugungi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning muntazam oshib borishi, yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik ekinlari hosilining
salmog'i va sifatiga alohida etibor berishni taqozo etmoqda. Respublikamizda ham
312
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
aholining ehtiyoji va bozor talablaridan kelib chiqib, qishloq xo'jalik ekinlarining turlari yildan-yilga ko'payib bormoqda. Bu borada, o'tgan yaqin yillar ichida ushbu sohalarga ixtisoslashgan minglab yangi fermer xo'jaliklari va agroklasterlar tashkil etildi [22, 23, 24].
Keyingi yillarda Respublikamizda anor yetishtirish sohasiga ham jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston anori bo'yicha brend yaratish, Farg'ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga yetkazish, ko'chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o'zlashtirish, anorchilik bo'yicha ham bozor talabini o'rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta'minlaydigan mutaxassislar tayyorlashga e'tibor berish bo'yicha islohotlar olib borilmoqda [6, 7, 12, 22, 23, 24].
Shu bilan bir qatorda, anor agrobiotsenozlarini zararkunanda va kasalliklardan himoyalash bo'yicha alohida tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiqdir.
Shundan kelib chiqib, sohaning asosiy jihatlariga e'tibor qaratish va tadqiqot yo'nalishlarimizni belgilash maqsadida hozirga qadar ushbu sohada olimlar tomonidan olib borilgan fundamental hamda amaliy tadqiqot natijalari o'rganilib, tahlil etib chiqildi.
Olimlarning anor zararkunandalari bo'yicha yuzdan ortiq ilmiy manbalariga tayangan holda, ularning tadqiqot ishlarini davrlashtirishga harakat qilindi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Ma'lumki, turli agrobiotsenozlarda muhim dominant turlarning zarar keltirish xususiyatlari, ularning iqtisodiy oqibatlari uzoq yillardan olimlarni tashvishga solib keladi.
Agrotsenozlardagi hasharotlarning xilma-xilligi, tarqalishi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash usullari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar dunyoning ko'plab ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan olib borilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston hududida o'tkazilgan ekspeditsiyalar va izlanish natijalarining e'lon qilinishi bir asrdan oshdi. Shundan kelib chiqib, ilmiy natijalarni davrlar kesimida qiyosiy tahlil etish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi.
1-bosqich. O'zbekiston entomofaunasining dastlabki o'rganilish davri.
Mamlakatimizda hasharotlarni faunistik tadqiq etishga oid ilk manbalar 19-asrning 30-yillarida e lon qilingan F.Gebler va E.Reyterlarning ilmiy asarlarida uchraydi. Shu bilan bir qatorda, A.P.Fedchenko boshchiligidagi Turkiston faunasini o'rganish bo'yicha 1868-1871 yillardagi ekspeditsiyaning ilmiy xulosalari ham sohadagi tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Uning ishlari keyinchalik
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
V.V.Yaxontov tomonidan mantiqiy davom ettirilib, hasharotlarning yirik kolleksiyalari jamlandi. To'plangan hasharotlar kolleksiyalari bir qancha entomolog olimlar tomonidan har tomonlama tadqiq etildi [11].
Hasharotlarni rejali tarzda o'rganish fitopatolog A.A.Yachevskiy, entomologlar B.M.Vasilev va I.M.Vasilevalar tashkilotchiligidagi Markaziy Osiyoda ilk marta Murg'ab (1909) va Turkiston (1911) entomologiya stansiyalarining tashkil etilishi bilan bog'liqdir.
1911 -yilda Toshkentda Turkiston entomologiya stansiyasining tashkil etilishi, ushbu hududda qator zararkunandalar to'g'risida qimmatli ilmiy malumotlarni yig'ilishiga sabab bo'ldi. Turkiston entomologiya stansiyasining dastlabki malumotlari va hisobotlarida hasharotlar sinfining zararkunanda vakillarining mevali, manzarali daraxtlar, qishloq xo'jaligi ekinlarida ko'plab uchrashligi takidlangan [10].
Turli mintaqalarda hasharotlarning o'rganilishi o'tgan asr boshlarida bir muncha jadallashdi. Jumladan, bog'dorlichilikka jiddiy zarar keltirayotgan mevali bog'lar zararkunanda hasharotlarini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borila boshlandi. Bu borada P.P.Arxangelskiy (1917), V.P.Nevskiy (1929) ishlari alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, A.G.Davletshina, M.M.Doniyorova, R.P.Rakauskas, Ye.I.Valentyuk, G.X.Shaposhnikov, A.A.Sharov, L.S.Nekrasova, G.A.Arutyunyan, D.A.Belovlar tomonidan ham entomofaunaga doir fundamental tadqiqotlar amalga oshirigan [2, 5].
2-bosqich. 20-asrning ikkinchi yarmida olib borilgan entomologik izlanishlar davri.
Ushbu davrda Sobiq Ittifoq miqyosida fundamental tadqiqotlarga qaraganda mevali bog'lar, jumladan anorzorlar zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha kompleks yondashuvlar ko'proq amalga oshirildi. Asosiy e'tibor zararkunandaga qarshi kurash ishiga qaratildi.
Sharqiy Zakavkaziya (Ayrapetov, 1940), Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston (Arakelyan, 1963), Moldaviya (Bichina, 1981), Bolgariya (Shikrenov, 1958) hamda Qrimda (Tkachuk, 1986) sitrus mevali bog'lar qatorida anor butasi zararkunandalariga qarshi kurashga oid tadqiqotlar olib borilgan [14].
B.M.Peregonchenko (1952) tomonidan Tojikiston sharoitida anor shirasiga qarshi kurash chora-tadbirlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.
I.I.Lindt (1964) mevali bog'larda yashovchi tangachaqanotlilar turkumi vakillarining tarqalishi, biologiyasini tadqiq etib, ularning rivojlanish xususiyatlarini birmuncha keng izohlab beradi [16].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
V.G.Kovalenkov (1969) sitrus mevali daraxtlar zararkunandalarining biologiyasi va unga qarshi kurash choralari haqida bir qator malumotlarni keltiradi [78].
Ozarbaydjonda Olloxberdiev (1994) tomonidan Qorabog' hududida anor zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan [1].
"O'zbekiston" davlat nashriyoti tomonidan 1962-yilda nashr etilgan "Bog', tokzor va sabzovot-poliz ekinlarini zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilishga oid spravochnik"da ham anor zararkunanda va kasalliklari haqida malumotlar qayd qilingan. Jumladan, anorning muhim zararkunandalaridan bo'lgan anor kanasi, anor shirasi, komstok qurtlarining tashqi ko'rinishi, hayot kechirishi va ularga qarshi kimyoviy kurash choralari ko'rsatib o'tilgan.
V.V.Yaxontov (1962) tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar esa, ham amaliy, ham nazariy ahamiyatga molik bo'lib, ko'plab zararkunanda hasharotlarni, jumladan anor butasida zararkunandalik qiladigan hasharotlarni o'rganish va qarshi kurash usullariga ham bag'ishlangan. Olimning takidlashicha, anorning birlamchi zararkunandalaridan biri komstok qurti hisoblanib, u birinchi marta Toshkentda va uning atrofida topilgan. Komstok qurtining zararidan novdalar qing'ir - qiyshiq bo'lib, barglar sarg'ayadi va qurib qoladi. Komstok qurti tut daraxtidan tashqari, shaftoli, katalpa, anorga shuningdek, makkajo'xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, tarvuz va boshqa daraxtsimon o'simliklarga zarar yetkazadi [20].
V.I. Piskunov tomonidan Gelechiidae oilasi vakillarining sitrus mevalarga keltiradigan zarari ilmiy asosda o'rganilgan [9].
S.M.Pospelov, M.V.Arsenevalarning "O'simliklarni himoya qilish" asarida komstok qurtining biologiyasi va ekologiyasga oid, hamda komstok qurtining dunyoning ko'p mamlakatlarida Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Qozog'istonda uchrashi keltirilgan.
V.V.Pashchenko, K.B.Pashchenkolarning fikrlariga ko'ra komstok qurti polifag zararkunandadir. 300 xil o'simlik turida yashashi, u anorning gulkosalariga o'rnashib olib, o'sha yerga tuxum qo'yishi, natijada anor mevalari ifloslanib sifatsiz bo'lib qolishi qayd etilgan. Bundan tashqari mazkur mevalar komstok qurtining tarqalishiga sabab bo'lishi mumkinligi ta'kidlangan.
Tojikiston sharoitida B.M. Peregonchenko (1952), M.N.Narziqulov (1954), Qozog'istonda L.A.Yuxnevich (1968), Farg'ona vodiysi sharoitida A.A.Muhammadiyev (1979), M.H.Ahmedov (1996) lar o'simlik shiralarini, shu jumladan, mevali bog'larga zarar keltiruvchi turlarini keng qamrovli o'rganib, tadqiq qilishgan [3; 4; 8].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Anor shirasi anorning umumiy zararkunandalari sifatida V.V. Yaxontov (1962), V.V. Pashenko, K.V.Pashenko, B.V.Romanovich, A.A.Nagaybakov, V.I.Serbinovlarning monografiya hamda qisqacha yo'riqnomalarida ko'rsatilgan. Bu tur shiraning kushandalari to'g'risidagi malumotlar T.Vohidovning "Farg'ona vodiysining asosiy so'ruvchi zararkunandalarining entomofaglari" (1986) nomli ilmiy ishida qayd etilgan.
Anor qurti (Euzophera punicella Moor) ning o'rganilishi o'tgan asrning o'rtalaridan boshlangan bo'lib, asosan anor mevasiga katta zarar keltirishi tufayli anor mevaxo'ri deb nomlanadi. M.M.Berenskoy (1951) o'z ilmiy ishlarida anor qurtining biologiyasiga oid malumotlarni bayon etib, mevaxo'rning uchta avlod berib ko'payishi, I avlod kapalaklari maydan - iyungacha, II avlod iyundan -sentabrgacha, III avlod sentabr oyidan paydo bo'lib, qurt holida qishlashi hamda zararkunandalarga qarshi choralari haqida malumotlar keltirilgan.
A.A.Ribakov (1959) tahrirligida chop etilgan "Mevachilik" nomli asarida anor qurtini anor mevasida yashab anorlarga jiddiy zarar keltirishi O'zbekiston hududida tarqalishi bioekologiyasiga oid malumotlar yoritilgan. Asarda yozilishicha o'sib kelayotgan qurtning tanasi ko'kimtir. Bosh kapsulasi jigarrang tusda bo'lib, bo'yi 15 mm. yopilgan g'umbaklari, qurtlari to'kilgan mevalarda, meva po'stida, tuproqning pana joylarida va daraxt shoxlarida tig'iz qilib o'ralgan ipaksimon oq pillalar ichiga kirib qishlashi ko'rsatib o'tilgan.
V.V.Yaxontov (1962) malumotlariga ko'ra subtropik ekinlardan bo'lgan anor butasiga, anor tunlami, komstok qurti, gunafsharang qalqondor, vergulsimon qalqondorlar ham zarar keltirishi qayd etilgan. Anor tunlami Buxoroda, Shaxrisabz atroflarida va Eronda topilgan. Shuningdek ushbu zararkunandalarning bioekologiyasi o'g'risida qisqacha malumotlar keltirilgan. Mualliflarning takidlashicha anor qurti ko'proq keksa butalarga zarar keltiradi. Ilgari Tojikistonning ba'zi joylarida, Eron, Hindiston, Yugoslaviyada ma'lum bo'lgan, so'nggi paytlarda aniqlanishicha Turkmaniston, Dog'iston, Ozarbayjon, Gruziya va Armanistonda tarqalganligi bayon etilgan. Biologoiyasiga oid ma lumotlarda qurtlarning hayot kechirishi, ko'payishi va qarshi kurashish choralari ko'rsatib o'tilgan [69].
O.P.Kulkovning (1986) "O'zbekistonning subtropik mevasi ekinlari" asarida O'zbekistonda anor butasida uchraydigan zararkunandalar va anor mevaxo'ri haqida ham malumotlar bayon etilgan.
D.D.Kashkarova, G.P.Migarevichlar o'z tekshirishlari asosida yozgan maqolalarida Ozarbayjon hududida tarqalgan anor mevaxo'rining avlodlari, ularning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'payishi, zarari va qarshi kurashish choralari haqida hamda anor butasining boshqa zararkunandalariga ham ahamiyat berib o'tganlar.
3-bosqich. Mustaqillik yillaridagi entomologik tadqiqotlarning taraqqiy etish davri
Qayd etish joizki, O'zbekiston olimlari tomonidan qishloq xo'jaligi ekinlarining zararkunanda va foydali hasharotlarini fundamental va amaliy tadqiq etish borasida erishilgan natijalar ko'p jihatdan e'tirofga molikdir (M.I.Kosobutskiy, V.V.Yaxontov, Sh.T.Xo'jaev, G.Sh.Shomuratov, I.K.Maxnovskiy va b.). Jumladan, S.Alimuxmedov va Sh.Xo'jaevlar yurtimizda qishloq xo'jaligining ravnaq topishida munosib hissa qo'shdi. Mualliflar zararkunanda hasharotlarning jadal ko'payishiga yo'l qo'ymaydigan tejamkor agrotexnik tadbirlar ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Har xil asosiy ekinlar zararkunandalarining sistematik holati va turli sharoitda zarar yetkazish darajasi aniqlab berildi [15; 16; 17, 20].
P.A.Olimjonov "Entomologiya" asarida anor zararkunandalari haqida malumot berib, cherves va qalqondorlar yoki koksidlar (Coccinea) hasharotlarning teng qanotlilar turkumiga qarashli kenja turkumga kirishi, Markaziy Osiyo va Qozog'iston maydonlarida 300 ga yaqin turi, shundan 30 dan ortiqroq turi mevali va ihota daraxtlarga, tut va tokka, anor va anjirga jiddiy zarar yetkazishi bayon etilgan. Shuningdek qalqondorlarning biologiyasi, morfologik belgilari va tarqalishiga oid fikrlar bayon etilgan. Komstok qurtining 300 dan ortiq tur o'simliklarda uchrashi va ularning entomofaglari xaqida ham malumotlar keltirilgan [19].
Anor qurtining tarqalishiga va biologiyasiga oid malumotlar X.X.Kimsanoyev, R.Sh.O'lmasboyev, K.N.Xoshimovlarning asarlarida ham kelirilgan. Bog', tokzor va sabzavot poliz ekinlarining zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilishga oid ma lumotnomada anor zararkunandalarining morfologiyasi va hayot kechirishi yuzasidan malumotlar berilgan bo'lib, shuningdek anor qurtining biologiyasi ham ko'rsatilgan.
X.K.Kimsanboyev, R.Sh.O'lmasboyeva, Q.X.Halimovlar (2002) ning ko'rsatishicha anor qurti anor mevasiga zarar yetkazadi. Ayrim joylarda anorning qurtidan zararlanishni 11,7% dan 94,2% gacha, ayniqsa qari daraxtlarni ko'p zararlashadi. Ba'zan anor qurti anor daraxtining po'stlog'iga ham zarar yetkazib, ularni kuchsizlantirib qo'yadi [89].
S.Mirzayeva, M.Yusupovalar (2008) anor mevaxorining o'ziga xos tabiiy kushandalari haqida ma lumotlar keltirib, uning qurtiga juda ko'p hammaxo'r bo'g'imoyoqli (ari, beshiktebratar, pashshalar, ninachilar va boshqalar) hasharotlar hamda umurtqali hayvonlar (qushlar) hujum qilishi mumkinligini ta kidlashgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Mevaxo'rlarning tanasiga yaydoqchi hasharotlar (trixogramma, temnomidlar va yirtqich lichinkalar); qurtiga esa - ko'plab ixneumonid va brakonid hasharotlar, g'umbagini yirtqichlar va parazitlar shikastlashini bayon etganlar [13; 15].
A.Yusupov tomonidan mevali bog'lar tangachaqanotlilari sonini boshqarishga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasida (2016) anor mevaxo'rining zarar keltirish xususiyatlari va unga qarshi biologik kurash chora-tadbirlari haqida ham malumotlar keltirib o'tilgan [18].
M.Ahmedov va M.Shermatovlarning e'lon qilgan maqolalarida Farg'ona vodiysida Komstok qurti (Pseudococcus comstocki Kuw.)ning zarar keltirish xususiyatlari hamda ozuqa o'simliklari ro'yxati keltirilgan [19].
Umuman olganda, O'zbekistonda anor zararkunandalari haqidagi bir qator malumotlarda (Mirzayeva, 2010; Xo'jaev, 2009; 2010) asosiy e4ibor ularga qarshi kurash chora-tadbirlariga qaratilgan bo'lib, Qayumova tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar (2014; 2015; 2016) esa, anor qurtining biologiyasi va ekologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan [13; 15; 16; 17].
So'nggi yillarda anorda uchrovchi shiralar va koksidlarni o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot natijalari boshqa mualliflar tomonidan e'lon qilina boshlandi [7, 8, 12,
Ilmiy manbalarning tahlili shuni ko'sratadiki, horijiy mamlakatlar va respublikamizda anor zararkunandalarini o'rganishga oid tadqiqotlar mavjud bo'lib, biroq alohida olingan hududlarda kompleks tadqiqot natijalari nisbatan cheklangan va keng qamrovli emas. Bu esa, Farg'ona vodiysining anorzor agroekotizimlarida tarqalgan hasharotlarning tur tarkibi, asosiy turlarning bioekologiyasini o'rganish, trofik aloqalarini tahlil etish hamda zararkunanda turlarga qarshi ilmiy asoslangan kurash chora-tadbirlarini takomillashtirishga doir keng ko'lamli izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
REFERENCES
1. Аллахвердиев Ш. Г. Распространенность гранатовой огневки-плодожорки и поврежденность растений ею в условиях Миль-Карабахской зоны. // Актуальные вопросы защиты сельскохозяйственных культур от вредителей, болезней и сорняков в Азербайджанской республике. - Баку. -1991.-С. 116-120.
2. Арутюнян Г.А. Вредная энтомофауна декоративных насаждений некоторых городов Армянской ССР. Автореф. дисс. на соиск. учен. степ, канд. биол. наук. - Ереван, 1968. - 17 С.
24].
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Ахмедов М.Х. Дендрофильные тли Западного Тянь-Шаня (фауна, формирование и зоогеографические особенности). Автореф. дис. ...канд. биол. наук. - Баку, 1980, - 26 с.
4. Ахмедов М.Х. Тли - афидиды (Homoptera, Aphidinea, Aphididae) аридно-горных зон Средней Азии (экология, фауногенез, таксономия).: Автореф. дис... докт. биол. наук. -Т. 1995. 45 с.
5. Давлетшина А.Г. Тли рода Aphis L. фауны Узбекистана. -Ташкент: Наука, 1964. -134 с.
6. Зокиров, И. И., Зокирова, Г. М., & Капизова, Д. Р. (2021). Адвентивные виды насекомых (Insecta) овощебахчевых культур ферганской долины. Academic research in educational sciences, 2(12), 39-46.
7. Капизова, Д. Р., Зокиров, И. И., Зокиров, К., & Собиров, О. Т. (2020). Шаркий ФарFOна шароитидаги дендрофил кокцидлар энтомофагларининг биоэкологик хусусиятлари. АДУ. Илмий хабарнома.-Scientific bulletin. Series: Biological Research, (8), 52.
8. Мухамедиев А.А. Тли Ферганской долины. - 1979. -Т.: Фан. -80 с.
9. Пискунов В.И. Сем. Gelechiidae выемчатокрылые моли. - Определитель насекомых европейской части СССР. Чешуекрылые. - Л.: Наука, 1981.-т. 4, ч. 2.-С. 659-748.
10. Плотников В. Отчет о деятельности Туркестанской энтомологической станции. -1915. -С. 7-40.
11. Яхонтов В.В. Развитие энтомологии в Узбекистане // Защита растений. -Москва, -1967. -№6. -С. 8-9.
12. Masodiqova, M. A. Q., & Zokirova, G. M. (2021). FARG 'ONA VODIYSI SHAROITIDA APHIS PUNICAE PASSERINI, 1863 SHIRASINING BIOLOGIYASI VA HAYOTIY SIKLI. Academic research in educational sciences, 2(6), 381-387.
13. Mirzaeva S., Xo'jaev Sh.T., Xudayberdieva M. Anor mevaxo'riga qarshi uyg'unlashgan kurash tizimi //Yosh olimlar q/x fani va amaliyotini yuksaltirishda etakchi kuch. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (ilmiy maqolalar to'plami).-Toshkent, Agroilm, 2008. - 228-232 b.
14. Mirzayeva S.A. Anor va anjir zararkunandalariga qarshi uygunlashgan kurash tizimini yaratish. Biol. fan. nomz. avtoref., -Toshkent, 2010.
15. Xo'jaev Sh.T., Yusupova M., Xalilov A., Mirzaeva S. Anjir zarkunandalari // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. - Toshkent, 2007. - №4. - 11 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
16. Xo'jaev Sh.T., Jamalov A., Mirzaeva S. Anor mevaxo'ri // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. - Toshkent, 2007. - №7.- 20 b.
17. Xo'jaev Sh.T., Mirzaeva S. Anorni mevaxo'rdan himoya qilishning bezarar usuli //O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda ilg'or tajriba (maqolalar to'plami). - Toshkent, Talqin, 2008.- 93-95 b.
18. Xo'jaev Sh.T., Mirzaeva S., Yusupova M., Jamalov A. Anor va anjirni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish bo'yicha tavsiyalar. - Toshkent, QT Ruta-Print, 2008. - 23 b.
19. Shermatov M. Tut parvonasi (Glyphodes pyloalis Walker)ning Farg'ona vodiysida tarqalishi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari: Biol. fan. nomz. ...diss. -Toshkent, 2010. - 120 b.
20. Yaxontov V.V. O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi o'simliklari hamda mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash. -Toshkent: O'rta va oliy maktab, 1962. - 696 b.
21. Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I. (2021). FARG 'ONA VODIYSINING AYRIM DENDROFIL SHIRALARI (HOMOPTERA, APHIDOIDEA) BIOEKOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 2(6), 1289-1299.
22. Ilkhomjonovich, Z. I., & Khasanbaevna, Y. S. (2021). FOOD SPECTRUM OF THE BEET ARMYWORM (SPODOPTERA EXIGUA (HUBNER, 1808))(LEPIDOPTERA, NOCTUIDAE) IN RAINFED AGRICULTURE OF THE FERGANA VALLEY.
23. Mamadjonovna, Z. G., & Ilkhomjonovich, Z. I. (2022). SEASONAL VARIABILITY AND POPULATION DENSITY OF APHIDS OF GYMNOSPERM PLANTS IN THE FERGANA VALLEY.
24. Zokirov, I. I., & Kapizova, D. R. (2021). DENDROFIL KOKSIDLAR ENTOMOFAGLARINING TADQIQIGA DOIR (SHARQIY FARG 'ONA HUDUDI MISOLIDA). Academic research in educational sciences, 2(8), 47-54.
25. http://mevazor.uz/uz/pests/type/3/pests/?page=2
26. https://www.insectidentification.org/bugfinder-start.asp