Научная статья на тему 'BODRING SHIRASIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULINING AFZALLIGI'

BODRING SHIRASIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULINING AFZALLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
266
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologik kurash / bodring shirasi / poliz ekinlari / Poliz shirasi. / biological control / cucumber juice / polyz crops / polyz juice.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — To’raboyev, Mirzarahmat Baxtiyor O’g’li

Mazkur maqolada bodring shirasining biologiyasi va zarari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan bo’lib, bodringzorlarda bodring shirasiga qarshi biologik kurash chorasinin olib borish sof biologik iste’mol uchun foydali mahsulot yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGE OF BIOLOGICAL CONTROL METHOD AGAINST CUCUMBER JUICE

This article presents the results of scientific research on the biology and damage of cucumber sap, and the implementation of biological control measures against cucumber sap in cucumber fields is of great importance in the production of useful products for pure biological consumption.

Текст научной работы на тему «BODRING SHIRASIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULINING AFZALLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BODRING SHIRASIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULINING

AFZALLIGI

To'raboyev Mirzarahmat Baxtiyor o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnoligiyalar instituti assistenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bodring shirasining biologiyasi va zarari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan bo'lib, bodringzorlarda bodring shirasiga qarshi biologik kurash chorasinin olib borish sof biologik iste 'mol uchun foydali mahsulot yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: biologik kurash, bodring shirasi, poliz ekinlari, Poliz shirasi.

ABSTRACT

This article presents the results of scientific research on the biology and damage of cucumber sap, and the implementation of biological control measures against cucumber sap in cucumber fields is of great importance in the production of useful products for pure biological consumption.

Keywords: biological control, cucumber juice, polyz crops, polyz juice.

KIRISH

Bugungi kunda Respublikamiz hududlarida yetishtirilayotgan poliz ekinlar turli zararkunandalar bilan zararlanishi kuzatilmoqda. Jumladan Andijon viloyati sharoitida poliz ekinlarida ham turli zararkunanda va kasalliklar bilan kuchli zararlanishini tadqiqotlarimiz davomida kuzatildi.

Biz asosan tadqiqotlarimizni olib borishda poliz ekinlardan bodring o'simligi yetishtirilib bunda bodring shirasi, oqqanot va boshqa zararkunandalarni kuzatdik. Shuni hisobga olib bodring dalasida tadqiqotlarni bodring shirasi va oq qanotga qarshi kurash tadbirlarini (entomofag) maqbul muddat va meyyorlarini ishlab chiqdik.

Tanlangan maydonning joylashuvi (f/x)

Tajriba Andijon viloyati Andijon tumani tomorqa xo'jaligida o'tkazildi. Bo'z tuproqlar O'rta Osiyo respublikalari hamda janubiy Qozog'iston va Ozarbayjonda 33 mln ga maydonni egallab, MDX xududining 1.5% ni gashkil etadi. Bo'z tuproqli zonaning o'rtacha yillik temperaturasi yuqoriroq . Bir yilda 200-600 mm gacha yog'in yog'adi. Yog'inning ko'p qismi qish, bahor oylarida yog'adi. Yoz bilan kuz esa juda quruq bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zona janubiy qismining iqlimi eng issiq hisoblanadi. Yillik o'rtacha temperatura +14- 15°S. Qishi iliq eng sovuq oy yanvar. Yiliga 250-600 mm yog'in tushadi. Bo'z tuproqlar dengiz satxidan 200m dan 1400 m gacha balandlikda bo'lgan maydonlarda tarqalgan. Bu zona dengiz satxidan 200 m dan pastdagi cho'llar zonasi bilan chegaralanadi. Bo'z tuproqlarni paydo qiluvchi ona jinsi asosan lyooss va lyossimon yotqiziqlardir. Andijon viloyati Andijon tumani tomorqa xo'jaligini tuproqlarini sug'oriladigan o'tloqi tuproqlar hisoblanadi. Cho'l zo'nasidagi sug'oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlar Xorazm va CHimboy voxalarining hammasida, CHorjoy va Qarshi tumanlarida, Amudaryoning o'rta qismi vodiysida hamda Andijon tumanida ancha joyni egallaydi.Uzoq vaqtdan beri sug'orib dehqonchilik qilish yer berishdagi yotqiziqlar relefini, tuproqlarning morfologik to'zilishini, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda unumdorligini jiddiy o'zgartirib yuborgan. Qadimdan sug'orilib kelayotgan o'tloqi tuproqlarning genegik qatlamlari yaxshi ajralib turmasligi bilan quruq xolatdagi tuproqlardan farq qiladi.

1-jadval

Xo'jalik sharoitida bodringga zarar yetkazuvchi bo'g'imoyoqli hayvonlar

Nomlanishi Uchrash darajasi

O'zbek tilida Lotincha *)

1. Poliz shirasi Aphis gossypii ++++

2. Oqqanot Aleyrodinea +++

Izoh: *) ++++ - eng ko'p uchraydi va zarari katta +++ - hamma yerda uchraydi, ammo zarari nisbatan pastroq

Poliz shirasi (Aphis gossypii). Poliz ekinlariga ko'proq poliz shirasi va akatsiya shirasi shikast yetkazishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'rta Osiyo mintaqalarida shiralar poliz ekinlarining eng asosiy zararkunandasi xisoblanadi. Bu zararkunandalar poliz eknlarini (qovun, tarvuz, bodring, qovoq) nixollik davridan xosil yetilishiga qadar zararlashi mumkin. Ammo iyulning birinchi-ikkinchi o'n kunligidan to avgustning yarmigacha rivojlanishi pasayib, keyinchalik yana kuchli ko'paya boshlaydi. Zararkunandaning kuzda rivojlanishi asosan kechki bodring va qovoq ekinlari uchun ahamiyatli bo'ladi. Shiralarning poliz ekinlariga zarari shu qadar kuchli bo'ladiki, ko'pincha ularga qarshi kurashilmasa mutlaqo xosil olinmaydi yoki sifati past maxsulot olinadi. Bunday axvol barcha viloyatlarda sodir bo'lishi mumkin. Ayrim yillari paykaldagi bodringva qovun palaklari iyul oyida shiralar bilan shu qadar kuchli zararlanadiki, xatto palak ostidagi yer shiralari chiqindilardan qorayib ketadi. Buning sabablaridan biri shundaki, o'simliklar yosh davrida (may oyi) zararlanib kimyoviy o'tkazilishi lozim bo'lgan bir vaqtda, ipak qurti ximoya tadbirlari o'tkazilishiga chek qo'yadi. Shuning uchun, bu davr masuliyatli bo'lib, o'simliklarni ximoya qilishning boshqa bezarar yo'llarini topishga majbur qiladi. Poliz ekinlarida akatsiya shirasi 3-4 bo'g'in berib rivojlansa, poli shirasi 12-14 bo'g'in berishi mumkin. Oltinko'zning poliz shirasiga qarshi samarasini aniqlash uchun maxsus laboratoriya va dala tajribalarini o'tkazdik. Poliz shirasining tuxumini laboratoriya sharoitida olib yig'ish mushkul bo'lganligi sababli, laboratoriyada faqat oltinko'zning samarasi zararkunandaga nisbatan o'rganildi. Eng yuqori samara oltinko'zning zararkunandalarga nisbati 1:10-15 hamda 1:20 bo'lganida ro'y berdi. Bunda zararlangan zararkunandalarning hammasida ham tuxum aniqlanmadi. Oltinko'z kam qo'yilgan qatlamda lichinkalari kam miqdorda aniqlandi. 2021 yil mavsumida oltinko'zni bodring shiralariga 1-10 1-20 nisbatda yani 1 sotoxiga 30 donadan ishlatib dala tajribasi Andijon tumani xo'jaliklarida o'tkazildi (2-jadval). Bunda har 1 variant bittadan xo'jalik hovlisida (5 so'tix yer maydonida) o'tkazildi.

Poliz shiralariga qarshi biologik usulning samaradorligi

3-Jadval

Dala tajribasi, Andijon viloyati, Andijon tumani 2021 yil.

№ Variantlar 20.05ga ko'chatlarning zararlanish darajasi, % Samaradorlik, %

1. Mavsum mobaynida 5 ta hisob o'tkazish kunlari faqat oltinko'z (1 so'tix 15 dona) yuborildi 20,0 45,4

2. Mavsum mobaynida 6 ta hisob o'tkazish kunlari oltinko'z (1 so'tix 30 dona) yuborildi. 8,9 79,8

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3. Nazorat (himoya o'tkazilmadi) 44,0 -

Birinchi variantda Oltinko'z 15 donac an ishlatildi. Bunda, har 5 kunda bir marta

oltinko'zni, har bir so'tixga (15 dona) yuborildi. 20 mayga kelib bodringning zararlanishi bu o'simliklarda 20% ni tashkil qildi (nazoratda - 44,0%). Shunday qilib 45,4% biologik samaraga ega bo'lindi.

Ikkinchi variantda har gal (6 marta) oltinko'z tarqatildi. Bunda oltinko'zning me'yorini -har 1 so'tixga 30 tadan olindi. Natijalardan ko'rinib turganidek, 20-mayga kelib mevalarning zararlanishi atigi 8,9% ni tashkil qildi, ya'ni biologik samara 79,8% ni tashkil qildi. Buning uchun bodring gullashga kirishishidan oldin har besh kunda 1 marta oltinko'z tarqatib turish lozim bo'ladi.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, bodringni shiradan himoya qilishda oltinko'zni tarqatishga asoslangan biologik usulni ishlatish mumkin ekan.

REFERENCES

1. Кульков О. П. Субтропические плодовые культуры Узбекистана. - Ташкент: Мехнат, 1986. - 115-116 с.

2. Mirzaeva S.A., Xudayberdiyeva M. Anor mevaxo'riga qarshi uyg'unlashgan kurash tizimi. - Ilmiy maqolalar to'plami. - Toshkent, 2009. - 228-232 b.

3. Xo'jayev SH.T. Insekttsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy kursatmalar (II nashr). - Toshkent: Davlat kimyo komissiyasi, 2004.- 103 b.

4. Xo'jayev SH.T. Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi hamda uyg'unlashgan himoya qilish tizimining asoslari (IV nashr). - Toshkent: Yangi nashr, 2019. - 375 b.

5. Yaxontov V.V. O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi o'simliklari hamda mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash. - Toshkent: «O'rta va oliy maktab», 1962.693 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.