Научная статья на тему 'NOIQTISODIY OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

NOIQTISODIY OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Uzluksiz ta’lim / iqtisodiy bilim / iqtisodiy tarbiya / ta’limda innovatsion texnologiyalar / iqtisodiyot asoslari / tadbirkorlik / biznes reja / buxgalteriya / mehnat bozori / bozor iqtisodiyoti / iqtisodiy bilimlar to’plami.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzaaxmedova Nodira Asqarali Qizi

Ushbu maqolada ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida mukammal kadrlar tayyorlash tizimi iqtisodiyotni o`sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun talabalarda iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, jamiyatimizga iqtisodiy faol bo’lgan kadrlar tayyorlash masalalari ko’rilgan. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning muhim shartlaridan biri mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, fan texnika taraqqiyotining yutuqlarini moddiylashtirish bo‘lib, bunda kadrlar kasbiy mahoratining yetukligi, ularning murakkab ishlab chiqarish sharoitida o‘z vaqtida va to‘g’ri harakatlana olishi, turli hayotiy vazifalarga zudlik bilan javob berishi va ularni hal etish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Har bir talaba bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir davrda – uni o‘rab turgan iqtisodiy voqelikni, unda kechayotgan jarayonni anglashi, tadqiq va tahlil qilib, xulosalar chiqarish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Bu esa har bir fuqarodan iqtisodiyot nazariyasining asoslaridan xabardor bo‘lishini, uni amalda joriy qilish yo‘l va vositalarini talab darajasida o‘zlashtirishini taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOIQTISODIY OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

NOIQTISODIY OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Mirzaaxmedova Nodira Asqarali qizi

TDIU " Marketing va logistika " fakulteti "Professional ta'lim nazariyasi va metodikasi -

iqtisodiyot" yo'nalishi 2 kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.10893593 Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim tizimini rivojlantirish jarayonida mukammal kadrlar tayyorlash tizimi iqtisodiyotni o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun talabalarda iqtisodiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, jamiyatimizga iqtisodiy faol bo'lgan kadrlar tayyorlash masalalari ko'rilgan. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning muhim shartlaridan biri mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, fan - texnika taraqqiyotining yutuqlarini moddiylashtirish bo'lib, bunda kadrlar kasbiy mahoratining yetukligi, ularning murakkab ishlab chiqarish sharoitida o'z vaqtida va to'g'ri harakatlana olishi, turli hayotiy vazifalarga zudlik bilan javob berishi va ularni hal etish ko'nikmasiga ega bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Har bir talaba bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir davrda - uni o'rab turgan iqtisodiy voqelikni, unda kechayotgan jarayonni anglashi, tadqiq va tahlil qilib, xulosalar chiqarish imkoniga ega bo'lishi lozim. Bu esa har bir fuqarodan iqtisodiyot nazariyasining asoslaridan xabardor bo'lishini, uni amalda joriy qilish yo'l va vositalarini talab darajasida o'zlashtirishini taqozo etadi.

Kalit so^zlar: Uzluksiz ta'lim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy tarbiya, ta'limda innovatsion texnologiyalar, iqtisodiyot asoslari, tadbirkorlik, biznes reja, buxgalteriya, mehnat bozori, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy bilimlar to'plami.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ У СТУДЕНТОВ НЕЭКОНОМИЧЕСКИХ ВУЗОВ Мирзаахмедова Нодира Аскарали кизи

ТГЭУ факультет "Маркетинг и логистика", направление "Теория и методика профессионального образования - экономика" магистр 2 курса

АННОТАЦИЯ: В процессе развития системы образования в работе данной диссертационной работы были рассмотрены вопросы формирования экономических знаний и умений у студентов, подготовки экономически активных кадров в нашем обществе с целью удовлетворения растущих потребностей экономики в совершенной системе подготовки кадров. Одним из важных условий стремительного развития экономики является увеличение производственных мощностей страны, материализация достижений развития науки и техники, при которых повышается зрелость профессиональных навыков персонала, его способность вовремя и правильно перемещаться в сложных производственных условиях, оперативно реагировать к различным жизненным задачам и обладать тем, что каждый студент должен уметь понимать, исследовать, анализировать и делать выводы об экономической реальности, которая его окружает, о процессах, которые в ней происходят, в период, когда развиваются рыночные отношения. Это предполагает, что каждый гражданин осведомлен об основах экономической теории, осваивает пути и средства ее внедрения на практике на уровне спроса.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: непрерывное образование, экономические знания, экономическое образование, инновационные технологии в образовании, основы экономики, предпринимательство, бизнес-план, бухгалтерский учет, рынок труда, рыночная экономика, совокупность экономических знаний.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC LITERACY AMONG STUDENTS OF NON-ECONOMIC UNIVERSITIES

Mirzaakhmedova Nodira Askarali kizi

TSUE Faculty of Marketing and Logistics Department of Innovative Education direction Theory and Methodology of Vocational Education - Economics 2nd year Master's degree

SUMMARY: In the process of developing the educational system in the work of this dissertation, the issues of formation of economic knowledge and skills in students, training of personnel economically active in our society in order to meet the growing needs of the economy of the perfect personnel training system were seen. One of the important conditions for the rapid development of the economy is the increase in the country's production capacity, the materialization of the achievements of the development of Science and technology, in which the maturity of professional skills of Personnel, their ability to move on time and correctly in complex production conditions, promptly respond to various life tasks and have the Every student should be able to understand, research and analyze and draw conclusions about the economic reality that surrounds him, the process that is taking place in it, in a period when market relations are developing. This assumes that every citizen is aware of the foundations of the theory of Economics, mastering the ways and means of its introduction in practice at the level of demand.

KEY WORDS: Continuous education, economic knowledge, Economic education, innovative technologies in education, fundamentals of economics, entrepreneurship, business plan, accounting, labor market, market economy, set of economic knowledge.

Kirish

Respublikamizda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar natijasida jamiyatimiz taraqqiyotining takomillashgan asoslari yaratilmoqda va milliy mustaqilligimiz poydevori yanada mustahkamlanib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va amaliyotga qo'llanilayotgan "2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Taraqqiyot strategiyasi"da[3] xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligini, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e'tiborini o'ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta'kidlab o'tamiz. Taraqqiyot strategiyasida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari alohida o'rin egallaydi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Har bir oila-tadbirkor", "Yoshlar kelajagimiz" davlat dasturlari ijrosini ta'minlashdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyatimizning barcha sohalarida bo'layotgan innovatsion yangilanishlarning bevosita ishtirokchilariga aylanishga yanada kengroq jalb qilishdir.

Respublikamiz iqtisodiyoti yangicha munosabatlarga o'tish bosqichida turgan sharoitda bu masala juda ahamiyatlidir. Holbuki, bu masalalarni hal etish, eng avvalo, yoshlarda iqtisodiy savodxonlikni, tamomila yangicha iqtisodiy fikrlashni rivojlantirishning g'oyat dolzarb vazifa ekanini ko'rsatadi. Chunki bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy savodxonlik nafaqat olimlar, balki barcha soha mutaxassislari uchun zarur bo'lgan xususiyatdir. Shunday ekan, ta'lim muassasalari tizimida iqtisodiy bilim va tarbiya beruvchi fanilarni o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu fanlar talabalarning zamonaviy iqtisodiy 4 tafakkurining shakllanishiga xizmat qiladi. Biroq hozirgi zamon iqtisodiy bilimlar zaminida tarixiy-iqtisodiy g'oyalar, zamonaviy qarashlar, ta'limotlar, eng muhimi iqtisodiy faoliyatning amaliy jihatlari katta o'rin tutadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti ko'rsatadiki, butun dunyoda savodxonlik masalasiga katta e'tibor berilgan. Savodxonlik aholi savodxonligi, savodxonlikni oshirish, savodsizlikni tugatish va boshqa tushunchalar bunga misol bo'la oladi. Ammo ba'zi pedagog olimlarning e'tirof etishlaricha, keyingi yillarda ayrim guruhdagi yoshlarning savodxonlik darajasi biroz bo'lsa-da pasaygan. Tarixiy ma'lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisod va iqtisodiy ta'lim-tarbiyaga oid ko'plab g'oyalarni ilgari surishgan.[4] Chunki iqtisod har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi. U nafaqat insonning bugungi hayotini, balki kelajagini ham belgilab beradi. Axir, xalqimiz «yetti o'lchab, bir kes», «oldin iqtisod, keyin siyosat», degan hikmatlarni bejiz aytmagan. Demak, jamiyatda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligini ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan. Qadimgi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'limish «Avesto»da, islom ta'limotida, «Buyuk ipak yo'li» haqidagi ilmiy-badiiy asarlarda iqtisodiy ta'lim-tarbiyaga oid ko'plab mulohazalar ilgari surilgan. O'rta Osiyoda iqtisodiy fikrlarning shakllanishi buyuk ensiklopedist-allomalar va mutafakkirlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning nomi bilan uzviy bog'liq.

A. Navoiy o'zining «Mahbubul-qulub» asarida[5] jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq, tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta'kidlaydi. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz,— yolg'iz foydani niyat qilmasligi», «savdo qilib foyda topaman», «mol va pul ko'paytiraman deb ortiqcha kema surmasligi», «mol va pul ko'paytiraman deb jonsarak bo'lmasligi kerak», «savdogar boj-xiroj berish o'rniga o'z molini yashirib, o'z obro'sini to'kmasa yoki topgan-tutganini merosxo'rlari sotib sovurishi uchun to'plab qo'ymasa yoki biror yomon hodisa qo'zg'ash uchun sarflamasa, jamg'arma yaxshi bo'ladi» [15, 244 b].

Nizom ul-Mulkning «Siyosatnoma» asarida[6] hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabini suiste'mol qilib, isrofgarchilikka yo'l qo'yishi, soliq 16 islohoti, davlat mablag'larini saqlash va sarflash, hisob-kitob ishlari haqida aniq fikrlar bildirilgan. XIX asrda yashab ijod etgan Tilla Shayx ota ham Toshkentdagi Tilla Shayx masjidini o'zining mablag'iga qurdirib, uni mo'min-musulmonlar ixtiyoriga bergan. Bunday xayrli ishlar islom dini sharoitida savdogarlar va ulug' insonlarning oddiy xalqqa hurmati va yaxshilikka bo'lgan mustahkam e'tiqodidan dalolat beradi.

Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilayotgan «ochiq iqtisodiyot» tamoyili[2] hamda innovatsion g'oya va texnologiyalar asosida tezkor rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan bir qator asarlarida taraqqiyotimizning nazariy va amaliy asoslari yanada boyitib borilmoqda. Bu dasturiy asarlar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va iqtisodiy savodxonlikning ortishiga katta hissa qo'shadi. Albatta, mustaqillikdan keyin iqtisodiy ta'lim-tarbiya muammosiga bag'ishlangan qator kitoblar nashr etildi va ilmiy maqolalar e'lon qilindi. Bunda olimlardan S. S. G'ulomov, Sh. Z. Abdullaeva, A. Qodirov, J. Jalolov, N. Tuxliev, A. Chjen, N. Beknzov va boshqalarning nomini tilga olib o'tish mumkin. Mustaqillikdan keyin O'zbekiston Respublikasining hamdo'stlik mamlakatlari, xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan do'stona munosabatlari, turli sohalardagi o'zaro aloqalari tobora chuqur ildiz otmoqda. Biz buni dunyodagi nufuzli oliy o'quv yurtlaridan biri hisoblangan G. A. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi misolida ko'rishimiz mumkin. U Rossiya va O'zbekistonda iqtisodiyot ta'limini rivojlantirishda ko'prik vazifasini o'taydi. Hozirda iqtisodiyot ta'limida muhim ahamiyatga ega bo'lgan «Iqtisodiyot nazariyasi» kitobi Rossiyaning ko'zga ko'ringan olimlari, xususan, akademiya prezidenti, akademik, V. I. Vidyapin, akademik G. P.

Juravlyova, shuningdek, o'zbekistonlik olimlar, akademiklar, S. S. G'ulomov, M. Sh. Sharifxo'jaev, Q. Abdurahmonov hamkorligida yaratilgan. Bu kitobdan har ikki davlat iqtisodchi mutaxassislari keng foydalanadilar.

Tadqiqot metodologiyasi

Mazkur ishda noiqtisodiy OTMlarda bo'lajak mutaxassislarni iqtisodiy savodxonligini rivojlantirishning mazmuni, maqsadi, vazifalari o'rganib chiqildi.

Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida bo'lajak mutaxassislarda iqtisodiy savodxonligini rivojlantirishga oid adabiyotlar hamda ilmiy maqolalar, pedagog, psixolog, sotsiolog olimlarning ushbu mavzuda olib borgan izlanishlari, olimlar va soha vakillarining yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish jarayonlarni kuzatish amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar

Hozirgi kunda o'ziga xos ijodiy tafakkurga ega bo'lgan, iqtisodiy savodxon talabaning fazilatlarini belgilash juda muhimdir. Jamiyatning noiqtisodiy OTM talaba-bitiruvchilariga qo'yayotgan yangi ijtimoiy talabi bu - yuksak iqtisodiy savodxonlik va uning negizida shakllanadigan yangi ijodiy tafakkurdir. Iqtisodiy savodxonlik muammosini butun ko'lami bilan to'liq tasavvur qilish uchun uni o'rganishga tizimli yondashuvni ta'minlash zarur. Biz jarayon va hodisalarga tizimli yondashishga tayangan holda iqtisodiy savodxonlikni ma'naviy savodxonlik va umuman, ijtimoiy savodxonlikning tarkibiy qismi sifatida o'rganamiz. Bunday yondashuv o'rganilayotgan iqtisodiy savodxonlik tushunchasining umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini, qandaydir alohida jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu hol yangi iqtisodiy tafakkur sharoitida talabalarga iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish komponentlari o'rtasidagi aloqalar va munosabatlarni aniqlash va tahlil etish imkonini beradi.[7]

Talabalarning iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish aniq maqsadga yo'naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo'lib, unda quyidagi vazifalar hal etiladi:

- talabalarga mavjud iqtisodiy me'yorlar, qonunlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning mohiyati hamda ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berish;

- talabalarda kasbiy-iqtisodiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish;

- talabalarda - kasbiy-iqtisodiy faoliyatni tashkil etish bo'yicha amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilish.

Iqtisodiy savodxonlik — iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga tayyorgarlik, xo'jalik faoliyatining nazariy asoslarini bilish, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar mohiyatini tushunish, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta bilish.

Iqtisodiy axborot — ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, almashish, iste'mol qilish jarayonlari haqidagi ma'lumot.

Iqtisodiy trening — boshqaruv yoki xo'jalik yuritish faoliyatining samaradorligini baholash bo'yicha hisob-kitob ishlarni o'tkazishga imkon beruvchi kompyuterlashtirilgan ish o'yini.

Iqtisodiy madaniyat — qadriyatlar tizimi va xo'jalik faoliyatiga rag'bat, mulkchilikning har qanday shakliga va katta ijtimoiy muvaffaqiyat sifatidagi tijoriy yutuqqa hurmat bilan munosabatda bo'lish, «moslashish» kayfiyatini qabul qilmaslik, tadbirkorlik uchun ijtimoiy muhit yaratish va rivojlantirish.

Iqtisodiy ta'lim tizimiga quyidagilar kiradi:

1) iqtisodiy bilimlarni egallash;

2) zarur iqtisodiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish;

3) iqtisodiy g'oyalarni rivojlantirish;

4) bolalarning iqtisodiy ideallarni shaxsiy qadriyat sifatida anglashi;

5) iqtisodiy tarbiya jarayonida bolalarda umuminsoniy, axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

6) faol ijtimoiy hayot uchun motivatsiya.

Talabalarni iqtisodiy savodxonligini oshirish natijasida quyidagi masalalar va vazifalar hal

etiladi:

- atrofdagi dunyoni haqiqiy idrok etish shakllanadi;

- iqtisodiy terminologiyani egallash;

- iqtisodiy madaniyat, tafakkur, ong shakllanmoqda;

- talabalar tomonidan iqtisodiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, ishchan fikrlashga o'rganish, ajdodlari tajribasi bilan boyitish;

- talabalarda tashkiliy, iqtisodiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish.

Xulosa va takliflar

Bugungi kunda barcha yoshdagi va aholining barcha qatlamlari uchun iqtisodiy savodxonlikka qo'yiladigan talablar bir necha barobar ortdi. Talaba kelajakda iqtisodiyot fanining murakkab tushunchalarini o'zlashtira olishi uchun bu yo'nalishdagi ishlarni imkon qadar erta boshlash kerak. Iqtisodiy tarbiyaning natijasi talabaning mehnatga to'g'ri munosabatda bo'lishida namoyon bo'ladi; har qanday resurslarni: kiyim-kechak, poyabzal, pul, suv, elektr energiyasi, oziq-ovqat, vaqt, sog'liq va hokazolarni sarflash masalalarini hal qilishda uning xatti-harakatlarida sezilib turadi. Bundan tashqari, talabalar ishni vaqt bo'yicha taqsimlashni, vaqtni to'g'ri o'lchashni va uni sarflashni o'rganadilar, ish joyini tashkil qilishni o'rganadilar. Iqtisodiyotning asoslari madaniyatning bir qismi bo'lib, ularsiz zamonaviy dunyoda juda qiyin bo'ladi. Shunday qilib, har bir talaba bu asoslarni tushunishi va bilishi, ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Iqtisodiy ta'lim maktab o'quvchilariga va talabalarga tabiiy resurslarning inson uchun muhimligini tushunishga, butun tabiatga oqilona hurmat tuyg'usini singdirishga yordam beradi. Ular qanday mulk bo'lishi mumkinligi, cho'ntak pullari va uni oqilona sarflash, oilaning daromadlari va xarajatlari, ta'lim muassasasi mulkining qiymati, kitoblar, maktab va jihozlarni ta'mirlash xarajatlari va boshqalar haqida to'g'ri tasavvurga ega bo'ladilar.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiy ta'lim va savodxonlik, o'z navbatida, iqtisodiy dunyoni o'sib borayotgan shaxsga tushunarli qilish vositasi sifatida harakat qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy ta'lim bilimga asoslangan istaklarning mazmunli va foydali faoliyatga aylanishini ta'minlaydi. Demak, iqtisodiy savodxonlik, bir tomondan, ma'lum sharoitlarda hayot uchun zarur bo'lgan mustaqil ta'lim turi bo'lsa, ikkinchi tomondan, u shaxsning umumiy ta'limi va rivojlanishining tarkibiy qismi, qismi vazifasini bajaradi. Eslatib o'tamiz, odobli odam o'zining xulq-atvori, xatti-harakatlari, boshqa odamlarga munosabati bilan ajralib turadi, bu uning madaniyati darajasi bilan belgilanadi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, biz iqtisodiy savodxonlik yosh o'quvchini rivojlantirish va tarbiyalashning umumiy jarayonining zaruriy qismidir, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Shu bilan birga, biz shuni ta'kidlaymizki, bu ham hayotning jismoniy va ma'naviy asoslari o'zgarishi, normalar, qadriyatlarni qayta ko'rib chiqish sharoitida o'sib borayotgan shaxsning moslashuvi va ijtimoiylashuvi jarayonlari tufayli o'ziga xos ta'lim turidir.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, "O'zbekiston", 2017 yil, 488 bet.

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.Toshkent, "O'zbekiston", 2016 yil, 56 bet.

3. "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son.

4. Abdullaev A., Ergashev A., Aybeshov H., Abdullaeva X. Biznes reja. Amaliy mashg'ulotlar to'plami. Noiqtisodiy OTM talabalari uchun qo'llanma. -T.: O'qituvchi, 2003. -152 b.

5. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N., Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. -Toshkent : Moliya, 2002 . 492 b. 60.

6. Razzoqov A. To'raxonova H. Beruniyning iqtisodiy g'oyalari. «Hamkor» 2001 yil, iyul soni.

7. Tojiboev A., Asatullaeva M. Iqtisodiy ta'lim tarbiya jarayonida ma'naviy meroslardan foydalanish. // J. Kasb-hunar ta'limi. -2005. -№1. -B. 29.

8. Мусаханова Г. М. "Кейс-стади" технологияси талабаларнинг мустакил таълим жараёнида ташкилотчилик кобилиятини ривожлантирувчи инновацион метод сифатида //Архив научных исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 1.

b. 9.Мусаханова Г. М. Мустакил таълим жараёнида таълим олувчиларнинг ташкилотчилик кобилиятларини инновацион технологиялар асосида ривожлантириш //Архив научных исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.