Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1935
212
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf o’quvchisi / iqtisodiy tarbiya / iqtisodiy ta’lim / iqtisodiy bilim / iqtisodiy madaniyat. / младший школьник / экономическое воспитание / экономическое образование / экономические знания / экономическая культура.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muhayyo Olimjon Qizi Choriyeva

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimlarini shakllantirish zaruriyati, mazkur jarayonga xos pedagogik-psixologik xususiyatlar va ta’sir etuvchi omillar mazmuniga doir ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlari tahlili hamda o’quvchilarda ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlari mazmuni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлена информация о необходимости формирования экономических знаний у младших школьников, педагогических и психологических особенностях этого процесса, содержании влияющих факторов. Также освещается содержание анализа научно-исследовательских работ и этапы формирования первых экономических знаний у учеников

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Muhayyo Olimjon Qizi Choriyeva

Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy bilimlarini shakllantirish zaruriyati, mazkur jarayonga xos pedagogik-psixologik xususiyatlar va ta'sir etuvchi omillar mazmuniga doir ma'lumot keltirilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlari tahlili hamda o'quvchilarda ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlari mazmuni yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'quvchisi, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta'lim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация о необходимости формирования экономических знаний у младших школьников, педагогических и психологических особенностях этого процесса, содержании влияющих факторов. Также освещается содержание анализа научно-исследовательских работ и этапы формирования первых экономических знаний у учеников.

Ключевые слова: младший школьник, экономическое воспитание, экономическое образование, экономические знания, экономическая культура.

ABSTRACT

This article provides information on the need to form economic knowledge of elementary school pupils, pedagogical and psychological features of this process and the content of influencing factors. Also, the content of the analysis of scientific research works and the stages of formation of the first economic knowledge among pupils is covered.

Keywords: primary school student, economic upbringing, economic education, economic knowledge, economic culture.

O'zbekiston Respublikasining yangi taraqqiyot bosqichida zamonaviy iqtisodiy bilimlar uchinchi ming yillikni rivojlantirishning maqsadli mazmuni va global aspektlarini aks

May 6, 2023

199

ettiruvchi vazifalar bilan o'zaro hamohangdir. Iqtisod fani va ta'limga tegishli zaruriy talablar zamonaviy pedagogika fani va amaliyoti oldiga bir qator o'ta muhim vazifalarni qo'yadi va ularga to'g'ri yechim topishi yosh avlodni to'laqonli va sog'lom turmush tarziga tubdan bog'liq bo'libgina qolmay, balki iqtisodiy bilimlarni olish va qo'llash jarayonidagi ishga qodirligiga aloqador.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak"ligi takidlandi.

Iqtisodiyot jamiyat hayotining eng murakkab tizimlaridan biri sifatida oziq -ovqat, kiyim - kechak, uy - joy, ishlab chiqarish qurollari hamda vositalari kabi cheksiz narsalarga umumiy ehtiyojlar va ularni qondirishning usullari mavjudligini gavdalantiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy bilimi albatta iqtisodiy ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta'lim esa integral tavsifga ega bo'lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog'liqlikda rivojlanib boradi.

Ilmiy izlanishlar uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida bolalarga iqtisodiy ta'lim berish dinamikasi oddiydan murakkabga tomon, izchil, davomiy bo'lishi zarurligini ko'rsatdi. Ta'lim tizimining biror bo'g'inida ta'lim sifatining susayishi yoki uzviylikning yo'qolishi kelgusi bosqichlarda o'zining noxush sifat o'zgarishlarini albatta namoyon qiladi.

Iqtisodiy ta'lim - murakkab integral ta'lim jarayoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy - iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish, shakllantirish, saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi.

Shaxs tomonidan iqtisodiy bilimlar o'zlashtirilishining falsafiy jihatlari B.Valiyev, L.Jo'rayev, B.Tolipovlar, psixologik jihatdan esa I.Andreyeva o'rganishib ilmiy izlanishlarida tadqiq etishgan. Ta'lim - tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlarning iqtisodiy bilimini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Ma'lumki, o'tgan asrning oltmishinchi yillaridan Angliya, Germaniya, Yaponiya, AQSh kabi taraqqiy etgan davlatlarning ta'lim muassasalari o'quv rejalariga, bolalarni kundalik hayotga

May 6, 2023

200

tayyorlash maqsadida pul ishlab topish, uni saqlash, mol-mulk yig'ish, daromadli biznes, tejamkorlik, vaqtni foydali sarflash, irodani mustahkamlash, salomatlikka e'tibor berish, foydali kasbni tanlash va iqtisodiy bilim berish maqsadiga yo'natirilgan "iqtisodiy pedagogika" fani kiritilgan. Ushbu fan uchun alohida o'quv dasturi va uslubiy tavsiyalar yaratilgani ma'lum.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga iqtisodiy tarbiya berish borasida Germaniya tajribasi tengsizdir. Bu yurtning keng jamoatchiligi, oila va ijtimoiy institutlarining maqsadi boshlang'ich sinfdanoq aholida iste'mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari ham bu borada chetda turmaydilar, ular televideniya namoyish etayotgan reklamalar taklif qilayotgan narsalarning barchasiga birdan ega bo'lish mumkin emasligi, istaklarni jilovlay bilish va taklif etilganlar ichidan eng zarur va foydalisini tanlab olish malakasini hosil qilishda ota-onalarni bolalarga yordam berishga chaqiradilar.

Germaniyada boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshlik chog'idan pul topish va uni sarflash malakasiga ega bo'lishi, xuddi ko'chada yo'lni kesib o'tish qoidalarini bilish kabi oddiy va muhim sanaladi.

Shu bois, bola son va sanoqni ilk bor o'zlashtira boshlagan zahoti ularga mayda sarf-harajatlar uchun haftalik pul ajratiladi. Ota-onalar va bolalar o'rtasidagi bunday "iqtisodiy munosabatlar" to'rt asosiy qoidaga asoslanadi (1-rasmga qarang):

Kundalik xarajatlarga berilgan pullarni bolalar o'z istaklariga ko'ra muzqaymoq,

yinchon va boshqalarga sarflashlariga mxsat etiladi

Kundalik xarajat pullari 4-6 yoshdagi bolalarga haftasiga, 10 yoshdan keyin esa har oyda, faqat belgilangan kunda beriladi. Bolalarga avans tariqasida ota-onalardan qo'shimcha pul lindirishga izn berilmaydi

Bolalarga beriladigan pul miqdori oilaning moliyaviy imkoniyati va oila kattalarining umumiy kelishuviga asosan tayinlanadi. Sinchkov bolalar ba'zan ota-onalaridan tayinlangan pul miqdorini inflyatsiya va pul qadrsizlanishi

nuatai-nazaridan qayta ko'rib chiqishni talab qiladilar. VV JM

1-rasm. Ota-ona va bolalar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quv fanlari mazmuniga iqtisodiy mavzularni integratsiyalashga bag'ishlangan bir qator tadqiqot ishlari mavjud bo'lib, olimlar N.M.Atoyev, Z.A.Valiyeva, M.B.Artiqova, D.U.Djurayev, N.Q.Kamolova,

May 6, 2023

201

X.A.Umarovalarning ilmiy izlanishlarida umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilariga iqtisodiy ta'lim-tarbiya berishning pedagogik-psixologik jihatlari yoritilgan.

Bugungi kunda pedagogika oliy o'quv yurti talabalari bo'lgan bo'lajak o'qituvchilarni umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilariga iqtisodiy ta'lim-tarbiya berishga tayyorlash muammolari ham o'z yechimini kutib turgan dolzarb masalalardandir.

N.A.Hamidova "Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-4 sinf o'quvchilarida iqtisodiy-statistik bilimlar elementlarini shakllantirish" mavzusida ilmiy izlanish olib borib, boshlang'ich sinf "Matematika", "Mehnat", "Tabiatshunoslik", qisman "Ona tili" fanlari mazmuniga iqtisodiy-statistik elementlarni kiritish jarayonida o'quvchilarning statistik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatini o'rgangan.

Tadqiqot jarayonida izlanuvchi matematik misollarni yechish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy-statistik bilimlarni shakllantirish mumkinligi, bu ularning o'qish faoliyati va o'zlashtirish darajasini yaxshilab, bilim olishiga ijobiy ta'sir etishi hamda hayotiy tayyorgarligining faollashuviga sabab bo'lishi mumkinligini isbotlagan.

Boshlang'ich 1-4-sinf o'quvchilari iqtisodiy bilimdonligini modulli texnologiya asosida rivojlantirishning didaktik asoslarini tadqiq etgan X.A.Umarova, "O'qish", "Ona tili", "Matematika" fanlari mazmunida boshlang'ich sinf ta'lim oluvchilariga fanlar mazmunida iqtisodiy bilim berish uslublarini tavsiya etgan.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga mehnat ta'limi jarayonida tejamkorlik hislarini singdirish muammosini hal qilish maqsadiga qaratilgan yana bir tadqiqot ishi S.I.Musayeva tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, unda boshlang'ich (1-sinf) o'quvchilarini oilada va mehnat darslarida tabiiy materiallar - qog'oz, karton, gazlama bilan ishlashda tejamkorlikka o'rgatish imkoniyatlari tahlil etilgan.

Mehnat darslari va darsdan tashqari jarayonlarda maktab, oila, mahalla hamkorligida boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiyotga oid tushunchalarni shakllantirish samaradorligini ilmiy o'rganish maqsadiga qaratilgan yana bir tadqiqot ishi dissertant X.J.Xudoyqulov tomonidan amalga oshirilgan. Izlanuvchi «Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari» muammolari ustida ish olib borib, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijodkorlik hissini o'stirish va iqtisodiy ta'lim-tarbiya berishda Sharq mutafakkirlari adabiy merosidan foydalanish, bunda davlat iqtisodiy siyosatining o'rni va ahamiyatini yoritib bergan.

Tahlillar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga turtki bo'lgan tushunchalar, ularga eng

May 6, 2023

202

yaqin bo'lgan olam, ularni o'rab turgan atrof-muhit, narsa-hodisalar va bolalarning undagi faoliyati bilan bog'liq bo'lishi zarur degan xulosani beradi.

Ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan nazariy tahlillar shuni ko'rsatadiki, nazariy va pedagogik amaliyotda "iqtisodiy ta'lim", "iqtisodiy tarbiya", "iqtisodiy madaniyat", "iqtisodiyotda ta'lim" tushunchalari qo'llaniladi.

Bu tushunchalar bir - birlarini to'ldirib boradi, bu esa o'quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda ushbu tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Iqtisodiy tarbiya. Bu tarbiyaning bir qismi bo'lib, uning asosiy maqsadi shaxsda iqtisodiy tarbiyani tavsiflovchi (iqtisodiy, ijtimoiy - iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy fikrlash) kabi fazilatlarni shakllantirish, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim belgisi bo'lgan ma'naviy asosga ega bo'lgan iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishdir.

Iqtisodiy bilim. Bu iqtisodiy ta'limning aniq - amaliy komponentlarini o'z ichiga oladi, shu bilan birga o'qituvchi va o'quvchining iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishdagi bir maqsadga yo'naltirilgan faoliyati. Iqtisodiy bilim berishning asosiy komponentlari iqtisodiy ta'lim mazmuni (iqtisodiy kompetensiya), iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy bilim, ko'nikma va malaka, amaliy faoliyat tajribasi, kopetentlik.

Iqtisodiy ta'lim bu ta'limning majburiy qismi bo'lib, uning asosiy maqsadi o'quvchi shaxsini shakllantirish, bozor sharoitiga moslashtirish va o'z faoliyatini iqtisodiy jihatdan amalga oshira oladigan kadrlarni tayyorlashdir.

Iqtisodiy madaniyat - bu shaxsning jamiyatda iqtisodiy faoliyat va xulq -atvorida o'z - o'zini anglashiga, o'ziga moslashishiga prognozlashgan ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarga integratsiyalashuviga imkon beruvchi intellektual, hissiy va amaliy komponentlar, axloqiy va ma'naviy munosabatlar majmuidir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda mazkur jarayonning psixologik-pedagogik xususiyatlari va ta'sir etuvchi omillariga e'tibor qaratish lozim.

Umumiy o'rta ta'lim maktabiga qadam qo'yish davri bolaga kishilik jamiyati munosabatlari tizimida o'z mavqeini belgilab olishi uchun berilgan ilk imkoniyat sifatida xarakterlanib, bu jarayonda ular oila, jamiyat inson hayotida katta ahamiyat kasb etishini tushunadilar.

Boshlang'ich sinfga qadam qo'ygan bola boshidan turli-tuman hissiyot va kechinmalarni o'tkazadi. Undagi ta'sirchanlik, tarqoq va o'zgaruvchan diqqatning o'rnini, maktabga qadam

May 6, 2023

203

qo'yish munosabati bilan bilimga intilish, o'z fikrini aniq va keng bayon etish ehtiyoji egallaydi.

Bilim saviyalari turlicha bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan olib boriladigan ishlar xususida taniqli olim L.V.Zankov: "Rivojlanishning oxirida "sudralmay" oldinga qarab intilish uchun, har bir bolaning individual xususiyatlar ini mukammal o'rganish, uning jismoniy va aqliy rivojlanish darajasi, fikrlash doirasi, nutqi, xotirasi, bilim va ko'nikmalari qay darajada ekanini mukammal bilish zarur", -degan fikrni bildirgan. Kuzatuvlar olimning ilmiy asoslangan fikrlarini tasdiqlab, bolalar nafaqat jismonan, aqlan, fel-atvor, qobiliyat, qiziqish, narsa-hodisalarga bo'lgan munosabat, xatto tasavvuri jihatidan ham o'ziga xos individual xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatdi.

7-8 yosh davrida bolalarning psixik, somatik jihatdan bir-birlariga o'xshashlari, rivojlanishi, o'zlashtirishi, qobiliyatlari ham deyarli bir xil darajada bo'ladi. Tahlillar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk iqtisodiy ta'lim-tarbiya faoliyatini samarali tashkil etish, ularda ilk iqtisodiy bilimlar shakllanishiga turtki bo'luvchi atamalarni tanlashda boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan olib borilgan ta'lim-tarbiyaviy tadbirlar bardavomligini saqlash maqsadga muvofiq ekanini ko'rsatadi.

Iqtisodiy ta'lim-tarbiyaning tarkibi sifatida o'quvchilarda ilk iqtisodiy tushunchalarning shakllanishi natijasida ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, topqirlik, mas'uliyatlilik, mustaqillik, axloqlilik kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar haqida bilimlar hosil bo'ladi. Iqtisodiy bilimlarni o'zlashtirgan o'quvchilarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ammo iqtisodiy jarayonlar haqida bilimga ega bo'lish, uni tushunish, ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish hali o'quvchi-yoshlarning iqtisodiy madaniyat to'liq shakllanganligini anglatmaydi. Iqtisodiy faoliyat ko'nikmalari qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo'lsagina o'quvchilar tomonidan iqtisodiy bilimlarning o'zlashtirilganlik darajasini belgilaydi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlarini quyidagi ko'rinishda izohlash lozim topildi (2-rasmga qarang).

Bos hlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining

Tayyorlov

-o-

Metodik

bosqichlari

■O"

Kognitiv

Ijodiy-tadqiqiy

Faoliyat maqsadi va vazifalarini belgilash.

O'quvchilar bilan

O'quv jarayonini tashkil etish bosqichlarini belgilash.

Iqtisodiy

i

Iqtisodiy ta'lim mazmunini aniqlash.

O'quvchilar tomonidan iqtisodga

rvirl mo'liimntlomitiff

O'quvchilarni amaliy faoliyat j arayoniga j alb etish.

Sodda iqtisodiy muammoli vaziyatlarni tahlil qilish.

A

p

2-rasm. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlari

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish o'ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, iqtisodiy ta'lim va tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to'g'ri belgilash, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur.

Tadqiqot mavzusidan kelib chiqib, boshlang'ich ta'lim jarayonida iqtisodiy ta'lim va tarbiyaning maqsadini quyidagicha belgilashimiz mumkin: ona tili va o'qish savodxonligi darslarida interfaol metodlardan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bilan bog'liqlikda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:

- uzluksiz ta'lim-tarbiyaning har bir bo'g'inida iqtisodiy tarbiya maqsadiga erishish yo'llarini izlab topish;

- ta'lim-tarbiya jarayonida turli ta'sir vositalari orqali o'quvchilarda iqtisodiy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish;

- iqtisodiy ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;

- o'quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va ehtiyojlarini, iqtisodiy bilim darajasini aniqlash maqsadida kuzatish, suhbat va anketa so'rovlarini o'tkazib, natijalarini qayd etib borish;

- o'quvchilarda iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash orqali ularni kompetentli ijtimoiy faol yoshlar sifatida tayyorlashga erishish.

Iqtisodiy ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi pedagogika fanining yangi, to'liq o'rganilmagan sohasi sirasiga kirgani bois, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida u bilan bog'liq hal etilishi zarur bo'lgan muammolar mavjud. Bunda asosiy e'tibor respublikada olib borilayotgan ta'lim islohotlarida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga

oshirish, demak-ki, uzluksiz ta'lim tizimining barcha

May 6, 2023

bosqichlarida ta'lim oluvchilarning iqtisodiy tarbiyasini takomillashtirishga qaratilishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. [Matn]. 2020 yil 24 yanvar. - Toshkent.: Tasvir nashriyot uyi, 2020.

2. Андреева И.В. Экономическая психология. Социокультурный подход / И. В. Андреева. - СПб, 2000. -С. 236.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Artiqova M.B. Oilada o'smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari: Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2008. -B. 155.

4. Атоев Н.М. Педагогические условия экономического воспитания старшеклассников (сельских школ Узбекистана): Автореф.дисс. ...канд.пед.наук. Алма-Атинск. ГУ. 1993. ст 22.

5. Djurayev D.U. Iqtisodiy ta'limda o'zbek xalq pedagogikasidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2006. - B. 162.

6. Jo'rayev L.N. Iqtisodiy madaniyatning strukturaviy - funksional tahlili. Falsafa.fan.nom. ... diss. - T.: 2005. -B.160.

7. Erkaboeva, N. S., & Bakhromovna, M. M. (2022). A MODERN APPROACH TO THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE DEFECTOLOGISTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1723-1725.

8. Kamolova N.Q. O'quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (pedagogika kollejlari misolida): Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2005. - B. 148.

9. Sadikova, S. (2020). UNIVERSITY STUDENTS TRAINING SYSTEM FOR PEDAGOGICAL ACTIVITIES. InterConf.

10. Tolipov B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma'naviy omillar uyg'unligi: Falsafa.fan.nom. ... diss.-T.: 2009. -B.152.

11. Umarova X.A. Boshlang'ich ta'limda iqtisodiy bilimlarni o'rganishga yo'naltirilgan modulli texnologiyalarning didaktik asoslari: Ped.fan.nom.... diss. - T.: 2006. -B. 202.

12. Valiyev B.N. Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari. Falsafa.fan.nom. ... diss. - T.: 2004. -B.134.

13. Valiyeva Z.A. Maktab o'quvchilarining iqtisodiy ta'lim-

72 b.

tarbiya tizimi. -T.: Fan, 1995. -125 b.

May 6, 2023

p

14. Землянская Е.Н. Экономическая подготовка как средство социализации младьщых школьников. Автореф. ...дисс. на соиск.уч.степ.д-ра пед.наук. -М.: 2003. ст 36.

15. Усманова, Ш. Ж., Хамракулова, Д. Ф., & Рахматова, Ф. М. (2019). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 88-90).

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.