RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
ZAMONAVIYB TA'LIM SHAROITIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MASALASI VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI UYG'UNLIGI Mahfuza Tursunqulova To'lqin qizi
Nizomiy nomidagi TDPU https://doi.org/10.5281/zenodo.7993657
Annotatsiya. Ushbu maqola zamon bilan hamnafas borayotgan ta'lim muhitida komopetensiyaviy yondashuvning ahamiyatiga e'tibor qaratish barobari, xususan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida fanga dois kompetensiyalarni rivojlantirish va lingvistik jihatdan ularda kompetentlikni shakllantirish masalasida fikr-mulohaza yuritadi.
Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, lingvistik kompetensiya, ona tili, boshlang'ich sinf o'quvchilari.
Bugungi tez o'zgaruvchan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yosh avlodni yuksak ma'naviyatli va intellektual rivojlangan shaxs qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo'nalishdagi islohotlar "Ta'lim to'g'risida"gi va shu kabi Qonunlar hamda keng ko'lamli umummilliy dasturlar doirasida amalga oshirilib, dunyoning rivojlangan davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etilmoqda.
Eng avvalo, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bugungi kun talabi, jamiyatning ehtiyoji, fan va texnikaning rivojlanish tendensiyalari asosida ishlab chiqilgan Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari talablarining sifatli bajarilishiga bog'liq.
O'zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlanishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug'bek va boshqa ko'plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin o'z farzanddarini savodli bo'lnshini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga o'qishga berganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va tajribalariga asoslanib, bolalarga saboq berganlar. Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechgani yo'q. Ba'zi xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan.
Ona tilini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi o'quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o'quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o'stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o'qituvchilar uchun nashr qilingan qo'llanmalar materiali mazmuniga qo'yilgan talablar aynan mana shu sanalganlarni inobatga olgan holda anchagina son va sifat jihatdan ortdi.
Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog'lanishi, matnlarning g'oyaviy-mavzuviy yo'naltirilganligi, kichik yoshdagi o'quvchilarga mosligidir.
Shunday talablarni amalga oshirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko'zda tutadi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Birinchidan, boshlang'ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o'zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so'zlarning o'zgarishi va gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi, so'zlarning morfemik tarkibi va so'z yasalishi, so'zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi, o'zbek tilining to'g'ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o'quvchilar nutqini o'stirishga xizmat qiladi. Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malakalar hosil qilishga ko'maklashishi lozimdir.
Ona tili fanining o'quv dasturi o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan Davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O'quv dasturida o'quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko'zda tutilgan. Boshlang'ich ta'limda — o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.
Bugungi kunda ta'limda kompetensiya, lingvistik kompetensiyaviy yondashuv atamalari kirib keldi va tez ommalashmoqda. Tilshunoslikda ushbu atama ilk bor XX asr o'rtalarida qo'llangan bo'lib, tilni ishlatish jarayonida faoliyatga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida talqin qilingan. Bunda kompetentlik va kompetensiyaviy yondashuv tushunchalari ta'limda natijaviylikni ko'rsatuvchi omillar sifatida qayd etiladi.
XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta'lim mazmunini modernizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish masalasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim - o'quvchilarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limdir.
O'zbekiston Respublikasi ta'limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilganligidan kelib chiqqan holda, Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida o'qitiladigan umumta'lim fanlari mazmunining izchilligini ta'minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o'quv fani mazmunidan kelib chiqib, fanga oid umumiy kompetensiyalar belgilandi. Jumladan, muayyan fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish vazifasi ham shu tarkibdan joy oldi.
Davr taqozosi bilan o'qish va o'qitish jarayonining mohiyatan o'zgarishi avvaldan mavjud bo'gan "bilim", "ko'nikma" va "malaka" kategorial uchlik tizimining qaytadan ko'rib chiqilishiga va ta'limda natijaviylikni baholashga qaratilgan yangicha yondashuvning joriy etilishiga olib keldi. Muayyan ta'lim bosqichida har bir fan bo'yicha egallanadigan kompetensiyaviy darajalar (yoki layoqatlilik darajalari) ma'lum sohada muvaqqiyatli faoliyat yuritish uchun egallangan bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo'llash qobiliyati bo'lib, bu nafaqat olingan nazariy bilim, ko'nikma va malakalarning majmuasi, balki olingan nazariy va amaliy bilimlarni amaliyotga mustaqil va ijodiy qo'llay olish darajasi hamdir.
Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o'ta murakkab, ko'p qismli, qator fanlar uchun mushtarak bo'lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko'ra, ham ma'no mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. terminning mohiyati "samaradorlik", "moslashuvchanlik", "yutuqlilik", "uquvlilik", "sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida tavsiflanmoqda.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Ayni shular asosida hozirgi kun pedagoglarining ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilarga o'rgatiladigan bilimlarni kundalik faoliyatda mustaqil qo'llay olishlariga zamin hozirlash, o'quvchilarda qator kompetensiyalarni, xususan, lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishda amaliy faoliyatni tahlil etish masalalari dolzarbdir.
Zamonaviy ta'lim tizimida kompetensiyaviy bilimlarni shakllantirish orqali erkin shaxsni tarbiyalash, kelajak avlod vakillarida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, bilimlarni egallash va amalda qo'llash,qabul qilinadigan qarorlarni tezkor va puxta o'ylab chiqish va harakatlarni aniq rejalashtirish, turli xil guruhlarda samarali hamkorlik qilish, yangi aloqalarga ochiq bo'lishga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu ta'lim jarayoniga bilim olish faoliyati bilan birga kompetensiyaviy ko'nikmalarni egalashning muqobil shakllari va usullarini keng joriy etishni talab etadi. Bunda, o'quvchilar iqtidorlarini rivojlantirish usullaridan keng foydalanish, interaktiv metodlar, multimedia kabi yangi pedagogik vositalarni dars jarayonida qo'llash ham samarali natija beradi.
REFERENCES
1. D Khalilova. Innovative educational environment as a factor for improving professional competence in developing social relationships in students. - Science and innovation, Volume 2 Issue 1, 2023. 412-413.
2. D Khalilova. Formation of social competence of future educators in preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177.
3. Jabborovna, S. X. (2022). The Significance of Phonetics Department in Mother Language Acquisition of Primary Students. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(10), 55-58.
4. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).
5. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ В ОБУЧЕНИИ (на тадж.). Вестник Педагогического университета, (3-2), 156-158.
6. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ ОБУЧЕНИЯ. Вопросы психологии и педагогики, (2), 61-64.
7. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292
8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman
9. https://cyberleninka.ru
10. http://scientists.uz
11. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.
12. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.
13. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.
14. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun
15. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.
16. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.
17. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.
18. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).
19. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.