Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO‘LLARI'

TA’LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
PISA / TIMSS / o‘quvchi / savodxonlik / ta’lim sifati / xalqaro baholash / mantiqiy fikrlash.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kurbaniyazov Sh. K, Allayorova X

PISA xalqaro baholash tiziminmdan foydalanishning yana bir asosiy muhim jihatlaridan biri bu o‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO‘LLARI»

TA'LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO'LLARI *Kurbaniyazov Sh. K., 2Allayorova X

1O'zbekiston Respublikasi Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarmasi

boshlig'i, i.f.f.d. (PhD), dotsent 2Nizomiy nomidagi TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10799958

Annotatsiya. PISA xalqaro baholash tiziminmdan foydalanishningyana bir asosiy muhim jihatlaridan biri bu o'quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.

Kalit so'zlar: PISA, TIMSS, o'quvchi, savodxonlik, ta'lim sifati, xalqaro baholash, mantiqiy fikrlash.

Abstract. Another important aspect of using the PISA international assessment system is to develop students' literacy and ability to apply their knowledge in practice.

Keywords: PISA, TIMSS, reader, literacy, quality of education, international assessment, logical thinking.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradigan kadrlar ta'lim muassasalarida o'qib-ulg'ayadi. Demak, sifatli ta'lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyat quradi.

Jahonda ta'lim sifatini ta'minlashga ustuvorlik berish asosida inson kapitalini rivojlantirish bo'yicha ilg'or tajribalarni ommalashtirish, xalqarolashuv va integratsiyalashuv bilan bog'liqlikda "butun hayot davomida ta'lim olish" tamoyilining o'qitish jarayonlari bilan uzviyligi va uzluksizligini taminlash, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadidan kelib chiqqan holda 2030 yilgacha bo'lgan davrda barcha uchun ta'lim olish imkoniyati bilan birga ta'lim sifatini ta'minlab borishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda sifatni baholash tizimi turli yoshdagi va ta'limning turli darajalaridagi bolalar hamda yoshlarning ta'limdagi haqiqiy natijalarini o'lchay oladigan yondashuv asosida takomillashtirilmoqda.

Dunyo bo'ylab ta'lim sifatini baholashni takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development) o'quvchilarning bilimi va bilganlari bilan nima qila olishlarini o'rganish, ta'lim natijalarining sifati va tengligini taqqoslash, boshqa mamlakatlarda qo'llaniladigan siyosat va amaliyotlarni o'rganish orqali ta'lim sohasida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradigan keng qamrovli xalqaro baholash PISA (The Programme for International Student Assessment) tadqiqotlarini olib bormoqda.

O'zbekistonda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida zamon talablariga javob beradigan milliy baholash tizimini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida PISA dasturida doimiy ishtirok etish, shuningdek, umumta'lim maktablarida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek, O'zbekistonda xalqaro baholash dasturlari talablari asosidagi tadqiqotlarni milliy ta'lim tizimiga singdirish bo'yicha qabul qilingan qarorda ham mazkur vazifalar keltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning savodxonligi, mantiqiy, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini

baholashni xalqaro tadqiqot dasturi talablari asosida takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi.

PISA dasturining tashabbuskori va rahbari A.Shlyayxer "agarda ta'lim real hayotiy talablarga javob bermas ekan, yosh avlod o'zining vaqti va kuchini unga sarflash ehtimoli juda kam" deya ta'kidlagan. Olimlar Hanushek va Woessmann TIMSS va PISA xalqaro dasturlari doirasida matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash hozirda ko'plab mamlakatlarni qamrab olganligini hamda rivojlanish uchun zaruriy ko'nikmalar haqida yaxshi ko'rsatkichlar bilan ta'minlab berishini ta'kidlab o'tgan.

Ta'lim tizimi boshqaruvchilariga har doim ta'lim jarayoni, uningnatijalari va tarkibiy qismlarini o'rganish hamda tahlil qilish zaruriyati vujudga keladi. Biroq amaliyot, ob'ektning ayrim xususiyatlarinigina hisobga olish va o'lchash imkoniyati mavjudligini ko'rsatmoqda. "PISA" xalqaro o'quvchilarning savodxonligini baholash tadqiqotining asosiy maqsadi rasman quyidagicha belgilangan: 15 yoshli o'quvchilarning ilm-fan jamiyati talablariga javob berishi qanday holatda? Baholash tadqiqotining bosh maqsadi esa, o'quvchilarning maktabda o'rganayotgan bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishi qanday holatda ekanligini aniqlashdan iborat.

"PISA" baholash tadqiqotining vazifasi unda ishtirok etuvchi davlatlarning ta'limga mas'ul vazirlik va idoralarining oldidaturgan quyidagi savollarga javob topishida yetarli ma'lumotlar bilan ta'minlashdan iboratdir:

- o'quvchilar majburiy ta'lim so'ngida demokratik jamiyatda faol fuqarolik rolini olishga yetarli tayyorlanganmi?

- o'quvchilar o'z g'oya va tasavvurlarini tahlil qilish, asoslash va shular asosida muloqot qila olish ko'nikmasiga egami?

- o'quvchilar hozirgi mehnat bozori talablari asosida maktabda ta'lim olyaptimi?

- o'quvchilar «butun hayot davomida o'qish» talablariga javob beradimi?

Shuningdek, bu baholash tadqiqoti tashqi baholash hisoblanib, tadqiqot o'tkaziladigan maktabda faoliyat olib bormaydigan mutaxassislar tomonidan o'tkaziladi. O'quvchilar "PISA" baholash tadqiqoti orqali o'zlariga notanish mezonlar asosida baholanadi. Ushbu mezonlar "PISA" baholash tadqiqoti konsorsiumi tomonidan ishlab chiqiladi. Mazkur baholash tadqiqoti maktablarning ta'lim va tarbiya funksiyasiga to'ldiruvchi vazifasini o'taydi. Maktablarda faqat ma'lum fan bo'yicha erishilgan bilimlar emas, balki fanlararo va bir qancha fanlarni umumlashtiruvchi topshiriqlarni bajara olishini tekshiruvchi asosiy tayanch kompetensiyalarga e'tibor qaratishi kerak bo'ladi.

Xalqaro PISA tadqiqoti bir qancha afzalliklarga ega bo'lishiga qaramasdan mamlakatlar unda qatnashishga qaror qilishdan oldin bir qancha muammolarni o'rganib chiqadi. Turli o'quv dasturlari asosida tashkil etiladigan ta'lim tizimlarida baholashni olib borish murakkabdir. Dunyo bo'ylab o'quv dasturlari oddiy elementlar, ayniqsa o'qitish mazmuni va kutilayotgan standart yutuqlarda farqlar mavjudligi kabi muammolarga duch kelinadi. Shunday bo'lsada, O'zbekiston ta'lim tizimini jahon andozalari asosida rivojlantirish yo'lida ushbu xalqaro tadqiqotda qatnashish yo'lga qo'yilgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - dunyo bo'ylab ta'lim tizimi samaradorligini 15 yoshli o'quvchi-yoshlar 3 yo'nalishda (o'qish, matematika, va tabiiy fanlari bo'yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni hosil qilishga undashdan iborat.

Baholashda qatnashadigan maktablar va o'quvchilarni tanlab olish uchun avvalam bor milliy darajadagi ta'lim muassasalari va ulardagi o'quvchilar haqidagi zaruriy ma'lumotlar mavjud

bo'lishi lozim. Shu kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ro'yxat tanlov ramkasi (sampling frame) deb yuritiladi. Tanlov ramkasini shakllantirish zaruriyati va undagi ma'lumotlarni to'plash jarayonlari yoritiladi. Baholashda birdaniga ta'lim muassasasi va o'quvchilarning ro'yxatiga ega bo'lish imkonsiz ekanligi sababli ramkani shakllantirishda ta'lim muassasasi va tanlab olish uchun zaruriy ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Milliy, mintaqaviy va xalqaro tadqiqotlar milliy darajadagi yutuqlar darajasini aniqlash jarayonida tanlab olishga asoslangan yondashuvdan foydalaniladi.

O'quvchilarning yutuqlarini hamda maktabdagi ta'limni boshqaruv muhitini baholash bo'yicha o'tkazilgan tajriba-sinov jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, sinov materiallarini tayyorlash, tadqiqot uchun ishtirokchilarni tanlab olish, tashkil etish bosqichlarini o'z ichiga oladi. Tayanch o'rta ta'lim sifatini baholash tadqiqotini tashkil etishda muhim komponentlar:

- Baholash maqsadini aniqlash;

- Ishtirokchilarni tanlab olish;

- Sinov materiallarini tayyorlash;

- Sinov jarayonini o'tkazish;

- Sinov materiallari konfidensialligini ta'minlash;

- Tadqiqot sifatini nazorat qilish;

- Tadqiqot natijalarini tahlil qilish.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) o'quvchilarning ta'limdagi ko'rsatkichlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur — PISAning 2022 yilgi natijalarini e'lon qildi (1-jadval). Tadqiqotda 81 mamlakat va hududdan 690 mingdan ortiq 15 yoshli maktab o'quvchilari ishtirok etdi. Unda O'zbekiston, Kambodja, Salvador, Yamayka, Mongoliya va Falastin kabi ba'zi davlatlar birinchi marta ishtirok etdi. 2022 yilgi tadqiqotda asosiy e'tibor matematik savodxonlikka qaratildi. Tadqiqotga o'qish savodxonligi va tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha testlar ham kiritilgan.

O'zbekiston 15 yoshli o'quvchilarning matematika, o'qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo'yicha ko'rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so'nggi o'ntalikka kirdi. Tadqiqot o'quvchilar ko'nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta'sir qilishini ko'rsatdi.

Eng yaxshi natija ko'rsatgan 10 mamlakatlar

1-jadval

Matematik savodxonlik O'qish savodxonligi Tabiiy-ilmiy savodxonlik

1 Singapur Singapur Singapur

2 Makao (Xitoy) Irlandiya Yaponiya

3 Taypey (Xitoy) Yaponiya Makao (Xitoy)

4 Gonkong (Xitoy) Janubiy Koreya Taypey (Xitoy)

5 Yaponiya Taypey (Xitoy) Janubiy Koreya

6 Janubiy Koreya Estoniya Estoniya

7 Estoniya Makao (Xitoy) Gonkong (Xitoy)

8

Shveysariya

Kanada

Kanada

9

Kanada

AQSh

Finlyandiya

10

Niderlandiya

Yangi Zelandiya

Avstraliya

O'zbekiston 15 yoshli o'quvchilarning matematika, o'qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo'yicha ko'rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so'nggi o'ntalikka kirdi. Tadqiqot o'quvchilar ko'nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta'sir qilishini ko'rsatdi. Tadqiqotda O'zbekistondagi 202 maktabdan 7200 dan ortiq o'quvchi ishtirok etdi. Mamlakat har uch yo'nalish bo'yicha ham oxirgi o'ntalikdanjoy oldi: matematik savodxonlik — 364 ball (tadqiqotda ishtirok etgan davlatlar ko'rsatgan o'rtacha natija 472 ball bo'ldi), o'qish savodxonligi — 336 ball (476 ball), tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha — 355 ball (485 ball).

• Matematik savodxonlik bo'yicha O'zbekiston maktablari o'quvchilarining atigi 14,4 foizi 2-darajaga, 4,2 foizi 3-darajaga va 0,7 foizi 4-darajagacha yetib borgan. Qatnashganlar orasida matematikani 5 va 6-darajada biladigan o'zbekistonlik maktab o'quvchilari topilmadi.

• O'qish savodxonligi bo'yicha: o'quvchilarning atigi 12,2 foizi 2-darajaga, 1,8% — 3-darajaga va 0,1% — 4-darajaga erishdi.

• Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha: 16,5% 2-darajaga, 2,2% 3-darajaga va 0,1% 4-darajaga yetdi.

Umuman olganda, o'quvchilarning 60% dan ortig'i savodxonlikning uchta yo'nalishi (o'qish, matematika, tabiiy-ilmiy) bo'yicha minimal darajaga (2-daraja) ham erisha olmadi.

Genderlararo farq: O'g'il bolalar matematikadan, qizlar esa o'qishdan yaxshiroq ball to'plagan. Matematikada past natijalarga erishgan qizlar ulushi yuqoriroq (qizlar uchun 83% va o'g'il bolalar uchun 78%), o'qishda esa aksincha (qizlar uchun 84% va o'g'il bolalar uchun 88%). Natijalari minimal darajadan oshish bo'yicha har 10 nafar o'g'il bolaga 8 nafardan kamroq qiz to'g'ri keldi.

O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy farqlar matematika natijalariga kuchli ta'sir ko'rsatadigan davlatlar qatoriga kiradi. Badavlat oilalar farzandlari (ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bo'yicha eng yuqori 25 foizlik) ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bo'yicha eng quyi 25 foizlikdagi bolalardan 22 ball ko'proq to'pladi. Shu bilan bir qatorda, kam ta'minlangan oilalardagi bolalarning taxminan 20 foizi matematika bo'yicha top-25% natijaga erisha oldi. Tadqiqot, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va matematika ballari o'rtasida kuchli bog'liqlikni aniqladi. Haftada bir marta yoki undan ko'proq oziq-ovqat sotib olmaslik akademik yutuqlarga salbiy ta'sir qiladi. Tadqiqotda ishtirok etgan o'zbekistonlik qatnashchilarning taxminan 30 foizi haftasiga kamida bir marta oziq-ovqat sotib ololmasligini aytgan.

Maktab hayoti:

• O'quvchilarning 18 foizi maktabda o'zini yolg'iz his qiladi, yana 18 foizi maktabga bog'liqligini his qilmaydi.

• O'quvchilarning 10 foizi hayotidan qoniqmaydi.

• O'quvchilarning deyarli yarmi maktabga borishda yoki maktab hududida o'zlarini xavfsiz his qilmaydi.

• 20-25% o'quvchi sinfda tartib-intizom bilan bog'liq muammolarni qayd etdi.

• Qizlarning 15 foizi va o'g'il bolalarning 19 foizi maktabda bulling qurboni bo'lgan.

Resurslar:

• O'zbekistonda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan har bir o'quvchiga o'n yillik ta'lim uchun taxminan 15 300 dollar (XQP — xarid qobiliyati pariteti) sarflanadi.

• Bolalarning 24 foizi o'qituvchilar yetishmaydigan maktablarda o'qiydi.

• Bolalarning 28 foizi malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda muammosi bo'lgan maktablarda o'qiydi.

Tadqiqotdagi boshqa xulosalar:

• Ta'lim tizimining xususiyatlari (ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, ta'lim siyosati) IHTTga a'zo bo'lmagan mamlakatlarda o'quvchilarning matematika ko'rsatkichlariga eng ko'p ta'sir ko'rsatdi. IHTT a'zosi bo'lgan mamlakatlarda ta'lim tizimi xususiyatlarining ta'siri unchalik katta emas, chunki ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar o'xshash. (O'zbekiston IHTT a'zosi emas).

• Muayyan chegaragacha (o'n yillik o'qish uchun har bir o'quvchi uchun 75 000 dollargacha (XQP)) ta'lim xarajatlari va ta'lim yutuqlari o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud: mamlakat ta'limga qancha ko'p mablag' sarflasa, natija shunchalik yaxshi bo'ladi.

• Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ota-onalarning ta'lim darajasi va o'quvchilarning matematikadagi yutuqlari o'rtasida mustahkam bog'liqlik ham aniqlandi. Badavlat oilalarning bolalari yaxshiroq natija qayd etdi. 35-44 yoshdagi aholisi ko'proq oliy ma'lumotga ega bo'lgan mamlakatlar yaxshi natijalarni ko'rsatdi.

• Bolalarni turli o'quv dasturlariga erta yo'naltiradigan mamlakatlarda bolaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va ularning o'quv natijalari o'rtasidagi bog'liqlik chuqurlashdi.

• Maktabgacha ta'lim olgan bolalar maktabda yaxshiroq o'qimoqda.

• Yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarda maktablar bolalarga uy vazifalarini bajarishlari uchun joy va bolalarga yordam berish uchun o'qituvchilar bilan ta'minlaydi.

• Ota-onalarning farzandi ta'lim olishida ishtirok etishi, farzandlarining bilim olishiga qiziqishi bolalarning o'quv faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

• Raqamli qurilmalardan o'quv maqsadlarida o'rtacha (kuniga bir soatgacha) foydalanish, shuningdek, ularni hordiq chiqarish uchun me'yorida ishlatish bolalarning o'quv faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Tahlil qilingan ma'lumotlar asosida shunday xulosalarga kelish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini baholash tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi, xalqaro baholash dasturlari esa ushbu tizimini takomillashtirishda asosiy omillardan bo'lib xizmat qiladi. Shunday ekan, milliy ta'lim tizimidan farqli bo'lganligi sababli mazkur tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish, shu orqali ta'lim sifatini oshirishga erishish uchun umumta'lim muassasalari jamoalaridan yuksak mas'uliyat, o'quvchilardan yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik, shuningdek o'qituvchilar zamonaviy innovatsion o'qitish usullarini o'zlashtirishi lozim bo'ladi. O'quvchilarnining mantiqiy, ijodiy fikrlash kompetensiyalarini baholash va rivojlantirishda xalqaro dasturlar tajribalari asosida yaratilgan milliy baholash tizimi muhim o'rin tutadi. O'qituvchilarning malakasini oshirishda ularda o'quvchilarning matematik, tabiiyilmiy va o'qish savodxonligi hamda kreativ fikrlash, muammolarni birgalikda yechish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishga oid zamonaviy o'qitish usullaridan foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-

5712-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 dagi 997-son "Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi to'g'risida"gi Qarori Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.12.2019 y.

3. Matkarimov A.M. "PISA" xalqaro o'quvchilarning savodxonligini baholash tadqiqotining rivojlanish bosqichlari, maqsad va vazifalari. Zamonaviy ta'lim. Jurnal. T.: 2020, 8 (93).

4. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K. Interrelations of organizational structures in the management process through prospective development strategy of the higher education institution. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) vol. 11, issue 12, december (2023).

5. O'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirishning nazariy va institutsional asoslari. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar. Jurnal. T.: 2022 yil № 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.