Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA MA’NAVIYAT VA TARBIYA UYG‘UNLIGI'

O‘QUVCHILARDA MA’NAVIYAT VA TARBIYA UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / tarbiya / xulq / odobnoma / maktab / xalq ta’limi / Prezident / san’at / fan / rivojlanish / iste’dod. / spirituality / upbringing / behavior / etiquette / school / public education / President / art / science / development / talent.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Yusubov, Jaloliddin Kadamovich, Baxtiyorov, Javohirbek Jaxongirovich

Hech birimizga sir emaski bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jua ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda, ular orasida eng ahamiyatlisi ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, o’quvchilar tarbiyasiga chuqur ahamiyat berish, tarbiyasining uzliksizligini ta’minlash, har bir o’quvchining ma’naviy-axloqiy xulqi borasida individual ishlar olib boorish va hokazo. Rivojlangan mamlakatlarning tarjsibalari asosida o’z milliy yo’nalishimizni belgilab olish, ular asosida konsepsiyalar ishlab chiqish amalga ishirilmoqda. Quyidagi maqolada shular haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARMONY OF SPIRITUALITY AND EDUCATION IN STUDENTS

It is no secret to any of us that many reforms are being implemented in the public education system today, the most important of which are the further development of the spiritual and educational sphere, giving deep importance to the education of students, ensuring the continuity of their education, carrying out individual work on the spiritual and moral behavior of each student, etc. Determining our national direction based on the experiences of developed countries and developing concepts based on them is being carried out. The following article discusses these.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA MA’NAVIYAT VA TARBIYA UYG‘UNLIGI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'QUVCHILARDA MA'NAVIYAT VA TARBIYA UYG'UNLIGI

Yusubov Jaloliddin Kadamovich

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Baxtiyorov Javohirbek Jaxongirovich

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabasi

Hech birimizga sir emaski bugungi kunda xalq ta'limi tizimida jua ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda, ular orasida eng ahamiyatlisi ma'naviy-ma'rifiy sohani yanada rivojlantirish, o'quvchilar tarbiyasiga chuqur ahamiyat berish, tarbiyasining uzliksizligini ta 'minlash, har bir o 'quvchining ma 'naviy-axloqiy xulqi borasida individual ishlar olib boorish va hokazo. Rivojlangan mamlakatlarning tarjsibalari asosida o 'z milliy yo 'nalishimizni belgilab olish, ular asosida konsepsiyalar ishlab chiqish amalga ishirilmoqda. Quyidagi maqolada shular haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, tarbiya, xulq, odobnoma, maktab, xalq ta'limi, Prezident, san 'at, fan, rivojlanish, iste'dod.

ГАРМОНИЯ ДУХОВНОСТИ И ОБРАЗОВАНИЯ У СТУДЕНТОВ

Ни для кого из нас не секрет, что в системе народного образования сегодня реализуется множество реформ, важнейшими из которых являются дальнейшее развитие духовно-просветительской сферы, придание глубокого значения образованию учащихся, обеспечение непрерывность их образования, проведение индивидуальной работы над духовно-нравственным поведением каждого обучающегося и т.д. Осуществляется определение нашего национального направления на основе опыта развитых стран и разработка на его основе концепций. В следующей статье обсуждаются эти вопросы.

Ключевые слова: духовность, воспитание, поведение, этикет, школа, народное образование, президент, искусство, наука, развитие, талант.

HARMONY OF SPIRITUALITY AND EDUCATION IN STUDENTS

ABSTRACT

It is no secret to any of us that many reforms are being implemented in the public education system today, the most important of which are the further development of the spiritual and educational sphere, giving deep importance to the

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

education of students, ensuring the continuity of their education, carrying out individual work on the spiritual and moral behavior of each student, etc. Determining our national direction based on the experiences of developed countries and developing concepts based on them is being carried out. The following article discusses these.

Key words: spirituality, upbringing, behavior, etiquette, school, public education, President, art, science, development, talent.

KIRISH

Bugungi globallashib borayotgan va tobora hayot tarzimiz axborot bilan uzviy bog'liq holda kechayotgani hech kimga sir emas. Turli yillar davomida ko'plab sohalarda kata o'zgarishlar sodir etib kelinmoqda. Fan tarmoqlarining turli yo'nalishlari, iqtisod, adabiyot, san'at va hokazo. Bularning barchasi insoniyatnion farovon yashashi uchun turli yangiliklar amalga oshirmoqda. Biz ham o'z o'rnida qaysidir kasbimiz taqozosi bilan u yoki bu fanni chuqur o'zlashtirishga harakat qilamiz. Agar o'rganmasak biz yaxshi ladr bo'lolmaymiz, bizga yaxshi maosh to'lashmaydi. Yaxshi, bular tushunarli, lekin yana bir fan tarmog'i borki, jamiyatning har qanday qatlami uni o'rganishi va o'zlashtirishi shart deb hisoblayman, u "tarbiya"dir. Buyuk vatandoshimiz Imom G'azzoliy bunday deydi: "Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o'rgatilsa, shu bilan o'sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo'ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o'z holiga tashlab qo'yilsa, oxir-oqibat halok bo'ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo'lganlarning gardaniga tushadi".

Ma'lumki jamiyatning yuksalishi ko'p jihatdan yoshlarning ma'naviy kamolotiga bog'liq. Mustaqil O'zbekiston eng ilg'or, rivojlangan mamlakatlar safidan joy olish harakatida ekan, keng dunyoqarashga ega bo'lgan, erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini chuqur his etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni puxta o'zlashtirgan shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatimiz oldiga turgan bosh vazifalardan biri hisoblanadi.

Inson har sohada yetuk bo'lishi mumkin, lekin ularni tarbiyali va ma'naviyatli deb bo'lmaydi, biz turli sohalarni rivojlantirmoqdamiz, bugungi kunda ko'plab harakatlar iqtisodiyot rivoji uchun kechmoqda, iqtisod kuchli bo'la insonlar farovon yashaydi, hechkim ochlikdan qiynalmaydi, lekin bu bilangina cheklanib qolish noto'g'i hisoblayman. Sababi iqtisodiy qashshoqlik bir kun yaxshilanishi mumkin, lekin ma'naviy qashshoqlikni bartaraf etish juda mushkul ish.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Yurtimiz maktablarida o'quvchi yoshlarni ma'naviy sohada barjkamol qilib tarbiyalash juda muhim masala hisoblanadi, ma'naviyatli bola o'z o'rnida yaxshi o'qiydi ham, u kelajakda mamlakat rivojii uchun hissa qo'sha oladi, ma'naviyatli boladan jinoyatchi chiqmaydi, u o'g'rilik qilmaydi, birovning haqqini yemaydi, eng muhimi korrupsioner kadr hokimiyat tepasiga kelmaydi. Birgina ma'naviyat va tarbiya jarayonlarini maktab yoshidanoq o'quvchilarga to'g'ri singdiradigan bo'lsak nohushliklarni oldini olgan bo'lamiz. Aslida turli jinoyatlar va yomon illatlarga qarshi kurashilmaydi, ularni oldi olinadi xolos.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi fikrlarimiz isboti o'laroq Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi1 qarori qabul qilindi. Konsepsiya prezidentning "Xalq ta'limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

• maktab ta'limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko'tarish;

• maktab o'quvchilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma'naviy kuch va milliy iste'dodlarni saqlash;

• harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ'ib etish, o'rganish;

• uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish;

• o'quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.

Ushbu konsepsiya orqali o'quvchilarni bevosita vatanparvarlik ruhida tarbiya qilish bilan birga ularda ma'naviy barkamollikni ham yetishtirishimiz mumkin, bu borada faqatgina o'qituvchigagina yuklab qo'ymay, balki ota-ona hamda mahalla bilan ishlash tizimi yo'lga qo'yilsa anchagina samaraga erishamiz.

Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch" asari hamda unda ilgari surilgan umuminsoniy g'oyalarni chuqur o'rganish va tahlil qilish dasturulamal bo'lib xizmat qiladi. Ushbu asar milliy ma'naviyatimizni tiklash, boy tarixiy merosimizni chuqur o'rganish, umrboqiy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji, xalqimiz, ayniqsa yoshlar tafakkurining o'zgarishi va yuksalishidek ezgu maqsadga yo'naltirilgan barcha qarashlarni o'zida jamlagan.

"Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asari xalqimiz uchun eng buyuk boylik bo'lib kelgan ma'naviyatning ma'no-mazmunini to'laqonli o'zida jamlay olgan

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.10.2022 yildagi 558-son

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yuksak na'muna sanaladi. Asarda ma'naviyat, uning inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etilgan. Asarda "Ma'naviy tahdid" tushunchasiga e'tibor qaratilib, turli mafkuraviy xurujlarning milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi haqida so'z boradi. Bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat insonlarning, avvalambor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma'naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo'llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligi aytib o'tiladi.2 Bu borada ota-onalar, ustoz-murabbiylar ushbu masalada hushyorlikni yo'qotmasligi, yoshlar tarbiyasida aslo beparvolikka berilishi mumkin emasligi ta'kidlanadi. Ma'naviyat haqida so'z borar ekan uni yosh avlod qalbiga singdirish mashaqqatli va shuningdek doimiy faoliyat ekani, uni tizimli ravishda tashkil etish esa, maqsadga erishishning birdan-bir ustuvor yo'li ekani uqtiriladi. Shu sababli ham asarda ta'lim-tarbiya sohasi, matbuot, televedeniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san'atigacha, ya'ni inson qalbi va tafakkuriga ta'sir o'tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma'naviy ehtiyoji, zamon talablariga mos ravishda kuchaytirish zarurligi yana bir bor ta'kidlanadi.3

Buyuk jadidchi bobomiz Abdulla Avloniya aytganidek: "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so'zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz. Chunki o'tayotgan vaqt shuni ko'rsatmoqdaki tarbiya va ma'naviyat qanchalik muhim ekanligini.

Undan tashqari biz uchun eng katta yangilik bo'lgan "umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respunlikasi Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun "Tarbiya" fani konsepsiyasi ham ishlab chiqildi.

Mazkur Konsepsiya O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunlari, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan hujjatlari, xususan "Bola huquqlari to'g'risida"gi, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Yoshlar-2030" strategiyasi hamda O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi

2 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. - T.: O'zbekiston, 1998.

-B.13- 14.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Konsepsiyada belgilangan vazifalar O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg'or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda amalga oshiriladi.

Konsepsiya umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning yoshiga mos ma'naviy rivojlanishini ta'minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" turkumiga kiruvchi fanlar "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari", "Ma'naviyat asoslari", "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o'rganildi, amaldagi fanlarning o'quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi 637-son Qonuni. 2020-yil 23-sentabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 422-son Qarori.

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat. 2008. -B.134.

4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. O'zbekiston, 1998. -B. 13-14.

5. Ismoilov, N. B. (2023). YANGI O 'ZBEKISTONDA TA'LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 2(1), 81-88.

6. www.lex.uz

7. www.kitoblar.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.