Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
55
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
amaliy va uslubiy

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turdiboev Ilxomjon Xayotjon Ugli

Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro baholash jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash, ularning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini, shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha savodxonligini rivojlantirish, o‘qituvchilarga amaliy va uslubiy yordam berish ta’lim ustuvorligini ta’minlovchi muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA TALABALARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI

RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Turdiboev Ilxomjon Xayotjon ugli

Fargona Politexnika instituti kimyo va kimyo texnologiya kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10036009

Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirish, xalqaro baholash jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish, o'qituvchi va o'quvchilarni tayyorlash, ularning bilim, ko'nikma va kompetensiyalarini, shuningdek, o'quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli fan yo'nalishlari bo'yicha savodxonligini rivojlantirish, o'qituvchilarga amaliy va uslubiy yordam berish ta'lim ustuvorligini ta'minlovchi muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

Tabiiy ilmiy savodxonlik - inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili sanaladi. Tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g'oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog'liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi. Tabiiy fanlar bo'yicha savodxon bo'lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi.

Tabiiy fanlar bo'yicha savodxon bo'lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muomalarni ilmiy dalillarga asoslangan muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Unda quyidagi konpetensiyalar shaklangan bo'ladi:

- Hodisalarni ilmiy jihatdan ta'riflash;

- Ilmiy tadqiqotlash, loyixalash va baholash;

- Malumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish.

Tabiiy yo'nalishdagi fan o'qituvchilari o'quvchilarga ilmiy tadqiqot yo'nalishlarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratishlari juda zarur. Singapur o'quv dasturlari tahlil qilinganda shu ma'lum bo'ldiki o'quv dasturlarida o'quvchilar tabiiy yo'nalishdagi tabiiy fanlarni tadqiqotchi sifatida o'rganishadi. O'qituvchining vazifasi esa o'quvchini tadqiqotga boshlashdan iborat.

Ilmiy tadqiqotchining bilim ko'nikmalarini qanday amalga oshirilishini har bir tabiiy yo'nalishdagi fan o'qituvchisi bilishi kerak. Xalqaro tadqiqotlarda tabiiy savodxonlikni rivojlantirishda biologiya soxasida eng ko'p tadqiq qilingan kontent bu ekologiya va atrofmuhit muammolari bo'lib, tirik tizimlarni o'rganish jaraènidagi tiriklik tuzilishining xujayra darajasidan tortib, biosfera darajasigacha berilgan kontekstlarning asosini tashkil etadi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlik deganda o'qituvchining tabiiy fanlarga oid terminlarni bilishi, idrok qila olishi, mustaqil fuqaro sifatida esa shu fanlarga oid bo'lgan barcha muammolarga fikr bildira olishi, hamda bu muammolarni bartaraf qila olishlari tushuniladi. Tabiiy-ilmiy savodxonlikka ega bo'lgan shaxs esa tabiiy fanga oid ziddiyatli vaziyatlarni, texnologiyaga oid muammolarni o'zlarida bor bilimlariga asoslangan holatda muhokamalarda qatnasha oladi va bunday vaziyatlarda qanday ish ko'rish zarurligini biladilar. Tabiiy-ilmiy savodxonlik jamoat miqyosidagi ta'sir doirasiga ega bo'lgan o'ziga xos soha hisoblanishi bilan birgalikda, biror kim ishonishi mumkin bo'lganidanda universal va umumlashgan xodisadir.

Ya'ni, keng yoki nisbatan tor ma'noda olib qaralganda, har bir inson tabiiy-ilmiy savodxonlik imkoniyatiga egadir. Bundan tashqari psixologlar va o'qituvchilar orasida keng tarqalgan umumiy tushunchaga ko'ra, ijodkorlik bilan chambarchas bog'langan va fikrlash

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

jarayonlarida ishtirok etish deb tushuniladigan fikrlashga oid bir qator fikrlash qobiliyatlarini takomillashtiradi.

Jumladan, metakognitiv qobiliyatlarni o'zaro va shahsiy muammoni yechish ko'nikmalarini, tenglik tushunchasini rivojlantirilishini, fanlarning o'zlashtirilishini, kelajakda kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishni hamda jamiyat bilan uyg'unlashuvini yaxshilaydi.

Olamning birligi va hodisalardagi umumiy bog'lanishning mavjudligini e'tiborga olib, biz ularni bir butun ob'ekt sifatida qayd qilishni o'rganish zarurligini yaxshi his etdik. Biroq bunday integratsion jarayon, qadimda tabiat va jamiyat hodisalarini yaxlit o'rganish jarayonidan keskin farq qilib, butunlay boshqa-olamni yangicha darajada qayd qilishdir.

Zamonaviy integratsiya, bilish jarayoniga tegishli umumiy qonuniyatlarning yana bir muhim xususiyatini o'zida aks etirib, bilimlarni chuqur va mustahkam qilishni maqsad qiladi. Hozirgi bilimlar integratsiyasi, tabiatshunoslik fanlariga doir bilimlar bilan chegaralanmay, inson va tabiat orasidagi munosabatlarning murakkablashganligini inobatga olib, ularga tegishli hodisalarni tashqaridan turib alohida o'rganish zarurati mavjud. Endi inson ularni ichkaridan turib, o'zini shaxs sifatida, tabiatning mahsuli deb qarab, tabiat va jamiyatda kechadigan jarayonlarni inson va uning faoliyati bilan qo'shib o'rganishga zarurat sezdi. Fan va texnikaning zamonaviy taraqqiyotida insonni ilmiy - texnikaviy jarayonni tezlatuvchi eng quvvatli dalil sifatida ishtirok etishini inobatga olib, o'rganilishiga ehtiyoj tug'ildi.

Xorijiy olimlardan R.Aron, R.Q.Dave, D.Rowntree, T.Sakamoto, W.Flitner; M.Baker, L.Lantierilar tomonidan ta'lim sifatini o'lchashning metodologik asoslari tadqiq etilgan bo'lsa, V.Goldschmidt, M.Goldschmidt, J.D.Russell; kreativ bilimlarni egallagan salohiyatli shaxsni shakllantirish, o'qitishni integrativ mazmundagi bilimlar asosida tashkil asoslari T.K.Britell, D.Hurley tomonidan tadqiq qilingan.

Tahlillardan ko'rinib turibdiki, turli yoshdagi o'quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari bo'yicha ilmiy izlanishlarga ko'plab tadqiqotchilar tomonidan e'tibor qaratilgan bo'lsada, aynan fanlar integratsiyasi bo'yicha tadqiqot ishlari tadqiqiga kam e'tibor qaratilgan.

Shu maqsadda mazkur tadqiqot ishi bo'lajak kimyo o'qituvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini fanlar integratsiyasi asosida rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini tadqiq etish muammolariga bag'ishlanadi.

Shu ma'noda tabiiy-ilmiy fanlar turkumiga mansub kimyo fanlarini integrativ tashkil etish asosida bo'lajak kimyo o'qituvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratish zarurligini e'tirof etmoqda. Bugungi kun o'quvchisini zamon talablariga mos holatda bilim bilan qurollantirish, ularning xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, pirovardida ularning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish ko'p jihatdan o'qituvchining tayyorgarlik mexanizmlariga bog'liq bo'ladi.

Kimyo fani o'qituvchilarining fan doirasidagi unga yaqin fanlarning integrativ aloqadorligi asosida tabiiy-ilmiy savodxonlik darajalarini bosqichma-bosqich shakllantirib, uni rivojlantirib borishi zaruriy talab hisoblanishini inobatga olgan holatda, birinchi galda, oliy o'quv yurtlari talabalarining tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishga e'tibor qaratish zarur. Bunda fanni o'zlashtirishda biologiya, kimyo, fizika, geografiya, ekalogiya, astranomiya, informatika, bioinformatika fanlari bilan integrativ yondashuvni tizimli tashkil etish muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

REFERENCES

1. Леонтович А.В. Укувчиларнинг илмий-тадкикот фаолиятини ривожлантиришнинг ташкилий ва мазмунли муаммолари. / А.В. Леонтович // Замонавий таълим маконида укувчиларнинг тадкикот фаолияти: Маколалар туплами. - М., 2006. - С. 112-116.

2. Мухина В.С. Шахсни ривожлантириш учун тадкикот фаолиятининг психологик маъноси / В.С. Мухина // Хал; таълими. - 2006. - 7-сон. - С. 123-127.

3. Обухов А.С. Тадкикот фаолияти дунёкарашни шакллантириш усули сифатида / А.С. Обухов // Халк таълими. - 1999 йил - 10-сон. - С. 158-161.

4. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// American Journal Of Applied Science And Technology// VOLUME 03 ISSUE 06 Pages: 15-21 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)

5. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com

6. L.M. Karakhonova ISSUES OF DEVELOPING RESEARCH COMPETENCE IN STUDENTS BASED ON THE PROJECT METHOD// NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 9, ISSUE 9, Sep. -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.