Научная статья на тему 'NOFILOLOGIK OLIY O’QUV YURTLARI TALABALARIDA ILMIY NUTQNING SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARIGA DOIR'

NOFILOLOGIK OLIY O’QUV YURTLARI TALABALARIDA ILMIY NUTQNING SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / dalil / dalillash / ilmiy nutq / ilmiy matn / madaniy nutq / ilmiy terminologiya. / speech / argument / argumentation / scientific speech / scientific text / cultural speech / scientific terminology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begimov, Odil Toʻxtamishovich

Tajribalarning ko’rsatishicha, nofilologik oliy o’quv yurti talabalarida olgan bilimlari va hayotiy tajribalariga tayangan holda ma’lum bir mavzuda o’z fikrlarini tegishli dalillar asosida tushunarli va ixcham bayon qilish ko’nikmalari yetishmaydi. Maqolada talabalarda uchraydigan shunday muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON SOME ASPECTS OF FORMATION OF SCIENTIFIC SPEECH IN STUDENTS OF NON-PHILOLOGY HIGHER EDUCATION COUNTRIES

Experiments show that students at a non-philological university do not have the skills to clearly and concisely express their opinions on a certain topic based on relevant facts, based on their knowledge and life experience. The article discusses the problems that students face and ways to overcome them.

Текст научной работы на тему «NOFILOLOGIK OLIY O’QUV YURTLARI TALABALARIDA ILMIY NUTQNING SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARIGA DOIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NOFILOLOGIK OLIY O'QUV YURTLARI TALABALARIDA ILMIY NUTQNING SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARIGA DOIR

Begimov Odil To'xtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori

[email protected]

ANNOTATSIYA

Tajribalarning ko 'rsatishicha, nofilologik oliy o 'quv yurti talabalarida olgan bilimlari va hayotiy tajribalariga tayangan holda ma 'lum bir mavzuda o 'z fikrlarini tegishli dalillar asosida tushunarli va ixcham bayon qilish ko 'nikmalari yetishmaydi. Maqolada talabalarda uchraydigan shunday muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: nutq, dalil, dalillash, ilmiy nutq, ilmiy matn, madaniy nutq, ilmiy terminologiya.

АННОТАЦИЯ

Эксперименты показывают, что у студентов нефилологического вуза отсутствуют навыки четко и лаконично выражать свое мнение по определенной теме на основе соответствующих фактов, исходя из своих знаний и жизненного опыта. В статье рассматриваются такие проблемы, с которыми сталкиваются студенты, и пути их преодоления.

Ключевые слова: речь, аргумент, аргументация, научная речь, научный текст, культурная речь, научная терминология.

ABSTRACT

Experiments show that students at a non-philological university do not have the skills to clearly and concisely express their opinions on a certain topic based on relevant facts, based on their knowledge and life experience. The article discusses the problems that students face and ways to overcome them.

Key words: speech, argument, argumentation, scientific speech, scientific text, cultural speech, scientific terminology.

KIRISH

Ko'pgina holda oliy ta'limda tahsil olayotgan talabalarda ham hayotdan yoki tajribadan olgan o'z bilimlariga tayangan holda ma'lum bir mavzuda o'z fikrini bayon qilish, uni dalillash qiyinchilik tug'diradi. Amaliy tajribalarning ko'rsatishicha,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'z fikrini to'g'ri va aniq shakllantirish, keyin uni savodli va ishonchli dalillash shaxsning kasbiy va martaba jihatidan o ' sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Nutqning inson hayoti, kasbiy va ilmiy faoliyatida qanchalik muhim ahamiyatga egaligini mashhur faylasuf olim Abu Nasr al-Farobiy o'zining "Ilmlarning kelib chiqishi" asarida keltirilgan fikrlarni aniq dalil sifatida keltirish mumkin. U mazkur asarida falasafiy ilmlarni keltirib chiqargan sabablar, bu ilmlarning tartibi va ularni o'rganish to'g'risida bahs yiritib, nutq va mantiq ilmining ahamiyati haqida shunday deydi: "Qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish,qanday so'rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi, jismlarga, ya'ni substansiya va aksidensyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman.

Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so'zlarni va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi[4, 179]

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslikda kuzatilgan tarixiy tendentsiyaga asoslanadi, ya'ni ma'lum bir tarixiy jarayondagi barcha hodisalar tarixiy shartlar va hodisalardan ajratmasdan talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy bazasini zamonaviy tilshunoslik sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi.

Shuningdek, til, lison, nutqiy jarayonlarning lingvistik tadqiqida jamoa va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Asosiy tadqiqot usuli sifatida tasniflash, tahlil etish, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

"Dalillash nafaqat to ' g ' ri mulohaza yuritish(mantiqiy to ' g ' ri ifodalash)ni, balki mulohazani yetkazish uchun asos bo 'lib xizmat qiladigan dalil va isbotlarning haqiqiy ekanligini ham asoslashdir"[3, 58]. Dalillash - har qanday suhbatning, fikr almashishning eng qiyin bosqichidir. U umumiy aqliy salohiyati, diqqatni bir nuqtaga jamlash, chidamlilik, topqirlik va to ' g ' rilikni talab etadi. Fikr-mulohazani savodli dalillash - har bir kishining aqliy va madaniy yetukligining asosiy ko ' rsatkichlaridan biridir. Talabalar ko 'pincha so ' z boyligini kamligi, nutqiy madaniyatning yetishmasligidan bu masalada qiyinchilikka duch kelishadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Dalillashning maqsadi " auditoriya tomonidan o'rtaga qo'yilgan vaziyatni qabul qilish" [3, 68] bo'lar ekan, o'qituvchining vazifasi - talabalarning o'z nuqtai nazarini savodli ifodlay olishga yordam berish, real hayotda o'z fikrlarini isbotlash talab qilingan vaziyatlarda o'zlarini yuqotib qo'ymaslikka o'rgatish dan iborat.

"Dalillashning asosi haqiqiy va soxta, to'g'ri va noto'g'ri, izchil va noizchil, aniq va mavhum bilimlarni o'zaro qarama-qarshi qo'yish hisoblanadi" [3,17]. Dalillash ko'nikmalarini shakllantirish ilmiy matnlar ustida ishlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Talabalar ilmiy matn bilan tanishish, uni tahlil qilish, matn oldi va matndan keyin beriladigan topshiriqlarni bajarish, matnda uchraydigan yangi terminlar va barcha tushunarsiz so'zlar ustida ishlash kabi o'rganish bilan bog'liq vazifalarni bajarganlaridan so'ng, o'qituvchi talabalar oldiga matn orqali olingan axborotga tegishli qandaydir bir muammoli savol qo'yishi va talabalardan berilgan mavzuni muhokama qilishni taklif qilishi lozim. Birinchi mashg'ulotda o'qituvchi bu diskussiyada asosiy rolni bajarishiga to'g'ri keladi, chunki dastlab o'qituvchi ularni yo'naltirib turishi, talabalar qo'llashlari zarur bo'lgan nutqiy modellar va iboralarni ularga namuna sifatida ko'rsatib turishi lozim.

Materiallarni bosqichma-bosqich kiritib borish maqsadga muvofiq.

Birinchi bosqich "Argument", "Argumentatsiya", "Argumentatsiya turlari" kabi tushunchalar bilan tanishishni o'z ichiga oladi.

Dastlab, ilmiy terminalogiyada ko'p qo'llanadigan "argument" va "argumentatsiya" so'zlarining ma'no xususiyatlari to'g'risida izoh beriladi. O'zbek tilining izohli lug'atida bu tushunchalar quyidagicha izohlangan:

Argument[lot. Argumentum - yaqqol isbot, aniq dalil] 1. Fikr, da'vo va sh.k. ni isbotlash uchun asos, dalil. Argumentatsiya[lot. argumentatio - dalilash, dalil keltirish] Kerakli fikr yoki qoidani isbotlash uchun dalilarni tashkil etish, muhokama qilish[5, I, 95].

So'ng o'zbek tilida qo'llanadigan "dalil" va "dalillamoq, dalillash" so'zlarining ma'no xususiyatlariga tegishli izohlar to'g'risida ma'lumot berish maqsadga muvofiq. Bu tushunchalar o'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha izohlangan:

Dalil [arabcha - belgi, iz; isbot; sabab] 1. Fikr, mulohaza va sh.k.ni tasdiqlovchi, ular haqida dalolat beruvchi narsa; isbot, fakt. 2. huq. Jinoyatni tasdiqlovchi narsa, fakt yoki holat (ashiyoviy dalil, moddiy dalil).

Dalillamoq. Fikr, mulohaza, da'vo va sh.k.ning to'g'riligini fakt, isbot va sh.k. bilan asoslamoq, tasdiqlamoq [5, 549].

Dalillarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Mantiqiy dalil(argument)lar: takliflar, fan hulosalari (nazariyalar, gipotezalar, aksiomalar va b.)da namoyon bo'ladigan faktlar; statistika (ishlab chiqarish va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

jamiyat rivojlanishining miqdoriy ko 'rsatkichlari; ob 'ektiv, real faktlar (masalan, olimlarga moddaning to ' rtta agrégat holati ma ' lum: qattiq, suyuq, gazsimon va o ' ziga xos to ' rtinchi holati - plazma holati; olmos - tabiatdagi eng qattiq tosh va b.); tabiat qonunlari; olimlarning eksperimentlarining ma ' lumotlari, isbotlari va shahodatlari.

2. Illyustrativ argument-misollar: aniq misollar (hayotdan olingan, kasbiy tajribalar, voqealarning haqiqiy sodir bo ' lganligi to ' g ' risida hikoya qiluvchi faktlar); ilmiy misollar (ilmiy maqola yoki matndan misol keltirish); tahminiy misol ( ma ' lum bir sharoitda sodir bo ' lishi mumkin bo ' lgan voqea to ' g ' risida hikoya qilish).

3. Avtoritetlarga tegishli ssilkalar: ma 'lum va mashhur kishilar - olimlar, faylasuflar, professorlar, o ' qituvchilar, murabbiylar va b. fikrlariga murojaat qilish; mashhur manbalardan sitata keltirish; mutaxassis, ekspert fikr-mulohazalari; auditoriya tajribasiga murojaat qilish.

Ikkinchi bosqich harakatning algoritmi bilan tanishishni o ' z ichiga oladi. U quyidagicha bo 'lishi mumkin: 1) qo 'yilgan muammoni shakllantirish va uning qisqacha bayoni (masalan, "Matning mohiyati quyidagicha..." yoki " Tajribalar o 'tkazish natijasida olimlar shunday xulosaga keldilarki, ..." yoki "XIX asrlarda olimlar tushunishga harakat qildilarki, nima uchun...") va h.k.; 2) matndagi axborotning to 'g 'riligiga ishonishi yoki ishonmasligini ifodalash (masalan, "Men shunga ishonaman, chunki...", "Bu narsaga ishonmaslik qiyin, chunki..."). Tegishli xulosalarning mavjudligi bayon etilgan fikrlarning yakunlanganligi va mantiqiyligini ifodalaydi. Shuningdek, o ' qituvchi talabalarga ishning yoki fikrning yakunida nafaqat xulosa va umumlashtirishlar keltirilishi, balki muammolarni hal qilishga tegishli ko 'rsatmalar, keyingi harakatlarga chaqiriqlar, istaklar, maslahatlar va takliflar keltirilishi mumkinligi to ' g ' risida ham aytib o ' tishi lozim.

Uchinchi bosqich dalillashning usullarini aniqlab olishdan iborat. Matnlar o ' qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bu misollar, illyustratsiya, namunalar(ijobiy yoki salbiy) yordamida dalillashdan iborat bo ' lishi ham mumkin.

To ' rtinchi bosqich dalillash ko 'nikmalarini chuqurlashtirish va mustahkamlashdan iborat bo ' ladi.

Misol tariqasida quyidagi ilmiy matnni keltirish mumkin. "...Galiley jismlarni tushushini kuzatish va xulosa chiqarishni taklif qildi, Uning fikricha, bir xil og ' irlikka, ammo turli hajm kengligiga ega bo ' lgan jismlar turli tezlikda tushadi. Hajm kengligi katta bo ' lgan jismlar sekin tushadi, bunga sabab havo oqimining qarshiligi bo ' lsa kerak deb, taxmin qildi. Lekin o ' zining gipotezasini tajriba orqali sinab ko ' rishga olimning imkoniyati bo ' lmadi, chunki u davrda havo qarshiligini qanday bartaraf qilishni bilishmas edi. Keyinchalik bu gipotezani ingliz olimi Isak Ntyuton tekshirib ko ' rishga muvofiq bo ' ldi. Bu vaqtda maxsus asbob - idishdan havoni so ' rib oladigan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

havo nasosi yasashdi. Nyuton shisha trubkani oldi, nasos yordamida undan havoni tortib chiqardi, ya'ni unda vakuum hosil qildi va bu sharoitda idish tubiga pat va qo'rg'oshin parchasi qanday tushishini kuzatdi. Olim ular bir xil tezlikda tushishini aniqladi. Shu tarzda Ntyuton Galileyning gipotezasini tajriba orqali ko'rsatdi. U vakuum (havosizlik) sharoitida turli og'irlikka ega bo'lgan jism, hajm kengligiga bog'liq bo'lmagan holda, tushish davrida bir xil tezlikka ega bo'lishini isbotlab berdi[3, 124].

O'qituvchi talabalarga quyidagicha savol bilan murojaat qilishi mumkin: " Siz qanday o'ylaysiz, nima uchun Galiley o'zining gipotezasini tekshirib ko'rolmadi?" So'ng javobni isbotlash uchun matndan misollar keltirishni taklif qiladi.

Masalan, talabalar matn mazmuniga tayangan holda bunga quyidagicha javob berishlari mumkin: "Galiley yashagan davrlarda, ya'ni XYI-XYII asrlarda havoning qarshiligini qanday bartarf etish yo'lini bilishmagan", "Tajriba o'tkazish uchun kerakli asboblar bo'lmagan".

Matn mazmunidan kelib chiqib, talabalar quyidagi xulosalar chiqarishlari mumkin: "Ilm-fan va texnikaning rivojlanishi natijasida olimlar yanada aniqroq ma'lumotlar olishga erishmoqdalar, ilgari surilgan gipotezalarni tajriba asosida isbotlab berish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Bu, o'z navbatida, dunyo manzarasini yanada aniqroq ko'rish va bilish hamda muammolarni amaliy jihatdan hal qilish imkoniyatini bermoqda".

Shu tarzda yana bir dalilni tekshirib ko'rishimiz mumkin: " Nikelning titan bilan qotishmasi "mexanik" xotira xossasiga ega bo'ladi, ya'ni mahsulotning shakli va aniq o'lchamini eslab qolish va deformatsiya holatida ularni qayta tiklash qobiliyatiga ega bo'ladi"[2,157].

O'qituvchi talabalardan "shakl va o'lchamni qayta tiklash" so'z birikmasining ma'nosini tushuntirib berishni taklif qilishi mumkin. Bunda savollarni quyidagi tarzda tuzishi maqsadga muvofiq:

1. Siz bu so'z birikmasining ma'nosini qanday tushinasiz?

Bunga quyidagicha javob berish mumkin: "Qayta tiklash - bu demak, dastlabgi shakl va o'lchamga qaytish, ega bo'lish, ya'ni deformatsiyagacha ega bo'lgan shakl va o'lchamga qaytish".

2. Siz "mexanik" xotiraga ega bo'lgan yana qanday qotishmalarni bilasiz?

Talabalar o'zlarining o'rgangan tajribalariga asoslanib, oldin o'qigan matnlarini

eslaydilar va quyidagi qotishmalar to'g'risida ma'lumot beradilar: nikelning kobalbt va titan bilan qotishmasi, oltinning kadmi bilan, misning margants va alyumin bilan, misning alyumin va mis bilan qotishmalari va b.

3. Bunday g'ayrioddiy qotishmalarning sanoatda qanday ahamiyati bor?

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Taxminiy javob quyidagicha: "Bunday qotishmalar sonoat uchun juda katta ahamiyatga ega. Masalan, kosmik texnikasi uchun: ulardan sun ' iy Yer yo ' ldoshlari uchun antennalar tayyorlanadi, nazariy jihatdan bu kabi qotishmalardan orbita radioteleskoplari yasash mumkin"

Talabalar bilan dalillashning yana bir usuli - ilyustratsiya(tasvir), ya 'ni mavhum tushunchalarni ko ' rgazmali shaklda ko ' rsatish orqali isbotlashni keltirish mumkin. Faktlar tasvir orqali aks ettiriladi, mazmun jihatidan mos keladigan, bayon qilinayotgan holatni tushunishga yordam beradigan obrazli manzaralar hosil qilinadi. Bu yerda o ' qituvchi topshiriqlarni o ' yin shaklida bajarishni taklif etishi ham mumkin, chunki o 'yin so 'zlarni mexanik tarzda yod olmasdan beixtiyor eslab qolish qobiliyatini shakllantiradi, materiallarni yorqin va qiziqarli tarzda o ' zlashishiga imkoniyat yaratadi. Demak, bu holda quyidagicha topshiriqlar berish maqsadga muvofiq:

1. Quyidagi tushunchaga grafik jihatdan mosliklarni toping: kristal panjara, erish, qaynash, olmos, ko ' mir, to ' g ' richiziqli harakat, egrichiziqli harakat va b.

2. Quyidagi grafik tasvirga tegishli so ' zlar tanlang: shisha, havo nasosi, o ' lchov, plastik, prujina, Yerning Quyosh atrofida aylanishi va b.

Tushunchalarga tegishli sinonimlar tanlashga oid topshiriqlar ham yaxshi natija beradi, chunki u talabalarning so z boyligini oshiradi va nutqda so z qo llash ko 'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Topshiriq quyidagicha bo ' lishi mumkin: ajratib ko ' rsatilgan so ' z va so ' z birikmalariga mos keladigan sinonimlar tanlang: suvning suyuq holatdan qattiq holatga o ' tishi, haroratning ko ' tarilishi, jismning shaklini o ' zgartirishi, molekulalarning tartibsiz harakat qila boshlashi va b.

O ' qituvchi tomonidan tanlangan va tavsiya etilgan turli xil ilmiy matnlarni tahlil qilish ham yaxshi samara beradi. Talabalar bulardan mualliflarning fikr-mulohazalari asosida misollar topadilar.

Dalillash ko ' nikmalarini singdirishda diskussiya metodidan foydalanish ham katta samara beradi, chunki nutqiy faoliyatning bu turi qo ' yilgan muammog a tegishli so ' zlar va nutqiy model (dalil)larni tezkor usulda izlash, tanlash ko ' nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, talabalarni haqiqatni jamoa bo ' lib izlashga faol ishtirok etish hisobiga o ' quv jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi. Diskussiya - bu o ' ziga xos bilim va fikr almashish usuli. Bu o ' rinda ham o ' yinli topshiriqlardan foydalanish mumkin, chunki "o ' yinli topshiriq - o ' quvchilar o ' zlarini qulay va erkin, ta' lim oluvchining qiziqishlarini qo ' zg ' atuvchi, unda chet tilida gapirish xohishini yuzaga chiqaradigan muhitni yaratadi"[1,4].

Bunga quyidaki mashg ' ulotni misol qilib keltirish mumkin. O ' qituvchi uy topshirig ' i sifatida biron bir ilmiy matnni, masalan, neft mahsulotlarini qazib olish va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

uni qayta ishlashga bag'ishlangan matn ustida ishlashni taklif qiladi. Matnni o'qish, yangi so'z va iboralarni o'rganish, shuningdek, ularning nazarlarida xarakterli bo'lgan fikrlarni topishni yuklaydi. So'ng mashg'ulot davomida guruh ikkita kichik guruhga bo'linadi. Ularga quyidagi savollar beriladi:

1. Neft sanoatining atrof muhitga qanday ta'siri bor?

2. Neft mahsulotlarini qazib olish insoniyatni global halokatlarga olib kelishi mumkinmi?

3. Quyidagi gaplarning mazmunini qanday izohlaysiz: Neftb - qora oltin. Neftb - bizning halokatimiz. Neftb - bu yerning qoni, biz esa undan o'z boyligimizni yaratamiz.

4. Neft zahiralari bitmas-tuganmasmi?

Har ikki guruh diskussiyaga kirishib, o'rtaga qo'yilgan savollarga nisbatan o'z fikrlarini bildirishadi, asoslash uchun ilmiy faktlarga tayangan holda matndan misollar keltirishadi. Bunda qaysi guruhning javoblari asosli, dalillari ishonchli bo'lsa, o'sh guruh g'olib bo'ladi.

Diskussiya jarayonida talabalar mantiqiy dalillash va o'rtaga qo'yilgan muammoga nisbatan o'z shaxsiy nuqtai nazarlarini bayon qilish malakalarini hosil qiladilar. Bunda talabalar o'z fikrlarini madaniy nutq nuqtai nazaridan bayon qilish malakalariga ega bo'lishlari lozim. Ular nutqning ilmiy uslubi uchun xarakterli "birinchidan", "ikkinchidan", "shubhasiz" kabi kirish so'zlard an keng foydalanishlari maqsadga muvofiq, chunki bunday so'zlar axborotlarni yetkazishda fikrning mantiqiyligini ta'minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarga fikrini o'z suhbatdoshiga yetkazishda etika me'yorlariga rioya qilish malakalarini ham singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o'z fikrini isbotlash uchun dallillar keltirishda suhbatdoshiga nisbatan bosiqlik, xotirjamlik va muomalilik bilan yondashsa, fikrning aniqligi va ta'sirchanligini yetarli darajada ta'minlagan bo'ladi. Bunda quyidagi nutqiy modellardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: " Sizning fikringizga qo'shilishim mumkin, ammo shunday faktlar borki...", "Fikringizning ko'p jihatlariga qo'shilaman, ammo yana shuni ta'kidlaymanki, ..." , yoki "Afsuski, e'tiroz bildirishga majburman, chunki ... "Siz ... jihatlarini nazardan chetda qoldiriyapsiz" va b. Suhbatdoshining fikriga nisbatan o'z munosabatini bayon qilishda shaxsiy baho berish bilan bog'liq quyidagi iboralarni ishlatmagan ma'qul deb o'ylaymiz: Menga ... haqidagi fikrlarinigiz juda yoqdi", "Menga ... haqidagi fikrlaringiz umuman yoqmadi". Talabalar suhbatdoshiga nisbatan o'z fikrini ifodalashda quyidagi kirish so'z va birikmalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq: bizning nazarimizda, bizning o'ylashimizcha, ehtimoldan holi emas, lozim topamiz.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Nutqni aniq, ishonchli, ta' sirchan bo 'lishi faqatgina dalilashni qanday bo ' lishiga bog ' liq emas, balki nutqning ritmi, chastotasi, talaffuz xususiyatlariga ham bog ' liq bo ' ladi. Nutqni irod etishda aniq, hotirjam, tovushni zo ' riqtirmasdan bir maromda va mazmunan boy qilib gapirishga harakat qilish lozim. Nutqni to ' g ' ri shakllantirish uchun har bir nutq tovushi, bo ' g ' in va so ' z yetarli darajada aniq eshitilishi lozim.

Demak, dalillash - bir kishining asoslangan nuqtai nazarini boshqa bir kishi tomonidan yetarli darajada tushunishi va qabul qilish(yoki qabul qilmaslik)ga yo ' naltirilgan mantiqiy-kommunikativ jarayon. Dalil esa - so ' zlovchining o ' z nuqtayi nazarini asoslash uchun keltiradigan isbot, holat, ma ' lumot, misol.

Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

1. Talabalarda ilmiy nutq malakalarini hosil qilish uchun ularni asosiy umumilmiy va kasbiy tushunchalarni o 'rganishga, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish uchun maxsus ilmiy adabiyotlar ustida ishlashga yo ' naltirish maqsadga muvofiq.

2. Mashg 'ulotlarda talabalar ilmiy-pedagogik faoliyatlariga tegishli dalil va isbotlarni bayon qilishlari uchun kerakli bo ' lgan nutqiy modellar ustida muntazam ravishda ishlash va qo ' llash ko ' nikmalarini shakllantirib borishlari lozim.

3. Talabalarda tegishli dalillarni tanlash va qo ' llashda nafaqat ilmiy, balki ijodiy yondashuv malakalarini ham hosil qilish, bunda ularning nutqiy imkoniyatlarini obrazli sinonimlarni qo ' llashga o ' rgatish orqali kengaytirish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Аросева Т.Е. и др. Научный стиль речи: технический профиль. — М.: Русский язык. Курсий, 2010.

2. Гильмутдинова Н.А. Логика и теория аргументации: Учеб. пособие. — Ульяновск: Изд-во УлГТУ, 2006.

3. Дубинская Ю.В. и др. Русский язык будущему инженеру. — М.: Флинта; Наука, 2007.

4. Abu Nasr Farobiy. Fozil kishilar shahri. -Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashryoti, 1993. -224 b.

5. O'zbek tilining izohli lugati. A. Madvaliyev tahriri ostida. 1-tom, T. 2008.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.