Научная статья на тему 'FALSAFA FANIDA TALABALARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODLARI'

FALSAFA FANIDA TALABALARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
140
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / falsafa / tanqidiy tafakkur / pedagogika / metodika / zamonaviy ta’lim / pedagogik oliy ta’lim / innovatsion taʼlim / falsafiy debat / tafakkur / auditoriya / shart-sharoit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samatov Dilshodbek Toxirjonovich

Mazkur maqolada mamlakatimiz pedagogik oliy ta’lim tizimida falsafa fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan asosida talabalarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning zamonaviy metodlari borasida so’z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda tanqidiy tafakkur haqida tushuncha, falsafani bilishda tanqidiy tafakkurning roli, zamonaviy auditoriyada tanqidiy tafakkurni shakllantirishning zaruriy bosqichlari yoritilgan. Shuningdek falsafiy debatlar va ularni “Aqliy hujum” metodi asosida o’tkazining asosiy pedagogik shartsharoitlari ilmiy taxlil qilingan holda ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FALSAFA FANIDA TALABALARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

FALSAFA FANIDA TALABALARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODLARI Samatov Dilshodbek Toxirjonovich

Andijon davlat pedagogika instituti, fakultet decani Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori,

dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.10160027

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimiz pedagogik oliy ta'lim tizimida falsafa fanini o'qitish jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan asosida talabalarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishningzamonaviy metodlari borasida so'z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda tanqidiy tafakkur haqida tushuncha, falsafani bilishda tanqidiy tafakkurning roli, zamonaviy auditoriyada tanqidiy tafakkurni shakllantirishning zaruriy bosqichlari yoritilgan. Shuningdek falsafiy debatlar va ularni "Aqliy hujum" metodi asosida o'tkazining asosiy pedagogik shart- sharoitlari ilmiy taxlil qilingan holda ochib berilgan.

Kalitso'zlar: ta'lim, falsafa, tanqidiy tafakkur, pedagogika, metodika, zamonaviy ta'lim, pedagogik oliy ta'lim, innovatsion ta'lim, falsafiy debat, tafakkur, auditoriya, shart-sharoit.

Аннотация. В данной статье речь пойдет о современных методах развития критического мышления студентов на основе применения передовых педагогических технологий в процессе преподавания философских дисциплин в системе высшего педагогического образования нашей страны. Наряду с этим освещается понятие критического мышления, роль критического мышления в познании философии, необходимые этапы формирования критического мышления в современной аудитории. Выявлены также философские дебаты и основные педагогические предпосылки их проведения методом " мозгового штурма " с научным анализом.

Ключевые слова: образование, философия, критическое мышление, педагогика, методология, современное образование, педагогическое высшее образование, инновационное образование, философские дебаты, мышление, аудитория, предпосылки.

Abstract. This article will talk about modern methods of developing critical thinking of students based on the application of advancedpedagogical technologies in the process of teaching philosophy in the pedagogical higher education system of our country. At the same time, the concept of critical thinking, the role of critical thinking in the knowledge of philosophy, the necessary stages of the formation of critical thinking in a modern audience are covered. As well as philosophical debates and the main pedagogical conditions under which they are conducted on the basis of the method of "Mental attack " are revealed scientifically.

Keywords: education, philosophy, critical thinking, pedagogy, methodology, modern education, pedagogical higher education, innovative education, philosophical debate, thinking, audience, conditions.

Kirish. Fan falsafasini ko'p jihatdan aniqlash qiyin bo'lgan mavzu, chunki falsafani aniqlash qiyin. Ammo falsafaning kamida bitta munozarali ta'rifiga ko'ra, fanlar - jismoniy, biologik, ijtimoiy va xulq-atvor - va falsafa o'rtasidagi munosabatlar shu qadar yaqinki, fan falsafasi ham faylasuflar, ham olimlar uchun asosiy masala bo'lishi kerak. Ushbu ta'rifga ko'ra, falsafa dastlab fanlar hali javob bera olmaydigan yoki ehtimol hech qachon javob bera olmaydigan savollar bilan va fanlar nima uchun bu savollarga javob bera olmasligi haqidagi keyingi savollar bilan shug'ullanadi (1). Bunday dastlabki savollar bormi, buning o'zi faqat falsafiy dalillar bilan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

hal qilinishi mumkin bo'lgan masala. Bundan tashqari, agar ular yo'q bo'lsa, fan o'zining javobsiz savollariga javob berishga urinishlarida qanday harakat qilishi kerakligi ham falsafiy munozara mavzusidir. Bu muammolar olimlar uchun falsafiy mushohada qilish va fikrlashni muqarrar qiladi. Yunonlardan boshlab Nyuton va Darvingacha bo'lgan davrgacha fan tarixini yuzaki o'rganish bu (haligacha) ilmiy javobsiz savollarni ochib beradi.

Zamonaviy ilmiy topilmalar va nazariyalarning falsafaga ta'siri haqida fikr yuritish, ularning har biri bir-birini tushunish uchun ajralmas ekanligini ko'rsatadi (2). Darhaqiqat, ushbu falsafa fanning tarixi, sotsiologiyasi va boshqa tadqiqotlari, uning usullari, yutuqlari va istiqbollarini tushunishning asosiy sharti ekanligi ta'kidlaydi. Erkin iroda va determinizm kabi klassik falsafiy muammolar yoki ong tananing bir qismimi yoki sof moddiy olamda maqsad, aql va ma'no uchun joy bormi, ilmiy kashfiyotlar va nazariyalar tomonidan shoshilinch va shakllantiriladi. Ilm-fan to'g'risidagi bu qarashlar shubhasiz, tanqidiy tafakkurning rivojlanishiga ta'sir qilmay qolmaydi. Falsafani ko'r-ko'rona, dogmatik ravishda emas,

ongli o'rganishda tanqidiy tafakkurning ahamiyati katta. Bu fikr hozirgi, ya'ni totalitar sotsializm mafkurasi ta'siridan qutulish, hosil bo'lgan vaqtinchalik "mafkuraviy bo'shliqda" millatimiz uchun zararli va yot mafkura va "ommaviy madaniyat" g'oyalarining kirib kelishiga qarshi tura oladigan yoshlarni tarbiyalash zarurati keskin turgan davrga ayniqsa ko'proq taalluqlidir. Shularga ko'ra falsafani o'qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish masalasiga ham alohida e'tibor berish zarur (3). Bunda avvalo shuni ta'kidlash joizki, aynan falsafa, ayniqsa, ratsionalistik falsafa tanqidiy tafakkur taraqqiyotining eng oliy namunasidir. Demak, ana shu falsafaning o'z shakllanishi tarixidayoq turli qarashlar, yondoshuvlar, konsepsiyalar orasidagi ziddiyatlar mavjudligiga e'tibor berilsa, talabada tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uncha qiyin muammo emas. Lekin shunisi ham borki, biz hamon ko'pchilik faylasuflarimiz totalitar sotsializm mafkurasi hukmronligi davrida falsafaning faqat bir oqimiga - ilmiy materializmga moyilligi saqlanayotgan va shunga ko'ra ko'pchilik darsliklar, o'quv uslubiy qo'llanmalar, ma'ruzalar o'sha eski qarashlarni saqlab turgan muhitda faoliyat bajarmoqdamiz (4). Demak, talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish ana shu totalitar mafkuraga oid muhit qarshiligini ham yengib o'tishni taqozo etadi.

Innovatsion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga o'quv jarayonidagi yangi shakldagi intreaktiv usullar kiradi. Bu texnologiyalar bugungi kunda rivojlangan horijiy mamlakatlarning jumladan, Amerika Qo'shma shtatlari, Germaniya, Yaponiya va Rossiya davlatlarining oliy ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda keng qo'llanilmoqda (6).

Tanqidiy tafakkurni shakllantirish uchun avvalo ushbu tafakkurning o'zi qanday bo'lishini aniqlab olishimiz kerak. Aslida, asl falsafiy tafakkurda skeptitsizm elementlari bo'lishi zarur. Masalan, Pirron asos solgan skeptitsizning falsafiy tafakkur taraqqiyoti uchun ahamiyati beqiyos bo'lgan. Vaholanki, tanqidiy tafakkurning shakllanishi nafaqat faylasuf uchun, balki har qanday kishining kundalik hayoti uchun ham, yirik davlat arbobining siyosat sohasidagi faoliyati uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Zero tanqidiy tafakkuri shakllangan kishini hech kim o'z "marionetkasiga" ya'ni qo'g'irchog'iga aylantira olmaydi va u o'z hayotida boshqalarga nisbatan kam xatoga yo'l qo'yadi (7). Bu borada, masalan, "Qirol Sejong" nomli koreys serialida mazkur tarixiy shaxsning fazilatlarini yoritishda keltirilgan bir fakt, ya'ni qirolning o'z fikriga qarshi chiqqan kishilarni davlat lavozimidan chetlashtirmasligi fakti diqqatga sazovor. Uning yaqinlari "nega bu odamni ishdan chetlashtirmayapsiz, u sizga xalal bermoqdaku?! deb so'raganlarida

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

"siyosat benihoya nozik va murrakkab ish, agar qarshi fikrlarning yo'li berkitilsa, xatolarga yo'l qo'yilishi muqarraf' deb qilgan javobi nihoyatda hikmatlidir (8). Lekin, tanqidiy tafakkur nimaligini tushunish borasida katta chalkashliklar ham mavjud. Bu chalkashliklar orasida eng yomoni kishining bu tanqidni faqat tashqariga qaratib, o'zining xato va kamchiliklarini ko'ra olmasligidadir. Shu kabi kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun va talabadan salbiy ma'nodagi "sofst" (demagog, safsataboz) kelib chiqmasligi uchun tanqidiy tafakkurning asosiy xususiyatlarini aniqlab olishimiz zarur.

Tanqidiy tafakkur muayyan ahborotni o'zgalar fkridagi xato va kamchiliklarni izlab topish maqsadiga emas, balki uni tahliliy o'rganishga yo'nalgan tafakkurdir. Shunga ko'ra chinakam, oliy madaniyat doirasidagi tanqidiy tafakkur quyidagi jihatlarni o'z mazmuniga qamrab oladi:

a. o'z fkriga qarshi turgan yangi fkr va g'oyalar uchun ochiqligi;

b. o'z fkr va qarashlarida xatolarga yo'l qo'ymaslikka, borlarini bartaraf etishga intilishi;

c. turli fikrlar orasidan to'g'ri va noto'g'rilarini tarafkashlik qilmasdan, ya'ni obyektiv ravishda farqlashga intilishi;

d. o'zi tushuna olmagan masala yuzasidan tanqidiy fikr bildirmaslik, tushunmasligini tan

olish;

e. fikrdagi asoslangan va asoslanmagan xatolarni farqlash va h.k.

Albatta, kishida bilimga kuchli qiziqish bo'lsa, unda tanqidiy tafakkur madaniyati ham intuitiv yaxshi shakllangan bo'ladi. Lekin talaba xarakterida oldindan shakllangan o'z shaxsini ko'z-ko'z qilishga, maqtanishga moyillik, kibr kabi illatlar falsafani o'zlashtirish uchun juda zarur bo'lgan asl tanqidiy tafakkurning shakllanishi yo'lida katta to'siq bo'ladi.

Tahlil va natijalari:

Darsda tanqidiy tafakkurni shakllantirishning o'ziga xos zaruriy bosqichlari mavjud. Tanqidiy tafakkur murakkab tafakkur uslubi bo'lib, uning shakllanishi axborotni passiv qabullashdan boshlab muayyan muammolar yemigi mustaqil kelishga qadar turli bosqichlarni ya'ni fazalarni bosib o'tadi. Tanqidiy tafakkur asl ma'nodagi demagog bo'lmagan faylasuflarda, genial olimlarda juda kuchli rivojlangan bo'ladi. Demak, biz o'z talabalarimizni global kompetentlik darajasi sifatida tarbiyalay olishimiz uchun unda avvalo tanqidiy fikrlash qobiliyatini uyg'otish va rivojlanish uchun shart-sharoit yaratishimiz kerak (9). Bunda professor-o'qituvchining ma'ruzalaridagi tanqidiy ruh, tafakkur tarzi eng muhim va zaruriy shart-sharoit, zamin, asos bo'lib hizmat qiladi. Ammo lekin tanqidiy tafakkur oson va tez emas, balki muayyan bosqichlarni bosib o'tadigan murakkab nazariy va didaktik jarayon bo'lgani uchun o'qituvchidan muayyan metodik tayyorgalikni taqozo etadi.

Falsafa darslarida tanqidiy tafakkurni shakllantirish asosan quyidagi bosqichlardan tashkil

topadi:

Birinchi bosqich: tanqidiy tafakkur uchun shart-sharoit, zamin yaratish.

Ikkinchi bosqich: tanqidiy fkrlashga taklif etish ya'ni chorlash.

Uchinchi bosqich: Materiallarni tanqidiy anglab yetish.

Tanqidiy tafakkur uchun shart-sharoit, zamin yaratish uchun professor-o'qituvchining o'zi tanqdiy tafakkurga ega bo'lishi bilan birga talabalarga darslikdan tashqari yangi va muammoli materialni ham berib borishi kerak. Bu tanqidiy tafakkurni shakllantirishning birinchi bosqichini tashkil etadi.

Ikkinchi bosqichda professor-o'qituvchi talabalarni shu yangi material ustida fkrlab ko'rish va unga nisbatan o'z munosabatini bildirishga taklif qiladi. Bunda fikrlab ko'rish uchun

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

muayyan vaqt besh olti minutga qadar ajratish kerak. Bunda talabalar orasida jonli fikr almashinuvi jarayoni bo'lishiga yo'l qo'yish zarur.

Uchinchi bosqichda talabalarning muhokama etilgan material yuzasidan baholovchi, xulosaviy fikrlarni eshitish. Bunda talaba fikrlarining asoslanganligi va aniq bo'lishini talab qilish zarur.

Falsafani o'rganishda tanqidiy tafakkurning konkret ahamiyati quyidagilardan iborat:

- tanqidiy tafakkur talabani muqobil fikrlashga va muqobil fikrlarni o'rganishiga yordam

beradi;

- ma'ruza meterialini aniq va mustahkam tushunilishiga xizmat qiladi;

- darsni ko'r-ko'rona emas, ongli qabul qilishga, mustaqil fikrlashga, o'z fikrini shakllantirish, oldinga surish va asoslashga o'rgatadi, kishining o'ziga ishonchini orttiradi. Kishi shaxs sifatida shakllanishining asosiy faktori bo'lib xizmat qiladi;

- tahlil etilayotgan material yoki masalaning yangi qirralarini ko'rish, yangi masalalar va ular yechimining kashf etilishiga olib keladi;

- o'zgaruvchan hayot tomonidan oldinga suriladigan yangidan yangi masalalarga mustaqil javob izlash ko'nikmalarini tarbiyalaydi;

- o'zga kishilar bilan muloqot uchun va jamiyat uchun ochiq bo'lishni ta'minlaydi;

- to'g'ri shakllantirilgan tanqidiy tafakkur o'zga insonlar fkriga hurmat, ular bilan erkin bog'lanish, o'zaro tushunish muhitini shakllantiradi.

Ayni paytda talabada muayyan masalalar yechimiga nisbatan intuitiv ishonch, e'tiqod mavjud bo'lishi, lekin bu tafakkurda yuzaga chiqmasligi ham mumkin. Bunday hollarda pedagog yo talabaning intuitiv ishonchini ratsional asoslashlanishiga yordam berishi, yoki masalaning o'zidan kelib chiqqan holda unga hozircha o'z fikrini ifodalamasdan, chetda turishiga ruxsat berishi ham mumkin. Shuning bilan birga fkrlashda orqada qolgan va dangasalik qiladiganlar ham bo'ladi. Bundaylarni baxsni qiziqarli qiladigan luqmalar bilan boyitish orqali hamda boshqa yo'llar bilan munogaraga jalb etishga harakat qilish kerak.

Talabakarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda falsafiy debatlarning ham o'rni kattadir. Seminar mashg'ulotlarida falsafiy debatlarni "Aqlga hujum" metodi asosida o'tkazining asosiy shart-sharoitlari ham mavjuddir. "Aqlga xujum" yoki "Breyn-storming" uslubi hozirgi davrda dars o'tishning innovatsion metodlaridan biri sifatida oldinga surilgan. Aslida bu metod falsafiy darslarda ilgari ham qo'llanib kelingan. Faqat hozir u boshqa metodlarga nisbatan ancha kengroq va yangicha xorojiy zamonaviy talqinida oldinga surilmoqda. Biz hozir shu metod mazmuni bilan yangicha talqinda tanishamiz.

"Breyn-storming" xorijiy rivojlangan ta'lim muassasalarida debat yuritishda keng qo'llanadigan metodlardan biridir. "Debat" tushunchasi esa aslida "baxs yuritish" ma'nosini ifodalovchi tushuncha bo'lib, quyidagicha ta'riflanadi:

Debat bu turlicha qarashlardagi odamlar orasida sodir bo'ladigan fikriy tortishuv jarayoni bo'lib, unda qatnashuvchilarning har biri boshqalarni o'z fikrining to'g'riligiga mantiqiy ravishda ishontirishga harakat qiladi (10).

Debat qatnashchilari bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishi talab qilinadi va ular quyidagicha:

Birinchidan, debat qatnashchisi gapirayotganida gapini tugatmasidan turib uni tanqid qilmaslik. Zero, birinchi qarashda tushunarli va ahamiyatsiz bo'lib ko'ringan ba'zi fikrlar keyin

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

oldiga suriladigan muhim fikrlar uchun kirish yoki turtki beruvchi vazifani o'tayotgan bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan, debatda bildiriladigan hech qanday fikrga g'ayri oddiy, keraksiz, kurakda turmaydigan fikr deb qaramaslik kerak. Ayni paytda fikr mavzu doirasida, mavzu bilan uzviy bo'lishi ham shart. Lekin ko'pincha bir yaxshi, baquvvat fikrga yetib kelingunicha uncha yaxshi bo'lmagan, sayozroq fikrlar oqimidan o'tib borishga to'g'ri kelishi mumkinligini ham hisobga olish joiz.

Uchinchidan, debat yuritishda oldinga suriladigan fikrlar uch yoki to'rtta fikr bilan cheklanmasligi, ya'ni ko'proq masalan, yigirma beshtagacha bo'lishi maqsadga muvofiq. Chunki, fikrlar qancha ko'p bo'lsa, yakuniy xulosalar uchun shuncha mustahkam asos, poydevor yaratiladi.

To'rtinchidan, "Aqliy xujum" metodi yaxshi ishlashi uchun fikr alashinuv jarayoni yaxshi yo'lga qo'yilishi kerak. Buning uchun fikrlarni turlicha kombinatsiyalash va o'rinlarini almashtirish, bir biriga muvofiqlash, qayta tuzish ishlarini amalga oshirish kerak.

"Aqliy xujum" metodini avval kichik guruhlarda sinab ko'rish, undan keyingina katta komandalar orasida ham o'tkazish mumkin. Mazkur metod bo'yicha ish olib borilayotganda guruh a'zolaridan biri bildirilayotgan fikrlarini yozib borishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu metod qo'llanganida shovqin, tartibsizlik bo'lishi tabiiy. Shunga qaramasdan hammaga o'z firini bildirishi uchun imkon berish kerak. Oldinga surilgan fikrlardan tartiblangan va aniq argumentlar ya'ni dalillar hosil qilish mumkin bo'ladi. Falsafiy debatlarda ishtirok etish ko'nikmalar shakllanishining o'z hayotiy shart sharoitlarivjuddir. Zero, biz kundalik hayotimizda hamisha fikrimizni dalillab turamiz. Masalan, ota-onamizga "Men bugun uyga odatdagidan kechroq qaytaman" degan fikrimizni bildirar ekanmiz, uni asoslashimiz, dalillashimiz kerak. Biz asoslanadigan fikr "argument" deyiladi. Argument tushunchasi ishonchli dalil, degan ma'noni ifodalaydi. Shunga ko'ra, biz, masalan, fikrimizni quyidagi tartibda dalillaymiz:

A) Darsdan keyin men kutubxonaga, internet klubga bormoqchiman.

B) Biz darslarimizda qiyin mavzuni o'rganishni boshladik va men bu mavzu bo'yicha asosiy materiallar bilan chuqurroq tanishmoqchiman.

C) Bu mavzu bo'yicha qo'yiladigan baho butun semestr uchun hal qiluvchi ahamiyatga

ega.

D) Shuning uchun men bugun kutubxonaga borishim kerak.

Yuqoridagi misol dalillash (argumentatsiya) jarayonining umumiy sxemasini tuzish imkonini beradi. Shunga ko'ra:

birinchi bosqichda bildirilmoqchi bo'lingan fikr oldinga suriladi;

ikkinchi bosqichda oldinga surilgan fkrning sababi tushuntiriladi;

uchinchi bosqichda fikr dalillanadi (asoslanadi);

to'rtinchi bosqichda fikr xulosalanadi.

Debat yuritishda ham uning qatnashchilari o'z fikrlarini shu tartibda asoslashlari talab qilinadi. Argumentlashning yuqoridagi sxemasi va strukturasi debat yuritishda endigina qatnashayotganlar o'z nutqlarini tashkillashni o'ranishlari uchun yordam berishi ko'zda tutilad i. Shuningdek, debat yuritishda fkrning aniq ifodalanishiga ham e'tibor berish joiz. Quyida biz debatlar o'tkazishning asosiy bosqich va shartlari bilan tanishamiz.

Argumentlash ya'ni fkrni dalillashni to'g'ri amalga oshirish uchun debat qatnashchilari avvalo ishchi varaqlarini tayyorlashlari zarur. Debat uchun ishchi varaqlarini tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

A) Debat o'tkaziladigan mavzuning nomi yoziladi. Masalan,: "Falsafada borliqning substansiyasi muammosi"

B) Debat yuritish uchun mavzuning ajratib olinadigan masalasi. Masalan, "Materiya va g'oya orasidagi munosabat masalasi".

V) Talabalar tomonidan oldinga suriladigan fikrlar. Ya'ni, talabalar qanday fkrni oldinga surishlariga ko'ra guruhlarga ajratiladi.

Shundan keyin oldinga surilgan fikrlarni argumentlash jarayoni boshlanadi. Argumentlash, biz yuqorida keltirgan sxema asosida amalga oshiriladi. Fikrni oldinga surish - fikrni tushuntirish - fikrni asoslash - xulosalash.

Har bir bosqich batafsil yoritilishi va ishchi varog'ida yoritilishi kerak. Masalan, A)guruhda mazkur masala bo'yicha qanday fkr oldinga surilgani,; B) shu fikrni oldinga surilishi sababi batafsil yoritilishi; V) fkrning argumentlanishi, qanday asosga tayanib shu fikr oldinga surilganini ifodalash; G) dastlab oldinga surilgan fikr yoki uning sababini takroran ma'qullash.

Va nihoyat endi debatga tayyorlanish jarayoni mazmuniga nazar solaylik. Bu mazmun birinchi o'rinda debat uchun axborot to'plash jarayonini o'z ichiga oladi. Talaba o'z fkrlarini puxta asoslash uchun debatga hakamlik qiluvchilarni ishontirishga xizmat qiladigan ko'p axborotni, misollarni, faktlarni, iqtiboslarni tanlashi va to'plashi kerak. To'plangan material "dalil-isbotlar banki" yoki "axborot banki" bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun debatga tayyorlanishning muhim qismini axborot yig'ish jarayoni tashkil etadi.

Axborotni to'plashda kutubxona, kompyuter tarmoqlari, soxa mutaxassislarining fikrlari bayon etilgan nashrlar, sotsiologik tadqiqotlar, jamoatchilik fikrlari, statistika, demografiya materiallari va h.k.dan foydalaniladi. Lekin debatga tayyorlanishda talaba axborotni oddiy yig'ishdan iborat emasligi, balki unga tadqiqotchi ko'zi bilan qarashi kerakligini nazarda tutishi kerak. Talaba debat mavzusiga oid kuchli g'oyalar ishlab chiqilgan manba'larni izlab topishi, ularni saralashi va tasniflashi, qiyosiy tahlil etishi, keyin ulardan olingan dalillarni mantiqiy va aniq ifodalash, tizimlashtirish, ya'ni debatda qo'llash uchun tayyor holga keltirish kerak.

O'qituvchi talabalarga debat argumentini uchun kitob tanlash borasida maslaxat berishi joiz. Bunda, avvalo, kitobning mavzuga oidligini tezda aniqlashdan ish boshlanadi. Buning o'z uslubi bor:

Birinchidan, kitobning nomiga e'tibor berish katta axamiyatga ega. Dastavval kitobning nomidan uning mavzuga oidligi va muallifning unga yondoshuvini aniqlash mumkin.

Ikkinchidan, kitobning nomi umumiyroq va kitob keng mazmunni qamrab olgan bo'lsa, uning mundarijasiga alohida ko'z yugurtirib chiqish kerak.

Uchinchidan, kitobning so'zboshisi (Kirish, Muqaddima) e'tibor berish kerak.

To'rtinchidan kitob ilovalari ham unda yoritilgan asosiy g'oya va tushunchalarni oldindan ko'rishga yordam beradi. Ko'pchilik kitoblarda, ayniqsa, fundamental ishlarda kitobda ishlatilgan terminlar tushuntirilgan, muallif tilga olgan ismlar ro'yxati ko'rsatilgan bo'ladi.

Beshinchidan, kitobning ayrim qism va mavzularini tanlab ko'z yugurtirib chiqish ham unda yoritilgan mavzular haqida dastlabki tasavvurni beradi.

Oltinchidan, kitob bibliografiyasini ko'zdan kechirishning ham ahamiyati katta. Xullas, talaba bu bosqichda kitobni oldindan ko'rib chiqish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Bu ko'nikmani xosil qilishda birnecha kursdoshlar bilan hamkorlikda ishlash yordam beradi. Kursdoshlarning har biri beshtadan kitobni tanlab olib, tez ko'zdan kechirishadi va uning mavzuga oidligi, debat argumenti uchun material sifatida ishlatish mumkinligini borasida

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

maslaxatlashishadi. Debat argument sifatida tanlangan materialning ya'ni sitatalar (ko'chirmalar), misollar va h.k.ning qaysi manba'dan olingani muhim ahamiyatga ega. Chunki debatning muvaffaqiyati argumentlarning ishonchli kuchli materialdan olinganiga bog'liq. Albatta debatda foydalanish uchun qanday manba'lar ishonchli hisoblanadi degan savol tug'ilishi tabiy.

Birinchidan, kitob mazmunida mutaassiblik (no xolislik) bo'lmasa.

Ikkinchidan muallif asossiz (sayoz) va taxminiy fikrlarga emas, aksincha, kuchli nazariy ta'limotlar, g'oyalar va faktlardan kelib chiqadigan xulosalarga tayangan bo'lsa va bunda kitob snoskalari va bibliografisini ko'zdan kechirish yordam beradi.

Uchinchidan, muallifning o'zi ham ko'pchilik tomonidan o'z soxasining bilimdoni sifatida tanilgan va keng jamoatchilik ma'qullagan bo'lsa, bunday manba'lar ishonchli hisoblanadi.

Kitobda muallifning subyektiv fikrlari va qadriyat haqidagi o'z subyektiv qarashlari ham bo'ladi. Kitob bilan ishlaganda ularni ham ajratib olish kerak. Chunki, talaba debatda o'z fkrini asoslashda ularni ikkalasidan (obyektiv va suyektiv g'oyalardan) ham foydalanishi mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa: Shunday qilib, debatda muvaffaqiyatga erishuv unda oldinga surilgan fikrni asoslashda tayanilgan manba'ning ya'ni argumentning qanchalik ishonchli ekaniga bog'liq ligini hisobga olish kerak. Ayni paytda opponent qanday qarshi dalillarni oldinga surishi mumkinligini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Debatga argument sifatida taqdim etiladigan manba'ni dalillash qiyin. Chunki, debatda undan juda kichik qism - iqtibos (sitata) olingan bo'ladi va unga faqat "yo'l-yo'lakay" murojaat etiladi. Shuning uchun debatda qatnashayotgan komandalar o'ziga qarshi fikrni oldinga surayotgan komandaga savollar berish vaqtida uning tomonidan foydalanilgan manba'ni aniqlash taktikasidan foydalanadi. Ya'ni manba'da mutaassiblik, yuzakilik, asoslanmaganlik bormi yo yo'qmi ekanini aniqlashga harakat qiladi. Lekin, mutaassiblik borligini tan olish mumkinligini hisobga olish ham debat etikasi uchun muhim ahamitga ega.

Axborotni tizimlash debatga tayyorlanishning ikkinchi muhim jxatini tashkil etadi. Axborot yetarlicha to'plab olinganidan keyin baxs vaqtida foydalanish oson bo'lishi uchun uni tartiblashgan tizim holiga keltirish zarur. Buning uchun argumentlar misollar, sitatalar, faktlar, statistika materiallari kabi ko'rinishda yozilgan kartochkalar tayyorlanadi. Kartochkalarda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:

1. Bibliografik ko'rsatkichlar (kitob yoki maqolaning nomi, muallifi, nashriyot nomi, nashr etilgan vaqti, agar maqola jurnalda nashr etilgan bo'lsa, jurnal nashrining soni, sitata,misol, fakt va b. olingan betlar).

2. Fikrni tasdiqlash tipi (misolmi, sitatami, faktmi, statistika materialimi va h.k.).

3. Tayaniladigan axborotning o'zi. Aborot mazmunini so'zma-so'z yozish ham, qisqartirib yozish ham mumkin. Keyingi holda sitata mohiyatining o'zgarib ketmasligi, fikrning muhim elementi tushib qolmasligi zarur.

Ba'zi materiallar, ayniqsa sitatalar birnecha abzasdan iborat bo'lishi va qisqartirilmagan varianti ham kerak bo'lishi mumkin. Bunday holllarda sitataning aslidan nusxa (kserokopiya) olish maqsadga muvofiq. Bu debat qatnashchilaridan birontasida shubhaga o'rin qolmasligi uchun kerak bo'ladi. Bundan tashqari raunddan keyin hakamlar ham sitata nusxasini tekshirib ko'rishlari mumkin bo'ladi. Ayni paytda komanda o'z raqiblari sitatalari va h.k.ni tekshirib bora oladi. Shunga ko'ra sitatati va h.k. yozilgan kartochkalarni oson topish uchun rubrikalarga (sarlavha bilan ajratilgan bo'limlarga) taqsimlash va tegishli belgi qo'yish foyda beradi. Baxsda o'z fkrini tasdiqlash etikasi. Mashg'ulotdagi baxsda oldinga surilgan fikrni tasdiqlash uchun saralab olingan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

axborot ba'zasiga tayanish kerak. Bu baxs etikasini ta'minlash uchun zarur. Baxsda etikaga rioya etilmasa, baxs o'z sifatini o'zgartiradi, ya'ni baxs emas janjalga aylanadi.

Agar talaba opponent keltirgan dalillarda etika buzilganini sezsa, u o'z raqibini quruqdan quruq ayblamasligi, balki o'z fkrini asl manba' asosida isbotlashga intilishi kerak. Shuningdek, agar raqobatchi tomon argumentlari sun'iyligiga aniq ishonch bo'lsa, u holda raqibga bu haqida aytish va muammoni musobaqadan tashqari vaqtda aytish kerak. Chunki, ba'zan kishi buni ataylab qilmagan bo'lishi va xatosini tuzatishi ham mumkin.

Fikrni tasdiqlashda uni tasdiqlovchi jihatlar miqdorining ko'pligi emas, balki taldiqning sifati muhimroqdir. Shuning uchun debatda tasliqning to'g'ri ifodalanishiga, to'g'ri talqin etilishiga e'tibor berish kerak. Lekin, ifoda yaxshi chiqmasa ham, ayniqsa baxs yuritishni endigina o'rganayotganlar uchun bu xali jiddiy muvaffaqiyatsizlik emas. Chunki, birqancha fikr -muloxazalar zanjiridan keyin to'g'ri xulosalar, tushunish va talqinlar yuzaga chiqishi mumkin. Lekin baxs jarayonida bu zanjirni oldindan tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun talaba asosiy e'tiborini o'z xulosalarining ishonchli bo'lishiga qaratishi maqsadga muvofiq.

Baxsda keltiriladigan dalil va xulosalar raqobatchi komandalarning dalil va xulosalariga muvofiq kelishi kerak. Debatda tayaniladigan asoslar (agar baxs kundalik mavzuga oid bo'lsa) eskiririb ketmagan, debat mavzusiga muvofik hamda keltirilgan manba'dan topish mumkin bo'lishi ham kerak.

REFERENCES

1. Schmidt R A, Jones P, Bennison D and Davies B J 1994 Journal of Further and Higher Education 18 75-84.

2. Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, Husanov B, Sultonova A. Falsafa. - Toshkent: TMU, 2019

3. Saifnazarov I. Muxtorov A., Sultanov T., Usmonov F. Falsafa. Darslik. - T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot - matbaa uyi, 2021.-424 b.

4. Madaeva Sh. Shermuhamedova N. va boshqalar. Falsafa - o'quv qo'llanmasi. - Toshkent: 2019

5. Shermuhamedova N. Falsafa. - Toshkent: Idris Abdurauf Nashr, 2021.667-b

6. Innovasion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015 -81-b.

7. Maxmudova D.M. Muammoli ta'lim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi. Ped. fan. док.... disser. Avtoreferati. -2022.

8. Muhammadjonova L.A. L.A. Abdulla Sher, Shodimetova G. Axloq falsafasi. - Toshkent: Vneshinvestprom, 2023

9. Qaxxarova, M. (2021). Social-spiritual environment of society and spiritual ideal. Oriental Journal of Social Sciences, 32 p.

10. Ruliene L.N. Blended learning as an instrument of lifelong education https://cyberleninka.ru/article/n/blended-learning-as-an-instrument-of-lifelong-education/viewer

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.