Научная статья на тему 'FALSAFA FANINI O‘QITISHDA REFERATIV ISHLAR VA KONFERENSIYA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI'

FALSAFA FANINI O‘QITISHDA REFERATIV ISHLAR VA KONFERENSIYA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
139
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / esse / referat / falsafa / pedagogika / ta’lim metodlari / zamonaviy ta’lim / pedagogik oliy ta’lim / innovatsion taʼlim / didaktika.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samatov Dilshodbek Toxirjonovich

ushbu maqolada mamlakatimiz pedagogik oliy ta’lim tizimida falsafa fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq masalalar va ularning yechimi borasida so’z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda esse, uning shakllari, yozish shart sharoitlari, strukturasi va ahamiyati. Referativ ish shakllari va o‘quv jarayonidagi o‘rni hamda konferensiya darslari, ularni tashkillash metodikasi bayon etilgan. Shuningdek talabalar darslarda nafaqat o‘z falsafiy madaniyatlarini oshirishlari, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini uyg‘otishlari va rivojlantira olishlari uchun esse, referat ishlari yozish va konferensiya darslari muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FALSAFA FANINI O‘QITISHDA REFERATIV ISHLAR VA KONFERENSIYA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI»

FALSAFA FANINI O'QITISHDA REFERATIV ISHLAR VA KONFERENSIYA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI Samatov Dilshodbek Toxirjonovich

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10115321

Annotatsiya. ushbu maqolada mamlakatimizpedagogik oliy ta'lim tizimidafalsafafanini o'qitish jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq masalalar va ularningyechimi borasida so'zyuritiladi. Shu bilan bir qatorda esse, uning shakllari, yozish shart sharoitlari, strukturasi va ahamiyati. Referativ ish shakllari va o'quv jarayonidagi o 'rni hamda konferensiya darslari, ularni tashkillash metodikasi bayon etilgan. Shuningdek talabalar darslarda nafaqat o'z falsafy madaniyatlarini oshirishlari, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini uyg'otishlari va rivojlantira olishlari uchun esse, referat ishlari yozish va konferensiya darslari muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.

Kalitso'zlar: ta'lim, esse, referat, falsafa,pedagogika, ta'lim metodlari, zamonaviy ta'lim, pedagogik oliy ta'lim, innovatsion ta'lim, didaktika.

Аннотация. в данной статье рассматриваются вопросы, связанные с применением передовых педагогических технологий и их решением в процессе преподавания философских дисциплин в системе высшего педагогического образования нашей страны. Альтернативное эссе, его формы, условия написания, структура и значение. Изложены формы реферативной работы и роль в учебном процессе, а также конференц-занятия, методика их организации. Также было показано, что написание эссе, рефератов и конференц-классы становятся все более важными, чтобы учащиеся могли не только развивать свою философскую культуру на уроках, но и пробуждать и развивать свои творческие навыки мышления.

Ключевые слова: образование, очерк, реферат, философия, педагогика, методы обучения, современное образование, педагогическое высшее образование, инновационное образование, дидактика.

Abstract. this article will talk about issues related to the application of advanced pedagogical technologies in the process of teaching philosophy in the pedagogical higher education system of our country and their solution. Alternatively esse, its forms, conditions of writing condition, structure and importance. Abstract forms of work and their place in the educational process and conference lessons, methodology for their organization are described. It is also revealed that essay, abstract work writing, and conference classes are important for students to not only enhance their philosophical cultures, but also to be able to awaken and develop their creative thinking skills.

Keywords: education, essay, abstract, philosophy, pedagogy, methods of education, modern education, pedagogical higher education, innovative education, didactics.

Kirish. Falsafa fanidan dars berishning ko'pgina innovatsion shakllari va uslublari falsafani o'qitishda falsafiy bilimning mazmuni xususiyatlarini hisobga olish zarur. Dars o'tish shakllari xaqida umumnazariy tasavvurlar, falsafani o'qitishning boshqa fanlarini o'qitishdan farqi va umumiyligi, falsafani o'qitishdagi tolerantlik va ijodiy yondoshuv,talabalarda ilmiy va falsafiy dunyoqarashning shakllanishida falsafaning ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish bilan

farqlanadi. Shu bilan bir qatorda falsafa fanini o'qitishda rivojlangan mamlakatlar oliy ta'lim tizimidagi tajribalardan foydalanish bir qator ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.

Talabalar darslarda nafaqat o'z falsafiy madaniyatlarini oshirishlari, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini uyg'otishlari va rivojlantira olishlari ham mumkin [1]. Esse, referat ishlari yozish va konferensiya darslari bunda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Esse muayyan masala yuzasidan kishining o'z individual munosabatini bildirib yozadigan ishidir. Esse maktabda o'qish vaqtida o'z ona tilimizda "insho" nomini olgan yozma ish bo'lib, oliy o'quv dargohlarida va kishining undan keyingi ijodiy taraqqiyotida ancha yuqori saviyani talab qiladigan ijodiy izlanish samarasi o'laroq vujudga keladi va u badiiy-publitsistik, falsafiy, xususiy-ilmiy va b.shakllarda maydonga chiqadi.

Falsafiy g'oyalarni oldinga surish ulubi o'laroq juda yuksak falsafiy esselar yozishni dastlab G'arb uyg'onish davri mutafakkiri, fransuz faylasufi M.Monten (1533-1592) boshlab bergan [2] deb hisoblanadi. Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida odatda esse turli maqsadlarni ko'zlab yozilishi mumkin va ular quyidagicha ko'rinishga ega:

Birinchi, o'quv mashg'ulotlarida qo'llash maqsadida yoziladigan esselar. Ulardan talaba klassik tipdagi seminarlarning savollarini yoritishda va muhokamasida doklad sifatida foydalanishi mumkin.

Ikkinchi, akademik esselar. Bunday esselar ekspert ya'ni tekshiruvchi vazifasini bajaruvchi o'qituvchining o'qishi uchun, unga o'z bilim va mustaqil fikrlarini namoyish etish maqsadida yoziladi.

Uchinchi, baxsli va argumentli ya'ni dalillanadigan esselar. Bunday esselar muammoli masalalar munosabati bilan, ularni yechishga urinish maqsadida yoziladi. Bunda muallif o'z fikrini oldinga suradi va uni asoslash uchun o'z argumentlarini keltiradi.

Ko'rinib turganidek, keyingi xildagi esselar ancha yuqori sa'viya va ilmiy izlanish qobiliyatini taqozo etadi. Avvalgi ikki tipdagi esselar esa keyingisining shakllanishi uchun tayyorgarlik bosqichlari vazifasini o'taydi. Oxirgi tip esseni, agar u yaxshi sa'vida bo'lsa, ilmiy maqola deb atash ham mumkin.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Dalillanadigan esselarning strukturasi odatda kamida to'rt qismdan tashkil topadi:

Birinchi qism - kirish.

Ikkinchi qism - dalillar namoyishi ya'ni prezentatsiyasi.

Uchinchi qism - e'tirozga tayyorlikni ifodalovchi fikrlar.

To'rtinchi qism - xulosa.

Essening kirish qismida baxs obyektining mazmuni yoritiladi va muallifning o'z yechimi oldinga suriladi. Ikkinchi qismida muallif o'z fikrlarini dalillaydigan argumentlarni keltiradi. Uchinchi qismida ushbu dalillarga qarshi fikrlar bo'lishi mumkinligini hisobga oladigan material qo'shimcha qilinadi. Keyin tegishli xulosa chiqariladi.

Falsafa fanidan mustaqil ta'lim berishda referativ ish shakllaridan foydalanish o'quv jarayonini anchagina jonlantiradi. "Referat" iborasi lotincha "refero" - ma'lum qilar ekanman ma'nosini ifodalaydi [3]. Hozirgi davrda referativ ish deganda odatda belgilangan mavzu bo'yicha tegishli adabiyotlarda e'lon qilingan ilmiy ishlar qisqacha mazmunining yozma yoki og'zaki bayon etilishi nazarda tutiladi. Referatni yozgan yoki og'zaki bayon etgan shaxs referent deyiladi. Referativ ishlar, esselar kabi, yozilish maqsadiga ko'ra birqancha tipga ajraladi.

Birinchi tip - o'quv jarayonida ishlatiladigan, o'quv materialini o'zlashtirishga xizmat qiladigan referatlar.

Ikkinchi tip - bajarilgan ilmiy ish masalan, nomzodlik, doktorlik ishlari muxokamasi uchun mo'ljallangan referatlar. O'quv jarayonida ishlatiladigan referatlardan farqli o'laroq ilmiy ish referatida tadqiqotchining o'z tadqiqoti mavzusi bo'yicha ilmiy ishlarning tahlillari va xulosalari, o'zi oldinga suradigan yangi g'oyalari, kashfiyotlari bo'lishi kerak.

Uchinchi tip - ilmiy anjumanlarda qatnashish uchun tayyorlanadigan referatlar. Bu referatlar ilmiy maqolaning qisqacha mazmunini ifodalaydi va muallifga katta ilmiy anjumanda yoki ilmiy konferensiyada o'z g'oyalarini qisqacha e'lon qilish imkonini beradi. Ular odatda "referat" deb emas, "tezis" deb ataladi va "konferensiya tezislari" sifatida chop etiladi. "Tezis" tushunchasi lotinchada "fikr" ma'nosini ifodalaydi. Bunday tezisda muallif ya'ni konferensiya dokladchisi o'z fikr va da'volarining, tadqiqotida oldincha surayotgan g'oyalarining qisqacha mazmunini bayon etadi.

To'rtinchi tip - muayyan siyosiy muammo yoki muammolarni yoritish uchun mo'ljallangan referatlar. Keyingi xildagi referatlar dolzarb siyosiy muammolarni keng muhokama qilish, umumxalq ovozini eshitsh, ya'ni referendumlar o'tkazish maqsadida tayyorlanadi. Masalan, Yangilanayotgan O'zbekiston o'z taraqqiyotini belgilashda yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi uchun referendum o'tkazilgan. Referendum materiallari (referati) matbuotda chop etilgan edi [5].

Bizga, ya'ni "Falsafani o'qitish metodikasi" kursi uchun keraklisi birinchi tipdagi referatlar, albatta. Lekin, bu boradagi ishlar hozircha qoniqarli, deb bo'lmaydi. Zero, ba'zi hollarda talabalar referat deb, istalgan kitoblaridan istalgan qismini taxminan va tushunmagan xolda ko'chirib keladilar. Vaholanki, o'quv jarayonidagi referatlar talabani kelgusi ilmiy ishlarga: avvalo bakalavrning bitiruv ishiga, keyin magistrant va fan nomzodi dissertatsiyasiga hamda respublika va xalqaro konferensiyalarga yetkazuvchi eng dastlabki va muhim pog'ona vazifasini o'tashi kerak.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Pedagogik oliy ta'limda falsafa fanini o'qitish va tushuntirishda konferensiya darslari, ularni tashkillash metodikasiga alohida e'tibor qaratish zarur. Konferensiya darsi deganda biz chinakam ilmiy konferensiyani emas, balki darslarni konferensiya "o'yini" uslubida o'tishni nazarda tutamiz. Ya'ni, bu yerda o'quv mashg'ulotiga ilmiy anjuman shakli beriladi va asosiy maqsad talaba tomonidan o'quv dasturida mo'ljallangan o'quv materialining o'zlashtirilishi bo'ladi. Konferensiya darsining o'yin shaklida ekani talabaning darsga qiziqishini kuchaytiradi, mashg'ulotlar bir xilligini, zerikarlilikni bartaraf etadi. Lekin bu o'yinni hamma vaqt va barcha guruhlarda qo'llash mumkin bo'lavermaydi. Bunday darslarni o'tkazish uchun talabalar avvalo chinakam ilmiy konferensiya qanaqa bo'lishini ko'rgan, yaxshi tasavvur etadigan bo'lishlari kerak.

"Konferensiya" atamasi lotincha "conferentia" ya'ni bir yerga to'playman ma'nosini ifodalaydi va endilikda konferensiya deyilganida muayyan masalalarni muhokama qilish maqsadida mutaxassislarni to'plab munozara o'tkazilishi nazarda tutiladi [1]. Konferensiyalar ilmiy va noilmiy siyosiy, ijtimoiy va h.k. xarakterlarda bo'lishi mumkin. Masalan, BMTning savdo-sotiq bo'yicha anjumani. Agar konferensiya yalpi xalqaro miqyosda bo'lsa, u kongress deb ataladi. Talabalar bularni bilishlari konferensiya darslariga jiddiylik ham bag'ishlaydi. Umuman, talaba, har qanday ziyoli kabi bular haqida yetarli tasavvurga ega bo'lishi joiz. Har yili o'tkaziladigan iqtidorli talabalar konfliyerensiyalari ham shu ma'noda katta ahamiyatga ega.

Konferensiya darslarini o'tkazish uchun o'qituvchi uning strukturasini aniq tasavvur etishi va unga rioya etishi kerak. Konferensiya darsi, harqanday boshqa konferensiyalardagi kabi,

konferensiya rahbariyatining (tashkilotchisining), ya'ni o'qituvchining kirish so'zidan boshlanadi. Bu konferensiya strukturasining birinchi qismini tashkil etadt. Bunda o'qituvchi o'z nutqida konferensiyaning mavzusi, maqsadi va asosiy vazifalarini e'lon qiladi va anjuman qatnashchilarini asosiy dokladchi "olimlar" guruhi bilan tanishtiradi. Buning uchun o'qituvchi konferensiya darsidan bir xafta yoki 10 kun oldin "Olimlar" guruhini ajratib olgan va ularga konferensiya darsining turli masalalari bo'yicha o'z dokladlarini tayyorlashlariga rahbarlik qilgan bo'lishi hamda dokladlar tartibini belgilab olgan va "olimlarni" bundan habardor qilgan bo'lishi kerak [4]. Konferensiya dasturi, dokladlar tartibi, dokladlar va muhokamalar reglamenti, chinakam konferensiyadagi kabi, "nashr" etilgan, ya'ni printerdan chiqarilgan bo'lsa yana ham yaxshi.

Konferensiya strukturasining keyingi, ikkinchi qismini "olimlarning" o'qituvchi tuzgan tartibdagi doqladlari tashkil etadi. "Olimlarning" dokladidan keyin (balki har bir olim dokladidan keyin), ya'ni konferensiya strukturasining uchinchi qismida, dokladlar muhokamasi amalga oshiriladi. Dokladlar va muhokamalar reglamenti dars vaqti doirasida bo'lishi shart, albatta. Doklad va muhokamalar nihoyasida, ya'ni konferensiyaning yakuniy, to'rtinchi qismida o'qituvchi qilingan dokladlarni to'ldirib, tuzatib, tegishli xulosalarni oldinga surishi joiz. Konferensiya darsi tamom bo'lishiga yaqin, ya'ni darsning beshinchi (plenarniy) qismida o'qituvchi "Olimlarning" ishini va va konferensiya qatnashchilarini baholaydi va erishgan yutuqlari bilan tabriklaydi.

Xulosa. Shunday qilib, konferensiya darslari asl ma'nodagi ilmiy konferensiyaning imitatsiyasi bo'lgan "o'yin" bo'lib, u shunchaki o'yin emas, balki chuqur nazariy, tarbiyaviy va ruhiy ahamiyatga ega bo'lgan dars shakllaridan biridir. Bunda talaba o'quv materialini mustaqil, chuqur va faol o'zlashtirishi maqsadi ko'zda tutiladi. Zero mustaqil o'zlashtirilgan ilm mustahkam bo'ladi, xotirada yaxshi saqlanadi. Boz ustiga, talabalarda nazariy g'oyalarga qiziqish, ilmiy izlanish mayli uyg'onadi, ilmiy anjumanlarda qatnashuv intizomi va madaniyati shakllanadi.

Konferensiya darslarida dokladlar tartiboti juda muhim ahamiyatga ega. Zero bu aslida konferensiya emas, balki talaba mantiqiy izchillkda o'zlashtirishi nazarda tutiladigan dars mavzusidir.

Konferensiya darslari talabalarni chinakam ilmiy konferensiyalarda qatnashish uchun tayyorlovchi dastlabki bosqichdir. Shunday o'yin konferensiyalar mobaynida iqtidorli talabalar ajralib qoladi. Kelgusida o'qituvchi ularni chinakam konferensiya doklabchilari bo'lishga tayyorlay oladi.

Konferensiya darslarini nafaqat falsafa fakulteti talabalarining o'zlari oralarida, balki fakultetlararo talabalar konferensiya darslari tarzida ham o'tkazish mumkin va joiz. Zero falsafaning umumnazariy fanligi xarakteri shuni taqozo etadi. Bu falsafa fakulteti talabalari uchun ham, bo'lajak faylasuflar uchun ham juda foydali bo'ladi. Chunki xususiy ilm soxasidagilar o'z mutaxassisliklari doirasidan tashqariga chiqish, kengroq fikrlash madaniyatini o'zlashtirish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. Faylasuflar esa, aksincha, xususiy ilm soxasidagilarning konkret fikrlash qobiliyatini o'zlashtiradilar.

REFERENCES

1. Хорхе Анхель Ливрага. Сокровенный смысл жизни. Том-1. Москва.2012.

2. Achinstein, Peter (1967) Concepts of Science, Baltimore, MD, Johns Hopkins University Press. P.12

3. Q.Nazarov [va boshq.]. Falsafa asoslari. o'quv qollanma /— Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.

4. Витгенштейн Л. Философские исследования. - Москва: АСТ, 2019. - С. 352.

5. Инновацион таълим технологиялари / Муслимов H.A., Усмонбоева M.H., Сайфуров ДМ., Тураев A.B. - Т.: "Сано стандарт" нашриёти, 2015.- 81-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.