Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI RIVOJANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI HAMKORLIK MUNOSABATLARI'

O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI RIVOJANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI HAMKORLIK MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
115
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / biologiya / tadqiqotchilik ko‘nikmalari / ilmiy-tadqiqot ishlari / ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish / layoqat / qobiliyatni rivojlantirish / o‘qituvchi mahorati / kichik loyihalarda ishlash / ta’lim shakllari / didaktik mazmun / amaliy mashg‘ulotlar / sinfdan tashqari ishlar / tajriba ishlari / tirik organizmlar / o‘simlik / hayvon / tiriklikni anglash / laboratoriya ishlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — L.M.Qaraxonova

Mazkur maqola umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarida biologiyadan tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, o‘quvchilarni qiziqtira olish strategiyalari, ularning o‘zaro hamkorlik bilan bog‘liq muhim masalalariga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI RIVOJANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI HAMKORLIK MUNOSABATLARI»

O'QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI RIVOJANTIRISHDA O'QITUVCHI VA O'QUVCHI HAMKORLIK MUNOSABATLARI

L.M.Qaraxonova

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari"

bo'limi mudiri, p.f.f.d.(PhD), katta ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.10115242

Annotatsiya. Mazkur maqola umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilarida biologiyadan tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda o'qituvchilarning pedagogik mahorati, o'quvchilarni qiziqtira olish strategiyalari, ularning o'zaro hamkorlik bilan bog'liq muhim masalalariga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, biologiya, tadqiqotchilik ko'nikmalari, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirish, layoqat, qobiliyatni rivojlantirish, o'qituvchi mahorati, kichik loyihalarda ishlash, ta'lim shakllari, didaktik mazmun, amaliy mashg'ulotlar, sinfdan tashqari ishlar, tajriba ishlari, tirik organizmlar, o'simlik, hayvon, tiriklikni anglash, laboratoriya ishlari.

Darslarni o'zlashtirishda mavzularni kichik tadqiqotlar shaklida o'quvchilarga o'rgatilishi bevosita ularda talqiqotchilik ko'nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. Bu esa biologiya darslarini o'zlashtirishni ilmiy-tadqiqotchilikka yo'naltirish imkonini yaratadi. O'quvchilarning sinfdan sinfga o'tish davomida ularning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning metodik mazmunini to'g'ri tashkil etish bosqichma-bosqich yuqori sinf o'quvchilarining mustaqil ishlarini, kichik loyiha ishlarini bajarish ko'nikmalarii rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yuqori sinf o'quvchilarini tadqiqotchilik ko'nikmalarini rivojlantirishda bajarilgan tadqiqot vazifasiga ham bog'liq bo'ladi. Ya'ni har bir o'quv predmeti maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, o'quvchilarning qiziqishlarini qamrab oladi. Biologiya darslari ham o'quvchilarni ko'p tomonlama o'ziga jalb etadi. Yuqori sinf o'quvchilari 9-sinfda "Biologiya" fani doirasida tabiat bilan bog'liq muhim ilmiy ma'lumotlarni, ularni anglashdagi ilmiy dalillar va ularning mohiyatini tushunish bo'yicha mavzularni o'zlashirib boradilar.

O'quvchi ta'lim muassasasida ta'lim olish jarayonida tadqiqotchilik bo'yicha quyidagi bir qator ishlarni bajaradi:

- Mustaqil ravishda laborotoriya mashg'ulotlarini bajaradi;

- Tabiatda kichik tadqiqot ishlarini bajaradi;

- Maktab tirik burchagida hayvonlarning yashash tarzini o'rganadi, tadqiq qiladi;

- tadqiqot mavzulari bo'yicha referatlar yozadi;

- kichik loyiha ishlarini bajaradi.

Umumta'lim maktablarining 9-sinflarida Biologiya darslarining didaktik mazmuni tahliliga ko'ra, mavzular bilan birgalikda, 8-ta laborotoriya mashg'uloti va 3-ta amaliy mashg'ulot keltirilgan. Mazkur biologiya kursida bevosita organizmning xujayraviy shakllari, uning kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari, genetik asoslari, modda almashinuvi va organizmlarning individual rivojlanishi bilan bog'liq nazariy bilimlarni o'zida aks etgan mavzular keltirilgan. Bu mavzularni o'rganish uchun o'qituvchi tomonidan hozirgi kunda juda ko'plab innovatsion ta'lim usullari va vositalari joriy etiladi.

Hozirgi kunda ta'lim tizimida bunday texnologiya va usullarni joriy etish nafaqat o'quvchilarni mavzuni oson o'zlashtirishga yordam beradi, balki o'qituvchilarning o'quvchilarga

individual yondashuvni tashkil etishni xizmat qiladi. Endilikda yangi ta'lim standartlari va o'quv darsturilari, darsliklar mazmuni bo'yicha o'quvchilar ko'proq o'z ustida ishlashga, amaliy mashg'ulotlarni sinfda va sinfdan tashqari ishlarda mustaqil tayyorlashga o'rgatish ko'nikmalarini rivojlantirishga e'tibor qaratadi. Shu ma'noda biologiya darslarida o'quvchilarni o'z ustida ishlashga o'rgatish davomida o'zlariga qiziqarli mavzuni tanlab olish va bevosita u bilan bog'liq bo'lgan muammolarni o'rganish uchun kichik tadqiqotlar shaklida yo'naltiriladi. Bu shakldagi kichiki tadqiqotlar bevosita o'quvchiga axborotni qidirish, qayta ishlash va undan foydalanishning zamonaviy metodlarini egallashga, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ba'zi bir metodlarini o'zlashtirishga, o'zining tadqiqotchilik pozitsiyasini aniqlashga, amalga oshirayotgan kichik tadqiqotini yana davom ettirishga, vaqt o'tishi bilan tadqiqotchilik ko'nikmasini kompetensiya darajasiga yetkazilishiga imkon beradi.

Ta'lim bilan bog'liq adabiyotlarda kompetentlilik tushunchasiga juda ko'p olimlarning tadqiqiy fikr-mulohazalari keltirilgan. Kompetensiya - bu egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va uni amaliyotda qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetentlilik (lot: competens - layoqatli, qobiliyati bor) shaxs bilim, ko'nikma va tajribalarining uning ijtimoiy-professional mavqei va o'ziga tegishli vazifalar bajarish, muammolar hal qilishga yetarliligi ham haqiqiy moslik darajasi hisoblanadi[5].

Tadqiqotchilik kompetensiyasi mohiyatini tushunish uchun olimlar tomonidan turli yondashuvlar mavjud bo'lib, ularning bir guruhi[1] tadqiqotchilik kompetensiyasi kompetentlikning asosiy tarkibiy qismi sifatida qabul qilishni ta'kidlaydi, ikkinchi bir guruh mutaxassislar esa [2,5] tadqiqotchilik faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bir butun majmuidir deb hisolashadi. Bu borada biz o'z tadqiqotimizda tadqiqotchilik jarayoni uchun quyidagi ishchi ta'rifni tavsiya qilamiz.

Tadqiqotchilik kompetensiyasi - deganda biz tanlangan muammoni yechishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, mustaqil bilishga yo'naltirilgan tadqiqotchilik jarayonida shakllanadigan shaxsiy ko'nikmalarni deyish mumkin. Tadqiqotning asosiy g'oyasi faoliyatning dolzarb ilmiy muammolarni ko'rish, shakllantirish va yechish, yangi ijodiy yechimlarni topish va ularni amaliy faoliyatga joriy etishga qobiliyatli o'quvchilarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatga jalb etish va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyat doirasida ularning uzluksiz innovatsion tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishga qaratilgan.

Maktab o'quvchilarida ko'nikmalarni kompetensiya darajasiga aylantirilishi biroz qiyin masaladek tuyuladi, maktab o'quvchilarining bevosita tadqiqotchilik kompetensiyasini egallashi bosqichma-bosqich davom etadi. Ya'ni o'quvchi kichik tadqiqotlarni amalga oshirish davomida o'rganilayotgan ob'ektni tadqiq etish uni mustaqil o'rganish, izlanish, adabiyotlarni o'qish, internet ma'lumotlarini saralash kabi ilmiy faoliyatga yo'nalitirish o'qituvchi hamkorligida bajarilganligi bois, o'quvchi har doim o'qituvchisidan ma'naviy ko'makka va e'tiborga ehtiyoj sezadi. Shu ma'noda ta'kidlash joizki, tadqiqotchilik ko'nikmalari har bir sinf o'quvchilari orasida juda ko'pchiligini tashkil etmasligi mumkin, lekin shunday bo'lsada aynan fanga qiziqishi bo'lgan yoki tadqiqot qilishni hoxlovchilar bo'lishi mumkin. Agar o'qituvchi tomonidan o'z tajribasi davomida o'quvchini to'g'ri yo'natirilishi kelajakda o'quvchida fan doirasida sof bilim, ko'nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, ularni real baholay olish, mantiqiy fikrlashi, axborotni saralash va foydalana olish ko'nikmalarini ham birgalikda samarali rivojlantiriladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, ko'nikmalar

o'quvchining egallagan bilimi va ko'nikmalarining rivojlanib borishi hisobiga kompetensiyaga aylanib boradi

Manbalarda keltirilishicha, tadqiqotchilik kompetensiyasi kompetentlilikning tarkibiy mazmunidan iborat bo'lib, bevosita uning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ta'kidlash joizki, tadqiqotchilik kompetensiyasi o'quvchilardagi tanqidiy tafakkur qilish va uning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi va pirovardida intellektual, kommunikativ, loyihalovchilik ko'nikmalarni bosqichma-bosqich kompetensiyaga aylantirilishi yordam beradi.

O'qituvchining biologiya darslarini yuqori sinflarda sifatli tashkil etishda ta'limiy texnologiyalarni joriy etishda bevosita tadqiqotchilikka yo'nalganlik mexanizmlaridan foydalanish o'ziga xos yondashuvni tashkil etadi va bu yaxshi natija olishga yordam beradi.

O'quvchilardagi tadqiqotchilikka yo'nalganlik ko'nikmalarini shakllanganligi va uni rivojlanishini indikatorlari quyidagilardan iborat:

• faoliyat maqsadini aniqlash ko'nikmasi;

• predmetni, faoliyat vositalarini aniqlash, belgilangan harakatlarni amalga oshirish ko'nikmasi;

• refleksiya, faoliyat natijalarini tahlil qilish (erishilgan natijalarni qo'yilgan maqsadlar bilan taqqoslash);

• yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirish ko'nikmasi;

• olingan bilimlarni yangi sharoitlarga o'tkaza olish ko'nikmasi;

• olingan bilimlarni qo'llab o'z harakatlarini rejalashtirish, boshka o'quv fanlararo o'quv loyihasini ishlab chiqishga intilish, amalga oshirish ko'nikmasi;

axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini egallash, axborotni izlash, axborot -kommunikatsiya texnologiyalar vositalari va internet tarmog'idan xavfsiz foydalanish ko'nikmasi shular jumlasidandir.

REFRENCES

1. L.M. Karakhonova. Organization of research activity of Schoolchildren at the lessons of biology// science and innovation international scientific journal Volume 2 Issue 2 February 2023 UIF-2022: 8.2. -P. 430-438

2. L.M. Karakhonova. Formation of research competence in teaching biology at a comprehensive school// Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching// ISSN (E): 2795-739X. Journal Impact Factor: 8.115. Volume 20| May 2023. -P.154-158.

3. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// American Journal Of Applied Science And Technology// VOLUME 03 ISSUE 06 Pages: 15-21 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)

4. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com

5. L.M. Karakhonova Issues of developing research competence in students based on the project method// novateur publications JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 Volume 9, ISSUE 9, Sep. -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.