Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA LOYIHALASH USULIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA LOYIHALASH USULIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
78
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
образовательных стандартов

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lobarxon Qaraxonova

Biologiya ta’limini loyihalar usuli asosida tashkil etish o‘quvchining bilim va malakalarni amaliy qo‘llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o‘qitishni amalga oshirishga imkon yaratadi. Loyihalash usuli boshqa o‘qitish usullarini qo‘llashga nisbatan olganda, ta’lim oluvchilar ya’ni o‘quvchilar yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida uni yuqori darajada rejalashtirishda, tashkillashtirishda, mavjud natijalarni tahlil qilishda va dars bo‘yicha berilgan vazifani bajarish vaqtida o‘z-o‘zini baholashda ham faol ishtirok etadilar. O‘quv loyihalar usuli darsda mavzuni o‘zlashtirishdagi aniq vazifalarni asosida еchish imkonini bajarishi bilan o‘quvchilarni oson tushunishga o‘rgatadi. Loyihalash usuli fanlararo, bir fan yoki fan doirasida bo‘lishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA LOYIHALASH USULIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI O'QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA LOYIHALASH USULIDAN

FOYDALANISH SAMARADORLIGI Lobarxon Qaraxonova

O'zPFITI, "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi mudiri, p.f.f.d(PhD), katta ilmiy

xodim

https://doi.org/10.5281/zenodo.10004146

Biologiya ta'limini loyihalar usuli asosida tashkil etish o'quvchining bilim va malakalarni amaliy qo'llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o'qitishni amalga oshirishga imkon yaratadi. Loyihalash usuli boshqa o'qitish usullarini qo'llashga nisbatan olganda, ta'lim oluvchilar ya'ni o'quvchilar yangi mavzuni o'zlashtirish jarayonida uni yuqori darajada rejalashtirishda, tashkillashtirishda, mavjud natijalarni tahlil qilishda va dars bo'yicha berilgan vazifani bajarish vaqtida o'z-o'zini baholashda ham faol ishtirok etadilar. O'quv loyihalar usuli darsda mavzuni o'zlashtirishdagi aniq vazifalarni asosida echish imkonini bajarishi bilan o'quvchilarni oson tushunishga o'rgatadi. Loyihalash usuli fanlararo, bir fan yoki fan doirasida bo'lishi mumkin.

Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo'nalishning o'ziga xos ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Biologiya darslarida loyihalash metodikasidan foydalanish o'quv jarayonida ta'limning sifati va samaradorligini oshiradi, maktab o'quvchilari aniq reja asosida loyiha ustida ishlashda aniq maqsad uchun mustaqil faoliyat yuritishga yo'naltiradi. Pirovardida biologiya darslarida o'quvchilarning aniq bir loyiha doirasida amalga oshirayotgan tadqiqot ishini bajarish jarayonida quyidagi xususiyatlar shakllanib boradi:

Hozirgi kunda ta'lim tizimida bunday texnologiya va usullarni joriy etish nafaqat o'quvchilarni mavzuni oson o'zlashtirishga yordam beradi, balki o'qituvchilarning o'quvchilarga individual yondashuvni tashkil etishni xizmat qiladi. Endilikda yangi ta'lim standartlari va o'quv darsturilari, darsliklar mazmuni bo'yicha o'quvchilar ko'proq o'z ustida ishlashga, amaliy mashg'ulotlarni sinfda va sinfdan tashqari ishlarda mustaqil tayyorlashga o'rgatish ko'nikmalarini rivojlantirishga e'tibor qaratadi. Shu ma'noda biologiya darslarida o'quvchilarni o'z ustida ishlashga o'rgatish davomida o'zlariga qiziqarli mavzuni tanlab olish va bevosita u bilan bog'liq bo'lgan muammolarni o'rganish uchun kichik tadqiqotlar shaklida yo'naltiriladi.

Bu shakldagi kichik tadqiqotlar bevosita o'quvchiga axborotni qidirish, qayta ishlash va undan foydalanishning zamonaviy metodlarini egallashga, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ba'zi bir metodlarini o'zlashtirishga, o'zining tadqiqotchilik pozitsiyasini aniqlashga, amalga oshirayotgan kichik tadqiqotini yana davom ettirishga, vaqt o'tishi bilan tadqiqotchilik ko'nikmasini kompetensiya darajasiga etkazilishiga imkon beradi.

Ta'lim bilan bog'liq adabiyotlarda kompetentlilik tushunchasiga juda ko'p olimlarning tadqiqiy fikr-mulohazalari keltirilgan. Kompetensiya - bu egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni echishda foydalanish va uni amaliyotda qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetentlilik (lot: competens - layoqatli, qobiliyati bor) shaxs bilim, ko'nikma va tajribalarining uning ijtimoiy-professional mavqei va o'ziga tegishli vazifalar bajarish, muammolar hal qilishga etarliligi ham haqiqiy moslik darajasi hisoblanadi[2].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Tadqiqotchilik kompetensiyasi mohiyatini tushunish uchun olimlar tomonidan turli yondashuvlar mavjud bo'lib, ularning bir guruhi[1] tadqiqotchilik kompetensiyasi kompetentlikning asosiy tarkibiy qismi sifatida qabul qilishni ta'kidlaydi, ikkinchi bir guruh mutaxassislar esa [6.2] tadqiqotchilik faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bir butun majmuidir deb hisolashadi. Bu borada biz o'z tadqiqotimizda tadqiqotchilik jarayoni uchun quyidagi ishchi ta'rifni tavsiya qilamiz.

Tadqiqotchilik kompetensiyasi - deganda biz tanlangan muammoni echishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, mustaqil bilishga yo'naltirilgan tadqiqotchilik jarayonida shakllanadigan shaxsiy ko'nikmalarni deyish mumkin. Tadqiqotning asosiy g'oyasi faoliyatning dolzarb ilmiy muammolarni ko'rish, shakllantirish va echish, yangi ijodiy echimlarni topish va ularni amaliy faoliyatga joriy etishga qobiliyatli o'quvchilarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatga jalb etish va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyat doirasida ularning uzluksiz innovatsion tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishga qaratilgan.

To'g'ri maktab o'quvchilarida ko'nikmalarni kompetensiya darajasiga aylantirilishi biroz qiyin masaladek tuyuladi, maktab o'quvchilarining bevosita tadqiqotchilik kompetensiyasini egallashi bosqichma-bosqich davom etadi. Ya'ni o'quvchi kichik tadqiqotlarni amalga oshirish davomida o'rganilayotgan ob'ektni tadqiq etish uni mustaqil o'rganish, izlanish, adabiyotlarni o'qish, internet ma'lumotlarini saralash kabi ilmiy faoliyatga yo'nalitirish o'qituvchi hamkorligida bajarilganligi bois, o'quvchi har doim o'qituvchisidan ma'naviy ko'makka va e'tiborga ehtiyoj sezadi.

Bunda o'quvchilarning layoqatlarini va qobiliyatlarni aniqlanadi, ya'ni ularning qo'yi sinfda o'qish jarayonida, umuman olganda to hozirgi o'quv bosqichiga kelguniga qadar qanday tadqiqotchilik ishi bilan shug'ullanganligi haqida, shuningdek, ulardagi kichik loyihalarni bajara olish bo'yicha motivatsiyalari bor yoki yo'qligi aniqlanadi.

Shundan so'ng ularga umumiy o'rta ta'lim muassasasi ta'lim jarayonida ishtirok etishi yoki bevosita mustaqil bajara olishi mumkin bo'lgan quyidagi tadqiqotchilik faoliyati tur to'g'risida tushuntirish ishlari o'tkaziladi va tadqiqotchilik loyihasini tayyorlash ishlari rejalashtiriladi.

Loyihani bajarilishi bevosita o'z faoliyatiga bog'liq ekanligini anglash tushunchasi paydo bo'ladi, bu o'quvchidagi yuqori mas'uliyat hissini yuzaga keltiradi;

Loyihalash usulining barcha bosqichlarini bajarish jarayonida g'oyaning tug'ilishidan yakuniy refleksiyagacha o'quvchilar tajriba orttiradilar;

o'quvchilarda eng muhim bilim va ko'nikmalarini (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, taqdimot qilish) rivojlantirishda to'la boshqariladigan jarayonga aylanadi.

O'quv loyihasining metodik pasporti bu - o'quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o'quv dasturidagi o'rni to'g'risida qisqacha tavsif hisoblanadi. O'quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o'zida aks ettiradi:

- fan predmetining o'quv rejasidagi mavzular;

- predmetning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari;

- o'quv-pedagogik vazifalarini;

- o'quvchilarning yoshi xususiyatlarida kelib chiqib o'quv loyiha topshirig'ini;

- loyihaning bajarilish muddatini va o'quv loyihasining ish rejimini.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Mavzu tanlash va o'quvchi-o'qituvchi bilan individual ishlashdan so'ng tadqiqot mavzularining omma oldida taqdimoti o'tkaziladi, bu erda o'quvchilar o'zlarining bo'lajak loyiha ishlarining maqsad va vazifalarini taqdim etishadi va o'z ishlari rejasini gapirib berishadi. Bunday faoliyat psixologik jihatdan o'quvchilarning shaxsiy "men"larini tug'ri shakllanishiga, o'z yutuqlarini ko'rsata olishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalanishiga sabab bo'ladi.

Tadqiqotchilikka yo'naltirish asnosida loyiha ishlari mavzularini oldindan o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda kasbga yo'naltirish xususiyatlari asosida tanlashimiz maqsadga muvofiq. Bu borada o'quvchilarning ishni bajara olish ko'nikmalarini rivojlantirib borish va unga mas'uliyatli yondashishni talab qilish zarur. O'qituvchilar o'quvchilarning loyiha ishlarini amalga oshirish bosqichlarini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, uni bajarish ko'nikmalarini rivojlanishini kuzatib boradi.

Tanlangan mavzular natijalariga ko'ra har bir o'quvchi uchun individual reja tuziladi. Mazkur reja asosida o'quvchilar biologiyadan zarur adabiyotlarni topish, o'rganish va o'qituvchi biln tahlil qilish, tajriba ishlarini tashkil etish, laborotoriya xonalarida foydalanish talablarini, eksperimentlarni qo'yish, kuzatish va natijalarni yozib borish, tadqiqot davomidagi natijalarni daftarga ko'chirish vazifalarini bajaraib boradi. Shuningdek, biologiya o'qituvchilari o'quvchini keyinchalik referat, maqola yozishga, tadqiqotchilik ishiga o'rgatish bo'yicha ish olib boriladi.

Loyihani ekspert baholashi uchun ekspert komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibiga zaruriy malakaga ega bo'lgan ota-onalarni, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilarini, maktab o'qituvchilarini kiritish mumkin. Bajarilgan o'quv loyhasi natijalarini baholash jarayonida loyiha sifati, loyiha ustida ishlash jarayoni, ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni engib o'tish yo'llariga e'tibor qaratiladi.

Yuqori sinf o'quvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning yana bir bosqichi - bu o'quvchini tadqiqot ishini yozishga o'rgatish, birinchi navbatda - o'z ilmiy ishi natijasi bo'yicha kichik ilmiy maqolalar yozish san'atini tushuntirish va amalga oshirishdir. O'quvchilarni tadqiqotchilik faoliyatiga jalb etishning bunday metodikasi, tadqiqotchilik ishi ko'nikmalarini egallash, o'z ishini taqdim eta olishga o'rgatish va pirovardida o'z-o'zini boshqarish, egallagan bilim, ko'nikmasini taqdimoti asosida real namoyish etishga o'rgatish ko'nikmasini rivojlanib borishiga imkon beradi.

O'quvchilarni biologiyadan tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish asosida ular erishgan tadqiqot natijalari, ilmiy-tadqiqotchilik ishini amalga oshirish doirasida didaktik tiziminiishlab chiqiladi. Ya'ni o'quvchi tadqiqot ishlari umumiy o'rta ta'lim maktablarida mavjud ta'lim shakllarida amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.

REFRENCES

1. Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish: O'quv uslubiy qo'llanma. Innovatsion ta'lim texnologiyasi seriyasi. - T.: "Iqtisodiyot" 2012 y.

2. Djurayev R.K., Karakhanova, L.M., & Karimov, K.A. (2022). A systemic factor of increasing the quality of higher education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 205-214.

3. Kharaxonova L. M. Specific aspects of media education and its use in high schools //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

4. Карахонова Л. М. Эффективное использование электронных образовательных ресурсов в обучении биологии //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-1 (53). -С. 41-42.

5. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - Toshkent, 2015. -B.120.

6. Saidaxmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash namunalari. -T.: RTM, 2000 y. -46 b.

7. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

8. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023. https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

9. Хуторской А.В. Определение общепредметного содержания и ключевых компетенций как характеристика нового подхода к конструированию образовательных стандартов. Режим доступа: http://www.eidos.ru/journal/2002/0423/htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.