"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH Mehrochev B.B.
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10038483 Annotatsiya. Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Bu jarayonda esa talaba mustaqil ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Kadlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to 'g'ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, ta'lim jarayoni, talaba, amaliy mashg'ulot, labaratoriya mashg'uloti, semestr, axborot manbalari, referat, test, topshiriq
Abstract. It is known that in today's rapidly expanding range of information and knowledge, it is difficult to convey all information to students only during classes. In this process, the student's independent work is of particular importance. In the national cadre training program, along with deep theoretical andpractical knowledge, can independently work in the field of their choice, independently improve their knowledge and skills, correctly identify and analyze problematic situations with a creative approach to the problem, and quickly adapt to the conditions training of adaptable specialists is defined as one of the main tasks
Keywords: Independent education, educational process, student, practical training, laboratory training, semester, information sources, summary, test, assignment
Аннотация. Известно, что в современных условиях быстро расширяющегося спектра информации и знаний сложно донести всю информацию до учащихся только во время занятий. В этом процессе особое значение приобретает самостоятельная работа студента. В национальной программе подготовки кадров наряду с глубокими теоретическими и практическими знаниями можно самостоятельно работать в избранной сфере, самостоятельно совершенствовать свои знания и навыки, правильно выявлять и анализировать проблемные ситуации, творчески подходить к проблеме, быстро адаптироваться к Условия подготовки адаптируемых специалистов определены как одна из основных задач.
Ключевые слова: Самостоятельное обучение, учебный процесс, студент, производственная практика, лабораторное занятие, семестр, источники информации, конспект, тест, задание.
Ta'lim tizimidagi islohotlar natijasida ta'lim jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etilmoqda. Bu yerda asosiy maqsadlardan biri sifatida talabalar mustaqil ishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg'ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko'proq o'qishga o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'llanma berish oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ish (TMI) - muayyan fandan o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan o'qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o'zlashtirilishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O'qishning boshlang'ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog'liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta'limning navbatdagi turi-oliy ta'lim talablariga ko'nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta'lim olish jarayonida o'z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma'lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish konspektlashtirish, o'z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o'z vaqtlarini to'g'ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to'g'ri baholash ular uchun katta muammo bo'ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta'lim olishga ruxan tayyor bo'lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o'qituvchi dastlab talabada o'z qobilyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg'otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma bosqich mustaqil bilim olishni to'g'ri tashkil qilishga o'rgatib borishi lozim bo'ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o'zlashtiriladigan bilim va ko'nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur, Shunda mustaqil ta'limga ko'nika boshlagan talaba faqat o'qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o'zining ehtiyoji, qiziqishi va qobilyatiga qarab, o'zi zarur deb hisoblagan qo'shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o'zlashtirishga o'rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi jihatlar e'tiborga olinishi lozim: -o'qish bosqichi;
-muayyan fanning o'ziga xos xususiyati va o'zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
-talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta'minlanganlik darajasi; -talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko'nikmalar hosil bo'lishiga muvofiq ravishda o'zgarib, oshib borishi lozim. Yani, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o'rgatib borish kerak bo'ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
•fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash;
•amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rib kelish;
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2G23-yil
•ma'lum mavzu bo'yicha referat tayyorlash;
•kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
•bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to'plash;
•hisob-grafik ishlarni bajarish;
•maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
•amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
•ilmiy maqola, tezislar va ma'ruza tayyorlash;
•amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
•uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi o'qituvchi tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o'ylab ishlab chiqilgan va ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, talabalarning auditoriya mashg'ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to'ldirishga xizmat qilishi kerak.
Mavzuni mustaqil o'zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savodlarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko'rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish. Bu jarayonida talabalar mustaqil ravishda o'quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha tayyorlangan topshiriq fan o'qituvchisi tomonidan (talaba navbatdagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan biror mavzu bo'yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma'lumotlar, elektron kutubxona materiallari va k.h.) foydalanib materiallar yig'adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida to'liq, keng ma'lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan maslahat va ko'rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat fan o'qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
Ko'rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam beradigan ko'rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma'lum ko'rsatmalar, yo'l-yoriqlar beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo'yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Talaba ko'rgazmali materiallardan foydalanish bo'yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va fan o'qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
Mavzu bo'yicha testlar, munozaralar savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzu bo'yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo'lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo'ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o'qituvchi tomonidan talabaga testga qo'yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko'zda tutilayotganli, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo'yicha yo'l-yo'riq beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo'yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to'ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi fan o'qituvchisi tomonidan (talaba navbatdagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma'ruzalar tayyorlash. Talabaga biror bir mavzu bo'yicha (mavzuni talabaning o'zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma'ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o'quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to'playdi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo'shimchalar, izohlar kiritadi, o'z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza fan o'qituvchisi tomonidan (talaba navbatdagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo'lim bo'yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo'lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o'qituvchi bilan xamkorlikda ilmiy: maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
>tizimli yondashish;
>barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
>bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatish;
Mashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib boorish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
>maqsad (bilimni mustaxkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish va x.k.), aniq asoslanishi;
>vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
>topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada habardor bo'lishi;
>maslahat va boshqa yordam turlarining to'g'ri belgilanishi (yo'llanma va ko'rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo'yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlari birgalikda hal qilish va h.k.);
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2G23-yil
>hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
>nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg'ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma'ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko'rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
S auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O'tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bashariladi;
Sauditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O'quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o'zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko'rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o'zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg'ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko'rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (oraliq nazorat) qilinadi.
Oraliq nazoratda talabaning dars paytida o'tilgan materiallarni o'zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o'zlashtirish darajasi e'tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ichki o'quv dasturida auditoriyadan tashqarida o'zlashtirilishi belgilangan mavzu bo'yicha ma'lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o'zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o'zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgelangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishni baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom"ga va 9-avgust 2018-yildagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi
Har bir professor o 'qituvchi o'quv yili(semestr)ning boshida fan bo'yicha O'quv uslubiy majmua, sillabus, baholash mezonini, taqvimiy rejalarini ishlab chiqadi. Har bir dars uchun ma'ruza matni, amaliy, seminar, labaratoriya mashg'ulotlari ishlanmalarini, oraliq va yakuniy nazoratdan umumiy savollar to'plamini va mustaqil ta'lim uchun topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar har bir dars mavzusiga alohida-alohida tuziladi.
Semestr boshida talabaga MI mavzulari va uning bajarilishining taqimiy rejasi beriladi. Talaba har bir yangi darsda yangi mustaqil ta'lim uchun topshiriq oladi va uni keyingi darsgacha bajaradi.
REFERENCES
1. l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847 farmoni "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA"
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
2. 2.Vazirlar Mahkamasining 824-sonli qarori.OLIY "TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH BILAN BOG'LIQ TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA"
3. 3. B.Mehrochev "Methods and means of organizing independent education of students". International journal of pedagogics 2023-y
4. B.Mehrochev "Elektron axborot-ta'lim muhitda talabalar mustaqil ishini tashkil etish" Kasb-hunar ta'limi 2023-y
5. B.Mehrochev "Masofaviy ta'lim jarayonida sirtqi ta'lim talabalarining mustaqil ishini tashkil etish" Mug'allim hem uzliksiz bilimlendiriu ilmiy-metodikaliq jurnal 2023-y
6. 6.G.Anorqulkova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xos yo'nalishi uslub va tahlili. Xalq ta'limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.
7. "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risida"gi Nizom. - Toshkent, 2018-yil