"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
MUAMMOLI TA'LIM MUSTAQIL FIKRLASH OMILI SIFATIDA 1Asranbayeva Munojat Halimjanovna, 2Badritdinova Madina Baxromovna
1NamDPI dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2NamDPI dotsenti v.b., psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10157460
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz o'quv yurtlarida pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etishga turlicha yondoshuvlarning mavjudligi, o'qitishga texnologik yondoshuvning o'zbek xalq pedagogikasi g'oyalari bilan uyg'unlashtirib o 'quv jarayoniga tatbiq etish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta'lim standartlariga muvofiqlashtirishda alohida o'rin tutishi, zamonaviy ta'lim texnologiyasida muammoli ta'limningahamiyatiyoritilgan.
Kalit so^zlar: muammo, tafakkur, innovatsiya, metod, muammoli vaziyat, kashfiyot.
Аннотация. В данной статье рассматривается существование различных подходов к внедрению педагогических технологий в учебный процесс в образовательных учреждениях нашей страны, применение технологического подхода к обучению к образовательному процессу путем объединения его с идеями узбекской народной педагогики, подчеркивается особое место качества подготовки кадров, мирового образования в соответствии со стандартами, важность проблемного образования в современных образовательных технологиях.
Ключевые слова: проблема, мышление, новация, метод, проблемная ситуация, открытие.
Abstract. In this article, the existence of different approaches to the introduction of pedagogical technology into the educational process in the educational institutions of our country, the application of the technological approach to teaching to the educational process by combining it with the ideas of Uzbek folk pedagogy, the quality of personnel training, world education its special place in coordination with standards, the importance of problem-based education in modern educational technology is highlighted.
Keywords: muammo, tafakkur, innovatsiya, metod, muammoli vaziyat, kashfiyot.
KIRISH.
Bugungi islohotlar davri o'qitishning samarali metodlarini yaratishni, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishni, inson shaxsini shakllantirishda ta'lim-tarbiyaning yetakchiligini ta'minlashni, o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, milliy his-tuyg'ularini e'tiborga olib, ta'limiy-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishni taqazo qilmoqda. Pedagogik jarayondagi ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirish uchun o'qitish sifatini tubdan yangilash, o'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi munosabatini yo'lga qo'yish, o'zaro sog'lom raqobat muhitini qaror toptirish va yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishimiz zarurdir.
Zamonaviy ta'lim tizimi har bir pedagogdan juda katta kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishni, o'qitishning eng ilg'or texnologiyalarini o'zlashtirishni, fanning so'nggi yutuqlaridan xabardor bo'lishni, o'quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan ta'lim-tarbiya ishlarini olib borish malakasiga ega bo'lishni taqozo etmoqda. Milliy dasturning ikkinchi bosqichi sifat bosqichi hisoblanib, bunda o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi [1].
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
O'quvchilar tomonidan bilimlarni muvaffaqqiyatli ozlashtirilishi ular tafakkurining tezligi, izchilligi, mazmundorligi, mustaqilligi, chuqurligi va boshqa bir qator xususiyatlariga bog'liqdir. Shuning uchun ham mutaxassislik fanlarini o'qitish jarayonida muammoli ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi, ularni rivojlantirish esa ta'lim sifati samaradorligini ta'minlanishining dolzarb muammolaridan biridir.
TAHLIL VA NATIJALARI:
Hozirda xorijlik mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning bir qator pedagog olimlari Ashirboyev S, Sayidaxmedov I.S, Jo'rayev R.X, Farberman B.L.va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda[2]. Mamlakatimiz o'quv yurtlarida ham pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar va tushunchani o'ziga xos talqin qilishlar, shuningdek pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondoshuvlar sodir bo'lmoqda.
Zero, o'qitishga texnologik yondoshuvning o'zbek xalq pedagogikasi g'oyalari bilan uyg'unlashtirib o'quv jarayoniga tatbiq etish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta'lim standartlariga muvofiqlashtirishda alohida o'rin tutishi muqarrardir. Bizga ma'lumki, zamonaviy ta'lim texnologiyasida muammoli ta'lim alohida o'rin tutadi.
J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy hayot uch narsaning ta'siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi". Bu borada muammoli ta'lim orqali o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan o'smir tafakkurini yangi imkoniyatlarini yaratadi [4].
N.S.Leytesning fikricha, tevarak-atrof, borliq, jamiyat, tabiat, mikro va makro muhitdagi narsalar hamda hodisalar o'rtasidagi ichki bog'lanishlar, munosabatlar, o'zaro ta'sirlarni aks ettirish, voqelikni ijodiy tarzda qayta o'zgartirish imkoniyati o'smir tafakkurini rivojlanishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi [6].
N.A.Menchinskaya maktab o'quvchilarining aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash jarayonida ularning mavjud bilimlarni amaliyotda qo'llash darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish holatini belgilashga harakat qiladi. Muallif bu asnoda o'zlashtirish sur'atiga, yaqqollik va mavhumlikka, yaqqol va mavhum tafakkurning o'zaro aloqasiga, analitik-sintetik faoliyat bosqichiga alohida ahamiyat beradi. Bunda tadqiqotchi uchun eng muhim mezon o'quvchilar fikrini xususiydan umumiy mulohazaga almashtirish imkoniyati hisoblanadi. Uning fikricha, aqliy taraqqiyot o'z ichiga o'quvchilarning o'qishga nisbatan munosabati, o'qish motivlari, bilishga qiziqish masalalarini qamrab olishi kerak, deb hisoblaydi.
Muammoli ta'lim texnologiyasining zamirida bir-biriga bog'liq bo'lgan muammolar zanjiri yotadi. Muammoli ta'lim metodiga asoslangan ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi [3].
* Dastlab muammoli vaziyat hosil qilish;
* Muammolarni shakllantirish va muammoni yechish uchun umumiy taxlil qilish;
* Tahmin qilingan yechimni tekshirish;
* Amaliy va nazariy xarakterdagi masalalarda qo'llash,ularni tartibga solish hamda siyosiylashtirish.
Dars jarayonida o'quvchi muammoni yechar ekan, o'zicha muhim bo'lgan "kashfiyot" qiladi. Bu hol o'quvchida o'ziga ishonch xosil qiladi (ya'ni mening kashfiyotim, men topdim, ixtiro qildim).
Mana shu tomoni bilan muammoli ta'lim texnologiyasi boshqa barcha o'qitish texnologiyalaridan ustun turadi. CHunki, bunda o'quvchi izlanish olib borish, taxlil qilish, emperik
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr
xulosa chiqarish, boshqa vaziyatga qo'llash, fikr-muloxazalarini taxminan sistemalashtirib isbotlash, kelgusida amaliy faoliyatga qo'llash malakalarini egallab boradi.
Muammoli ta'lim an'anaviy o'qitish metodikasiga tayanadi. O'qituvchi muammoli vaziyatni o'quvchilar oldiga qo'yish bilan bir qatorda, uni yechish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o'quvchilarga o'rgatadi. Muammo yechimini topish, izlashga o'tish uchun, eng avvalo zaruriy muhit yaratilishi kerak. Muammo aniq bo'lishi, o'quvchilar uni yechimini izlash jarayonida oldingi mavzularda, fanlarda olgan ma'lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo'lishi kerak. O'quvchilar oldiga qo'yilgan muammo o'zining dolzarbligiga ega bo'lishi ham muhim ahamiyatga ega. O'quvchi izlanishni ma'lum bir sistemada, muayyanlikda bo'lgan muammo ustida olib borish kerak. SHunda o'quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va yechish uchun kirishadi. Ta'lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta'limni qo'llashga va aksincha, muammoli ta'lim ta'limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o'qitish texnologik loyixalashtirilgan o'quv jarayonini amalga oshirishning didaktik konstruktsiyasi sifatida qo'llaniladi.
E.N.Kabanova-Meller muammoli ta'lim orqali o'quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga e'rishish mumkinligini ta'kidlaydi. E.N.Kabanova-Meller metodi bo'yicha o'quvchilarning tafakkurining rivojlanishi 3ta mezon (o'lchov, parametr) bilan aniqlanadi [8]:
1. Ta'lim jarayonida shakllantiriladigan ko'nikma, malaka va aqliy faoliyat usullarida yangi sharoitga ko'chish muammosining mavjudligi (har xil yo'llari, ko'rinishlari, turlari va hokazo).
2. O'quvchilarda tarkib topgan ko'nikma, malaka va aqliy faoliyat usullaridan shaxsning o'z aqliy faoliyatini o'zi bevosita idora qilishga, boshqarishga o'tishi.
3.Tashqi ta'sir natijasida o'quvchilarning bilishga qiziqishi qay darajada ekanligini aniqlash va boshqalar.
Amerikalik olim U.Gordon (1960) o'quvchilarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o'rgatishni, izlanishning bosh maqsadini ajrata bilishni, turli-tuman xarakterdagi masalalar yechimining o'xshashlarini qidirishni o'rgatish muammoli ta'lim jarayoni uchun muhimligini ta'kidlaydi[5]. O'qituvchi muammoni qo'yishni bilibgina qolmay, uning yechimini topish usullarini o'quvchilarga o'rgatishi kerak.
Muammoni yechimini izlashning quyidagi usullari bor[7].
* Muammoni yechimini to'g'ri izlash (muayyan masalaga o'xshash, masalalar qanday yechiladi);
* Muammoni yechimini shaxsiy izlash (muayyan masalada berilgan ob'ekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai-nazardan muloxaza yuritishga urinib ko'rish);
* Simvolitik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniqlashni berish);
* Fantastik (bu masalani ertak qahramonlari qanday yechgan bo'lar edilar).
Muammoli vaziyatni bunday usulda yechishga o'rgatish orqali o'quvchilarni sinektik,
abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o'zgalarni eshitish, oddiydan g'ayrioddiyni, g'ayrioddiydan oddiyni topish, o'xshatishlardan mohirona foydalanish ko'nikmalari shakllantiriladi.
XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, muammoli ta'lim orqali nazariy tafakkurga asoslanib, mazmundor umumlashtirishga suyanib, umumlashgan o'quv usulini shakllantirish orqali o'quvchilarning mavhum fikr yuritish darajasini rivojlantirish mumkin.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilar o'rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o'z fikrida tura olish; muxolif tomonning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o'quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarblashtirish, o'z fikrini bayon qilishnigina emas, balki boshqalarni ham eshitish mahoratini rivojlantirish, o'quvchilar bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zurur xulosalar chiqarish va o'quvchilar ixtirochilik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik kabi zaruriy sifatlarni shakllantirishdir.
O'quvchilarda tafakkur mustaqilligini rivojlantirish uchun yangi o'quv materiallarini evristik tarzda berilishi ham maqsadga muvofiq. Bu borada V.A.Krutetskiy tomonidan taklif etilgan muammoli evristik metod orqali o'qitishning quyidagi bosqichlariga e'tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
1-bosqich; O'qituvchi muammo va uning ta'riflanishini ko'rsatib o'tadi, o'quvchilar esa uni hal qilish uchun mustaqil yo'l-yo'riq qidiradi.
2-bosqich; O'qituvchi muammoni o'quvchilarga mustaqil ravishda ta'riflash vazifasini qo'yadi.
3-bosqich; O'qituvchi o'quvchilarlarga muammoni hal qilishga, uni ta'riflashga, yechish usullarini qidirib topishga yo'llanma beradi.
Bu tavsiyalarga amal qilish jismoniy va aqliy jihatdan yetuk, mustaqil fikrlovchi, barcha xususiyatlariga ko'ra boshqalardan ajralib turuvchi shaxsni tarbiyalash imkonini beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni. T.: 2022.
2. Ishmatov K. Pedagogik texnologiyalarni nazariy asoslari. Ta'lim muammolari, Toshkent.: 1999
3. АСРАНБАЕВА, М. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В НЕПОЛНЫХ СЕМЬЯХ. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА Учрeдитeли: Общeствo с oгрaничeннoй oтвeтствeннoстью Кoллoквиум, 43-45.
4. Badritdinova, M. B. (2019). HE DEVELOPMENT OF METAMETHODS ASSOCIATED WITH COGNITIVE METHODS. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(6), 483-489.
5. Aсрaнбaeвa, М. Х. (2015). МЕТОДЫ И ПРИЁМЫ КОРРЕКЦИОННОЙ РАБОТЫ С ТРЕВОЖНЫМИ ДЕТЬМИ. In СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ТРАНСФОРМАЦИИ КОНЦЕПЦИЙ ГОСУДАРСТВЕННОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ И УПРАВЛЕНИЯ В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ СИСТЕМАХ (pp. 43-47).
6. Badritdinova, M. B. (2019). COGNITIVE METHODS AND PERSON NATIONAL PECULIARITY. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 7(10), 380-386.
7. Asranbaeva, M. H. (2020). CHARACTERISTICS OF FORMING MOTIVES OF LABOUR ACTIVITIES IN AN INCOMPLETE FAMILY. Theoretical & Applied Science, (1), 121123.
8. Badritdinova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAFAKKUR USLUBINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI. TA'LIM
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, ll - noyabr
TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI: NAZARIYA VA AMALIYOT mavzusidagi Respublika II-ilmiy-amaliy konfensiya maqolalari to'plami.