"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
INKLYUZIV TA'LIMNI JORIY ETISH OLDIDA TURGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH ETISH YO'LLARI Baxromova Guljamol Dilshodjon qizi
Pedagagika fakedrasi ish yurituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10157221
Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tiziminijoriy etishning zarurati, mazkur tizimni joriy etish oldida turgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari bayon etilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, integratsiya, boshlang'ich tayanch korreksion sinf, ta'lim, induvidial xususiyatlar, ijtimoiy xulq.
Аннотация. B статье изложена необходимость внедрения системы инклюзивного образования в нашей стране, проблемы, стоящие перед внедрением этой системы, и пути их преодоления.
Ключевые слова: инклюзивное образование, интеграция, первичный базовый коррекционный класс, воспитание, индивидуальные особенности, социальное поведение.
Abstract. The article describes the need to introduce an inclusive education system in our country, the problems facing the implementation of this system and ways to eliminate them.
Keywords: inclusive education, integration, primary base correction class, education, inducvidial characteristics, social behavior.
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga e'tibor so'nggi yillarda eng dolzarb masala sifatida diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch-korreksion sinflar faoliyatini yo'lga qo'yish hamda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta'lim muassasalarimizda sog'lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi ta'lim tizimining joriy etilishi yurtimizda xalqaro inson huquqlari me'yorlariga mos islohotlar amalga oshirilayotganining dalilidir.
Inklyuziv o'qitish masalasi butun Jahon hamjamiyatida tan olingan va xayrixoxlik bilan amalga oshirilishi ta'lim siyosatining eng asosiy yo'nalishidir. Yangi taxrirdagi Konstitutsiyamizning 50-moddasida: "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi" deb belgilab qo'yilganligi mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim jarayoni tashkil etilganligining qonuniy dalilidir. [1]
"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlash to'g'risida"gi qarorda malakatimiz ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limni joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari, joriy etish tartibi, me'zonlari belgilangan. [2] Unga ko'ra, o'quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta'lim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladi. Qarorda inklyuziv ta'lim sinfi hamda boshlang'ich tayanch korreksion sinf atamalari quyidagicha ta'rif berilgan:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
-inklyuziv ta'lim sinfi maktabdagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning boshqa (sog'lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta'lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf.
-boshlang'ich tayanch korreksion sinfi - maktabda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun alohida tashkil etilgan boshlang'ich sinf.
O'quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilish hududiy xalq ta'limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi. Inklyuziv va boshlang'ich tayanch-korreksion sinflarga faqat bir xil tashxisdagi o'quvchilar qabul qilinadi.
Ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni joriy etishning barcha uchun afzallik tomonlari ko'p. Inklyuziv ta'limga jalb etilganda alohida yordamga muhtoj bo'lgan o'quvchilar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va o'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish malakalarini yaratadilar;
- ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o'quv materiallarini o'zlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli o'yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o'yinlari, turli sport musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo'lishlari mumkin;
- do'stona muhitda do'st orttiradilar;
- turli ko'ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar.
Inklyuziv ta'limga jalb etilganda boshqa (sog'lom) o'quvchilar:
- do'stona muhitni yaratadilar;
- maxsus ehtiyojli bolalarga g'amho'rlik qiladilar, ularni turli o'yinlarga jalb qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
- tozalik va ozodalikni ta'minlaydilar;
- jamoa oldida ma'suliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik va o'yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar.
Ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni joriy etish jarayonida hal etilishi kerak bo'lgan ko'plab muammolar ham mavjud.
- Pedagog xodimlarning ruhiy va jismoniy kamchiliklarga ega bolalarning individual xususiyatlari haqida to'la ma'lumotga ega bo'lmaganliklari;
- o'quv ish rejalarini, qolaversa, ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil qilish masalalari;
- imkoniyati cheklangan bolalarning yot muhitga moslashuv va guruhdagi o'zaro munosabatlar;
- ota-onalarning inklyuziv ta'limga munosabati;
-ota-onalar uchun nogiron bolalarni o'qitish tizimi, inklyuziv ta'lim tizimi haqidagi o'quv qo'llanmalarning yo'qligi;
-maxsus ehtiyojli bolalarni uyda o'qitish uchun mutaxassislarning mablag' bilan ta'minlash tizimining joylarda talab darajasida yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi;
-nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqasi yo'qligi;
-nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan ta'minlash masalalari;
-chekka qishloqlardagi tashxisning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi;
-nogironlar aravachalari, qo'ltiq hassalar, eshituv apparatlari, ko'zoynaklar, travmotologik poyafzallarning yetishmasligi;
-davlat tomonidan kasb-hunarga yo'naltirish, ish bilan ta'minlash, muammolari to'laqonli hal qilinmaganligi;
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGIXALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
-nogiron bolalarga qarovchi ota-onalar uchun nafaqaning yo'qligi; -tevarak-atrof muhitini nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabati; -nogiron bolalar bilan ishlash mahallalarda yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi va nodavlat-notijorat tashkilotlarning faoliyati yetarli emasligi;
-nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimining yetarli emasligi va davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarni bilmasligi;
-ta'lim muassasalari uchun kadrlarning yetarli emasligi;
-inshootlarning maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun moslashtirilmaganligi; -malaka oshirish tizimida umumta'lim pedagoglarini maxsus ta'lim yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash ishlari talab darajasida emasligi.
Inklyuziv ta'limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o'rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, barcha maktablar eshigiga o'quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko'tarila olmaydilar, hatto qo'ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham, eshiklardan ham sog'lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o'tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o'rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo'lishi kerak. O'qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo'lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish yetarli bo'lmaydi. Bunda o'quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o'rganishlari kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og'zaki informatsiyani olishlari kerak. O'quv rejasini bunday differensiyalash o'qituvchilarda o'z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma'muriyati buning uchun o'qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o'quv rejasiga qattiq talab qo'yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. [3]
Inklyuziv ta'lim tizimini samarali tashkil etish, barcha imkoniyati cheklangan o'quvchilarni umumta'lim tizimiga qamrab olish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun mavjud muammolari ularni bartaraf etish yo'llarini izlab topish hamda amalga oshirish lozim. Buyuk Britraniya davlati "Bolalarni qutqaring" tashkiloti, uning boshqa mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta'limdagi asosiy to'siqlarni xalq ta'limi tizimi va maktablarga qo'yadi. [4] Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo'yayotgan davlatimizda bunday to'siqlarni o'z-o'zini boshqarishning milliy modeli bo'lgan mahallarda hal etish mumkin. E'tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag' masalasi (3), sharoitga moslashmaslik (4), kambag'allik (5), sinfda o'quvchilar sonining ko'pligi (6), kamsitish (7), qaramlik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to'siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo'ladi, yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval asosida shunday tasdiqlash mumkin.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr
Finlyandiya Integratsiyalashgan bolalarga yordamlashish maktab tibbiy xizmati ishchilari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining ta'lim xizmati tomonidan ta'minlanadi. Birinchisi turli mutaxassis va terapevtlar (logopedlar, psixoterpevtlar, psiximotor terapetlar) tomonidan amalga oshiriladigan yordam dasturi uchun javob beradi. Ikkinchisi integratsiyalashgan bolalar uchun ta'limning zarur sharoitlarini ta'minlashga mo'ljallangan. Zarur bo'lgan holda o'quv dasturi bolaning imkoniyatlriga mos ravishda o'zgartirilishi mumkin. Maxsus ta'limga o'tkazilgan har bir o'quvchi uchun unga zarur o'quv jadvalini nazarda tutadigan individual reja tuziladi. O'quv rejasi bola farovonligi uchun javobgar barcha jamoa tomonidan birgalikda tuziladi. Jamoaga o'quvchining o'zi, uning ota-onasi, u bilan ishlaydigan pedagog, mutaxassis va ekspertlar kiradi. O'quvchi hamma vaqt yoki faqat ayrim darslarga kelib, asosiy gurhda o'qishi mumkin. Maktab shtatida maxsus pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va maslahtchilar mavjud - ularning bari o'qituviga yordam ko'rsatadi. Maxsus o'qituvchi sinf o'qituvchisi va uning yordamchisiga ko'maklashish hamda maxsus guruh yoki yakka tartibdagi mashg'ulotlarga o'quvchi olish uchun asosiy guruhga kelishi mumkin. Dars o'tkazish jarayonida zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislar (logoped, LFK uslubshunosi) ham ishtirok etishlari mumkin, ammo, odatda ular davolashni individual asosda o'tkazadilar. [5]
Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalarida o'qitish ya'ni inklyuziv ta'lim uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish lozim:
-nogironlikni erta tashxis qilish;
-umumta'lim muassasalari binolarida alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshootlar)ni yaratish;
-korreksion yordamni amalga oshirishning markaziy tarmog'ini ko'paytirish;
-umumta'lim muassasalari va maxsus ta'lim muassasalari o'rtasida mustahkam aloqa o'rnatish, ya'ni —birodarlashgan muassasalar faoliyatini yuzaga keltirish;
-ayrim nogiron bolalarni umumta'lim muassasalari sharoitida o'qitishni tashkil etish maqsadida umumta'lim pedagoglari malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslaridan o'tkazish va ularni maxsus yordamchi vositalar, o'quv-metodik adabiyotlar, uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlash, shuningdek maktabda turli dasturlar yordamida ta'limni tashkil etish;
-barcha bolalar uchun ta'lim sharoitini yaratish va ta'lim samaradorligini oshirish;
- MTMda turli xil nuqsonli bolalarning xarakter va individual xususiyatlari, rivojlanishi haqida seminarlar, pedagogik kengashlar, davra suhbatlari o'tkazish, mutaxassislar tayyorlash;
- o'quv ish rejalarini tashkillashtirishda bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olib, ularga alohida yondashuvli ish rejalari ishlab chiqish;
- imkoniyati cheklangan bolalarning oilasi va MTM o'rtasida uzviy hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish;
- ota-onalarga inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
- imkoniyati cheklangan bolalarga qulay shart-sharoit yaratish, fazilatlarga yo'g'rilgan munosabatni rivojlantirish;
-sinf o'qituvchisiga maslahat va yordam berish;
-zaruriy o'quv qo'llanmalari va yordamchi materiallar bilan ta'minlash;
-ota-onalar, ko'ngillilar yoki katta o'qituvchilar tomonidan zarur bo'lgan yordamlarni ta'minlash;
-o'quv reja, dars jadvali, baholash mezonlariga moslashtirish va o'zgarishlarga ko'niktirish masalalarini shakllantirish;
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr
-o'qituvchilar ko'nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratish;
-faol qo'llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o'z ichiga olgan ijobiy maktab muhitini tashkil etish va ta'lim jarayonida do'stona munosabatni shakllantirish;
- bolalarni aniqlash va baholashda ma'muriyatga yordam ko'rsatish;
-ijtimoiy, psixologik va sog'liqni saqlash xizmatlarini muvofiqlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish;
-inklyuziv ta'limni qo'llovchi moliyaviy man'ba mexanizmini aniqlash, uni qonuniy jihatdan himoyalash; [6]
-alohida yordamga muhtoj bolalar bilan aloqador turli tashkilotlar, bo'limlarni birgalikda faoliyat ko'rsatishini, markaziy muvofiqlashtirish;
- davlatlararo keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish;
- imkoniyati cheklangan bolalar uzluksiz inklyuziv ta'limini takomillashtirish;
-metodik majmualar (dastur, darslik, o'kuv reja metodik qo'llanma; va tavsiyalar)
yaratish;
- yangi tahrirdagi DTSlarini maxsus ta'limga moslashtirish;
- imkoniyati cheklangan bolalarning umumta'lim maktablarida ta'lim olishlarini nuqson turiga ko'ra(ko'rish, eshitish, aqliy va nutqiy rivojlanishini) e'tiborga olgan holda individual rivojlantiruvchi variativ o'quv reja -dasturlarini ishlab chiqish;
- respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarga korreksion-pedagogik yordam ko'rsatishning markalashtirilgan bazasini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yaratish;
- inklyuziv ta'limni amaliyotga tatbiq etishda moliyaviy ta'minot va xususiy manba'lardan foydalanishni kengaytirish;
- inklyuziv maktab uchun kerakli moddiy-texnik ba'zani o'rganish bo'yicha takliflar kiritish;
- zarur bo'lgan yordamchi texnik vositalar bilan ta'minlash masalalarini davlat, davlatdan tashqari byudjetlar (xorijiy investitsiyalar, grantlari) asosida amalga oshirish;
- umumta'lim, maxsusta'lim pedagoglarini hamkorlikda faoliyat ko'rsatishini amalga oshirish va imkoniyati cheklangan hamda soglom tengdoshlari orasida do'stona munasabatni shakllantirish.
Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o'ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi. Har qanday jamiyatda har bir bola noyob, maxsus ehtiyojli bolalar esa boshqa bolalar singari huquq, ehtiyoj va intilishlarga ega degan dalilni idrok etish zarurati mavjuddir. Ushbu bilimlarni chuqurlashtirish bu imkoniyati cheklangan ish olib borish bola, oila, hamjamiyat darajasida hamma uchun muhimdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. PQ-4860.
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
3. Shomahmudova R.Sh. Inklyuziv ta'lim (Xalqaro va O'zbekistondagi tajribalar). Toshkent-2011.
4. Fayziyeva U., Nazarova D., Kolbayeva X. J. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limi. O'XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisef. XBJ.T.,2005
5. X.N.Muzaffarova, D.Tangirova "Inklyuzv ta'lim" fani bo'yicha o'quv metodik qo'llanma . Jizzax davlat pedagogika instituti. 2011 y.
6. "Inklyuziv ta'lim" fanidan o'quv-uslubiy majmua. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti. Toshkent -2014.