Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASHNING ASOSIY SHAKLLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASHNING ASOSIY SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6576
373
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim tashkiloti / oila / jamiyat / hamkorlik / kichik davlat – oila / ta’limtarbiya / o‘zaro munosabatlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxmudova Dilafruz Baltabayevna

Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatib beradi. Umuman,bola tarbiyasidamaktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyat ham birdek mas’ul.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASHNING ASOSIY SHAKLLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASHNING

ASOSIY SHAKLLARI Maxmudova Dilafruz Baltabayevna

Xalqaro Nordic universiteti "Psixologiya va maktabgacha ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10160114 Annotatsiya. Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o'z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko'rsatib beradi. Umuman,bola tarbiyasida- maktabgacha ta'lim, Oila va Jamiyat ham birdek mas 'ul.

Kalitso'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti,oila, jamiyat, hamkorlik, kichik davlat - oila, ta'lim- tarbiya, o'zaro munosabatlar

Аннотация. Роль внешней социальной среды и воспитания имеет решающее значение в психическом развитии человека и формировании личностных качеств. Это, в свою очередь, показывает, что роль семьи и общества в воспитании личности ребенка чрезвычайно велика. В целом семья и общество несут равную ответственность за образование ребенка - дошкольное образование.

Ключевые слова: организация дошкольного образования, семья, общество, сотрудничество, mалое государство - семья, воспитание, взаимоотношения.

Abstract. The role of the external social environment and upbringing is crucial in the mental development of a person and the formation ofpersonal qualities. This, in turn, shows that the role of the family and society in the upbringing of a child's personality is extremely large. In general, family and society are equally responsible for child education - pre-school education.

Keywords: preschool education organization, family, society, cooperation, small state -family, education, mutual relations

Kirish: Maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsadi: bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilarli amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti maktabgacha ta'lim ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashga doimo g'amxo'rlik qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatishi lozim.

Asosiy qism: Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Bolalar bog'chasi va oila o'rtasida hamkorlik o'rnatishda direktor, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do'st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a'zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan avval o'z oldiga aniq maqsad qo'yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o'ylangan bo'lishi kerak. Suhbat

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o'rtasida ishonchli aloqa o'rnatilishi darkor. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:

• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;

• maktabgacha tarbiya tashkilotlariining yillik ish rejasi to'g'risida;

• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo'lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila tarbiyasiga chambarchas bog'laydilar.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt bo'limga ajratadi:

1. "Tarbiyaning zamoni".

2. "Badan tarbiyasi"

3. "Fikr tarbiyasi".

4. "Axloq tarbiyasi" haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi. Shunday ekan, bola tarbiyasi bir vaqtning o'zida "Maktabgacha ta'lim", "Oila" va "Jamiyat" nuqtai-nazarida shakllanib boradi.

Biz oilani "davlat ichra kichik davlat"- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya'ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfùnuni bo'ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o'qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol va ma'naviy yetuk qilib o'stirish uchun, eng avvalo, ota - onaning o'zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota - onalar o'z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas'uliyati hamda qarindosh - urug'lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro'si farzand tarbiyasida ma'naviy ozuqa bo'ladi. Bu ma'naviy ozuqa bola tarbiyasida "ufq" ni ko'zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo'shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o'rnak bo'ladigan kishilardir. Bunday odamlar o'z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta'limda ham e'tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a'zolari bo'ladi.

Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta'sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tug'ilib o'sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri bo'lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta'lim- tarbiyaning ta'siridir va uchinchisi odamga nasliy yo'l bilan beradigan irsiy omillarning ta'siridir.

Bugungi kunda davlat va xususiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) xorijda jumladan, Turkiyada maktabgacha ta'limni turli darajadagi va bir-biridan farqli dasturlar bilan ta'minlovchi muassasalar sirasiga kiradi. Maktabgacha ta'limni qo'llash modellarini odatda ikkita guruhga bo'lish mumkin:

'Muassasa asosidagi ta'lim modellari" va 'Maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning muhitini qo'llab-quvvatlovchi ta'lim modellari".

Ijtimoiy xizmatlar va bolalarni himoya qilish muassasasiga qarashli maktabgacha ta'lim muassasalari- "kunduzgi markaz", "bolalar bog'chasi"," bolalar klubi" va "bolalar uyi" kabi turli

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

nomlarga ega. Ular 0-6 yoshdagi bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini himoya qilish va rivojlantirish, ularga asosiy qadriyatlar va odatlarni berish uchun tashkil etilgan. Bog'chalarda 0-3 yoshli bolalar, kunduzgi markazlarda esa 3-6 yoshli bolalar xizmat ko'rsatadi. Bu muassasalar birgalikda yoki alohida ochilishi mumkin. Bog'chalar: 0-12 yoshdagi himoyaga muhtoj bolalarning jismoniy, tarbiyaviy, psixologik-ijtimoiy rivojlanishini, ularning sog'lom shaxs va yaxshi odatlarga ega bo'lishini ta'minlashga mas'ul bo'lgan ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalaridir. SHÇEKning 2828-sonli Ijtimoiy xizmatlar va bolalarni himoya qilish agentligi qonunining 15-moddasi asosida tayyorlangan "Bolalar va bolalar bog'chalari to'g'risidagi Nizom"ga ko'ra, bu muassasalar onasi va otasi vafot etgan qarindoshlari tomonidan qaraladi; ota-onadan biri vafot etgan, ikkinchisi ishlayotgan; ajrashgan va ishlaydigan ota-onalar; Ota-onasi jiddiy ruhiy yoki jismoniy kasalliklarga duchor bo'lgan bolalar qabul qilinadi.

'Davlat xizmatchilari to'g'risida"gi Qonunga muvofiq ochilgan "Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida"gi Qonunning moddalariga ko'ra, "Davlat xizmatchilari uchun bolalar bog'chalari va ijtimoiy ob'ektlar mavjud bo'lgan joylarda tashkil etilishi mumkin. Ularni tashkil etish va ishlash tamoyillari va tartiblari Davlat Kadrlar Raisi va Moliya vazirligi tomonidan birgalikda tayyorlanadigan umumiy nizom bilan belgilanadi".Xodimlarning maktabgacha yoshdagi bolalari uchun rasmiy ish joylari va muassasalarida ochiladigan bolalar bog'chasi, ushbu Qonunning tegishli moddasidan kelib chiqqan holda ochiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolani va uning muhitini qo'llab-quvvatlovchi ta'lim modellari: Maktabgacha yoshdagi bolani va uning oilasini bolaga g'amxo'rlik va ta'lim nuqtai nazaridan qo'llab-quvvatlaydigan va ichki yoki tashqi muhitda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan barcha turdagi parvarish va ta'lim modellari bu guruhga kiradi.

Ona-bola ta'limi dasturi (MOCEP): Noqulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda yashovchi va bolalar bog'chasiga bormaydigan 6 yoshli bolalar va ularning onalari uchun ishlab chiqilgan dastur bo'lib, Milliy ta'lim vazirligining Shogirdlik va maktabdan tashqari ta'lim Bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan. Rasmiy ta'lim haftasiga 3 soatdan 25 hafta davomida olib boriladi.

Dastur uch qismdan iborat:

l.Onalarni qo'llab-quvvatlash dasturi,

2. Ruhiy qo'llab-quvvatlash dasturi,

3. Reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish (Bekman va Gürlesel, 2005).

Xulosa: Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o'z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko'rsatib beradi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta'lim, Oila va Jamiyatning ham birdek hissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta'lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta'limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o'yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o'zaro munosabatlarda qo'llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi.

Oiladagi ta'lim jarayonining boshlanishi va oxiri chegarasi yo'q. Bolalar uchun ota-onalar hayotning idealidir, bolaning nigohidan hech narsa bilan himoyalanmagan. Oilada ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining sa'y-harakatlari muvofiqlashtiriladi: maktablar, o'qituvchilar, do'stlar. Oila bola uchun u o'z ichiga olgan hayot modelini yaratadi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. Xalq so'zi gazetasi 2017.16-y

2. "Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi" Toshkent-2017-yil

3. Dunyo va Turkiyada Boshlang'ich ta'lim. Anqara: PEGEM nashrlari. YuNESKO (2000).

4. Dakar harakat doirasi. Jahon ta'lim forumi, 2000 yil 26-28 aprel, Dakar, Senegal. UNICEF (1990).

5. Pedagogika fanidan izohli lug'at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X. To'raqulov, O. Hasanboyeva, N. Usmonov).T., «Fan va texnologiyalar», 2009.

6. Sodiqova SH.A. "Maktabgacha pedagogika", "Tafakkur sarchashmalari" - Toshkent 2013 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.