Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI.'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
749
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
psixologik yordam / bolalar psixologiyasi / maktabgacha ta’lim tizimi / shaxsiy yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna, Egamberdiyeva Maftuna Karimbayevna

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida ta’limning birinchi bosqichi maktabgacha ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan ekanligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish va bu sohani yanada rivojlantirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida. Bolalarni MMTT sharoitida adaptatsiyalashuv jarayonining samarali kechishida ota-ona va oilada olib boriladigan jarayonning tashkillashtirilishida psixologik yordamning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI.»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI.

JRazzoqova Mahliyo Qosimjonovna, 2Egamberdiyeva Maftuna Karimbayevna

1,2NORDIC universiteti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10160126

Annotatsiya. Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi maktabgacha ta 'limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan ekanligi. Maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni yo 'lga qo 'yish va bu sohani yanada rivojlantirish uchun ko 'pgina imkoniyatlaryaratilayotganligi haqida. Bolalarni MMTT sharoitida adaptatsiyalashuv jarayonining samarali kechishida ota-ona va oilada olib boriladigan jarayonning tashkillashtirilishida psixologik yordamning zamonaviy usullari haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar:psixologik yordam, bolalarpsixologiyasi,maktabgacha ta'lim tizimi, shaxsiy yondashuv.

Аннотация. Данная статья посвящена первому этапу образования в Республике Узбекистан, который считается дошкольным образованием, и является одной из главных задач государственной политики в области развития дошкольного образования. В статье рассказывается о создании психологической службы в дошкольных образовательных учреждениях и о создании множества возможностей для дальнейшего развития этой области. Описываются современные методы психологической помощи в процессе адаптации детей в условиях МДО, которые проводятся родителями и семьей.

Ключевые слова: психологическая помощь, детская психология, система дошкольного образования, личностное развитие.

Abstract. This article is dedicated to the first stage of education in the Republic of Uzbekistan, which is considered to be preschool education, and is one of the main tasks of the state policy in the field ofpreschool education development. The article discusses the creation of a psychological service in preschool educational institutions and the creation of many opportunities for further development of this area. It describes modern methods ofpsychological assistance in the process of adapting children in the conditions of preschool educational institutions, which are carried out by parents and family.

Keywords: psychological help, child psychology, preschool education system, personal development.

Kirish. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullari, bolalar psixologiyasini yanada rivojlantirish uchun ko'pgina imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu maqolada, biz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullarini ko'rib chiqamiz.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar bilan ishlash jarayonida katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning vaqtini mazmunli o'tkazishni ta'minlashdan tashqari ularning psixologik holati, katta bo'lish jarayonlarida tashqi ta'sirlarga reaktsiyasini o'rganib ular bilan ishlaydigan malakali psixolog mutaxassislar ishlamoqda.

Xususan , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizmini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi" PF-5198-sonli farmoni,

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizmini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi 2019-yil 10-maydagi PQ- 4312/3106-sonli qarori maktabgacha ta'lim tizmini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ushbu xujjatlarning barchasi maktabgacha ta'lim tizmini tubdan isloh qilish, ularni zamonaviy texnik baza bilan, malakali pedagoglar bilan ta'minlash vazifalari belgilab berilgan buning uchun albatta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom psixologik muhitni ta'minlash, psixologik xizmat sohasini yo'lga qo'yishni takomillashtirish muhim hisoblanadi.

Tahlil va natijalari.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik yordam tizimi bolalar, ota-onalar va tarbiyachilar uchun rivojlanish, ta'lim-tarbiya, moslashuv, har bir o'tish yosh davri bo'yicha o'z vaqtida malakali maslahat, uslubiy, psixodiagnostik va psixokorreksion yordam berishi aniq.

Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari psixologi quyidagi yo'nalishlar asosida ish olib borsa samarali natija beradi.

1.Psixologik ma'rifat.

2.Psixologik oldini olish.

3.Psixologik dianostika.

4.Psixologik tuzatish.

5.Psixologik maslahat.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning asosiy maqsadi bolalarning shaxsiy rivojlanishini ta'minlash, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvini yaxshilash va ularning psixologik salomatligini saqlashdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullarini ko'rib chiqar ekanmiz, albatta jarayonning borishi shu sohaning yetuk mutaxasislari bilan nazorat ostida qilinishi kerak bo'ladi.

Psixologik Tashviqot

Psixologik Profilaktika

Psixologik Maslahat

Psixologik-Pedagogik Konsilium

D iagnostik-Korre kts ion Ishlar

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni ko'rsatishning zamonaviy usullari quyidagilardan iborat: Psixologik Profilaktika Psixologik proflaktika, o'quvchilarning muammolari bilan shug'ullanish va ularni oldini olish uchun zarur bo'lgan ishlar. Bu jarayon o'quvchilarning muammolari bilan shug'ullanish va ularni oldini olishga yordam beradi

Psixologik Maslahat Psixologik maslahat, o'quvchilarga va ularning oilalariga psixologik maslahat berish uchun zarur bo'lgan ishlar. Bu jarayon ota-onalarga va pedagoglarga bolalar bilan ishlashda kerak bo'ladigan psixologik bilim va ko'nikmalarni beradi

Psixologik-Pedagogik Konsilium Psixologik-pedagogik konsilium, pedagogik jamoada sog'lom psixologik muhitni yaratish va qo'llab-quvatlash jamoa a'zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish.

Diagnostik-Korrektsion Ishlar Diagnostik-korrektsion ishlar, o'quvchilarning aqliy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan ishlar. Bu jarayon o'quvchilarning aqliy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashga yordam beradi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

1. Psixologik xizmat tashkil etishning maqsadi va vazifalarini belgilash: Bu,

bolalar uchun qanday yordam ko'rsatish kerakligini aniqlash uchun muhimdir. Misol uchun, bolalar uchun ijtimoiy ko'nikmalar yoki o'zaro munosabatlar bo'yicha ko'nikmalar rivojlanishi mumkin.

2. Bolalar psixologiyasining xususiyatlarini hisobga olish: Psixologik xizmatlar bolalarning yoshiga, jismoniy va psixologik rivojlanishining darajasiga mos kelishi kerak.

3. Shaxsiy yondashuv: Har bir bola bilan ishlashda uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini va ehtiyojlarini hisobga olish kerak.

4. Oila bilan hamkorlik: Oila a'zolari bilan ishlash, ularni tarbiyalovchi jarayonda faol qatnashuvchilar sifatida o'rganish.

5. Jamoa ishi: Maktabgacha ta'lim muassasasidagi barcha xodimlar bilan hamkorlikda ishlash.

6. Taqiqot va monitoring : Psixologik xizmatning samaradorligini baholash uchun taqiqot va monitoring amalga oshirilishi kerak. Bu, xizmatning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Bu prinsiplar asosida, psixologik xizmatni tashkil etishning natjalari bo'ladi. Shu bilan bir qatorda individual va guruhda mashg'ulotlar o'tkazish, psixologik ko'nikmalarni rivojlantirish uchun o'yinlar va mashg'ulotlar tashkil etish, oila a'zolari bilan ishlash va ularni psixologik

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

masalalarda ko'rsatma berish. Bu yordamchi usullar yordamida, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uchun mukammal va samarali psixologik xizmat tashkil etish mumkin. Xulosa

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya olish jarayonidagi moslashuvini yengillashtirish va sifatni oshirishga erishish mumkin. Shu bilan birga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya beruvchi shaxslar ya'ni pedagoglarning bolalar, ularning ota-onlari va psixolog bilan birgalikdagi hamkorlik ishlarini tashkil etishda samarali usullar keltirib o'tilgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni sifatli yo'lga qo'yish uchun albatta yuqorida keltirib o'tilgan usullardan foydalanish samarali natija beradi. Psixologik xizmat ko'rsatishni pedagog xodimlarning o'zlari ham kuzatuv ostida har bir bola bilan individual ravishda olib borishlari ularning o'z sohalariga yanayam ma'suliyat bilan yondashuvlarini ta'minlab erishi aniq.

REFERENCES

1. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017.

2. Yadgarova G.T. —Tarbiyasi qiyin guruhga mansub bolalar bilan ishlash, uslubiy qo'llanma, -Toshkent, 2007 yil.

3. G'oziev E. Pedagogik psixologiya asoslari. - T.: O'qituvchi, 2000 y.

4. Asadov Y.M. Ruhiy holatlar diagnostikasi va korreksiyasi. -T., 2000 y.

5. Akimova M.K., K.M.Gurevich. Psixologicheskaya diagnostika. -Moskva, 2005

6. Maksakov A. I. Pravilno li govorit vash rebenok. - M.: Mozaika-Sintez, 2005-2010.

7. Maksakov A. I. Vospitanie zvukovoy kulturbi rechi doshkolnikov. - M.: Mozaika-Sintez, 2005-2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.