Научная статья на тему 'O`QUVCHILARNI TA`LIM JARAYONIDA KASB HUNARGA YO’NALTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLAR'

O`QUVCHILARNI TA`LIM JARAYONIDA KASB HUNARGA YO’NALTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
65
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’quvchi / ta`lim / kasb-hunar / ijtimoiy-psixologik / qiziqish / qobiliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldasheva Nafisaxon Kabilovna

Ushbu maqolada o’quvchilarni ta`lim jarayonida kasb hunarga yo’naltirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari, kasbga yo’naltirishda maktab psixologi, ota-onalarning o’zaro hamkorligi kasbiy o’zlikni anglash haqida atroflicha fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARNI TA`LIM JARAYONIDA KASB HUNARGA YO’NALTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLAR»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

OQUVCHILARNI TA LIM JARAYONIDA KASB HUNARGA YO'NALTIRISHNING

PSIXOLOGIK JIHATLAR Yuldasheva Nafisaxon Kabilovna

Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159909

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarni ta'lim jarayonida kasb hunarga yo'naltirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari, kasbga yo'naltirishda maktab psixologi, ota-onalarning o'zaro hamkorligi kasbiy o'zlikni anglash haqida atroflicha fikr bildirilgan.

Kalit so'zlari: o'quvchi, ta'lim, kasb-hunar, ijtimoiy-psixologik, qiziqish, qobiliyat

Аннотация. В данной статье даны социально -психологические аспекты профориентации учащихся в образовательном процессе, школьного психолога в профориентации, взаимного сотрудничества родителей, понимания профессиональной идентичности.

Ключевые слова: студент, образование, профессия, социально -психологический, интерес, способности.

Abstract. In this article, the socio-psychological aspects of the vocational guidance of students in the educational process, the school psychologist in the vocational guidance, the mutual cooperation ofparents, and the understanding of the professional identity are given.

Keywords: student, education, profession, socio-psychological, interest, ability.

Kirish. O'quvchilar yoshligida kelgusida kim bo'lish masalasiga qiziqish ko'rina boshlaydi. Ulardagi bunday qiziqish o'z ota-onalari va katta yoshdagi maktabdoshlarining ta'siri bilan, shuningdek, turli kasbdagi kishilar: binokorlar, vrachlar, o'qituvchilar, traktorchilar, kombaynchilar, o'quvchi va boshqalarning qilgan ishlarini kuzatishlari natijasida paydo bo'ladi. Bu boradagi o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning "O'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" 1186/20-5-sonli qarori shu sohada muhim vazifalar sifatida belgilandi, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi, Respublika tashxis Markazi buyruqlari, me'yoriy xujjatlari va metodik tavsiyalari asosida barcha darajadagi tashxis markazlari tomonidan tashkil etiladi va bevosita ta'lim muassasalarining psixologlari tomonidan amalga oshiriladi [1].

Kelgusida bunday kasb-hunar egasi bo'lish masalasi dastlab bolalarning faqat orzu-xayoli, bolalar ideali sifatida voqe bo'ladi. Boladagi kasbga bo'lgan dastlabki qiziqishlar hali ularning o'qib-o'rganayotgan fanlari bilan bog'lanadi. Shuning uchun ham ulardagi bunday qiziqish ularning dars o'zlashtirishlariga ta'sir ko'rsatmaydi.

Tahlil va natijalari:

Tadqiqotlarimiz natijasiga ko'ra, V-VIII sinf o'quvchilaridagi kasbga bo'lgan qiziqishlarning o'sishi uchun o'quv mashg'ulotlari bilan bir qatorda, turli to'garaklarda: texnika, adabiyot, san'atshunoslik singari to'garaklarda o'tkaziladigan mashg'ulotlar ham katta ahamiyatga ega.

O'quvchilarda paydo bo'la boshlagan kasbiy qiziqishlar ma'lum bir to'garakni tanlashda aniqlanadi, to'garaklardagi mashg'ulotlar vaqtida esa bu qiziqishlar o'sib mustahkamlanadi, ancha barqaror tus olib boradi.

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

O'quvchilar maktab yoshida bilim va tajribalar to'plashi, umumiy aqliy saviyasining kengayishi munosabati bilan atrofdagi kishilar bilan ancha va murakkab aloqa bog'lay boshlaydilar, hayotning turli sohalari va faoliyat turlari bilan tanishadilar, xilma-xil qiziqishlarga ega bo'lgan kishilar bilan uchrashadilar va har xil kasblar bilan tanishadilar. Bularning hammasini o'quvchilar faqat o'zlarining bevosita kuzatishlari yo'li bilangina bilib qolmay, balki kattalarning hikoyalaridan, o'zlarining o'qigan kitoblaridan ham bilib boradilar.

Shunday qilib, o'quvchilarda muayyan o'quv fanlariga yoki umuman bilimga bo'lgan bevosita qiziqishlar bilan birga muayyan kasbga, hayotning muayyan sohasiga qiziqish mana shunday vujudga keladi.

Bolalarda paydo bo'lgan kasbga qiziqish esa, o'z navbatida, tanlagan kasbni egallashning sharti bo'lgan muayyan bilimlarga qiziqishni aktivlashtiradi.

Maktab bolalaridagi qiziqishlar faqat yuqorida bayon etilgan tartibdagina hosil bo'lishi shart emas, balki boshqa yo'llar bilan ham hosil bo'lmog'i mumkin: chunonchi, bolada turli faoliyatga, kasbga qiziqish dastlab atrof-muhitning ta'siri bilan hosil bo'lmog'i va so'ngra bu qiziqish bilimga, o'quv faniga, to'garak mashg'ulotlariga qaratilmog'i mumkin. Bunday qiziqishlar o'qish va to'garak mashg'ulotla riga qatnash davomida yana mustahkamlanib, qat'iylanib, ancha kuchli va barqaror tus olmog'i mumkin.

V-VI sinf o'quvchilaridagi qiziqishlar hali uncha barqaror bo'lmaydi. Bunday qiziqish -havaslar ko'pincha birdaniga boshlanib ketadi va shuningdek, tez yo'qolib ham ketadi. Boladagi bir qiziqish o'rnini boshqa bir qiziqish egallaydi. Shuning uchun ham qiziqishlarni tarbiyalash, ya'ni bolada ijobiy barqaror qiziqish-havaslar paydo qilish zarurdir.

Albatta, to'g'ri yo'lga qo'yilgan ta'lim ishlarining o'ziyoq o'quvchilarda qiziqishlar tarbiyalaydi. Har qaysi o'quv fani va har qanday bilim qiziqarlidir. O'quvchilarda qiziqish paydo qilish va uni barqaror qilish o'qituvchilarga bog'liq. O'quvchilarda qiziqish paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolish uchun avvalo o'qitiladigan darslarning emotsional, yorqin va jonli bo'lishi, o'quvchilarga beriladigan materiallarni amaliyot bilan bog'lab borish, so'ngra esa o'qib o'rganiladigan fanlarni turmushning turli sohalaridagi rolini, ko'rilishimizdagi ahamiyatini bilimlarning kelgusida kasb egallash va ma'lumotni oshirish uchun zarurligini anglab olishi katta ahamiyatga egadir.

Masalan, fzika darsida M.G.Davletshin tomonidan mahsus psixologik tajribalar o'tkazilib, bunda u fizikaning texnikada qo'llanishiga o'quvchilar e'tiborini jalb etish yo'li bilan maktab bolalarida texnikaga qiziqish ancha ortganligini ko'rsatadi. Texnikaga qiziquvchi o'quvchilar soni 14% ga oshdi. Shu bilan bir qatorda tajriba olib borilgan gruppadagi o'quvchilarning qiziqishi chuqur bo'lganligi va bundagi motivlar ham ancha ongli bo'lganligi aniqlangan. Fizika fanini o'qitishda bunday ishlar olib borilmagan gruppa o'quvchilarida esa texnikaga qiziqish ancha past bo'lganligi aniqlangan.

O'quvchilarda fanga qiziqishni paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolishda o'qituvchining fanga bo'lgan munosabati katta rol o'ynaydi. Agar o'qituvchi o'z fanini sevsa, unga qiziqsa, u vaqtda o'qituvchilarda ham shu fanga ko'p darajada barqaror qiziqish, umuman va shu bilim bilan bog'liq bo'lgan vaziyatda qiziqish-havas paydo bo'ladi. O'smirlik davrida fanga bo'lgan qiziqish mustahkamlanish bilan birga, kelajak kasbga birmuncha barqaror qiziqish shakllana boshlaydi[5].

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

VII-VIII sinf o'quvchilari kelgusida o'zlarining qiladigan ishlari va kasblari to'g'risida jiddiy o'ylay boshlaydilar. 14-15 yoshdagi o'smirlarning kelajagi masalasi oila sharoitida ham jiddiy muhokama mavzui bo'lib qoladi.

IX sinflarda kasb tanlash o'quvchilarning asosiy masalasi bo'lib qoldi. Ular o'qishni davom ettirib, to'liq o'rta ma'lumot olsammikan, yoki biron kasb hunar maktabiga kirib o'qisammikan, yo bo'lmasa, korxonaga ishga kirsammikan degan masala ustida o'ylanad ilar. Bordiyu, o'quvchi o'qishini davom ettirishga qaror qilgan bo'lsa, u vaqtda uning oldida qanday ishlab chiqarish ixtisosi beradigan o'rta maktabga kirsammikan, degan masala tug'iladi. Agar o'quvchi ishlab chiqarishga kirishga jazm qilsa, u vaqtda qanday korxona va qanday ixtisosni tanlashim kerak, degan savolni hal etishi kerak bo'ladi. Ishlab chiqarishga kirishni qaror qilgan o'smirlarimizning ko'pchiligi ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'rta maktabda o'qishni ham davom ettirishga qaror beradi.

O'smirlar o'zlariga kasb tanlab olishda, albatta, ota-onalarining, yaqin kishilarining, birinchi navbatda, o'qituvchilarining, tarbiyachilarining yordamlariga (maslahatlariga, yo'l-yo'riq ko'rsatmalariga) muhtoj bo'ladilar. Albatta, bola o'z qobiliyati va kuchiga muvofiq keladigan va ma'lum darajada tanish bo'lgan kasbni tanlasa yaxshi bo'ladi. Kishi o'zi mashg'ul bo'ladigan ishini sevsa, bu ish unga xursandlik, mamnunlik bahsh etadi, kishi juda katta tashabbus ko'rsatadi, charchamay, g'ayrat bilan ishlaydi»[2].

O'qituvchining dars jarayonida o'quvchilarga beradigan bilimlarini va amaliyot bilan yaxshilab olib boradigan va ilmiy, texnika, badiiy to'garaklar yaxshi yo'lga qo'yilgan maktablarda bolalar ancha to'g'ri va muvaffaqiyatli ravishda kasb tanlashlari mumkin. Kasb tanlash masalalariga bag'ishlab mahsus tashkil etiladigan ma'ruza, suhbat va ekskursiyalar o'quvchilarga katta yordam beradi.

Yuqori sinf bolalari hayotida kasb-hunarga qiziqishlari katta o'rin egallaydi.

Maktablarimizning hozirgi vaqtdagi vazifasi o'quvchilarga faqat nazariy bilimlar berishgina bo'lmay, balki ularni turmushga konkret mehnatga tayyorlash hamdir. Katta yoshdagi o'quvchi bolalar maktabni bitirgach o'zlarining unumli mehnatda ishtirok etishlari kerakligini yaxshi biladilar. Shuning uchun ular o'qib turgan vaqtlaridayoq ishlab chiqarishga qatnashuvlari lozimligini tushunadilar. Lekin o'smirlar faqat yaqin kelajakdagi hayot va faoliyatlari to'g'risidagina emas, balki uzoq kelajakdagi hayot va faoliyatlari to'g'risida o'ylash va orzular qilishga moyil bo'ladilar.

Shuning uchun ham, o'rta maktabning yuqori sinflarida o'qib yurgan paytlarida o'quvchilarning birlari maktabni bitirish bilan bir-ikki yil ishlab, mehnat stajiga ega bo'lgach, tegishli oliy maktabga kirishga, ikkinchi birlari esa ishga kirib, ishlab chiqarish ishini kechki yoki sirtqi oliy maktablarda o'qish bilan birga qo'shib olib borishga qaror beradilar. Qishloq o'rta maktablarini bitiruvchi yigit-qizlarimizning ichida maktabni tamomlagach, o'z qishloqlarida qolib ishlashga jazm qiluvchilar oz emas. Bunday yoshlarimizning ko'pchiligi o'z ishlarini sirtqi o'qish, ayniqsa qishloq xo'jaligi oliy maktablarida sirtqi o'qish bilan birga qo'shib olib borishga qaror beradilar. Umumiy ta'lim maktabini tamomlovchi yoshlarimizning ko'pchiligi o'z ixtisoslarini to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarishga, o'zlarining amaliy mehnat faoliyatlari jarayonida oshirishni ko'ngillariga tugib oladilar[3].

Katta yoshdagi o'quvchilarga, shuningdek VII - IX sinf o'quvchilariga ham bo'lg'usi kasbni tanlashda ota-onalari, o'qituvchilari va boshqa yaqin kishilari yordamlashadilar, yuqori sinf o'quvchilari ular bergan maslahat va ko'rsatmalarini hisobga olib, ko'pchilik hollarda qat'iy

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

qarorni o'zlari qabul qiladilar. Ular bu qarorni qabul qilishda amal qiladigan motivlarini asoslab bera oladilar.

Yuqori sinf o'quvchilari har xil kasblardan, ayniqsa o'zlari tanlagan kasblardan yaxshi habardor bo'ladilar. Ular o'zlariga biron bir kasbni tanlabgina qolmay, balki shu bilan bir qatorda bu tanlangan kasblari qanday bilimlar talab etishi va shu kasbning qay sohada ko'proq foyda keltirishi masalalari bilan ham qiziqadilar.

Xulosa: O'qituvchilarda kelajakda kasbga yo'naltirish jarayonida ayrim fanlarga, ayniqsa o'zlari tanlagan kasb bilan bog'liq bo'lgan fanlarga bo'lgan qiziqishlarini aktivlashtiradi. Shu bilan birga yuqori sinf o'quvchilarining o'zlariga oldindan kasb tanlashlari, shu haqda o'ylash, fikr yuritish jarayonining o'zi ularning xarakterlarini tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi.

O'quvchilarning qiziqishlari ularning qobiliyatlarining o'sishi, dunyoqarashning tarkib topishi munosabati bilan o'sib boradi. Yoshlarimizning qiziqishlari g'oyat xilma-xildir. Lekin ulardagi bu xilma-xil qiziqishlar jamiyatimizni yana ham gullab yashnashida umumiy maqsadlar bilan qo'shilib boradi.

REFERENCES

1. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi. Toshkent 1999.

2. Davletshin M.G. Psixologiyadan qisqacha izohli lug'at. Toshkent. 1999.

3. G'oziev EG'., Mamedov K.Q. Kasb psixologiyasi. Toshkent 2003.

4. G'oziev E.G'. Kasb va shaxs. Toshkent 1996.

5. G'oziev E.G'. va b. Kasb psixologiya kursidan ma'ruzalar matni. Toshkent 2000.

6. Qodirov B.R., Qodirov K.R. "Kasbiy tashxis metodikalari" Toshkent-2000y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.