Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISHNING O'ZIGA XOS MEXANIZMLARI'

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISHNING O'ZIGA XOS MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
3195
260
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKTABGACHA TA'LIM / PSIXOLOGIK XIZMAT / PSIXOLOGIK TASHVIQOT / PSIXOLOGIK PROFILAKTIKA / PSIXOLOGIK MASLAHAT / PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK KONSILIUM / DIAGNOSTIK-KORREKTSION ISHLAR

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Isroilova N.A.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktabgacha ta'limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lib kelmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari amalga oshirilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISHNING O'ZIGA XOS MEXANIZMLARI»

N.A. Isroilova

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISHNING O'ZIGA XOS MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta 'lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko 'rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktabgacha ta'limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo 'lib kelmoqda. Shu bilan birga, mamlaka-timizda maktabgacha ta 'lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta 'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamo-naviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta 'minlash, maktabgacha ta 'lim sifatini oshirish, ta 'lim-tarbiya jarayoniga ilg 'or xorijiy tajriba-larni joriy etishga qaratilgan keng ko 'lamli islohotlari amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, psixologik xizmat, psixologik tashviqot, psixologik profilaktika, psixologik maslahat, psixologik-pedagogik konsilium, diagnostik-korrektsion ishlar.

Bugungi kunda ta'lim tizimiga berilayotgan e'tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Faqaqtgina ularning in-shootlarigina yangilanib qolmasdan, balki ularning ichki muhitida ham tub burilishlar sodir bo'lmoqda. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707- sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5198- sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil-10 maydagi PQ-4312/3106-sonli qarori maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora- tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ushbu hujjatlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tubdan isloh qilish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, malakali pedagogolar bilan ta'minlash, innovatsiyalarni joriy etish vazifalari belgilab berilgan. Buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom psixologik muhitni ta'minlash, psixologik xizmat sohasini yo'lga qo'yish takomillashtirish muhim hisoblanadi1. Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko'rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo'ldi.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko 'rsatmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:

4- maktabgacha ta'lim sohasidagi nomiativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

-I- maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlan-islii uchun shart-sharoitlar yaratish;

-I- bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoni-yatlarini ta'minlash mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

-I- maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

4- maktabgaclia ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoli-yatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;

© N.A. Isroilova, 2022.

1 A.O.Shukurullayev "Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom psixologik muhitni ta'minlash va psixologik xizmat sohasini takomillashtirish yo'llari" nomli maqola

-I- maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ma-lakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;

-I- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning sog'lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy nazoratni joriy etish1 kabi masalarning ijrosini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Psixologik xizmatning maqsadi tarbiyalanuvchilarning ma'naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs si-fatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo'yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta'lim jarayonida o'zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoni-yatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Maktabgacha ta'lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali o'quvchilarda kasb-hunar liaqidagi tushunchalarni sliakllantirish;

-I- tarbiyalanuvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to'g'ri tanlaslilariga ko'maklasliish;

-I- turli yosh davrlarida tarbiyalanuvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihat-dan kuzatib borish, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo'lishi mumkinbo'lgan har qanday salbiy og'ishlarning oldini olish;

tarbiyalanuvchilar ta'lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiya-lash ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo 'yiclia tadbirlarni taslikil etish va amalga osliirish;

4- pedagogik jamoalarda sog'lom psixologik muhitni yaratish va qo'llab-quwatlash jamoa a'zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;

-I- iste'dodli va iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o'rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sha-roitlar yaratish;

-I- axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog'ining salbiy ta'siri, bolalar tarbiyasiga xavf solayotgan "ommaviy madaniyat"ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish;

-I- pedagog xodimlar, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko'maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta'min-lash.2

Psixolog o'zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv -tarbiya jarayonini tashkil etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.

Psixologik xizmat uch asosiy bo'g'indan tuzilgan:

1) Aniq o'quv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi,

2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi.

3) Respublika kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi.3

O'zbekiston ta'lim muassasalarida psixologik xizmat quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

1. Psixologik tashviqot

2. Psixologik profilaktika

3. Psixologik maslahat

4. Psixologik-pedagogik konsilium

5. Diagnostik-korrektsion ishlar

Kuzatish natijasida maktabgacha ta'lim va umumiy o 'rta ta'limda psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun bir necha muammolar xalaqit beradi. Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotida:

- psixolog bolalar bilan faoliyatni kunning qaysi vaqtida amalga oshirilishi lozimligi haqida hozirgacha aniq ko'rsatma mavjud emas;

- kunlik mashg'ulotlar jadvalida psixolog uchun alohida vaqt ajratilmagan;

- ota-onalar uchun psixologik maslahatni qaysi payt amalga oshirish kerak?

1 Lex.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga 1-ILOVA

3 Aim.uz

Maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi ish rejasini tuzishda quyidagi maqsadlarni belgilab olishi maqsadga muvofiq:

a) 6 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda psixologik muammolar;

b) bolalarni maktabga pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlashda tarbiyachi va psixologning hamkorligi;

c) maktabgacha ta'lim tashkilotlarida iqtidorli bolalar bilan ishlash;

d) maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarida ijtimoiy-hissiy rivojlanish ko'rsatkichlari;

e) maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi ishlarini rasmiylashtirish, hujjatlar bilan ishlashda axborot texnologiyalarining o'rni.

Maktablarda psixologik xizmatni samarali amalga oshirish o'quvchilarni kelgusida ruhiy va ma'naviy ri-vojlanishiga munosib hissa qo'shadi. Ayniqsa, o'smirlar va o'spirinlarda bo'ladigan jismoniy va fiziologik o'zga-rishlar ularning ruhiyatiga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. O'quvchilar o'zlari buni anglab yetishga qiynaladilar. Ho-zirgi o'smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o'sish oldinroq namoyon bo'lmoqda. Shu sababli bizda o'g'il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o'smirlik yoshida deb hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti singari maktablarda ham psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun to ' siq bo'layotgan omillar bor. Masalan, maktab fanlariga psixologiyaga oid fan kiritilmagan yoki psixolog uchun alohida soat ajratilmagan. Shuning uchun psixo-log psixodiagnostik ishlarni amalga oshirishda, psixologik trening mashg'ulotlarni o'tishda qaysidir fan mashg'ulotini buzishga majbur bo'ladi. Maktabda qarama-qarshi jins vakillari bilan psixologik maslahat ishlarini olib borish ham murakkablik tug'diradi. Ayniqsa, psixolog erkak kishi bo'lsa, o'quvchi qizlar o'z muammolarini aytgani qiynaladilar. Ko'p holatlarda esa aytmaydilar ham.1 Har qanday muammoni qisqa vaqt ichida bolaga azob-uqubat va og'riq keltirmasdan ilgari hal qilish, yuzaga kelgan muammolarni ota-onalarga yetkazish va hamkor-likda ish olib borishdir. Ko'pgina bolalar muammolari faqat vaqtinchalik va psixologning qisqa muddatli ishini talab qiladi. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologidan qisqa muddatli ish dasturini tuzib chiqishni talab qiladi va ayni chog'da individual tarzdagi maxsus dastur bo'lishi kerak. Bolalar bir marotaba psixolog xizmatidan baxra olgandan so'ng va uning natijasi ijobiy tomonga o'zgarganini his qilsalar, nafaqat maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologiga nisbatan ishonch, mehr, sevgi, hayrixohlik va albatta yuksak hurmat bildiradilar, balki, maktabgacha tashkilotga va u yerdagi tarbiyachilarga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo'ladilar. Shu sababdan psixolog individual va guruhli ishlash jarayonida hech bir holatni va bolalar xususiyatini ko'zdan qochirmasligi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'quv-tarbiya jarayonini individuallashtirish psixologning har bir bolaning ruhiy salomatligi va rivojlanishining to'laqonli bo'lishini ta'minlaydigan faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bola ruhining individual, rasmiy-dinamik xususiyatlarini hisobga olish alohida o'rin tutadi, bolalarning aqliy holati, jarayonlari, xatti- harakatlari va faoliyatining dinamikasini aniqlaydigan turli xil temperamentdagi bolalar bilan muayyan strategiya va taktikalarni ishlab chiqish hisoblanadi. Yangi O'zbekiston barpo etilayotgan bir davrda har bir kichik yoshdagi bolaga, bog'cha tarbiyalanuvchisiga, maktab o'quvchisiga e'tibor qaratish mu-him vazifadir. Ularning arzimasdek ko'ringan kichik xatti- harakatlari, qaysarlik yoki erkaliklari yo bo'lmasa o'zlariga xos bo'lgan araz-ginalariga ota-onalari, tarbiyachi yoki o'qituvchilari, ta'lim muassasasiga biriktirilgan psixologlar tomonidan o'z vaqtida yetarlicha e'tibor qaratilmasa, bular bola ruhiyatining sinishiga, ularning psixi-kasida o'zgarishlar bo'lishiga sabab bo'ladi.

O'z ishining mohiri bo'lgan psixolog uchun maktabgacha ta'lim muassasasida yetarlicha shart-sharoit ya-ratib berilsa, uning bolalar bilan ko'proq muloqotda bo'lishi uchun vaqt ajratilsa, yoki psixolog tomonidan bo-lajonlar bevosita kuzatib borilsa, vaziyatga mos choralar amalga oshirilsa ,albatta, o'z ijobiy natijasini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Lex.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

2.Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga 1-ILOVA

3.O.A.Shukurullayev Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom psixologik muhitni ta'minlash va psixologik xizmat sohasini takomillashtirish yo'llari.

4.Maxamadin Sotvoldiyevich Bannayev O'zbeksitonda maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari..

5.Aim.uz

6.Ziyo.net

ISROILOVA NA VRO'ZA ABDULHAMID QIZI - maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasi magistranti, Namangan davlat universiteti.

1 M.S.Bannayev O'zbeksitonda maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari. Maxamadin Sotvoldiyevich Bannayev

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.