Научная статья на тему 'RADIODASTURDA JURNALIST NUTQIGA QO’YILADIGAN TALABLAR'

RADIODASTURDA JURNALIST NUTQIGA QO’YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1622
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / radiodastur / sof nutq / radioboshlovchi / aniqlik / radiointervyu / axborot. / language / radioprogram / pure speech / radiostarter / accuracy / radiointerview / information.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Qobilova

Ushbu maqolada jurnalistning radiodasturlardagi nutqida nimalarga e’tibot qaratishi lozimligi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR THE SPEECH OF A JOURNALIST IN A RADIO PROGRAM

This article discusses what should be paid attention to in the speech of a journalist in radio programs.

Текст научной работы на тему «RADIODASTURDA JURNALIST NUTQIGA QO’YILADIGAN TALABLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

RADIODASTURDA JURNALIST NUTQIGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Qobilova Mahbuba Mo'minjonovna

Denov tadbirorlik va pedagogika instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi

staj yor o' qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6990825

Annotatsiya. Ushbu maqolada jurnalistning radiodasturlardagi nutqida nimalarga e 'tibot qaratishi lozimligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: til, radiodastur, sof nutq, radioboshlovchi, aniqlik, radiointervyu, axborot.

ТРЕБОВАНИЯ К РЕЧИ ЖУРНАЛИСТА В РАДИОПЕРЕДАЧЕ

Аннотация. В данной статье рассматривается, на что следует обрадить внимание журналисту в своем выступлении на радиопередачах.

Ключевые слова: язык, радиопрограмма, чистая речь, радиоведуший, точность, радио интервью, информация.

REQUIREMENTS FOR THE SPEECH OF A JOURNALIST IN A RADIO PROGRAM

Abstract. This article discusses what should be paid attention to in the speech of a journalist in radio programs.

Keywords: language, radioprogram, pure speech, radiostarter, accuracy, radiointerview, information.

KIRISH

Bugungi kun radiojurnalistik nutqi aniq va lo'nda, qat'iy tartiblangan, barcha uchun tushunarli bo'lishi lozim. Ayniqsa jurnalist fikr va so'z odobini chuqur egallagan bo'lishi lozim. So'zlarni o'z o'rnida ishlatish so'zning ta'sirchanligini oshiradi, voqea mohiyatini tez ilg'ab olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, radiojurnalist nutqida ritorik so'roq gaplar, bir tarkibli, undov, ritorik murojaat, atov gap turlari, shevaga xos shakllar ko'p qo'llaniladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Til va nutq bir-biriga bog'liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material, bu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo'ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo'lib, so'zning kishilar xotirasidagi obrazli ruhiy material, nutq yaratilish jarayonida qo'llaniladigan so'z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa ekanligi uning ongda saqlanishi bo'lsa, moddiy hodisaligi undagi til vositalari orqali belgilanadi.

Hozirda nutq madaniyati atamasi bilan yuritiladigan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga ega. Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq me'yorlashga qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini ko'tarish, odamlarga ma'lum "til didi" («языковойвкус») ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir.

Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning nomi sifatida qo'llanmoqda.Bular :

1) madaniy nutqning, ya'ni nutqiy hodisaning nomi;

2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog'liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi ilmiy muammoning nomi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3) nutq madaniyati muammosini o'rganish bilan maxsus shug'ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo'limining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning har birini bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim.

Nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta'riflashda tilshunoslikda quyidagi qarashlar ko'zga tashlanadi:

1. Nutq madaniyati - adabiy til rivojining o'ziga xos xususiyatlaridan biri (Praga lingvistik maktabi).

2. Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabiy til me'yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo'lgan faoliyat, ya'ni til rivojiga ongli aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi)

3. Nutq madaniyati tilni ravshan, ifodali tuza olish mahoratidir. (A. Gurevich)

4. Nutq madaniyati kishilarning o'zaro to'liq va teran fikrlashi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan iboratdir. (B.N.Golovin)

5. Nutq madaniyati faqat to'g'ri nutqninggina emas, balki nutqiy chechanlik hamdir. (G.O. Vinokur)

6. Nutq madaniyati til vositalaridan o'rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so'zlash va yoza olish san'atidir. (A.N.Efimov).

7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental)

8. Milliy o'ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M. Afganova).

Ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, nutq madaniyati - tilni aloqa-aralashuv qurolini

ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Radiojurnalistlar bu noyob quroldan foydalanishga bo'lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo'lsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada bo'ladi.

Jurnalistika sohasida so'z tanlashdagi va qo'llashdagi mahoratining tadqiq etilishi tilshunosligimiz rivojida o'ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan mana shu jihat orqali jurnalistning individual uslubi yaqqol ko'rinadi. Shuning uchun tilshunosligimizda jurnalist nutqining o'ziga xosligi, uning til vositalaridan foydalanishi kabi jihatlar bosh mavzu darajasiga ko'tarilib bormoqda.

Radiodastur - boshlovchining dunyoqarashi, ijodiy qobiliyati, bilimi, qiziqishlari, temperamenti, didini o'zida aks ettiradi. Shu orqali boshlovchi o'z eshittirishida mualliflik "men" uslubini namoyon etadi. Biroq asosiy maqsad dasturda uning shaxsini ifoda etish emas, balki muallif sifatida bevosita ishtiroki, uning publisistik fikrlari, qahramonlar bilan munosabati, hayotimizni insonlar hayoti va faoliyati orqali aniq ko'rsatib berishdek aniq bir vazifani bajarishdan iborat. Shuning uchun muallifning rolini o'rganish dastur maqsadini amalga oshirishda muallif qanday uslubda namoyon bo'lishi kerakligi masalasini yechishga yo'naltirilgan. Hayotni chuqurroq o'rganish, jamoatchilik ongida yangicha tafakkurni shakllantirishda faollik ko'rsatish, ular qiziqishlarining himoyachisi, shuningdek erkin biroq insonlar fikrini xolis bayon eta oladigan bo'lish jamiyat rivojlanishini kafolatlaydi. Bugungi kunda efir boshlovchilari tinglovchilarga ma'lumot uzatishning o'yin shaklini o'z ifodaviy vositalarida keng qo'llab kelmoqdalar. Ulardagi asosiy syujet kundalik turmush tarsi, hazil-mutoyiba, insonlarning fojiali taqdiri ishtirokchilarning aktyorlik mahorati orqali tinglovchilar hukmi va mulohazasiga havola etiladi. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda efir boshlovchilari o'z dasturini turli ifodaviy usullar va vositalar orqali rang-barang uslubda tayyorlashlari tinglovchilarga ko'plab qulayliklar yaratish barobarida ularning mavqeini oshiradi.

TADQIQOT NATIJALARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Jamiyat hayotining demokratlashuvi sharoitida, jonli efir faollashgan bir paytda efir boshlovchilari yana bir eshittirish turini auditoriyaga yetkazish san'atini jadal ravishda egallab kelmoqda. E'tibor beradigan bo'lsak, nodavlat radiolar qatorida respublika radiosida bevosita muloqotli eshittirishlarga keng o'rin berilmoqda. Bunday muloqotga asoslangan mavzuli radiodasturlar jamoatchilik fikrini shakllantirishda samarali natija beruvchi vosita hisoblanadi. Eshittirishlardagi jonli muloqotlar radioni tinglovchilar davrasi bilan bevosita bog'lashga, ya'ni keng omma ro'y berayotgan muayyan jarayonning faol ishtirokchisi bo'lishi uchun imkoniyat bermoqda. Ushbu yo'nalishdagi izlanishlar ko'pgina o'ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega, undan tashqari radioboshlovchi efirga chiqisidan avval ma'lum bir mavzuni oldindan aniqlab, unga tayyorlanadi. Jonli efirga uzatilayotgan dasturlar o'zining tezkor, jonli va tabiiyligi bilan ko'pchilikka ma'qul bo'lmoqda.Endi "suxandon" iborasi o'rnini "efir boshlovchisi" egallayapti. Tinglovchi diqqatini uzluksiz, tun-u kun jalb qila oladigan, ham ma'naviy ham madaniy xordiq chiqarishga yodam beradigan radioeshittirishlar tayyorlash davr talablaridandir.

Tadqiqotchilar yangiliklarni standartlashtirishni tobora ko'proq qayd etishyapti: matnlar ma'lum andoza bo'yicha quriladi, axborot materiali shu sxemaga muvofiq tuziladi

Bugungi kunda teleradio industriyaning rivojlanish bosqichidagi asosiy tamoyillar ko'plab shakl, mazmun va mavzuga ko'ra tarmoqlangan dasturlar umumiy hajmining ortishi va ko'rsatuvlarni tanlab tinglash imkoniyati, ularning auditoriya ehtiyojlariga mo'ljallanganligi, ko'rsatuvlarni turli tarzda tayyorlash, davlat va nodavlat teleradiostudiyalarning muvaffaqiyatli ish olib borishida o'z aksini topmoqda. Jurnalist matnni tuzayotganda imkon qadar tushunarli, aniq, lo'nda bo'lishiga e'tibor qaratishi kerak.

Bunda quyidagi talablar mavjud: Mantda keltirilgan so'zlar keng istemoldagi, adabiy til normalariga javob beradigan va ayni vaqtda murakkab bo'lmasligi kerak; Jumlalar qisqa, ega-kesimi o'z o'rnida ravon, tushunarli bolishi kerak;

Matnda imkon qadar murakkab terminlar, yirik raqam va sanalar ketma-ketligi, takror so'zlardan qochish lozim;

Va albatta, tinish belgilaridan to'g'ri foydalanish, jumlalar o'rtadidagi pauzalardan meyorida foydalansih kerak. Tomoshabinni ushlab turishning asosiy omili matnning talab darajasida tuzilganligiga bog'liq.

Qo'llanish jihatidan telejurnalist nutqida 4 asosiy unsurning bo'lishi talab etiladi: 1. Soddalik va ifodalilik, 2. Qisqalik 3. Soflik va aniqlik 4. Musiqiy va xushohanglik;

Xushohanglik radiojurnalistning talaffuzi, ohangi va intonatsiyalarini ham o'z ichiga oladi. Shunga ko'ra, telejurnalist tiliga o'ziga xos nutqiy muloqot sifatida ta'rif berish mumkin.

Jurnalistik nutq boshlovchining tilning grammatik normalarini, gap tuzish qoidalarini, o'zak va kesim orasidagi bog'lanishni, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali gap bo'laklarining ular bilan bog'lanish qonuniyatlarinini puxta bilishni taqozo qiladi. Afsuski, tajribali jurnalistlar ham ba'zan bu masalada kamchilikka yo'l qo'yadilar. To'g'ri, jonli efirda har qanday boshlovchi hayajonlanishi, so'zidan adashishi mumkinligini inkor etib bo'lmaydi. Lekin mashq, malaka, ko'nikma hosil qilish orqali bu mashaqqatni yengish mumkin. Avval ta'kidlaganimizdek, jonli efir - bu doimo jurnalist-boshlovchining o'z tili bilan lahzani aks ettirishi, vaziyatni tasvirlab berishdir. Tabiiyki, bu yerda jurnalist bayon etishning sub'ektiv shaklini qo'llagan holda o'zining taassurotlarini va hissiyotlarini to'la huquq bilan birinchi shaxs ya'ni "men"i nomidan so'zlaydi. Shu vaziyatda jurnalistdan matnni bayon etish tili,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ohangi va xususiyatida o'ziga xoslik, betakrorlik talab etiladi. Mahoratli jurnalistni tomoshabinlar efirdagi dastlabki so'zidanoq tanishi kerak.

MUHOKAMA

Bugungi kunda radiojurnalistning bevosita efir amaliyotidagi eng samarali yo'nalishlardan biri - voqea-hodisaning mohiyatini ixcham va tushunarli tarzda ifodalash orqali axborotni tezkor va sifatli ko'rinishda auditoriyaga yetkazib berishdan iborat. Bunday "so'z konsentrati" aslida voqeani ramziy tarzda fahmlashga xizmat qilmoqda va tomoshabinning vaqtini tejaganligi bois ularga ma'qul bo'lmoqda. Axloqiy jihatdan tarbiyalangan jurnalist auditoriya qarashlari va axloqiy mezonlari bilan o'rtoqlashadigan odamlardan iborat emas balki, radio aholining turli qatlamlari vakillariga mo'ljallanganligini unutmasligi kerak. So'z erkinligi qaror topishida ommaviy axborot vositalari xodimlari o'z faoliyatlari uuchun javobgar sanaladilar. Eng avvalo, uning auditoriyaga taqdim etaytgan axboroti ishonchli, yetarli faktga asoslangan va shaxsiy munosabatdan xoli bo'lishi talab etiladi. Ishonchli axborotda dalillar yoki fikr-mulohazalarning to'g'riligi ma'lumot olingan manbaga ko'ra belgilanadi - tinglovchi xabarning qayerdan olinganligi va bayon etilyotgan mulohaza kimga tegishli ekanligini bilishni xohlaydi. Bunda xabar voqea sodir bo'lgan joyda o'z muxbirlarining yoki tekshirilgan ma'lumotlarning yo'qligi sababli jahon tajribasiga tayangan holda kamida ikkita manbaning tasdig'ini topgan bo'lishi kerak, ayniqsa yangiliklar dasturi bunga qat'iy amal qilishi kerak. Radiojurnalist yangiliklarni zaruriyat paydo bo'lganda, uning noto'g'ri xabar tarqatishida ayblashgan taqdirda o'zining xaqligini tasdiqlay oladigan dalillarga asoslangan ko'rinishida tuzishi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, teleradiokanallarning har bir dasturi va eshittirishini kuzatar ekanmiz, deyarli kamchiliklarsiz, shuningdek tomoshabin va tinglovchi uchun tushunarli va juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan mavzu yoritilayotganining guvohi bo'lamiz. Bunda aytib o'tilgan fikrlar boshlovchining aynan axborot globallashuvi jarayonida eng muhim yangiliklardan foydalanib, yoshlarga ijobiy ta'sir qiluvchi ma'lumotlarni keltirganligini ko'ra olishimiz mumkin. Keyingi paytlarda intellektual o'yin shaklidagi muloqotli eshittirishlar ham ko'paydi. Bu radiodasturlarning rang-barangligini va tinglovchilar qiziqishining ortishiga omil bo'ladi. Bu eshittirishlarning muallifi yoki boshlovchisi muloqotga kirishgan mehmon, tinglovchi bilan tanishishda, qiziqishlarini, kasbi, yoshini so'rashda qisqalikka e'tibor qaratib, eshittirish asosiga ko'proq e'tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Bugungi kunda radiojurnalistga sof nutqning o'zi yetarli emas, u yorqin shaxs sifatida, o'ziga xos yondashuvga ega bo'lishi talab etiladi. Radiojurnalistning g'oyaviy, ijodiy uslublari, madaniy saviyasi orqali o'tmish, bugun va kelajakka daxldor hayotga munosabat o'zgacha tarzda namoyon boladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Kiria K.D. Yangiliklar televizion matn: tuzilishi, strategiya, ifoda. Dis... f.f..n M., 2007

2. "Milliy jurnalistika tarixi" N.Abduazizova "Sharq" nashriyoti, Toshkent 2008-yil

3. "Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari" R. Qo'ng'irov, E.Begmatov, Y. Tojiyev Toshkent "O'qituvchi" 1992.

4. Э.Фихтелиуснинг "Радио ва телевидение журналистикаси асослари", Журналистиканинг 10 коидаси". Т.: Шарк, 2002;

5. Т., Рузиев Ф., Жураева Х. Тележурналистга тавсиялар. Т.: SHARQ., 2013

6. Бакиева Г.Х., Тешабаева Д.М. Оммавий ахборот воситалари тили. Т.: O'zkitobsavdonashriyoti, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.