Научная статья на тему 'O`ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA MAVZU TANLASH MAHORATI'

O`ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA MAVZU TANLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
820
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
televideniye / telejurnalist / Ozbekiston telekanali / tok shou / muallif / rejissyor / tasvir / matn. / television / TV journalist / Uzbekistan TV channel / talk show / author / director / image / text.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы —

Telejurnalistikaning texnika bazasi siyosat va ijoddir. Aloqa vositasi sifatida televideniyening ijtimoiy vazifasini bilish jamiyatda ommaviy jurnalist uchun o`zining ma`lum o`rnini egallashi, o`z kasbiy masalalarini, rolini belgilashi uchun imkon beradi. Jumladan ko`rsatuv yoki fil`m ijodiy guruhning mahsuloti ma`lum siyosiy, texnik va ijodiy talablarga javob berishi kerak. Ma`lum bir qonuniyatlar, prinsiplar, qoidalar professional journalist faoliyatini tashkil qiladi. Ularni tuzib hayotga tadbiq etish oson emas. Telejurnalist bo`lish uchun avvalombor bor ma`lum bir qobiliyat va bilim bo`lishi kerak. Ikkinchidan,ushbu kasb egasi bo`lish uchun uning nazariyasini ,asoslarini bilish, o`rganish lozim. Uchinchidan,o`zi kuzatgan voqea hodisaga qarab vaziyatni to`g`ri baholash mahoratini egallamasdan turib ham jurnalist bo`lish qiyin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SKILL OF CHOOSING A TOPIC ON UZBEK TELEVISION

The technical base of telejournalism is politics and creativity. Knowing the social function of television as a means of communication allows a public journalist to take a certain place in the society, define his professional issues and role. In particular, the product of a show or film creative team must meet certain political, technical and creative requirements. Certain laws, principles, and rules form the activity of a professional journalist. It is not easy to make them and put them into practice. In order to become a TV journalist, one must first have certain skills and knowledge. Secondly, in order to become the owner of this profession, it is necessary to know and study its theory and basics. Thirdly, it is difficult to become a journalist without acquiring the skill of correctly assessing the situation depending on the event that he observed.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA MAVZU TANLASH MAHORATI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA MAVZU TANLASH MAHORATI

Qallibekova Dinora

Qoraqolpoq Davlat Universiteti Jurnalistika fakulteti Juranlistika ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6985269 Annotatsiya. Telejurnalistikaning texnika bazasi siyosat va ijoddir. Aloqa vositasi sifatida televideniyening ijtimoiy vazifasini bilish jamiyatda ommaviy jurnalist uchun ozining malum o'rnini egallashi, osz kasbiy masalalarini, rolini belgilashi uchun imkon beradi. Jumladan korsatuv yoki fil'm ijodiy guruhning mahsuloti ma lum siyosiy, texnik va ijodiy talablarga javob berishi kerak. Malum bir qonuniyatlar, prinsiplar, qoidalar professional journalist faoliyatini tashkil qiladi. Ularni tuzib hayotga tadbiq etish oson emas. Telejurnalist bolish uchun avvalombor bor ma lum bir qobiliyat va bilim bo'lishi kerak. Ikkinchidan,ushbu kasb egasi bo lish uchun uningnazariyasini ,asoslarini bilish, organish lozim. Uchinchidan,o^zi kuzatgan voqea hodisaga qarab vaziyatni to g ri baholash mahoratini egallamasdan turib ham jurnalist bo lish qiyin.

Kalit so^zlar: televideniye, telejurnalist, Ozbekiston telekanali, tok shou, muallif, rejissyor, tasvir, matn.

МАСТЕРСТВО ВЫБОРА ТЕМЫ В УЗБЕКСКОМ ТЕЛЕВИДЕНИИ Аннотация. Технической основой тележурналистики являются политика и творчество. Знание социальной функции телевидения как средства коммуникации позволяет публичному журналисту занять определенное место в обществе, определить свои профессиональные задачи и роль. В частности, продукт шоу- или кинотворческого коллектива должен соответствовать определенным политическим, техническим и творческим требованиям. Определенные законы, принципы и правила формируют деятельность профессионального журналиста. Сделать их и применить на практике непросто. Для того, чтобы стать тележурналистом, нужно сначала иметь определенные навыки и знания. Во-вторых, чтобы стать обладателем этой профессии, необходимо знать и изучать ее теорию и основы. В-третьих, трудно стать журналистом, не приобретя навык правильной оценки ситуации в зависимости от наблюдаемого им события.

Ключевые слова: телевидение, тележурналист, телеканал «Узбекистан», ток-шоу, автор, режиссер, образ, текст.

THE SKILL OF CHOOSING A TOPIC ON UZBEK TELEVISION Abstract. The technical base of telejournalism is politics and creativity. Knowing the social function of television as a means of communication allows a public journalist to take a certain place in the society, define his professional issues and role. In particular, the product of a show or film creative team must meet certain political, technical and creative requirements. Certain laws, principles, and rules form the activity of a professional journalist. It is not easy to make them and put them into practice. In order to become a TV journalist, one must first have certain skills and knowledge. Secondly, in order to become the owner of this profession, it is necessary to know and study its theory and basics. Thirdly, it is difficult to become a journalist without acquiring the skill of correctly assessing the situation depending on the event that he observed.

Keywords: television, TV journalist, Uzbekistan TV channel, talk show, author, director, image, text.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

KIRISH

Televideniye, boshqa barcha ommaviy axborot vositalari qatorida, inson uchun osonroq idrok etishi mumkin bo'lgan ommaviy aloqa vositasidir. Chunki gazeta o'qish yoki radio tinglash bilan solishtirganda , tasvir orqali inson kamroq aqliy kuch sarflaydi. Masalan, televideniye va telejurnalistika faoliyatida tasvir, taxlil va tasir kuchiga ega bo'lsagina ko'zlangan natijaga ega bo'ladi. Telejurnalistikaning texnika bazasi siyosat va ijoddir. Aloqa vositasi sifatida televideniyening ijtimoiy vazifasini bilish jamiyatda ommaviy jurnalist uchun o'zining malum o'rnini egallashi, o'z kasbiy masalalarini, rolini belgilashi uchun imkon beradi. Jumladan ko'rsatuv yoki firm ijodiy guruhning mahsuloti malum siyosiy, texnik va ijodiy talablarga javob berishi kerak. Malum bir qonuniyatla, prinsiplar, qoidalar professional jurnalist faoliyatini tashkil qiladi. Ularni tuzib hayotga tadbiq etish oson emas. Telejurnalist bo'lish uchun avvalombor malum bir qobiliyat va bilim bo'lishi kerak. Ikkinchidan, ushbu kasb egasi bo'lish uchun uning nazariyasini, asoslarini bilish, o'rganish lozim. Uchinchidan, o'zi kuzatgan voqea hodisaga qarab vaziyatni to'g'ri baholash mahoratini egallamasdan turib ham jurnalist bo'lish qiyin. So'z va tasvirning mosligi, ekran tasvir qonun qoidasi bilan ijro san'atining uyg'unlashuvi televizon ijodi samaradorligi garovidir. O'z imkoniyatlaridan foydalanishni o'rganishi uchun talaba telestudiyalarda o'taydigan amaliyotlarga ko'proq e'tibor berishi lozim. Teleko'rsatuv muvafaqqiyatida muallifning mahorati nimalardan iborat, tomoshabinbop dastur tayyorlash usullari qanday. Bu haqda talaba amaliy jarayonlarda ishtirok etib, tasvirga olish maydonlarida bo'lib tajriba oshiradi, malaka hosil qiladi. Har bir tasvirchi va jurnalistning dasturidagi ish faoliyatini rangli toshlardan bezalgan kartina jilolari bilan qiyoslash mumkin. Muallif har doim jurnalist bir auditoriyaning talabini hisobga olish lozim bo'lsa, ikkinchi tomonda teleko'rsatuv tayyorlovchi tashkilot tomonidan belgilangan maqsadlarga xizmat qilish zarur. Chunki ko'rsatuv beruvchi auditoriyaning faqatgina ko'ngil ochishini emas, balki unga axborot etkazish va ma'naviy yuksaltirish majburiyatini ham oladi. Shu jumladan Markaziy Osiyo telejurnalistikasi ham milliy mentalitetdan chetga chiqmagan holda ko'rsatuvlar tayyorlanadi. Ko'rsatuvlarda deyarli har bir xalqning yashash turmushi, urf-odati, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, diniy e'tiqodi nazardan chetga chiqmagan holda ko'rsatuv tayyorlashda ahamiyat beriladi. Evropa ommaviy axborot vositalari instituti olimlari 1990-yili shu qarorga keldilarki, "Ko'rsatuv bu-milliy boylik, butun aholi uchun yagona tarbiya va muloqat vositasi bo'lib, ba'zi bir guruhlar qo'lida bo'lmasdan jamiyat manfatlarini himoya qiluvchi kishilar nazorati ostidagi muassasa bo'lishi kerak".

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Televideniye ommaviy axborot vositasigina bo'lib qolmay, balki ijodning bir turi hamdir. Ijodning har bir turi o'ziga xos badiiy unsurga ega bo'ladiki, u ijodkor o'z g'oyasini ro'yobga chiqarish uchun ishlatiladigan texnik usullar va tasviriy ifoda vositalari yig'indisidan iboratdir. Ijodkorning mahoratini faqatgina ijodning texnik tomoniga bog'lash xato bo'lar edi, ammo muallif g'oyasi ta'sirchan, aniq va chuqur aks ettirilishi ko'p jihatdan uning ifoda vositalaridan foydalana bilish darajasiga bog'liqdir. Ko'rsatuv tayyorlashda muallif oldin mavzuni aniq va dolzarbligiga e'tiborini qaratishi kerak. U ko'tarayotgan muammo yoki maqsadni auditoriya qanday qabul qiladi. Ikkinchidan ko'rsatuv mazmun mohiyatiga mos ob'ekt tanlash, ya'ni tasvirga oliy maydon va albatta, bu jarayonda ishtirok etadigan qahramonlarni saralab o'rganib chiqishi juda muhim. Buni uzoq yillar muhlislar mehrini qozonib kelgan "Ozbekiston'' milliy telekanalining "Oydin Hayot'' tok shousi misolida tahlil etib korishimiz

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

mumkin. Mazkur korsatuv ilk marotaba 2004-yil efir yuzini korgan. Kotsatuvning ilk boshlovchilari xalqimiz ardogi'dagi suhandon va aktyor Rixsitilla Abdullayav va Aziza Rasulova boshchiligida tomoshabinlar e'tiboriga xavola qilingan. Ko'rsatuvning dastlabki sonlarida ona tabiatimiz inom etgan giyohlarning xalq tabobatida qo'llanishi, tarkibi, foydali va zararli tomonlari, kundalik hayotimizda iste mol qiladigan meva sabzavotlar, dukkakli maxsulotlarning inson salomatligi uchum muhimligi haqida mutahassis ko'magida yoritib berilgan. Uning bugungi kundagi suhandonlari G.Toshmatova, Ohunjon Ibodov, Shuhrat Rahmatjonov, Barno Ilhomova, muallif Dilnoza Davronova va kadr ortidagi ijodkorlarning rang barang ijod mahsullari bugungi kunda muhlislar etiboridadir. 18-yillik tomoshabinlar etiborida. Mazkur ko'rsatuv rang barang va kolami kengligi bilan boshqa ko'rsatuvlardan tubdan farq qiladi. Chunki "Oydin hayot'' tok shousi orqali kundalik hayotimizda uchrab turadigan barcha mavzular ko'tariladi, taxlil qilinadi, kerakli tavfsiyalar beriladi. Jonli efirdagi ko'rsatuvning sport va salomatlik, psihalogiya va pedagogika, sahna fidoyilari, ozbek san'ati durdonalari, ijodkor yozuvchi va shoirlarning tashrifi kabi sahifalari tomoshabinlar tomonidan qiziqish bilan kuzatib ham savol orqali jonli muloqot olib boriladi. Bundan tashqari uy bekalariga sog liq uchun foydali taom tayyorlash, mavsumiy imidjni yaratish va kiyinish madaniyati, oilada farzand tarbiyasida onalarga tavfsiyalar, va gozallik kabi saxifalar ko'rsatuvning tomoshabinlar bilan yanada yaqinlashtiradi. Chunki korsatuv koproq tomoshabinlardan kelgan maktublar bilan soha mutahassislarining tavfsiyalariga tayangan xolda tayyorlanadi. Mazkur ko'rsatuvlarning kop bora tasvirga olish jarayonlarida ozim ham ishtirok etganman. Ko'rsatuv mavzusini tanlash va yoritib berishda studiyada imkoniyatlar kengdir. "Oydin hayot" ko'rsatuvining pavilonida suhbat uchun kerakli joy, oshxona, sport maydonchalari ko'rsatuvning jonli va qiziqarli tashkillanishi uchun xizmat qiladi. Ko rsatuv muallifi Gulnoza Davronovaning eng birinchi mahorat sirlari -qiziqarli dolzarb mavzu tanlash, mavzuni ochib beradigan qahramonlar jamoasini yig ish, mavzuni yoritib berishda mahoratli boshlovchilarni jalb qilish va jonli efirning yutuqlari ko'rsatuvning umrri boqiy bo'lishiga sababchidir. Mazkur tok shou kolami kengligi, rang barangligi va ommabopligi bilan boshqa korsatuvlardan tubdan farq qiladi. Chunki xalqimizni qiziqtirgan muammolarni yechimini topishda ayni muddao. Masalan: 2019-yilda butun dunyoni oz iskanjasiga olgan karona virusni yurtimizga kirib kelishi butun xalqimizni og'ir iztirobga soldi. Jumladan echimini topmagan tojdor virusning uy sharoitida qay tariqa davolash, kasallangan bemorga kerakli tavfsiyalar berish bo'yicha eng tajribali shifokorlar jalb qilinib kerakli maslahatlar berildi. Chunki karantin cheklovlarini qo'llayabgan davrda kasallikning avj olib ketishi, bemorlar ozini izolyatsiya qilib uy sharoitida davolanishi, shifokorlar maslahatiga muhtoj bir paytda "Oydin Hayot" tok shousi ijodkorlari tayanch vazifasini bajardi. Chunki kasallikning eng avjiga chiqqan karantin davrida ko'rsatuv ijodkorlari sog'lig'ini xavf ostiga qo'yib, xalqimiz sihat salomatligi yo'lida kamarbasta bo'lishdi. Ushbu ko'rsatuv mamlakatimiz telekanallardagi ko'rsatuvlaridan eng umir boqiy ko'rsatuvlar sirasiga kiritsak boladi. Chunki tok shouning yutug'i mahoratli kadrlar va jamoaning hamjihatligidandir.

Baholanki tok shou boshlovchisi aqlli, kutulmagan noqulay, qaltis vaziyatlardan tez va muvaffaqiyatli, g'alaba bilan chiqib keta olishi, so'zga chechan, hazil mutoyibaga moyil bolishi, tinglovchini oziga rom eta olishi studiyada yig'ilganlar ortasida engil harakat qilishi va favqulodda xolatlarda ozini yoqotmay vaziyatdan uddaburonlik bilan chiqishi joizdir. Bunga misol tariqasida ko'rsatuvning 2019-yil 27- mart sonida jonli efir vaqtida favqulotda yer silkinish sodir boldi.Bu holat studiyada ham sezildi.Ushbu kutilmagan xolatda ko'rsatuvga

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

tashrif buyurgan mutahassisga tomoshabinlar yo'llagan maktublarni o'qiyabgan journalist Gulruh Toshmatova vaziyatni sezdirmagan xolatda chiqib ketdi. Bunday xolatda jurnalistning ruhiy xolatini bir maromda ushlab turishi ham katta mahorat talab qilinadi. Mahoratli telejurnalist kutilmagan xolatda uddaburonlik bilan vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan. Hafta davomida muhluslar e'tiborida bo'lgan ko'rsatuvning yana bir mahoratli boshlovchisi ham psixolik Barno Ilhomova faoliyati ham taxsinga sazovordir. Chunki shiddat bilan rivojlanish davrida barcha yoshdagi insonlarning ruhiy xolatida salbiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan endigina oyoqqa turyabgan bolakaydan, to yoshi bir joyga borib qolgan keksa nuroniylarimiz uchun ham ruhiy quvvat va energiyaga muhtojlik seziladi. Ko'rsatuv davomida barcha yoshdagi insonlarning ruhiyatidagi o'zgarishlar, muammoning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari haqida studiyadagi imkoniyat va qulayliklardan foydalanib yoritib beradi. Bunday tavfsiyalar biz kabi ko'plab insonlarning hayotni yanada sevish, borliqni boricha qabul qilish, vaqtida o'zimizni rag'batlantirish, atrofimizdagi insonlarga mehr muhabbat va e'tiborli bo'lish, shaxsni rivojlantirish, energiya hosil qilish bo'yicha muhim bo'lgan kerakli tavfsiyalar ko'plab tomoshabinlarning e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. Ko'rsatuvning muhim bo'lgan yana bir jihatida mavzu tanlashda tomoshabinlardan kelgan maktublar, murojatlar asosida tayyorlanadi. Jonli efirda telefon aloqa tarmog'I orqali xalqimizni muammolari, yechimini topishda mutahassislar taklif etilib kerakli tavfsiyalar beriladi. Masalan ko'rsatuvning 23-mart kuni berilgan sonida 3 oygacha bo'lgan bolaning salomatligida nimalarga e'tibor qaratilishi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ichak faoliyidagi o'zgarishlar, bolani 6 oygacha ona suti bilan oziqlantirish, raxit kasalligi, bolani noto'g'ri yotqizish orqali ko'zida va tayanch harakatidagi noto'g'ri rivojlanish kuzatilishi sabablari va etiborsizlik oqibatlari nimaga olib kelishi haqida bolalar shifokori Dilshod Tursunov kerarli maslahatlar berildi. Tomoshabinlar tomonidan berilgan savollarga mutahassis tomonidan tavfsiyalar berildi. Ushbu ko'rsatuvning ommabopligi ham shunda.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'rsatuvning muvafaqqiyatida soz san'atining oz o'rnida qollanishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki so'z ekran uchun muhimdir. So'z ekrandagi tasvirni qabul qilishni osonlashtiradi, qabulni chuqurlashtiradi, kadrning chegaralarini kengaytiradi, tomoshabinni quvontiradi, yoki o'ylantiradi. Shuning uchun ham muallif qanday so'z ishlatishni bilishi lozim. Ko'rsatuv uchun yozilgan jumlalar, bosma nashrlar yoki radioeshittirish uchun yozilgan jumlalardan tubdan farq qiladi. U yengil, mazmundor, ommabop bolishi juda muhim. .Masalan, Gulruh Toshmatova: Assalomu aleykum! "Hayot g'ayratli mehnat tufayli jonli va gozaldir. U og'ir yuk emas, balki qanot, ijod va quvonchdir. Agar kimda kim uni og'ir yukka aylantirsa, bunga uning ozi aybdordir," degan ekan donishmandlardan biri.'' deya boshlashini ozida tomoshabinlar diqqatini tortib oladi. Bunda muallifning boshlovchilik mahorati ham muhim rol o'ynaydi. So'z va tasvirning mosligi esa ayditoriyani o'ziga jalb etishda asosiy omil hisoblanadi.

MUHOKAMA

"Oydin Hayot" tok shousi ijodkorlari viloyat bo'ylab ham safarlar uyushtiradi. Bunga misol tariqasida tariximizni o'zida joylagan Surxondaryo viloyatiga ham tashrifi qiziqarli kechdi. Ko'rsatuvning ushbu sonida Surxon elining o'ziga xos, milliy urf odatlari, tarixi, milliy liboslaridagi kashtachilik san'atining sir asrorlari, milliy taomlari, chanqavuz, milliy etnografik laparlar , raqslaridagi o'ziga xos jo'shqinlik barchasi ko'rsatuvning ketma ket sonlarida yoritilib berildi. Masalan Surxonning "samangan'' folklar etnografik ansambli laparchisi Fotima

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Xolboyeva mamolarimizning meros qadimiy hunarmandchiligi sanalgan paxtadan ip igrishni ko'rsatib berdi. Suhbat jarayoniga xalqimizning buyuk qadriyatlari, hunarmandchilikning sir asrorlari, qo l mehnatining qadr qimmati haqida batafsil yoritib berdi. Dastur davomida telejurnalist Shuhrat Raxmatjonov va Gulruh Toshmatova jarayonga kirishib mavzuni to'laligicha yoritishda turli savollar bilan murojat qilib mavzuni ochib berishga intilgan. Aslida suhbatning tahliliy janr sifatidagi hususiyati boshlovchi va qahramon muloqot asosida shaxs meni tahlil etiladi. Intervyu va suhbatning umumiy va oziga xos jihatlari shundaki, suhbatda jurnalist oz savollariga javob oladi. Buning uchun esa suhbatda bahsga kirishishning oziga xos xususiyatlari namoyon boladi. Baxslashishning ham oz odobi bor. Suhbatdoshning javoblarini sharhlash. Intervyu va suhbatda mavzuning aniq qo yilishi. Shu bosqichlar jamlanmasida muallif tashkilotchilik mahorati ham namoyon bo ladi. Televizion ijodiy guruhning har bir a zosi umumiy ishning muhim prinsiplarini amalga oshirishda muallif sifatida to'g'ri yo'nalish bera olganligi.

Bu ham muallifning korsatuv montaj qilmasdan oldin tasvirga olish obektiga jam eta olganligi. Bu ham muallifning ko'rsatuvni montaj qilmasdan oldin tasvirga olish jarayonini ozida tasavur eta olganligi. Yani muallif ijodiy ish jarayonida xuddi matematik hisob kitob kabi har bir sahifani, so'zni, kadrni oldindan ishlab chiqishi lozim. Aks holda vaqt yo'qotadi. Montaj stoliga o'tirganda masalliq etishmasligi seziladi. Shuning uchun ham puxta reja, senariy asosida tasvirga olish ishlarini amalga oshirishi shart. Bu borada "Oydin Hayot'' tok shousi ijodkorlari faoliyatida uddaburonlik, tadbirkorlik, suhandonlik, improbizatsiyaga moyillik, vaziyatdan unumli foydalana olish kabi muhim sifatlarni sanab otishimiz mumkin.

Hulosa qiladigan bo lsak, muallif mahorati shundaki, ommaviy ko ngilochar teleko'rsatuv zamirida manaviy-marifiy yo'nalishda oz muhlislariga boy material taqdim eta olgan.Birinchidan muallif ko rsatuvning o ziga xos imijini yaratdi. Dastur nomidan toki sahiflarigacha,yakuniy xulosalariga turfa xil mavzular rang barangligi, mavzu atrofida zanjirsimon uyg'unlikni topa oldi. Yuksak darajadagi muallif, boshqaruv qobilyatini egallagan holda efirga uzatiladigan har bir holatga javobgarlikning ozida his qilmogI, televideniyedagi muhim va munozarali savollar yuzaga keltirgan ziddiyatli vaziyatlarning yechimini topmogI lozim. Bu jihatdan muallif har qanday holatda ham o'z kasbiga, ishlayotgan jamoasiga bo lgan sodiqligini saqlab qoladigan, masuliyatni teran his qiladigan ijodiy guruhni jam etib, ular bilan boglanib ishlamogI, manba toplashni tashkil qilmogI maqul. Shunday qilib, telemuharrirlik-bu faqat adabiy yondashuv bilan ishlash emas, turli tuman axborotlarni ekranga olib chiqishda ularning shaklu shamoyiliga jilo beruvchi tashkilotchi hamdir. Bunda ijodiy guruhdagi tasvirchi, chiroqchi, rejissyor imkoniyati, qobilyatini oldindan his eta bilishi muhim.

Aytaylik bir operator umumiy planlarga yaxshi ishlaydi. Agar mana shu jihatlar rejissyor bilan maslahatlashgan holda tashkil etilmasa, ko'rsatuvni oldiga qo'ygan maqsad amalga oshmaydi. Dastur uchun muhim bolgan funksiyalar doimo muallif nazoratida bolishi zarur. Aks holda, montaj stoliga otirganda juda kop muammolar kelib chiqadi. Agar material, manba kam yoki muhim material olinmasa, montaj jarayonida dastur oldiga qo'ygan maqsadi amalga oshmay qoladi. Ana shunday damda asosiy masuliyat muallif zimmasida boladi. Muharrirlik mahorati jurnalistika fakultetida talim berish jarayonida asosiy kurs sifatida tanishtirib boriladi. Shu orinda takidlash lozimki televideniyeda muharrirlik rublika rejalarini tuzishda boshlanib (bu koproq prodyuserlik vazifasiga yaqin) to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatuv yoki videomateriallariga mos rubrika ishlarini boshqarish bilan yakunlanadi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Televideniye adabiy sohadagi ishlar faqat soz ustida ishlash emas, balki qanday ko rsatuvni efirga olib chiqishdan qat iy nazar tomoshabin jalb etadigan kadrlar haqida ham qayg'uriladi. "Oydin hayot'' ko'rsatuvida aynan eng noyob kadrlar jamlanmasi butun tomosha davomida kerakli o rinlarda berib borilardi. Tomoshabin qahramonlarni ichki olamini ochib beradigan kutilmagan noyob kadrlar uchun ham ko rishardi. Bu rejissyorning mahorati deyishingiz mumkin. Ammo aynan muallif sifatida Gulnoza Davronova kadrlar masalasida ham ozi tashkilotchilikni boshqargan.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak muallif -mavzu tanlashda ziyrak, ob'ekt tanlashda uddaburon, qahramon saralashda xushyor, ijodiy guruh bilan ishlashda psixolik bo lishi zarur. Shundaginaa qo ygan maqsadiga erisha oladi, o'z tomoshabiniga maroqli, mazmunli teledasturni taqdim eta oladi.

REFERENCES

1. Audiovizual jurnalistika .''O^zbekisto^'nashriyoti 2019

2. Televideniye asoslari ''Voris nashriyoti'' 2009.

3. Ixtisoslashgan jurnalistika ''0'zbekiston''2019

4. Рустамов Б. Н. ХОДИМЛАР БИЛИМИ ВА МАЛАКАСИНИ БАХЩАШДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ //Лучший инноватор в области науки. - 2022. - Т. №1. - С. 592-595.

5. Rustamov B. N. MA'LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARINI TAHLIL QILISH VA TAQQOSLASH //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №4. - С. 25-29.

6. Rustamov B. N. BigData: katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish tamoyillari //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №4. - С. 178-182.

7. Baxtiyor R. ORACLE МАЪЛУМОТЛАР БАЗАСИНИ БОШ^АРИШ ТИЗИМИДА МАЪЛУМОТЛАРНИ ^ИДИРИШНИ ТЕЗЛАШТИРИШ УСУЛЛАРИ //Scienceweb academic papers collection. - 2022.

8. Рустамов Б. Н. МАЪЛУМОТЛАР БАЗАСИ ЖАДВАЛЛАРИДА КУП СОНДАГИ МАЪЛУМОТЛАРНИ ^ИДИРИШНИ ТЕЗЛАШТИРИШНИ ТАД^И^ ^ИЛИШ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. A3. - С. 313-318.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.