Научная статья на тему 'OCHIQ DARSLARNI O‘TKAZISH VA OCHIQ DARSNI TAHLIL QILISH METODIKASI'

OCHIQ DARSLARNI O‘TKAZISH VA OCHIQ DARSNI TAHLIL QILISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

11439
791
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ochiq dars / ochiq darsni rejalashtirish / dars tahlili / ilmiy tahlil / didaktik tahlil / metodik tahlil / umumpedagogik tahlil / psixologik tahlil / dars tahlili mezonlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasiba Turdiyevna Ximmatqulova

Muayyan fan bo„yicha professor-o„qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida turli shaklida o„tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi. Ochiq darslarni o„tkazishdan maqsad: professor-o„qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalar sohalari bo„yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo„lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tayyorlash, o„tkazish va shu tariqa ta‟lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta‟minlashdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OCHIQ DARSLARNI O‘TKAZISH VA OCHIQ DARSNI TAHLIL QILISH METODIKASI»

OCHIQ DARSLARNI O'TKAZISH VA OCHIQ DARSNI TAHLIL QILISH

METODIKASI

Nasiba Turdiyevna Ximmatqulova

TerDU Milliy libos va sanat fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi Amaliy sanat yo'nalish o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Muayyan fan bo'yicha professor-o'qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida turli shaklida o'tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi. Ochiq darslarni o'tkazishdan maqsad: professor-o'qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalar sohalari bo'yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo'lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tayyorlash, o'tkazish va shu tariqa ta'lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta'minlashdan iboratdir.

Kalit so'zlar: ochiq dars, ochiq darsni rejalashtirish, dars tahlili, ilmiy tahlil, didaktik tahlil, metodik tahlil, umumpedagogik tahlil, psixologik tahlil, dars tahlili mezonlari.

Ochiq darslarning maqsadi, darsni ilmiy asosida tashkil etish ta'lim mazmunini ta'minlashda yuqori bilim saviyasiga eirishishni namoyish qilish, ta'limtarbiyaviy jarayonda ilg'or shakl va uslublardan real foydalanishni tashkil etish didaktik va ko'rgazma vositalaridan optimal foydalanish tizimini yaratishdan iboratdir. Ochiq darsning asosiy maqsadi o'qituvchining dars o'tishdagi ilg'or tajriba va uslublarining samaradorligini ko'rsatish va uni ommalashtirishdir.

Ochiq darslarni o'tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:

- o'quvchilarga fandagi so'ngi yutuq va yangiliklarni etkazish;

- ta'lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta'minlash;

- ilmiy-uslubiy jihatdan etuk dars materiallarini targ'ibot etish;

- yosh pedagog kadrlarning kasb-mahoratini oshirish;

- yuqori saviyadagi ochiq dars mualliflarini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish.

Ochiq darslar, odatda o'z sohasi bo'yicha taniqli yoki ilmiy daraja va unvonlarga ega bo'lgan tajribali o'qituvchilar tomonidan o'tkaziladi.

October, 2022

876

Ochiq darslar o'quv rejadagi barcha fanlardan o'tkazilishi mumkin. Umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan o'tkaziladigan ochiq darslarga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. Ochiq darsni o'tkazish to'g'risidagi taklif pedagog kadrlar tomonidan o'quv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma'lum qilinadi.

Kafedra mudiri, ochiq darsga taklif etilishi mumkin bo'lgan tajribali pedagoglar, etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar(tashqi ekspertlar) ro'yhatini tuzadi hamda belgilangan jadval shaklida ochiq darsga oid zarur ma'lumotlarni muassasa o'quv ishlari bo'yicha direktor muoviniga topshiradi. Ochiq darslarni o'tkazish to'g'risidagi kafedralar takliflari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bo'yicha umumlashtirilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi.

Ochiq dars, odatda ikki akademik soatga mo'ljallanadi. Ma'ruzachi savol va javoblar uchun kamida 5- daqiqa vaqt zahirasiga ega bo'lishi tavsiya qilinadi. Ma'ruza mavzusi, uslubi, texnik vositalari ma'ruzachi tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Ochiq dars o'tkazilishi haqidagi axborot, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida bir hafta oldin e'lon qilinadi. E'londa ochiq dars mavzusi, ma'ruzachining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq darsni o'tkazish kuni, joyi va vaqti ko'rsatiladi. Ochiq darsga boshqa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridan tajribali o'qituvchilar, korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari taklif etilishi mumkin.

Ochiq darsda ushbu darsni tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrantlar, aspirantlar va muhandis-pedagoglarining qatnashishi tavsiya etiladi. Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya qiluvchi o'qituvchi, muxandis-pedagog shuningdek kasb-hunar kollej direktori hamda uning o'rinbosarlari o'tkazadilar, ishni yangi boshlayotgan o'qituvchi yoki muhandis-pedagoglar ulardan mashg'ulotlar o'tkazish metodikasini o'rganib olishlari mumkin. Darsning stsenariyasi va rejaga o'qituvchiga tomonidan tuziladi hamda kafedraning e'tiboriga havola qilinadi.

Ochiq darslarning rejasini tuzishda, darslarning barcha turlarida samaradorligiga erishish o'quv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi. Ochiq darslarni o'tkazish rejasi kasb xunar kollejda rektori yoki uning o'quv ishlab chiqarish ishlari bo'yicha o'rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq darslarning mavzusi mualif tomonidan belgilanadi va o'quv adabiyotlarida kam yoritilgan yoki uddalashtirilishi qiyin bo'lgan mavzularga ko'proq e'tibor qaratish lozim.

Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko'rish kerak, bu tayyorgarlik ochiq darsning hamma elementlarini ishlab chiqarish, ish bosqichlarni, vaqtlarga bo'lish, darsni ko'rgazmali

October, 2022

877

materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan unumli foydalanish. Ochiq darsdan so'ng 2-3 kun o'tgach o'quvchilarning shu darsdan olgan qoldiq bilim ko'nikmasini aniqlash uchun sinov o'tkaziladi. Sinov natijalaridan ochiq darsning yakuniy muhokamasida foydalaniladi.

Dars boshlanishdan oldin o'quvchilar yo'qligida direktor, direktorning o'rinbosari, muhandis-pedagog rahbari yoki metodik komissiya raisi dars qatnashchilariga ularning nimaga e'tibor berishlari kerakligini taminlab darsning maqsad hamda vazifalari haqidagi guruhning xususiyatlari to'g'risida axborot beradi.

- ochiq dars ta'lim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri bo'lishi kerak. Dars stsenariyasida darsning ilmiy axamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining o'rni, mavzu bo'yicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim:

- darsning metodik optimalliliga o'qitishning texnikaviy vositalarning to'g'ri tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak.

- dars shaklidan qat'iy nazar, maqsad o'quvchini mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil olishga yo'llash o'quv jarayonining asosiy omili ekanligini ko'zda tutish zarur:

- ochiq dars o'qituvchining o'quv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi bo'lib, uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini ko'rsatish lozim.

O'qituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:

- dars vaqtini optimal rejalashtirish - manbalarni chuqurlashtirish

- shu darsdagi guruh o'quvchilarining o'zlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avvl olgan bilimlarning ko'nikma darajasini bilish)

- dars berishning uslub va vositalarini to'g'ri tanlash

- iqtidorli yoshlarga chuqur ta'lim berish tarbiyalariga javob berish:

- ochiq dars mavzusini shunday tanlash o'qituvchilarining pedagogik mahoratini, metodik ta'limini va dars o'tish vositalarini aniq ko'rsatish.

- ochiq dars tayyorlanish davrida o'qituvchi ilmiy-metodik izlanishi, ko'rgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak. Bu o'qituvchilarda tahlil olishga qiziqish uyg'otib, zamonaviy yutuqlardan bexabar bo'lish imkoniyatini yaratadi.

- dars stsenariyasida belgilangan vaqt davomida o'qituvchi

Ochiq darsga qo'yiladigan talablar

Ochiq darslarni tayyorlash

va o'quvchini kerakligini aniq ko'rsatilishi kerak.

October, 2022

- darsning moddiy-texnikaviy ta'minotini ilgaridan tayyorlash, barcha ko'rgazma va namioyish vositalardan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak.

- kafedralar ochiq darsga tayyorlanish vaqtida, muallifga texnikaviy, metodik ash'yoviy va tahliliy yordam berishi kerak.

Ochiq darsning metodik ta'minoti 1. Darsning metodik majmuasi quyidagilardan iborat:

- fanning taqvim-mavzu rejasi:

- ma'ruza matni yoki mashg'ulotlar (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish va hokazo) ning rejasi:

- dars stsenariysida ko'rsatilgan didaktik, ko'rgazmali materiallari va boshqa texnikaviy vositalar:

- nazorat ishi uchun savollar to'plami

- uy vazifasi savollari yoki masalalari to'plamlari:

- o'z-o'zini nazorat qilish savollari:

2. Metodik majmuaning tarkibida dars turi bilan bog'liq holda tanlanadi. Ochiq darsning metodik maqsadi quyidagicha ta'riflanishi mumkin:

- amaliy darslarda kompyuter texnikasidan foydalanish:

- ta'lim-tarbiyaviy jarayondagi muammoli tahlilning o'rni:

- yangi mavzuni o'zlashtirishdagi texnikaviy vositalaridan foydalanishning

o'rni:

- fanlararo bog'liqlik, bilimni sinovdan o'tkazish:

- o'quvchining mustaqil ishlashini tashkil qilish:

- o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonini jadallashtirish:

- o'quvchining ko'rsatma va didaktik manbalar bilan ishlashini optimallashtirish va hokazo.

3. Darsning metodik qo'llanmasi.

Ochiq dars muhokamasida ko'rsatilgan ijodiy takliflar bilan boyitilgan holda qayta ishlab chiqiladi, ta'lim muassasasi metodik kengashi tomonidan tasdiqlangandan so'ng ommalashtirishga tavsiya qilinadi.

Ochiq dars, barcha darslardek doimiy ishchi sharoitda o'tkaziladi. Ochiq darsga tashrif byuruvchilar, o'qituvchi va o'quvchilarga xalaqit qilmaslik uchun, o'z o'rinlarini avvalroq egallaydilar. Ochiq darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida va o'quvchilar oldida hech narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan o'qituvchi hamda o'quvchilarning harakatlarini o'rganib turadilar. Ochiq darsga tashrif buyurganlar muallifning oldiga qo'ygan maqsadigan qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va o'z

October, 2022

8?9

fikrlarini tashrif varaqalarida qayd qilib beradilar. Ochiq dars o'tkazilgan kuni darsni tahlil qiluvchilar o'z fikrlarini o'zaro muhokama qilib, qaror bayonnomasini tayyorlaydilar. Ochiq darsdan so'ng 2-3 kun o'tgach, ochiq dars mavzusi bo'yicha, o'quvchilarning qoldiq bilim (ko'nikma) darajasi sinov orqali aniqlanadi.

Ochiq darsning muhokamasi va tahlili

1. Ochiq darsning tahlili, unda qatnashgan o'quvchilarning qoldiq bilim darajasi aniqlangandan so'ng o'tkaziladi.

2. Ochiq darsning tahlili kafedrada ta'lim muassasasi ma'muriyati ishtirokida o'tkaziladi.

3.Muhokamaning maqsadi-darsni to'g'ri o'tkazilganligini baholash, tanlangan uslub va vositalarning muvofiqligini aniqlash, muallifga u tanlagan ayrim uslub va vositalardan foydalanishning samaradorligini ko'rsatish.

4. Muhokama quyidagi tarkibda o'tkazilishi tavsiya qilinadi:

- darsni olib borgan o'qituvchi:

- dars tahlilida ishtirok etgan o'qituvchilar:

- kafedra a'zolari:

- ta'lim muassasasi ma'muriyati, o'quv va metodik ishlar bo'yicha ma'sul xodimlar:

5.Muhokama ishtirokchilari to'liq fikrga ega bo'lishi uchun, dars muallifiga birinchi so'z beriladi. Muallif darsning maqsadi va unga erishi uchun qo'llangan uslub va foydalanilgan vositalar haqida aniq ma'lumot beradi.

6. Muhokamada so'zga chiquvchilar darsning barcha yutuq va kamchiliklarini to'liq ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erishilgan yutuq, qo'llanilgan uslublarning samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga alohida e'tibor berilishi zarur. Muallifning kelgusidagi ishida yordam berish uchun, barcha yo4 qo'yilgan kamchiliklar va ortiqcha harakatlar aniq ko'rsatilishi kerak.

V. Muhokamada so'zga chiqqanlar, tahlil qilingan metodik majmuaning tarbiyaviy tomonini, o'quvchilarda mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantirishga ta'sirini, ular orqali kelgusidagi mutaxassisga kerak bo'lgan sifatlarni shakllantirishdagi o'rin haqida fikr bilidirishlari kerak.

8. Muhokama oqilona va do'stlarcha vaziyatda fikr almashish, baxslashish sharoitida o'tishi lozim.

9. Muhokama oxirida muallifga yana so'z beriladi.

Ochiq dars natijalarini o'quv jarayoniga joriy etish

1. Kafedraning taklifiga binoan ochiq dars tahlili natijasi o'quv jarayoniga joriy etilishi kerak bo'lgan ilg'or pedagogik tajriba hisoblanadi.

October, 2022

880

2. Ochiq damning metodik majmuasini keng joriy etish uchun uning baгcha manbalari (stsenariy, texnikaviy vositalar, ma'ruzalar matni va hokazo) o'qituvchilar o'rtasida ommalashtiriladi.

3. Ochiq darsda qatnashgan o'qituvchilar varaqada to'ldirilgan ochiq dars tahlilini o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosariga topshiradilar.

4. Ochiq dars bo'yicha metodik qo'llanmalarni tayyorlash, taklif va xulosalaming tahlili ilg^ pedagogik tajriba tatbiqlariga kiгitiladi.

5. Ta'lim muassasasi pedagogik kengashida ochiq dare natijalari kengash a'zolariga etkaziladi. Pedagogik kengash qaroriga ilg'or pedagogik tajribalardan foydalanish to'g'risidagi aniq taklif va tavsiyalar kiritiladi.

6. Ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish uslublarining yangi, ilg'or shakllarini amalda qo'llab-quvvatlashi keгak.

Ochiq darslar muhokamasini uyushtirish.

Ochiq darelaming mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo'yicha muhokamasi ochiq darsdan so'ng, kafedrada davom ettiriladi. Ochiq darsning muhokamasi kafedra majlislari bayonnomasida qayd etiladi.

Ochiq dare haqidagi tashqi taqriz va fikr-mulohazalaг yozma гavishda muassasa rahbariyatiga yuboгiladi va kafedгa majlisida va ilmiy-pedagogik kengashda muhokama etilib, tegishli xulosato chiqaгiladi.

Ochiq dareni baholashda ilg^ texnologiyalaг joгiy etilgan yirik koгxonalaгdan taklif etilgan mutaxassislar, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va mutaxassislarining taqrizlari asosiy hisoblanadi.

Ochiq darslar mualliflarini rag'batlantirish

Pгofessoг-o'qituvchilarning muvaffaqiyat bilan o'tkazgan ochiq darslari, ularni o'rnatilgan tartibda moddiy va ma'naviy rag'batlantirishda inobatga olinadi.

Pгofessoг-o'qituvchilar tomonidan muvaffaqiyatli o'tkazilgan ochiq darslar ulami гeytingini aniqlash malaka oshiгish kurelariga jalb etish va attestatsiyadan o'tkazishda inobatga olinadi.

O'quv jarayonini tashkil qilishda asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars deb, bir xil yoshdagi o'quvchilardan bitta guruhga o'qituvchi rahbarligiga aniq mavzu aniq maqsad, aniq reja, aniq rejim va o'quv vositalari yordamida tashkil etilgan mashg'ulotga tayyorgarlik tashkil etiladi. Demak, dars ta'limning asosi bo'lib hisoblanadi, chunki darsda asosiy ta'lim tarbiyaviy vazifalar hal etiladi.

Har bir dars pedagogik mahorat ko'rigi bo'lishi, har bir darsdan qoniqish va yangi narsa o'rganish lozim. Shuni alohida takidlash kerakki, hozirgi kunda pedagog va o'qituvchilarning darsini kuzatish va uni tahlil qilish ichki nazoratning muhim shakli xisoblanadi. Dare

October, 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

881

kuzatish orqali ta'lim-tarbiya ishlari holatini yaxshi o'rganish, mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf qilish va yanada yaxshilash amalga oshiriladi. Shuningdek, dars kuzatish orqali har bir o'qituvchi va muhandis-pedagogning g'oyaviy, ilmiy metodik va umumiy pedagogik saviyasini va pedagogik mahoratini aniqlash mumkin.

Darsni kuzatish va nazorat qilish turlaridan qat'iy nazar, uning asosiy maqsadi o'qituvchilarning bilim va malakasini yanada yaxshilashga, darsning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Darsni tahlil qilganda muhandis-pedagog va o'quvchilarning kamchiliklarini gapirish, kamsitish emas, balki ular xato qilgan, bilmagan joylarida pedagogik yordam berish, xatolarini o'z vaqtida to'g'irlashga yordam berish lozim.

Dars quyidagi umumiy talablarga javob berish kerak:

1. Har bir dars ma'lum maqsadni amalga oshirishda qaratilgan va puxtpa rejalashtirilgan bo'lmog'i lozim.

2. Har bir dars mustahkam g'oyaviy-siyosiy va ilmiy qadriyatlar yo'nalishiga ega bo'lmog'i lozim.

3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog'langan bo'lmog'i lozim.

4. Har bir dars xilma-xil shakl, metod va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog'i lozim.

5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanish

kerak.

6. Har bir dars o'qituvchi va o'quvchilarning faolligi birligi ta'minlamog'i

lozim.

7. Darsda o'quv materialining mazmuniga oid ko'rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlarini yoritmog'i lozim.

8. Dars mashg'ulotlarini butun guruh bilan olib borish bilan birga bunda har qaysi o'quvchilardan individual psixologik xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinishi kerak.

9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik me'rosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyatini izlamoq kerak.

O'qituvchilarning har bir darsini aniq maqsad qo'yilgan holda kuzatilsa, uni ilmiy, metodik, didaktik va umumiy pedagogik tahlil qilinsagina bu borada yaxshi natijalarga erishish mumkin bo'ladi.

Dars tahlillarining quyidagi turlari mavjud:

- ilmiy tahlil.

- metodik tahlil.

October, 2022

- didaktik tahlil.

- umumpedagogik tahlil.

- psixologik tahlil.

- ilmiy tahlil.

Metodik tahlil.

O'qituvchining dars jarayonida qo'llagan metodlarining maqsadga muvofiq ekanligi ta'limning turiga va uning o'ziga xos hususiyatlariga qarab belgilanadi.O'quv materialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo'llanilgan metodlarining shu materialga mosligi yoki mos emasligini metodik tahlil davomida aniqlanadi.Shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'qituvchi darsda qo'llagan metodlarining samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi, uning o'tgan yangi mavzu materialini o'quvchilarning qay darajada o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o'qituvchi, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, metodist yoki nazoratchi) dars tahlilining bu turiga alohida e'tibor bilan qarashi kerak.

Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga

1. Dars jarayonida o'qituvchining foydalangan metodlari

- hikoya metodi;

- og'zaki bayon metodi;

- suhbat metodi;

- aqliy hujum;

- kichik guruhlarda ishlash;

- munozara;

- rolli oyinlar;

- muommali vaziyat;

- klaster metodi va boshqalar.

2. Darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash.

3. Laboratoriya asboblari bilan ishlash.

4.Texnika vositalaridan (kodoskop, kompyuter, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish.

Bu o'qituvchining o'z darsini ta'lim tamoyillariga amal qilgan holda olib borilganligi, ta'lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoidalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to'g ri hamda mukammal

muvofiqdir:

Didaktik tahlil.

bayon etilganligini tahlil qilish demakdir.

October, 2022

Darsni didaktik tahlil qilishda quyidagilarga e'tibor berish o'rinli bo'ladi.

1. Darsni o'qituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiya asosida olib borilganligi.

2. O'qituvchi bayonining g'oyaviy jihatdan ta'lim-tarbiya talablariga mos bo'lganligi.

3. O'qituvchi fikrining guruh o'quvchilari jamoasiga to'la tushunarli bo'lishi va bu bayonning izchil ravishda o'quvchi ongiga etib borishi.

4. Barcha o'quvchilarning o'qituvchi berayotgan mavzuni ongli ravishda o'zlashtirishlari.

5. O'qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta'limning mavjudligi.

6. O'qituvchi fikrining izchilligi.

7.Dars jarayonida ko'rsatmali qurollardan,tarqatma materiallar, texnika vositalaridan foydalanishning qanchalik maqsadga muvofiqligi.

8.Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarda maqsadga erishilganligi.

9. Darslik bilan ishlashning to'griligi.

10. Misollarning ta'lim-tarbiya birligi asosida yo'nalishi.

11. Darsning ma'lum bir tizimda olib borilishi kabilar.

Bu darsdagi hamma jihatlarning qisqa va o'zaro bog liqligi tahlilidir. Bunda quyidagilarni hisobga olish o'rinli bo'ladi.

1. O'quv yoki o'quv xonasining dars o'tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).

2. O'quv kabineti yoki guruh xonasida sanitar-gigiena holati.

3. O'qituvchining dars mavzusi bo'yicha ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta'lim bobidagi maqsadi.

4. O'qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi.

5. O'qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to'g'ri foydalanilganligi.

6. O'qituvchining o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunalilik shaxs darajasiga ko'tarila olinganligi.

7. O'quvchilar bilimiga qo'yiladigan bahoning adolatli va izohli bo'lishi.

8. O'quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritish hamda mazkur fan asoslarini o'zlashtirib olganlik darajasi.

9. O'quvchilarning o'qituvchi darsiga munosabati va

Umumpedagogik tahlil.

hurmat bilan qarashi.

October, 2022

10. O'qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta'limni tarbiyaga boglashi.

11. Dars jarayonida o'lkashunoslik materiallaridan foydalanishi.

12. Darsda o'quvchilarning o'zlashtirish sifati.

13. O'qituvchining darsda asosiy maqsadga erisha olganligi.

14. O'qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muhtojligi kabilar.

Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni xisobga olish

1. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bog'liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish.

a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari:

b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.

2. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.

a) o'quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushunti-ruvchi ko'rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi);

b) o'quvchi bilan faoliyatni faollashtirish, o'quv axborotini idrok etishi (obrazli, og'zaki mantiqiy xotirani, hayoliy tafakkurni, hayotni his-tuyg'ularni uyg'otadi ) mazkur material o'quvchilar bilim faoliyatining yosh hususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;

d) o'qituvchining murakkab o'quv materialini mazkur yoshdagi o'quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi, oddiyligi, yorqin misollar, o'xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko'rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan boglanishi;

e) o'rganilayotgan materialning tarbiyaviy (axloqiy, estetik va hokazo) ta'siri.

O'qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi.

3.Darsda o'quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo'lishi va uni boshqarish. Dars samaradorligi va o'qituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchi tomonidan beriladigan takliflar ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirishga yordam berishi lozim. Ma'lumki, dars tahlili faqatgina metodik ahamiyatga ega bo'lib qolmay, kasb-hunar kollejlarda o'quv-tarbiya ishlariga rahbarlik va nazoratning muhim shakli hamdir

Psixologik tahlil-psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish.

maqsadga muvofiqdir:

October, 2022

Darsni kuzatish.

Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir:

- dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib o'qituvchi yoki muhandis-pedagoglarni, o'quvchilarni turli savollarga jalb etmaslik;

- savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish;

- dars paytida o'quv xonasi, ustaxonasida yurish, daftarlarga qarash va o'quvchilarni turli savollar bilan chalg'itmoq mumkin emas;

- darsga kech kirish va qo'ng' iroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas;

- dars jarayonida kuzatuvchi o'qituvchining ishiga aralashishiga haqi yo'q, xattoki o'qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo4 qo'ysa ham (dars materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida hatoga yo'l qo'ygan paytlarda). U barcha kamchilik va hatolarni darsdan so'ng ko'rsatib o'tishi mumkin.

- kuzatuvchi diqqat va e'tibor bilan darsni kuzatishi lozim va tez tanqidiy nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak.

Darsni tahlil qilishda quyidagi faoliyat mezonlarini asos sifatida olish mumkin:

1. Darsga tayyorgarlik:

- Dars oldindan rejalashtirilganligi va tayyorlanganligi haqida dalil (Masalan: dars rejasi, dars ishlanmasi, texnologik xarita, baholash paketi).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Dars rejasi aniq maqsad va vazifalarga egaligi haqidagi dalil.

- Dars rejasi tuzilishi mantiqan to'g'ri tashkil etilganligi haqida dalil.

2. Dars taqdimoti:

- O'qituvchi o'quvchilarga darsning maqsad va vazifalarini aniq tushuntiradi.

- Dars tuzilishi mantiqan tashkil etilgan va bosqichma bosqich tushuntiriladi.

- O'qitish natijalariga erishish uchun o'qituvchi tegishli turli model va ta'lim metodlarini qo'llaydi.

- O'qituvchi so'zlashish balansini yaratib beradi, ya'ni o'qituvchi va o'quvchi dars davomida bir xil vaqt so'zlashadi

- O'qituvchi o'quvchining oldingi bilim va tajribalarini dars bilan boglaydi.

- O'qituvchi darsni o'quvchining kundalik tajribasi va atrof-muhiti bilan boglaydi.

- O'qituvchi tushuntirishda va yo'riqlar berishda aniq va oddiy nutqdan foydalanadi.

- O'qituvchi o'quvchining vazifalarini aniqlaydi va ravon tushuntiradi.

3. O'qitish va o'rgatish manbalaridan foydalanish:

October, 2022

- O'qituvchi bir qator o'qitish va o'rgatish manbalaridan to'g'ri foydalanadi, shu jumladan texnik vositalardan (kodoskop, multimedia va boshq).

- O'qituvchi yozuv doskasidan unumli foydalanadi. Yozuvi aniq. Muhim joylarning tagiga chizilgan. Kerakli joylarda diagrammalar, o'qlar va boshqa belgilardan foydalanilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi Qonuni // Oliy ta'lim: Meyoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. - Toshkent: 2004. - B.

2. Abduqodirov A.A. Akademik litsey va KHK o'qituvchilarini malakasini oshirishda masofali o'qitish metodikasi // Uzluksiz ta'lim. - Toshkent: 2004. - № 5. - B.3-12.

3. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent:

4. Maxmutova G. Pedagogika fanlarini o'qitish jarayonida talabalarni - ma'naviy shakllantirish texnologiyasi // Xalq ta'limi. - Toshkent: 2004. - №1. - B. 40-43.

5. Musaev U. Ta'lim jarayonini erkinlashtirish prinsiplari // Xalq ta'limi. - Toshkent: 2005. - № 4. - B. 4-10.

6. Ximmatqulova, N. T. (2021). DARS JARAYONIDA O'QUV-DIDAKTIK MATERIAL HAMDA VOSITALARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1317-1325.

7. XHMMarKynoBa , H. T. (2022). MAKTAE^A TACBHPHH CAHLATHHHr MA^CA^ BA BA3HOA.HAPH. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 775-781.

8. Mamatqulov , S. N. (2022). CHET ELLARDA TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISH TARIXIDAN. ROSSIYADA QALAMTASVIR O'QITISH METODLARI. Academic Research in Educational Sciences, 3(5), 594-600.

9. Mamatqulov, S. N. (2021). TASVIRIY SAN'ATDAGI OKIM VA YO'NALISHLARNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(9), 101-108.

10. Mamatqulov, S. N. (2021). TASVIRIY SAN'AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1998-2006.

11. Mamatqulov, S. N. (2020). TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH USLULLARI. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 632-638.

16-17.

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.