Научная статья на тему 'MATN VA UNING TA’RIFI MASALASIDA'

MATN VA UNING TA’RIFI MASALASIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2870
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matn / og‘zaki matn / yozma matn / nutq parchasi / diskurs / sintaktik butunlik / feysbuk / elektron matn. / text / spoken text / written text / speech fragment / discourse / syntactical whole / Facebook / electronic text.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hojaliyev, Ismoiljon, Xaydarov, Davlatbek

Ushbu maqola matnning tilshunoslikdagi talqin va tavsiflari o‘rganilgan bo‘lib, uning ta’rifi va shakliy-mazmuniy tuzilishi muammosi tadqiq etilgan. Matn haqidagi qarashlar umumlashtirilgan, turlicha qarashlardagi o‘xshash va farqli jihatlar ochib berilgan hamda mavjud tahlilllrdagi ochiq qolgan o‘rinlar to‘ldirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE MATTER OF THE TEXT AND ITS DESCRIPTION

In this article, the interpretation and descriptions of the text in linguistics are studied, and the problem of its definition and form-content structure is studied. Views on the text are summarized, similarities and differences in different views are revealed, and gaps in existing analyzes are filled.

Текст научной работы на тему «MATN VA UNING TA’RIFI MASALASIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

MATN VA UNING TA'RIFI MASALASIDA

Ismoiljon Hojaliyev

FDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Davlatbek Xaydarov

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola matnning tilshunoslikdagi talqin va tavsiflari o 'rganilgan bo 'lib, uning ta 'rifi va shakliy-mazmuniy tuzilishi muammosi tadqiq etilgan. Matn haqidagi qarashlar umumlashtirilgan, turlicha qarashlardagi o'xshash va farqli jihatlar ochib berilgan hamda mavjud tahlilllrdagi ochiq qolgan o'rinlar to 'ldirilgan.

Kalit so'zlar: matn, og'zaki matn, yozma matn, nutq parchasi, diskurs, sintaktik butunlik, feysbuk, elektron matn.

ABSTRACT

In this article, the interpretation and descriptions of the text in linguistics are studied, and the problem of its definition and form-content structure is studied. Views on the text are summarized, similarities and differences in different views are revealed, and gaps in existing analyzes are filled.

Keywords: text, spoken text, written text, speech fragment, discourse, syntactical whole, Facebook, electronic text.

АННОТАЦИЯ

В данной статье исследуются толкование и описания текста в языкознании, исследуется проблема его определения и формо-содержательной структуры. Обобщаются взгляды на текст, выявляются сходства и различия в разных взглядах, восполняются пробелы в существующих анализах.

Ключевые слова: текст, устный текст, письменный текст, речевой фрагмент, дискурс, синтаксическая целостность, Facebook, электронный текст.

KIRISH

Bugungi kun tilshunosligida matn tushunchasi tilshunoslikning asosiy birliklaridan biriga aylanib ulgurdi. Ko'pchilik olimlar matn tushunchasini tekst atamasi bilan ayni bir ma'noda tushunadilar. Matn garchan ko'plab tilshunoslar tomonidan o'rganilgan bo'lsa ham, uning ta'rifi shakli masalasida haligacha bir to'xtamga kelingani yo'q. Ayrim tilshunoslar matn faqat yozma shaklda bo'lishini ta'kidlashsa, ayrimlari u og'zaki shaklda ham, yozma shaklda ham bo'lishini e'tirof etishadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Matn tushunchasining izohini bir qator adabiyotlarda bir-biriga yaqin ma'noda uchratish mumkin. Masalan, "O'zbek tilining izohli lug'ati"da matn tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Matn arabcha so'zdan olingan bo'lib, yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst degan ma'nolarni anglatadi va yozuvda bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat deya izohlanadi" [1.557]. Izohli lug'atdagi matn (tekst) terminida ham og'zaki, ham yozma shakldagi nutq parchasi matn bo'la olishini kuzatish mumkin. Shuningdek, ensiklopedik lug'atda matn atamasiga teng keluvchi tekst tushunchasiga quyidgicha izohlanadi: "Tekst (lotincha) muayyan tilning qonun-qoidalari, muayyan belgilar sistemasiga muvofiq tuzilib, axborot beruvchi gaplar, so'zlar (semiotikada belgilar) izchilligi. Muallifning ilova va tushuntirishlardan holi asari."[2.254] Ensiklopedik lug'atda matnning shakily tuzilishi bilan birgalikda uning axborot tashsh funksiyasi ham ta'kidlab o'tilgan. Boshqa bir olim A.Hojiyevga ko'ra, matn - yonma-yon harflar, yozuv orqali aks ettirilgan nutq, umuman nutq parchasi; tekst.[3.61] Ushbu ta'rifda olim ham matn tushunchasi og'zaki ham, yozma ham bo'la olishini e'tirof etadi, hamda matn atamasini tekst atamasiga tenglashtiradi. Bunda matnning ko'proq shakliy jihatlariga e'tibor berilgan bo'lsa, baz'i manbalarda uning funksiyaviy tomonlari haqida so'z boradi. Yuqorida keltirilgan har uchchala ta'rif bilan hamohang tarzda tilshunos olim Z.T.Tohirov ham o'z qarashlarini bayon etgan. Uning fikricha, matn - muallifning yozuvda aks etgan o'z so'zi.[4.30] Yana bir tilshunos E.Qilichev o'zinng "Matnning lingvistik tahlili" deb nomlanga asarida "Matn - hamma elementlari o'zaro zich aloqada bo'lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan nominativ estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma"[4.30] ekanligini ta'kidlaydi. E.Qilichevning qarashlarida yuqorida keltirilgan ensiklopedik lug'atdagi kabi matnning axborot tashish funksiyasi alohida e'tirof etiladi. E.Qilichev, Z.Tohirovlarning qarashlarida shuningdek, Ensiklopedik lug'atda kop'roq matnning funksiyaviy tomonlariga etibor qaratilgan bo'lsa, A.Hojiyev hamda O'zbek tilining izohli lug'atida uning shakily tomoniga ko'ra ta'riflaydi. Matn jahon tilshunosligida ham yetarlicha o'rganilgan.

1947-yilda A.I.Belich o'zining tilshunoslik fanlarining tasnifiga bag'ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma'no umumiyligi asosida bog'langan va muayyan sintaktiksemantik yaxlitlik tarzida namoyon bo'ladigan gaplarning butun zanjiriga alohida o'rin berilishi lozimligiga va bu "matn" tushunchasining yuzaga kelishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik ekanligiga e'tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o'zaro munosabat va aloqalarni tilshunoslikning sintaksis bo'limida o'rganishning maqsadga muvofiqligini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ta'kidlagan.[5.22] A.I.Belich ham ma'lum ma'noda K.Bustning fikrlariga qo'shiladi. Har ikkala olim ham matnning shakli va mazmuni haqida gap ketganda bir-biriga yaqin fikrlarni bildiradilar.

Y.M.Lotman «matn ifodalilik (ma'lum bir fikr ifodalangan bo'lishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi meyoriylikning bo'lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo'lishi lozim» ligini ta'kidlaydi.[6.67] Lotmanning fikrlari ham Belich hamda Bustning fikrlariga deyarli teng har uchchala olim ham matnda mazmuniy yaxlitlik, tuzilish jihatdan butunlik va mavzuviy chegaralanganlikka ega bo'lishi lozimligini aytadilar.

I.R.Galperin matnning ma'lumot berish, bo'linuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma'lumot beradi.[7.4]

Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi».[8.46]

Polyak tilshunosi M.R.Mayenovaning ta'biri bilan aytganda, "Gap tugagan joyda tilshunoslik o'z kuzatishlarini tugatadi" degan hukm yaqinlargacha ochiq haqiqat hisoblangan. Ko'p gaplardan tarkib topgan matnlar keng ma'nodagi grammatika doirasi bilan batamom va to'lasicha chegaralanuvchi bu fan sohasi kuzatishlaridan chetda qoladi".[9.325]

"1. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo'shma gap) doirasi bilangina chegaralanmaydi. To'liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo'lgan sintaktik butunlik beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir komponenti sanaladi. 2. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar orqali bog'langan bo'ladi. Uning O'zkompozitsiyasi va stilistik xususiyatlari saqlangan bo'ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida ma'lum sharoitlarda o'zicha bir abzatsni tashkil qilishi mumkin... 4. Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruksiya tekst sanaladi. Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, tekst butun bir kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Tekst bir butunlik bo'lganligidan, u o'z mundarijasiga mos keladigan ayrim sarlavhalarga ega bO'lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga - qismlarga (ayrim parchalarga, abzatslarga, gaplarga) bO'linadi). Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini tekst yana ham aniq ko'rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo'ladi. 6. Tekst - yirik nutq parchasi, abzats esa tekstning bo'lagi. Tekstning hamma ko'rinishlari (maksimal tekst va minimal tekst) ma'lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi. Demak, u -yuqori darajadagi sintaktik birlik. [10. 6-7]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Matn tuzilishi, funksiyasi masalasida aksar olimlarning fikri bir -birga yaqin bo'lsa-da, matn borasidagi ma'lum masalalarda tilshunoslarning fikri kesishgan muammolar yo'q emas. Ulardan eng katta tortishuvlarga sabab bo'lgani va hanuzgacha ma'lum bir to'xtamga kelinmagan muammo shuki, ba'zi bir olimlar matnni faqat yozuvdagi nutq parchasi desa, ulardan ba'zilari matn ham og'zaki nutq birligi, ham yozma nutq birligi degan g'oyani ilgari suradilar. Taniqli rus tilshunosi E.S.Kubryakovaga ko'ra mana shunday tortishuvlar sababli matn tilshunosligi fanining bosh obyekti - matnning tilshunoslar tomonidan e'tirof etilgan ta'rif mavjud emas va bu yo'nalishdagideyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki xususiyatlar bilan xaraktelanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.[11. 72-81] Ba'zi tilshunoslar faqatgina yozuv shaklidagi ko'rinishini matn deb hisoblaydilar. Xususan, rus lingvistik maktabining yirik namoyondasi L.M.Loseva matn terminini yoritishda barcha matnlar uchun xos bo'lgan belgilarini hisobga olish zarurligini ta'kidlaydi va bu belgilarning asosiysi sifatida uning yozma shaklda bo'lishini alohida qayd etadi.[11.4] Matnni tilshunoslikning asosiy obyekti sifatida rus tilshunosligida dastlabki qarashlari bilan ajralib turuvchi olimlardan I.R.Galperinning fikricha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy sardir.[11.18] S.Muhammedova va M.Saparniyozovalarga ko'ra, Gilperinning ishida matnning yozma va og'zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog'lik bog'liq yoki bog'liq emasligi olim tomonidan aniq ko'rsatib berilmagan. Shuningdek, matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralandigan bo'lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o'rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.[7.18] YA'ni Gilperin nutqning yozma ko'rinishida shaklini matn deb hisoblagani holda uning og'zaki ko'rinishi tilning qaysi sathiga mansub bo'lishi haqida to'xtalmagan. Bu esa olimga nisbatan bir qancha savollarni keltirib chiqaradi.

Matnni o'rganish ancha kengayganidan keyin aksar tilshunoslar nutqning ham yozma, ham og'zaki shakli matn bo'la olishini ta'kidlab o'tganlar. Aynan shu qarashlarda mantiqiy asosni ko'rish mumkin. Matnga berilgan ushbu ta'riflar ya'ni, nutqning yozma va og'zaki shaklda bo'la olishligi matn mohiyatini kengroq ochib berishga xizma qiladi.

Z.Y.Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko'ra uning predmeti sifatida og'zaki yoki yozma nutq mahsuli bo'lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma'noda, ya'ni faqat yozma nutq mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidlaydi. U I.R.Galperin tomonidan ilgari surilgan yozma matn talqinini ma'qullaydi va quyidagicha yozadi: "Agar og'zaki nutqqa tovushlar orqali namoyon bo'lish xos

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'lsa, matn uchun grafik gavdalanish xarakterlidir. Agar og'zaki nutqni bir yo'nalishlilik ("lineynost") farqlab tursa, matnga ko'p o'lchovlilik xosdir. Og'zaki nutq bir yo'nalishlidir, chunki u faqat tovush orqali gavdalana oladi. Yozuv (grafik yoki magnit tasmasidagi) uning sifatini o'zgartiradi. Shunday qilib, og'zaki nutq qaytishsizdir, ya'ni aytildimi, uning biror parchasiga qaytish mumkin emas. Matn ko'p o'lchovlidir, chunki uning istalgan bo'lagiga ko'p marta qaytish mumkin. Agar nutq harakat, jarayon bo'lsa, matn ikkiyoqlama tabiatga ega, ya'ni u ham tinch holatda, ham harakatda bo'la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu nutqning talaffuz vaqti bilan chegaralangan bo'lsa, matnning mavjudligi amaliy jihatdan hech narsa bilan chegaralanmagan".[12.12]

Bugungi kundagi o'zbek tilshunosligida matn sohasidagi tadqiqotlarda ham matnni faqat yozma nutq shakli degan qarashlarga duch kelish mumkin. Jumladan, M.Hakimovning nomzodlik dissertatsiyasida quyidagi fikrlarni uchratamiz: "Nutq -bu so'zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo'lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning yozilgan ("bosma harf orqali aks etgan") parchasidir... "Nutq" o'zining yozma shaklida "matn" atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst -og'zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma'lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til meyorlari asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o'zida emas, balki bir necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o'rtasidagi aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir".[13.17-21] Ushbu qarashlar ayrim tilshunoslarning etiroziga sabab bo'ldi. Jumaladan, S.muhamedova va M.Saparniyozovalarning hamkorligida chop etilgan "Matn lingvistikasi" kitobida yuqoridagi fikrlarga nisbatan bir qancha e'tirozlar bayon etilgan: "Avvalo, aytish joizki, kishilar o'rtasidagi aloqa -kommunikatsiya matnlar vositasida amalga oshar ekan (va bu hol matn lingvistikasining yaratuvchilari, umuman, matn tadqiqotchilarining aksariyati tarafidan e'tirof etilgan ekan), matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid bo'lishi turgan gap. Axir, kishilar o'rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo'lmaydi.

Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e'tirof etilgan, matn yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat yozuvda aks etgan gapnigina gap deb, og'zaki nutqdagi gapni gap bo'lolmaydi deyish to'g'ri bo'lmasligini isbotlab o'tirishning hojati yo'q, albatta. Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan bo'lsa, mantiq gapni ham faqat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy.

Og'zaki nutqning bir yo'nalishliligi, yozma (harflar yoki magnit tasmasida) nutq (matn)ning ko'p yo'nalishliligi, og'zaki nutqning "qaytishsizligi", yozma nutqning esa "qaytishliligi", ya'ni uning istalgan bo'lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi da'vo-dalil ham asosli emas. Chunki bu "qaytish" tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo daxldor emas. Agar faqat yozma nutqdagina oldingi qismlarga qaytish mumkinu og'zaki nutqiy yaxlitlikda uning oldingi qismlariga qaytishning imkoni bo'lmasaydi, unda hech qanday og'zaki nutqni tushunish, demakki, og'zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo mumkin bo'lmasdi. Chunki so'zlovchi muayyan yaxlit bir fikr, mavzuni og'zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning o'zi ham, xuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi istalgan parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning xotirasida turadi. Agar shunday bo'lmasa, ya'ni nutq butunisicha ham so'zlovchining, ham tinglovchining xotirasida turmasa, nutqni tuzish ham, uni mazmunan anglash ham imkonsiz bo'ladi. Tabiiyki, so'zlovchi ayni talaffuz jarayonidagina o'z nutqiga hokim bo'lsa, tinglovchi nutqning ayni eshitib turgan onidagi parchasinigina tushunsa, nutqning oldingi qismlari ularning har ikkichining ham "esidan chiqib qolaversa", ular bir-birlarini tushunish imkoniyatidan tamomila mahrum bo'lib qolaveradi. To'g'ri, og'zaki nutqning so'zlangan paytidagina mavjud ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og'zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaxlit og'zaki nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, balki bu "modda" faqat shishaga solingandagina suv paydo bo'ladi deganday bir gapdir.

Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, xalq yoki qavm yo'qki, uning necha asrlardan beri og'zaki shaklda avloddan-avlodga o'tib yashab kelayotgan rang-barang so'z san'ati durdonalari bo'lmasin. Masalan, bir qo'shiq yoki ertakni faqat qog'ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya shakliga) tushirilganda matn, ammo og'zaki shaklida matn bo'la olmaydi deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og'zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya kabi) yordamida qayd etish axborotning zamon va makonda saqlanishini ta'minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o'zgartirish kiritadigan ta'siri to'g'risida gapirib bo'lmaydi. Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og'zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq o'rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o'ziga xosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu o'ziga xosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini esa matn deyishga hech bir asos bo'lolmaydi"[7.20] Shu o'rinda ular O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlarini iqtibos sifatida keltirib o'tadilar: "Inson nutqi - bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun tovushli nutqni o'rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og'zaki va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi qadam bo'lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya'ni yozma shaklini tadqiq etish bilan obyektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og'zaki shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog'liq ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir. Yozma matnni o'qiganda biz uni faqat ko'zimiz bilan idrok etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida "aytamiz" ham. Yozuvda bir qator eng sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog'liq, ular yozma matnga qarab, o'zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira oladilar. Ichki nutq haqidagi ta'limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud bo'la olmaydi"[14.40-41] Demak, kommunikatsiya jarayonini og'zki nutqsiz tasavvur qilib bo'lmagani kabi nutqning og'zaki ko'rinishi matn lingvistikasini asosiy o'rganish obyektiga olib chiqilmaguncha ushbu fanni yetarlicha rivojlantirib bo'lmaydi.

Yuqoridagilarni kelib chiqib L.M.Loseva, I.R.Gilperin, M.Xakimov, Z.Y.Turayevalar matnni faqat yozma ko'rinishda bo'lishini ta'kidlagan bo'lsalar, E.S.Kubryakova, K.Gauzenblas, G.Mixel, A.Hojiyev, A.Mamajonov, B.O'rinboyev, R.Qo'ng'urov, Lapasov, O.L.Kamenskaya tilshunoslar nutqning yozma shakli bilan bir vaqtda uning og'zaki ko'rinishini ham matn deb hisoblaydilar. Yuqoridagi olimlarning fikridan xulosa chiqargan holda matnga nisbatan nutqning ham og'zaki, ham yozma shakli deb qarash to'g'riroq nazarimizda. Chunki matnning asosiy funksiyasi axborot uzatish ekanligini oladigan bo'lsak, nutqning yozma ko'rinishi bilan bir vaqtda uning og'zaki ko'rinishi bir xil hajmdagi va mazmundagi axborotni uzata oladi.

Tilshunoslikda matn bilan bog'liq tadqiqotlarda diskurs atamasini uchratish mumkin. Dastlab "diskurs" va "matn" terminlari ayni bir tushuncha uchun qo'llangan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'lsa, keyinroq "matn" yozma kommunikatsiyaga nisbatan, "diskurs" esa og'zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan.[15.63-66] Diskurs atamasini chuqurroq tushunishga golland tilshunoslari T.A. van Deyk va V.Kinchlarning qarashlari juda katta yordam beradi. Ularning fikricha, "keyingi yillarda bir qator gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog'li nutq yoki diskursni o'rganishga bo'lgan qiziqish ortgan"ligini ta'kidlar ekan, "diskurs"ni "bog'li nutq"ning sinonimi sifatida qo'llaydi. "Bog'li nutq" bu bir- biriga mantiqan bog'langan gaplardan tashkil topgan butunlik ya'ni, matn hisoblanadi. Anglashiladiki, "matn" va "diskurs" tushunchalari bir ma'noda qo'llanilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda matn yozma shaklda ham, og'zaki shaklda ham bo'lishi mumkin. Chunki u, avvalo, nutq parchasi. Nutq esa og'zaki va yozma nutqqa bo'linadi. Har qanday og'zaki nutqning tipografik ko'rinishi matn demakdir. Demak, og'zaki nutq ham, yozma nutq ham matn bo'la oladi. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida matnning boshqa bir ko'rinishi lingvistik maydonga kirib kelmoqda. Bu elekron shakldagi matnlardir. Elektron matnlar - bu ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, feysbukda e'lon qilib borilayotgan matnlar hisoblanadi.

REFERENCES

1. Узбек тилининг изохли лугати. 2-жилд "Узбекистан миллий энциклопедияси". Давлат илмий нашриёти, 2006.

2. Ensikloppedik lug'at. 2-tom. Toshkent: O'zbek ensiklopediyasi bosh redaksiyasi,

3. Х,ожиев А. Тилшунослим терминларининг изошли лугати. Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2002.

4. Hojaliyev, I. (2021). Methodology and significance of meaning in translation of uzbek literature.

5. Tohirov Z.T Adabiy tahrir. -Toshkent: Tafakkur-Bo'stoni,2012.

6. Hojaliyev, I., & Ahmadjonov, I. (2019). About term and interpretation. Scientific journal of the Fergana State University, 2(1), 127-129.

7. Белич А.И. К вопросу о распределении грамматического материала по главним грамматическим диссиплинам / Вестник МГУ, 1947, N 7.

8. Лотман Ю.М. Структура художественного текста. -Москва, 1970.

9. Muhamedova S., Saparniyozova M.. matn lingvistikasi. toshkent, 2011.

10. §erif Akta§ Edebiyatta üslup ve problemleri. -Ankara, «Akfag», 1993.

11. Янус Э. Обзор полских работ по структуре текста / Синтаксис текста. -М.: Наука, 1979.

XULOSA

1990.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

12. Гуломов А. Аск;аровa М. Хрзирги узбек адабий тили. Синтаксис. -Тошкент: У;итувчи, 1987.

13. Кубрякова Э.С. О тексте и критериях эго определения / Текст. Структура и семантика. Т. 1. -М., 2001.

14. Тураева З.Я. Лингвистика текста. -М.: Просвешение, 1986.

15. Хдкимов М.Х. Узбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари: Филол. фан. н-ди ...дисс. -Тошкент, 1993.

16. Долгова О.В. Синтаксис как наука о построэнии речи. -М.: Висшая школа,

17. Хегай В. О понятии дискурс // Филология масалалари, 2006, Н 2 (11).

1980.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.